“Shafoat Yo Rasulalloh” nima degani?
Musulmonlar > E'lonlar > Qur'on va Sunnat butunligi > Shafoat Tarix: 24 Dekabr 2018 Email This Post Email This Post

SHAFOAT

Shafoat – yolg’iz tashlab qo’ymaslik va bir insonni ishini hal qilib berish uchun u bilan birga borish degan ma’nolarda ham ishlatiladi. “Shafoat yo Rasulalloh” deb munojot qilish – Ey Rasululloh, qiyomat kuni meni yolg’iz tashlab qo’ymang, meni ishimni hal qilib bering” degani bo’ladi. “Qiyomatda Payg’ambarimizni shafoatini nasib qil” deb duo qilish esa, “Ey Alloh, agar sen meni kechirmasang, meni ishimni va hisob-kitobimni Payg’ambarga topshir, u Sendan ham rahimli va Sendan ham kechirimlidir” degan bo’ladi.

Jahannamga kirgan musulmon kishi u yerda abadiy qolmasligi aniq bo’lgani sababli, demak, shafoat to’g’ridan-to’g’ri Jannatga kirish uchun talab qilinadi. Shuning uchun ham Xristianlar Iso alayhissalomdan va Musulmonlar Muhammad alayhissalomdan qiyomatda shafoat qilishlarini so’rashadi. Endi birgalikda bu ishonch qanchalik to’g’ri yoki noto’g’ri ekanini ko’rib chiqamiz.

Mahsharda shafoat bo’lmaydi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Shunday bir kundan qo’rqib o’zingizni himoya qilib qolinglarki, u kunda hech kim birovni o’rniga jazo tortmaydi, hech kimdan shafoat qabul qilinmaydi, hech kimdan to’lov olinmaydi va hech kimga yordam berilmaydi.” (Baqara 2/48)

“Yaxshilar albatta ne’matlarga erishadilar. Gunohkorlar esa, alangali otashda bo’lishadi va hisob beradigan kuni u yerga kirib kuyadi, u yerdan tashqarida qola olishmaydi.

Hisob berish kuni nima ekanini sen qayerdan bilar eding? Haqiqatda, sen qayerdan bilasan hisob berish kuni qanday kun ekanini? (Shunday ekan diqqat bilan tingla!) U kun hech kim boshqa biri uchun biron bir ish bajara olmaydi (hech kim hech kimga shafoat/yordam qila olmaydi). U kunda barcha vakolat/hokimiyat Allohnikidir.” (Infitor 82/13-19)

“Rabbi huzurida bir joyga to’planishidan qo’rqadigan kishilarni senga bildirilgan (bu kitob) bilan ogohlantir. Ularni u yerda birorta yordamchilari ham shafoatchilari ham bo’lmaydi. Balki, javobgarlikni his qilib o’zlarini himoya qilib qolishar. (An’om 6/51)

“Aytginki: “Shafoat to’laligicha Allohnikidir. Osmonlar va yerning hukmronligi ham Unikidir. So’ngra (qiyomatda) Unga (Uni hisobiga) qaytarilasiz.” (Zumar 39/44)

“(Ey Muhammad!) Aytginki: “Alloh shartlarini paydo qilmasa, men hatto o’zimga ham biron bir foyda yoki zarar yetkazishga kuchim yetmaydi.” (A’rof 7/188)

Abu Hurayrani bildirishiga ko’ra “Qabilangdan eng yaqin kishilarini ogohlantir” (Shuaro 26/214) oyati nozil bo’lganida, Allohning Elchisi shunday nutq qilgan:

“Ey Quraysh ahli! O’zingizni qutqarib qolish chorasini ko’ringlar; Allohni huzurida meni sizlarga foydam tegmaydi. Ey Abdumanof o’g’illari! Allohni huzurida sizlarga meni foydam tegmaydi. (Amakim) Abdulmuttolib o’g’li Abbos! Allohni huzurida senga foydam tegmaydi. Ey Sofiya! Allohni huzurida senga foydam tegmaydi. Ey qizim Fotima! Meni mol-davlatimdan xohlaganingcha so’ra. Ammo, Allohni huzurida senga foydam tegmaydi.” (Buxoriy, Vasoyo, 11)

Shuncha oyat va hadis o’rtada ekan, qanday qilib bir musulmon kishi “shafoat yo Rasulalloh” deyishi mumkin. Qiyomat kunida Rasulullohga qarab: “Ey Allohni Elchisi, meni yolg’iz tashlab qo’ymang, meni ishimni yaxshi tarafga hal qilib bering” deyishiga ishongan kishini kutgan natijaviy xulosasi qanday bo’ladi? Allohdan qochib Payg’ambarga sig’inish, Payg’ambar uni Allohdan ham yaxshi tanishini, Alloh bilmagan yaxshiliklarini Payg’ambar bilishini, Payg’ambarni Allohdan ham adolatli hukm qilishini, Allohdan ham marhamatli ekanini, o’zini Allohdan va Allohni adolatli chiqargan hukmidan qutqarib qolishini, Allohdan ham kuchli ekanini qabul qilib ishonish bo’lib qolmaydimi?! Bunday e’tiqod, Payg’ambarni ham Allohni oldida bir buyuk iloh darajasiga olib chiqish bo’lmaydimi? Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Muammoga tushib qolgan biri yordam so’raganida, unga ijobat qilib muammolarini ketkazgan, sizlarni yer yuzining hokimlari qilgan kim? Alloh bilan birga yana boshqa iloh bormi?! Bilimingizni qanchalik oz foydalanmoqdasizlar? (Naml 27/62)

Aqlli insonlar dunyo hayotini ham oxirat hayotini ham chiroyli holatga olib kelishi, ikki dunyoda ham baxtli yashashi uchun qo’lidan kelganicha harakat qiladi. Birovga ishonib bir ishga qo’l urish, uni biron narsadan qutqarib qolishga asos bo’la olmaydi. Dunyoda ham oxiratda ham hamma o’zi uchun javob beradi. Yaxshi ishlarga sherik bo’lganlar, o’sha ishga beriladigan savobdan nasibadir bo’ladilar. Gunoh ishga sherik bo’lganlar esa, o’sha gunoh ishga beriladigan jazodan hissa oladilar.

Shafoat “meni qutqar” degan ma’noda ham keladi. Bu ma’no ko’zda tutilib qilingan shafoat duosi esa, “Hisob-kitobni, so’roq-savolni yagona Alloh boshqarib turadigan, Qiyomat kunining yagona egasi bo’lmish “Allohdan meni qutqar yo Rasulalloh” degani bo’lib qoladi. Chunki, qiyomat kuni kimni kimdan qutqaradi Rasulalloh? Allohni qullarini Allohni O’zidan, hukmidan, jazosidan, adolatli qaroridan qutqaradimi?!

Alloh taolo hammamizni Uni O’ziga ishonib suyanadigan, Unga ishongan holda yaxshi ishlarni amalga oshiradigan qullaridan qilsin. Qiyomat kuni Uni O’zi bizni jahannam azobidan qutqarsin, bu dunyoda ham oxiratda ham bizlarni o’z ahvolimizga tashlab qo’ymasin. Allohni O’zi bizlarga yordamchi va O’zi do’st bo’lsin.

 

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
217 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 5
2 “Shafoat Yo Rasulalloh” nima degani? 24.12.2018 217
3 Noto’g’ri shafoat ishonchi 13.06.2018 108