Qur’onni tushunishdagi usul va qoidaning ahamiyati
Musulmonlar > E'lonlar > Qur'on va Sunnat butunligi > Sunnat Tarix: 22 Dekabr 2018 Email This Post Email This Post

                QUR’ONNI TUSHUNISHDA USUL VA QOIDANING AHAMIYATI

Agar bir ishda o’lchov bo’lsa, demak usul va qoida albatta kerak bo’ladi. Chunki, o’lchov usul va qoida bilan isbotlanadi. Bugungi kunda tabiat kitobining oyatlarini o’qib o’rganayotgan ilm-fan olimlari Allohni qo’ygan o’lchoviga rioya qilgani holda har bir ilm-fanni o’zining intizom doirasida ko’zlagan maqsadlariga erishishga harakat qilib intilmoqda. Aynan o’sha o’lchov Allohning nozil qilgan kitobiga ham taalluqli bo’lganligi bois, kitobiy oyatlar ham bir usul va qoidaga ko’ra o’qilib o’rganilishi va shunga ko’ra hayotga tatbiq qilinishi kerak.      

Alloh  taolo har narsaga bir o’lchov qo’ygan. U shunday buyuradi:

“Shubhasizki, Alloh har narsa uchun bir o’lchov qo’ygan.” (Tolaq 65/3)

Quyidagi oyatda ham har narsa Alloh huzurida bir o’lchovga ko’ra yaratilganini ifoda qilmoqda:

“Uning huzurda har narsa bir o’lchovga ko’radir.” (Ra’d 13/8)

Alloh yer yuzi va koinotni yaratishi ham albatta bir o’lchovga ko’radir. Aloqador oyat quyidagicha:

“Biz har narsani bir o’lchovga ko’ra yaratdik.” (Qomar 54/49)

Har narsa uchun bir o’lchov qo’yib va har narsani o’sha o’lchoviga ko’ra yaratgani uchun, Allohning har bir ishi va har bir buyrug’i ham bir o’lchovga ko’ra bo’ladi. Bu haqda U shunday buyuradi: “Allohning ishi aniq bir o’lchovga ko’radir.” (Ahzob 33/38)

Shubhasizki, Allohni kuchi har narsaga yetadi, shu bilan bir qatorda, U O’zi yaratgan narsalar orasida bir o’chi qo’yib, shu yo’l bilan qullari uchun bir imtihon holatini paydo qilgan. Shu sababli, “U har narsaga qodirdir” deb tarjima qilinadigan ko’plab oyatlarni “U har narsaga bir o’lchov qo’yadi” deb ham aqlimiz-u zehnimizni va hamda tilimizni ko’niktirishimiz kerak.

Alloh taolo ko’plab oyatlarida hidoyatni ham muvaffaqiyatni ham O’zining qo’ygan o’lchov va nizomiga rioya qilgan va talab qilingan narsalarni bajargan kishilar uchun berilishini marhamat qilgani ham juda muhimdir.[1] Chunki, bu narsa hayotni to’g’ri bir shaklda tushunib yetishimizda katta o’rin tutadi va yagona Allohga qul bo’lish degan tushunchamizni kelishtiradi.

Dinni Fitrat deb ta’riflanishi ham aynan shu tufaylidir. Har narsani bir o’lchovga ko’ra yaratganga qul ekanini farqiga borgan bir inson, “har narsaga kuchi yetgani holda, yagona va buyuk yaratuvchi bo’lmish Alloh – yaratgan har narsasiga bir o’lchov qo’ygan va muvaffaqiyat-u yutuqlarni O’zining yaxshiliklar uchun belgilab qo’ygan o’lchoviga rioya qilib amal qilganlarga va’da qilgan bo’lsa, demak men ham U qo’ygan o’lchovlariga amal qilmasdan muvaffaqiyatga erisha olmayman” deb fikr yuritadi. Mana shu tushuncha inson hayotidagi ko’p narsani yaxshi tomonga o’zgarishiga sabab bo’ladi. Chunki, bunday fikrga ega bo’lgan kishi, muvaffaqiyatga erishish uchun xom xayollar va afsonalarga ishonib yashash emas, balki o’z maqsadi va orzu-istaklari yo’lidagi talablar va o’lchovlarni amalga oshirishni boshlaydi. O’lchovga rioya qilmasa muvaffaqiyatga erisha olmasligini biladi, muvaffaqiyatsizlikka duchor bo’lganida aybni birovdan yoki taqdirdan emas, o’zidan istaydi va o’zini xatolarini tuzatishga urinadi. Bunday xususiyatga ega bo’lgan inson, Allohga bo’lgan ishonchini to’g’ri bir shaklda ifodalaydi, yon-atrofidagi voqeliklarga to’g’ri yondashadi, yaxshilik va yomonliklardan to’g’ri xulosa chiqaradi va o’zining harakatidan kelib chiqqan holda kelajagi haqida to’g’ri taxminlar yurita oladi.

Alloh taolo hikmatni talab qilingan va kerakli ishni bajargan kishigagina berishini va hikmatga erishgan kishi boshqalardan ko’ra fazilatli bo’lishini bildirishi ham shu jihatdan juda muhimdir.

Agar o’lchov bo’lsa, demak usul va qoida albatta kerak bo’ladi. Chunki, o’lchov usul va qoida bilan isbotlanadi. Bugungi kunda tabiat kitobining oyatlarini o’qib o’rganganlar, Allohni qo’ygan o’lchoviga rioya qilgani holda har bir ilm-fanni o’zining intizom doirasida ko’zlagan maqsadlariga erishishga harakat qilib intilmoqda. Aynan o’sha o’lchov Allohning nozil qilgan kitobiga ham taalluqli bo’lganligi bois, kitobiy oyatlar ham bir usul va qoidaga ko’ra o’qilib o’rganilishi va shunga ko’ra hayotga tatbiq qilinishi kerak. chunki, Allohning oyatlari kavniy va kitobiy o’laroq ikkiga bo’linadi. Uning kavniy-yaratgan oyatlarini o’qib o’rganib va ulardan ko’zda tutilgan to’g’ri natijalarga erishish uchun qanday usul va qoida kerak bo’lsa, kitobiy oyatlarini o’z ichiga olgan Qur’onni o’qib o’rganib undagi oyatlardan ham to’g’ri hukm chiqara olish uchun ham bir usul va qoida va o’sha qoida va usulga mos ravishda ilmiy ish olib boradigan bir ilmiy hay’at va ilmiy jamoa kerak bo’ladi. Quyidagi oyat aynan shunga ishorat qiladi:

“Mo’minlarga to’g’ri yo’lni ko’rsatsin va rahmat bo’lsin deb, ilm uzra ochiqlab berganimiz – bir kitob yubordik.” (A’rof 7/52)

Allohning kitobini ma’lum bir qoidaga (tajvid ilmiga) ko’ra o’qish kerakligi haqida hamma gapiradi. Bu haqda hech qanday bir ixtilof yo’q. Ixtilof – uni qanday tushunish va uni hayotga qanday tatbiq qilish haqidagi usul va qoida nima va qanday ekanidadir. Fizika, kimyo, biologiya va astronomiya fanlari kabi ko’plab fanlarda faoliyat olib borayotgan fan olimlari, o’z faniga aloqador bo’lgan usulni to’liq tushunib yetish va natijada yangidan yangi kashfiyotlar qilish orzusida bo’lganligi uchun, o’z sohalarida olib borayotgan ilmiy izlanishlarini Alloh qo’ygan o’lchov va qoidaga ko’ra harakatlantirishi kerak bo’ladi. Tabiatdagi kavniy (yaratilgan) oyatlarni o’qib o’rganayotgan fan olimlari, o’zlari tarafidan o’ylab chiqarilgan usul va qoidaga ko’ra harakat qilsalar, bir kun kelib muvaffaqiyatsizlikdan bezor bo’lishlari turgan gap. Bundan ham yomoni shuki, tabiatdagi nimanidir buzadi yoki insoniyatga zarar yetkazadi. Insoniyat uchun huzur-halovat va rohat-farog’at ichida yashash uchun berilgan bu dunyo, ular uchun jahannamga aylanib qolishi mumkin. Xuddi shu holat kitobiy oyatlar uchun ham bir xil amal qiladi. Kitobiy oyatlarni oqib o’rganishga va unga amal qilishga harakat qilgan kishilar, bu ishlarini o’z qoida va usullariga ko’ra amalga oshirmoqchi bo’lsalar, yangi bir nizom o’rnatishga, ya’ni yangi din barpo qilishga uringan bo’lishadi. Bu narsa, insonlar uchun baxt-saodat keltirish uchun yuborilgan dinni, insonlar uchun muammo tug’diruvchi bir holatga olib kelishiga yo’l ochadi. Din insonning nafaqat dunyodagi balki oxiratdagi ahvoliga ham albatta ta’sir ko’rsatgani uchun, dinda yo’l qo’yilgan xatolar tufayli oxiratdagi yo’qotish bu juda katta talofat bo’ladi. Dinning yagona egasi Allohdir. Dinda hukm chiqarish vakolati yolg’iz Unga xosdir. Bizni dindagi vazifamiz esa, Yolg’iz Unga qullik qilib, yordamni faqat Undan so’rashdir. Bu narsa, dindagi hukmlarning yagona sohibi Alloh ekanini tasdiq qilib qabul qilish bilangina hosil bo’ladi. Quyidagi oyat aynan shunga ishorat qiladi:

“Alif. Lam. Ro. Bu – to’g’ri qaror beruvchi va har narsadan xabardor bo’lmish Alloh tarafidan oyatlari hukm ifodalaydigan holatga keltirilgan va ayni damda Uni O’zi tarafidan tafsiloti bilan tushuntirib berilgan bir – kitobdir. Bunday bo’lishi, Allohdan boshqasiga qullik qilmasligingiz uchundir. Sen esa shunday degin: “Men undan sizlarni ogohlantiruvchi va xush xabar beruvchiman.” (Hud 11/1-2)

Oyatdagi “Bunday bo’lishi, Allohdan boshqasiga qullik qilmasligingiz uchundir” ifodasi, Alloh taoloning oyatlari nima sababli muhkam va mufassal o’laroq nozil qilinganini ko’rsatib bermoqda. Agar bunday bo’lmasa edi, ya’ni oyatlarni tafsiloti bilan ochiqlab tushuntirib berishni Alloh O’zi amalga oshirmasdan, bu ishni insonlarni o’ziga topshirilganida, o’rtaga qo’yilgan din Alloh taolo tarafidan yuborilgan din emas, balki insonlar tarafidan paydo qilingan din holiga kelib qolar edi. Paydo qilingan din esa, Allohning emas insonlarning dini bo’lar edi. U dinga amal qilganlar Allohga emas insonlarga ibodat qilgan bo’lib qolishadi. Bu narsa, din va din ichidagi hukmlarda Allohga sheriklik qilish degan natijaga olib keladi. Alloh taolo bunday bir sheriklikni aslo qabul qilmasligini quyidagi oyatdan bilib olamiz:

“U bilan orangizga qo’yib olib qullik qilgan narsalaringiz, siz va otalaringiz nomini to’qib qo’yib olgan narsalardan boshqa narsa emas. Alloh bu xususda hech kimga vakolat bermagan. Hukm – Allohning hukmidir. U, sizlarga O’zidan boshqasiga qullik qilmaslikka buyurgan. To’g’ri din mana shudir. Lekin, insonlarni aksariyati buni bilib o’rganmaydilar.” (Yusuf 12/40)           

Insonlarni Allohdan boshqasiga qullik qilishlari, boshqalarni ham Alloh bilan birgalikda bu dinda hukm berish vakolatiga ega deb bilishdan boshlanadi. Din arkonlari deb bilingan narsalarda Allohni emas, insonlarni aytganlariga amal qilish, Allohga emas insonlarga qullik qilish deb hisoblanadi. Insonlar o’z orzu-istaklariga ergashib ketmasligi uchun dinda yagona manba’ qilib bir kitob nozil qilgan, u kitobni O’zi tushuntirib ochiqlab bergan, bu ochiqlamalarga qanday erishish mumkinligini ham kitobda o’rgatib bergan. Dinda hukm qo’yuvchi yagona Allohdir. Biz esa, Uni bizga yuborgan kitobini – bizga o’rgatgan bir shaklda tushunib amal qilishga buyurilganmiz. Barcha nabiy va rasullar ham mana shu hukm ostiga kiradi. Yuqoridagi Hud surasida keltirilgan “Men undan sizlarni ogohlantiruvchi va xushxabar beruvchiman.” Jumlasi, aynan shuni ifoda qilmoqda. Jumlada keltirilgan “Undan” deb ishora qilingan narsa esa, Rasululloh bizlarni ogohlantirgan va xushxabar bergan barcha narsalar Qur’ondan ekani ma’lum bo’lmoqda. Quyidagi oyat buni ta’kidlaydi:

“Bu – o’zidan avvalgi kitoblarni tasdiqlovchi; haqsizlarni ogohlantiruvchi va yaxshi ishlarni amalga oshirganlarga xushxabar o’laroq uchun Arabcha nozil qilingan kitobdir.” (Ahqof 46/12)

Oyatda, Qur’on xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi bir kitob ekani bildirilmoqda. Rasullarning vazifasi esa, ularga vahiy qilingan kitobdagi narsalar bilan ogohlantirish va undagi narsalar bilan xushxabar berib bo’lganligi sababli, ular o’zlariga vahiy qilingan narsalarni-gina tablig’ qilib yetkazishgan. Rasulullohdan buni shunday ifoda qilinishi talab qilingan:

“Shunday deb aytgin: “Men sizlarni faqatgina vahiy bilan ogohlantiryapman.” (Anbiyo 21/45)  

Qur’ondagi nabiy va rasul atamalarining asl ma’nolariga e’tibor bermasdan, o’z zehniyatlarida to’qib chiqargan nabiy tushunchasi orqali harakat qilib turli natijalarni kutgan kishilar haqida Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Ularga bir oyat keltirmagan vaqtingda, ular senga: “O’zing o’sha oyatni to’qib chiqara qolmading-da” deyishadi. Aytginki: “Men, menga Rabbimdan vahiy qilingan oyatga ergashaman, xolos. Bular Rabbingizdan kelgan ko’rsatmalardir. Hamda, Allohga ishongan bir jamiyat uchun yo’l ko’rsatuvchi va bir rahmat manbaidir.” (A’rof 7/203)  

Rasululloh o’ziga vahiy qilingan oyatgagina amal qilishini shaxsan o’ziga ifoda ettirilishi juda muhim bir masaladir. Unga vahiy qilingan narsa Qur’ondir. Qur’on esa yagona diniy manbadir. Qur’onda diniy har bir masala ochiqlab berilgani bayon qilingan. Aloqador oyat quyidagicha:

“Biz bu Qur’onni senga nozil qildikki, har narsani bayon qilib bersin, unga bog’langanlarga bir rahmat va bir hush xabar bo’lsin.” (Nahl 16/89)[2]

Alloh taolo kitobida har narsani ochiq-oydin bayon qilib bergani bildirib turgan bo’lsa-yu, din xususidagi muammolarimizni hal qilish uchun bizni boshqa turli manbalarga murojaat qilishimiz to’g’ri bo’lmaydi. Bizni vazifamiz, dinda yagona hukm qo’yuvchi o’sha dinning egasi yagona Alloh ekanini, Kitobida barcha narsalarni ochiqlab berganini qabul qilishimiz va bu haqda aslo shubhaga tushmasligimiz kerak. Qur’onda bu haqda shunday buyuriladi:

“Men Allohdan boshqa bir hakam axtaraymi? Kitobni sizlarga ochiqlab berilgan holatda nozil qilgan Udir. Ularga biz kitob bergan kishilar bilishadiki, bu kitob Rabbing tarafidan haq o’laroq nozil qilingandir. Aslo taraddudga tushganlardan bo’lma!” (An’om 6/114)   

Haqiqat shunday bo’la turib, “masalalar hisobsiz, oyatlar esa chegaralangan” degan gapga ishonib qolib, Qur’onga cheklov qo’yilishiga yo’l qo’yilgan. Qur’onda bayon qilingan; undan tashqari narsalarda nabiy alayhissalom harom yoki halol deb belgilab bergan ekani haqida tushuncha hosil qilinib, Nabiy alayhissalomga yuklatilmagan bir vakolat va ortiqcha vazifa nisbat berilib, oyatlar o’rtasidagi munosabatlarga parvo qilmaslik oqibatida “Qur’on tushunib bo’lmas kitob” degan tushunchaviy mafkuraga oddiy xalqni mahkum qilingan.

Allohning diniga talab qilinganidek amal qilgan bir jamiyatdan ham ko’ra kuchli, madaniyatli va rivojlangan boshqa bir jamiyat yer yuzida bo’lishi mumkin emasligi hammaga ma’lum.[3] U holda, musulmonlarni yuz yillardir davom etib kelayotgan va kunimizda ham sodir bo’layotgan muammolari va turli noxush holatlariga sabab, nimalarnidir noto’g’ri ketganidan bir darak va nishonasi bo’lsa ajab emas. Chunki, Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Sustkashlik qilmanglar, xafa ham bo’lmanglar. Agar chin mo’min bo’lsangiz, ustun bo’lganlar sizlarsiz.” (Oli Imron 3/139)

Islom olimlarining asosiy vazifalaridan biri deb shuni aytishimiz mumkinki, Qur’onni o’zi ochiqlab bergan masalalarga murojaat qilishlari, oyatlardan Alloh ko’rsatgan yo’nalish bo’yicha hikmat yo’li orqali hukm chiqarishlari, diniy-ijtimoiy muammolarni bartaraf qilish uchun Allohning kitobiga qaytishlari kerak bo’ladi. Butun insoniyat uchun hidoyat va nur o’laroq nozil qilingan va ichida har narsani bir usulga ko’ra ochiqlab berilgani bildirilgan[4] kitobning atrofida bir oraga kelish, barcha kuch va g’ayratni uni to’g’ri tushunilishi va hayotga tatbiq qilinishi uchun sarflanishi kerak. Rasulullohni bu xususidagi o’rnaklari yo’limizni oydinlatishiga sabab bo’ladi. Diniy-an’anaviy tushunchaga ko’ra, Sunnat Qur’onni yonida alohida bir diniy manba hisoblanadi.[5] Bu esa, Qur’onda bo’lmagan ba’zi masalalar Sunnatda bor degan xulosaga ishonishga olib keladi. Hatto, u ikkalasida ham bo’lmagan diniy masalalarga ijmo’ va qiyos orqali erishish mumkinligi qabul qildirilgan.[6] Aslida, Qur’on yagona diniy manba bo’lib, Sunnat esa Rasululloh tarafidan Qur’ondagi hukmlarni hayotga qanday tatbiq qilganini ko’rsatib beruvchi namunadir. Buni aslo unutmasligimiz kerak. Qur’ondagi ba’zi oyatlarni to’g’ridan to’g’ri o’qib amal qilish mumkin, lekin, ba’zi oyatlariga amal qilish va undan to’g’ri xulosa chiqarib olish uchun esa, oyatlar orasidagi bog’liqliklarni topish va birgalikda o’qib tushunish kerak bo’ladi. Bunday holatda ham Sunnat Qur’ondan alohida bir shaklda, undan aloqasiz bir diniy manba bo’lishi mumkin emas.

Keyingi maqolalarimizda bu usulni umumiy qoidalari, prinsiplari va nazariy va amaliy ko’rsatmalari haqida ma’lumot berib o’tamiz. (Insha Alloh)

 

    Dr. Fotih. O’rum.[7]        

[1] Inson 76/29-30, Takvir 81/25-29.

[2] Oyatdagi “Har narsani ochiqlab berishi” ma’nosida keltirilgan narsa kitob ekani haqida qo’shimcha ma’lumot olish uchun Yusuf 12/111, Yunus 10/37- oyatlarga murojaat qilishingiz mumkin.

[3] Allohning diniga haqqi ila amal qilganlar yashab turgan zamonasining eng ustun bo’lishlari Sunnatulloh-Allohning o’zgarmas qonuni ekani haqida qo’shimcha ma’lumot olish uchun Baqara 2/47,127- oyatlarga murojaat qiling.

[4] A’rof 7/52.

[5] Shavkoniy, Irshodul Futuh, 1, 132.

[6] Zakiyyuddin Sha’bon, Islom Huquq Ilmining Asoslari. Ibrohim Kofi Do’nmaz, Anqara, 1990, 39- s.

[7] Istanbul Universiteti Ilohiyot fakulteti mudarrisi, Diniy fanlar doktori, Sulaymoniya Vaqfida ilmiy izlanish olib boruvchi olim.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
162 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Qur’onni tushunishdagi usul va qoidaning ahamiyati 22.12.2018 162
2 Hikmat va Sunnat tushunchalarini buzilishi va yo’qqa chiqarilishi 12.06.2018 144