Namozda hushu qanday bo’ladi?
Musulmonlar > Fatvolar > Namoz > Tadqiqotlar Tarix: 03 Yanvar 2019 Email This Post Email This Post

Savol: Namozda hushu qanday bo’lishi kerak?

Javob: Hushu haqidagi oyat quyidagicha:

“Sabr-bardoshli bo’lib va namoz o’qib yordam so’ranglar. Bu narsa, kamtar insonlardan boshqalarga haqiqatda ham og’ir ishdir.” (Baqara 2/45)

Hushu egasi bo’lish – kamtar, itoatgo’y va hurmat ko’rsatuvchi bo’lishdir, qandaydir bir ruhiy halovatga erishish emas. Bu narsa – o’zini quyi tabaqada Allohni esa eng oliy maqomda deb biladiganlarda bo’ladi. Mana shu narsa sababli inson Allohga bo’yin egadi. Agar insonda mana shu tushuncha bo’lmasa, namozni to’liq ado qila olmaydi. Chunki, namoz qandaydir zavq olish uchun emas, Alloh buyurgani uchun ado qilinadi. Agar insonni o’z holiga tashlab qo’yilsa, na tahorat   oladi va na namoz o’qiydi. Ammo, Allohning amriga itoat etish ishonchi unga buni majbur qiladi. Qullik mana shudir. Ya’ni, bir isni o’zi xohlagani uchun emas, Alloh xohlagani va buyurgani uchun ado qilishdir. Qullik qilishdan hosil bo’lgan zavqni boshqa hech narsa bera olmaydi.

Mo’un surasida shunday deyilgan:

“Namozlarini farqiga bormasdan namozga turuvchilarni holiga voy bo’lsin. Ular riyokorlik qilishadi. Yordam berishdan to’sadi.” (Mo’un 107/4-7)

Musulmon kishi namozini boshqalar ko’rishi uchun emas, balki Alloh buyurgani uchun ado qiladi.

Munofiq – ichidan ishonmagani holda boshqalarga ishongandek ko’ringan kishidir. Unday inson namozni Alloh buyurgani uchun emas, balki, atrofidagi insonlarni malomatiga uchramaslik uchun o’qiydi. Uni o’qigan namozini musulmonni namozi bilan taqqoslab bo’lmaydi.

Namoz o’qilayotganda inson aqliga turli fikrlar kelishi bu oddiy holat. Buxoriyda keltirilgan bir hadisga ko’ra Hz. Umar “Men namoz o’qiyotganimda (xayolimda) askarlar uchun kerakli narsalarni tayyorlar, tartib va intizomga keltirar edim!” degan. (Buxoriy, al-Amal fis-Solat, 18)

Yana Buxoriyda keltirilgan hadisga ko’ra Nabiy alayhissalomni ham namoz o’qiyotgan vaqtida aqliga turli fikrlar kelgani bildirilgan. Aloqador hadis quyidagicha:

Uqba b. Horis –Alloh undan rozi bo’lsin – shunday dedi: “Men Rasululloh bilan birga asr namozini ado qildim. U salom berishi bilanoq tezda turib ketdi va shoshilganicha ayollaridan birini yoniga kirdi. Keyin qaytib chiqib shoshilib uyga kirib ketganini ko’rgan jamoatni yuzidagi hayratni ko’rib shunday dedi:

“Men namoz o’qiyotganimda bizda bir oz oltin borligi yodimga tushib qoldi. Va u oltin kechgacha bizda qolib ketishini (yoki) kechasi bizni oldimizda qolishi xohlamadim va uni taqsimlab tarqatib yuborilishini buyurdim.” (Buxoriy, al-Amal fis-Solat, 18.)

Shayton Alloh taolodan qiyomatgacha muhlat olganidan keyin shunday degan edi:

“… Qasamki, men ham ular uchun sening to’g’ri yo’ling uzra o’tiraman. Keyin ularni oldilaridan va orqalaridan, o’nglaridan va chaplaridan (adashtirish uchun) kelaman. Ularni aksariyatini shukr qiluvchi deb bilmaysan.” (A’rof 7/16-17)

Shaytonga umumiy izn berilgani uchun, undan hatto Payg’ambarlar ham xalos bo’la olishmagan. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Sendan avval yuborgan birorta ham nabiy yoki elchimiz yo’qki; biror narsani orzu qilganida shayton uni orzusiga vasvasa qo’shgan bo’lmasin. Alloh shayton qo’shgan narsani ketkazib yuboradi, keyin Alloh O’z oyatlarini mustahkamlaydi. Alloh biluvchidir, to’g’ri hukm beruvchidir.” (Haj 22/52)

Oyatlardan ma’lum bo’lishicha, namoz kabi muhim vazifalarni ado etilish jarayonida shayton bu kabi vasvasalarini inson xayoliga keltirishi bu yomon narsa emas. Asosiysi shuki, bu va bu kabi vasvasalarga berilib ketib namozni unutib qo’ymaslik va ibodatlarni tark etmaslikdir.

MANBA: Yahyo Sheno’l, Anas Olimo’g’li, Insoniyat Tarixi Bo’yicha O’sha Namoz, Sulaymoniya Vaqfi Nashriyoti, Istanbul, 2016, 143-145 s.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
359 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ayol o’z ixtiyori bilan eridan ajrashi 10.07.2019 319
2 Alloh Belgilab Qo’ygan Chegaralarni Buzilishi va Buni Ro’zadagi Misoli 30.06.2019 194
3 Tafsilotlari Bilan Ro’za Ibodati 11.05.2019 217
4 Tashahhuddagi salom va duolarning ma’no va mohiyatlari 13.02.2019 402
5 Qur’onni tushunishda ijtihodning ahamiyati qanday? 16.01.2019 298
6 Nasx kalimasi Qur’onda qaysi ma’nolarda qo’llanilgan? 10.01.2019 290
7 Afv bilan Mag’firatni farqi 08.01.2019 367
8 Hanafiylikda musofirlik muddati qaysi qiyos bilan belgilangan? 08.01.2019 299
9 Namozda hushu qanday bo’ladi? 03.01.2019 359
10 Islom jang-u jadal dinimi, yoki tinchlik dinimi? 29.12.2018 310
11 Qur’on va Musulmonlarning ahvoli 25.12.2018 414
12 Qur’onni tushunishdagi usul va qoidaning ahamiyati 22.12.2018 337
13  Qur’onda barcha narsaning tili   19.12.2018 307
14 Kitob va Sunnatda foiz (kredit) 11.12.2018 343
15 Ayollarni guvohligi 29.11.2018 316
16 Isro va Meroj 19.11.2018 546
17 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 679
18 Hamma bilgan o’sha namoz 18.10.2018 407
19 Qur’onda namoz vaqtlari 17.10.2018 1 081
20 Islomda Halol va Harom 16.10.2018 1 174
21 Ruh va uning xususiyati 10.10.2018 504
22 Qur’onga ko’ra 3 qoidani buzmaguncha hech kimga adovat qilib bo’lmaydi 10.09.2018 391
23 Iso alayhissalom dunyoga qaytib keladimi? 10.09.2018 827
24 G’ayridinlar o’rtasidagi munosabatlar 18.08.2018 499
25 Ajalning qisqarishi 18.08.2018 376
26 Qur’on va Sunnatda yoshlarni nikohlash bormi? 13.08.2018 808
27 Qur’on va Sunnatga ko’ra taloq 09.08.2018 4 002
28 Kitob va Sunnatga ko’ra Haj va qurbonlik 03.08.2018 455
29 Kitob va Hikmat (Qur’on va Hikmat) tushunchasi 30.07.2018 522
30 Ayol kishiga qo’l ko’tarishga kim ruxsat berdi? 22.07.2018 755
31 Hikmat va Sunnat tushunchalarini buzilishi va yo’qqa chiqarilishi 12.06.2018 317
32 Namoz vaqtlari (Qur’onga ko’ra) 08.06.2018 339