Ayollarni guvohligi
Musulmonlar > E'lonlar > Qur'on va Sunnat butunligi > Tadqiqotlar Tarix: 29 Noyabr 2018 Email This Post Email This Post

… وَاسْتَشْهِدُوا شَهِيدَيْنِ مِن رِّجَالِكُمْ ۖ فَإِن لَّمْ يَكُونَا رَجُلَيْنِ فَرَجُلٌ وَامْرَأَتَانِ مِمَّن تَرْضَوْنَ مِنَ الشُّهَدَاءِ أَن تَضِلَّ إِحْدَاهُمَا فَتُذَكِّرَ إِحْدَاهُمَا الْأُخْرَىٰ ۚ وَلَا يَأْبَ الشُّهَدَاءُ إِذَا مَا دُعُوا ۚ وَلَا تَسْأَمُوا أَن تَكْتُبُوهُ صَغِيرًا أَوْ كَبِيرًا إِلَىٰ أَجَلِهِ ۚ ذَٰلِكُمْ أَقْسَطُ عِندَ اللَّـهِ وَأَقْوَمُ لِلشَّهَادَةِ وَأَدْنَىٰ أَلَّا تَرْتَابُوا ۖ

“…Orangizdagi erkaklardan ikki kishini guvoh qilinglar. Agar ikkita erkak guvoh bo’lmasa, o’zingiz rozi bo’ladigan bir erkak va ikkita ayol ham bo’laveradi. U ikkalasidan biri adashib ketsa ikkinchisi unga eslatib qo’yadi. Guvohlar chaqirilganda kelmay qolmasin. Qarz xoh oz bo’lsin xoh ko’p bo’lsin, uni belgilangan muddati bilan birga yozishdan erinmanglar. Bu – Alloh huzurida to’g’riroq , guvohlik uchun sog’lomroq va shubhalanib qolmasligingiz uchun uyg’unroqdir….”  (Baqara 2/282)

Guvohlik xususida Qur’oni Karim erkak bilan ayolni ajratmagan holda, ba’zi bir asarlarda erkak bilan ayol o’rtasida katta farq o’rnatilgan, hatto, had va qasos da’volarida guvohlik uchun faqatgina erkak kishi bo’lishi shart qilingan, boshqa da’volarda esa, ikkita erkak yoki, bir erkak va ikkita ayol yetarli deb bilingan. Qarz hosil bo’ladigan oldi-berdi aloqalarni qaydga kiritish haqidagi oyatda shunday buyurilgan:

“…Orangizdan ikkita erkak guvohni guvoh qilinglar. Agar ikkita erkak guvoh bo’lmasa, o’zingiz rozi bo’ladigan bir erkak va ikkita ayol ham bo’laveradi. Biri adashib ketsa ikkinchi unga eslatib qo’yadi…” (Baqara 2/282)

Oyatni bog’liqlik va aloqadorlik qismlariga e’tibor berilmaguncha, bu oyatga nisbatan, guvohlik uchun erkak-ayolni ayirish degan xulosaga kelishi mumkin. Xususan avvallari fiqh masalalarida shu xulosaga ko’ra harakat qilishgan. Oyatning davomi quyidagicha:

“…Guvohlar chaqirilganda kelmay qolmasin. Qarz xoh oz bo’lsin xoh ko’p bo’lsin, uni belgilangan muddati bilan birga yozishdan erinmanglar. Bu – Alloh huzurida to’g’riroq , guvohlik uchun sog’lomroq va shubhalanib qolmasligingiz uchun yanada uyg’unroqdir…”  (Baqara 2/282)

Oyatning “…Bu – Alloh huzurida to’g’riroq , guvohlik uchun sog’lomroq va shubhalanib qolmasligingiz uchun yanada uyg’unroqdir…” ifodasi, qarzni qayd etish jihatidan ham va guvohlik sonini yetarli deb bilish jihatidan ham qabul qilinishi mumkin bo’lgan holatdir. “Guvohlik uchun sog’lomroq” so’zi “sog’lom” so’zining qarama-qarshi tarafidir. Sog’lom deb hisoblangan ikkita narsa bir oraga keltirilganda, ulardan biriga sog’lomroq deyiladi, ikkinchisi esa, sog’lom bo’lib qolaveradi. Ikkita to’g’ri narsani biri ikkinchisidan to’g’riroq bo’lsa, bu – ikkinchisi noto’g’ri ekanini bildirmaydi. Modomiki “Bir erkak va ikkita ayolni guvohligiga” sog’lomroq deyilar ekan, bu shartga mos bo’lmagan holatdagi guvohlikka sog’lom deyiladi.             

Vasiyat qilish holatidagi guvohlik masalasiga aloqador bo’lgan oyatlar bu mavzuga yanada oydinlik kiritib, yuqoridagi hukm qarzni yozib qo’yish bilan bir qatorda, guvohlar soniga ham aloqador ekanini bildirmoqda:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا شَهَادَةُ بَيْنِكُمْ إِذَا حَضَرَ أَحَدَكُمُ الْمَوْتُ حِينَ الْوَصِيَّةِ اثْنَانِ ذَوَا عَدْلٍ مِّنكُمْ أَوْ آخَرَانِ مِنْ غَيْرِكُمْ إِنْ أَنتُمْ ضَرَبْتُمْ فِي الْأَرْضِ فَأَصَابَتْكُم مُّصِيبَةُ الْمَوْتِ ۚ تَحْبِسُونَهُمَا مِن بَعْدِ الصَّلَاةِ فَيُقْسِمَانِ بِاللَّـهِ إِنِ ارْتَبْتُمْ لَا نَشْتَرِي بِهِ ثَمَنًا وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰ ۙ وَلَا نَكْتُمُ شَهَادَةَ اللَّـهِ إِنَّا إِذًا لَّمِنَ الْآثِمِينَ ﴿١٠٦﴾

فَإِنْ عُثِرَ عَلَىٰ أَنَّهُمَا اسْتَحَقَّا إِثْمًا فَآخَرَانِ يَقُومَانِ مَقَامَهُمَا مِنَ الَّذِينَ اسْتَحَقَّ عَلَيْهِمُ الْأَوْلَيَانِ فَيُقْسِمَانِ بِاللَّـهِ لَشَهَادَتُنَا أَحَقُّ مِن شَهَادَتِهِمَا وَمَا اعْتَدَيْنَا إِنَّا إِذًا لَّمِنَ الظَّالِمِينَ ﴿١٠٧﴾

“Ey mo’minlar! Sizlardan biringizga o’lib oni kelib vasiyat qilmoqchi bo’lsa, sizlardan adolatli ikki kishi orangizda guvoh bo’lsin. Yoki, sizlar safarda bo’lib, boshingizga o’lim musibati kelib qolsa, sizlardan bo’lmagan boshqa ikki kishi guvoh bo’lsa ham bo’laveradi. Agar guvohlardan shubha qilsangiz, ularni namozdan keyin ushlab qolib shunday qasam ichtirasizlar: “Allohga qasamki, garchi bizning eng yaqin kishimiz bo’lsa ham, bizni bu guvohlikni hech qanday qadr-qiymatga almashtirmaymiz, Alloh uchun qilingan bu guvohlikni yashirmaymiz, Aks holda, gunohkorlardan bo’lib qolishimiz aniq.”

Agar gunohga kirganliklari sezilib qolsa, merosga haqli bo’lgan yaqin kishilaridan ikki kishi ularni o’rniga o’tadi va shunday qasam ichishadi: “Allohga qasamki, bizni guvohligimiz ularni guvohligidan to’g’riroqdir, biz haqsizlik qilmaymiz. Aks holda, biz haqsiz-zolimlardan bo’lib qolishimiz aniq.” (Moida 5/106-107)

Bu oyatlarda erkak bilan ayolni ayirmagan holatda, adolatli/ishonarli ikki musulmon kishini guvoh qilinglar deyilmoqda. Bu oyatga ko’ra, musofirlikni maxsus shartlari sababidan, guvohlarni barchasi ayol, yoki barchasi erkak, yoki bir dona ayol va bir dona erkak bo’lsa ham bo’laveradi.

Guvohlar noto’g’ri ifoda berib gunohga kirganligi sezilib qolsa, vorisni o’ziga yaqin haq egalari avvalgi ikki guvohni guvohligini to’xtatadigan holatda yangitdan guvohlik qiladilar. Vorisning haq egasi bo’lgan guvohlari ayol kishi bo’lishi ham mumkin.

Bu oyatda dalil olinadigan jumla quyidagicha: “Bunday bo’lishi, guvohlikni keragicha o’rniga qo’yish uchun eng quyi tabaqasidir…” (Moida 5/108) Bu jumlani Baqara 2/282-oyatdagi “…Bunday bo’lishi, guvohlik uchun sog’lomroqdir…” jumlasi bilan yuzlashtirilgan holda birga o’qib tushunilsa, guvohlikni sharti ikkita erkak kishi yoki, bir erkak va ikkita ayol kishi emasligi o’rtaga chiqadi.     

Bu mavzuda shu hadis ham dalil qilib keltirilgan: “… ikkita ayol kishini guvohligini bitta erkakni guvohligiga teng qilinishi, uni aql jihatdan nuqsonli ekanini ko’rsatadi…”| (Muslim, Imon 132)

Aql so’zi arab tilida bilim/ilm ma’nolarida ham ishlatiladi[1]. Aql jihatidan nuqsonlik bilim jihatidan bo’lgan nuqsonlik hisoblanadi. Har qanday insonni bilmagan narsasiga guvohlik qilishi qiyin bo’ladi. Chunki, uni to’liq tushunib yetmaydi va to’la-to’kis farqiga bormaydi. Bu narsa esa shubhaga sabab bo’ladi. Ayol kishilar umumiy qilib aytganda qarz muomalasini keltirib chiqaradigan va qarz oldi-berdi muomalalaridagi huquqiy prinsiplardan aksariyat hollarda bexabar bo’lishadi. Bu narsaga keragicha e’tibor berishmaydi. Shu sababli, qarzga aloqador bo’lgan masalalarda ularni bilimlari erkaklarni bilimiga va guvohligiga qaraganda nuqsonliroq bo’ladi. Ayniqsa yuqoridagi hadis Baqara surasining 282- oyatga ochiqlik kirgizgan bo’ladi. Chunki, har qanday kishi ham o’zi bilmagan narsasida guvohlik qilishda ko’rgan va eshitgan narsalarini qaysi birini asoslarga va qaysi biri farqli vajhlarga aloqador ekanini tushunib yetmasligi mumkin va osonlikcha guvohlik qilishda yengilib qolishi mumkin.

  1. Zinoga Guvohlik

Niso surasining 15-oyatida ham, zinoga qo’l urgan ayolni aybini isbotlash uchun, u ishga guvoh/shohid bo’lib qolgan kishilarni erkak yoki ayol deb ajratmasdan, ulardan to’rt kishini guvoh qilib  keltiringlar deb buyurmoqda:

وَاللَّاتِي يَأْتِينَ الْفَاحِشَةَ مِن نِّسَائِكُمْ فَاسْتَشْهِدُوا عَلَيْهِنَّ أَرْبَعَةً مِّنكُمْ ۖ فَإِن شَهِدُوا فَأَمْسِكُوهُنَّ فِي الْبُيُوتِ حَتَّىٰ يَتَوَفَّاهُنَّ الْمَوْتُ أَوْ يَجْعَلَ اللَّـهُ لَهُنَّ سَبِيلًا ﴿١٥﴾

“Ayollaringizdan zinoga qo’l urganlariga qarshi ichingizdan to’rtta guvoh keltiringlar. Agar guvohlik bersalar, ularni to o’lim kelguncha yoki, Alloh ular uchun bir chiqish yo’l o’chguncha uylarda saqlanglar.”  

Lion masalasiga aloqador bo’lgan oyatlar, zino ishiga guvohlik qilish masalasiga yanada oydinlik kiritadi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَالَّذِينَ يَرْمُونَ أَزْوَاجَهُمْ وَلَمْ يَكُن لَّهُمْ شُهَدَاءُ إِلَّا أَنفُسُهُمْ فَشَهَادَةُ أَحَدِهِمْ أَرْبَعُ شَهَادَاتٍ بِاللَّـهِ ۙ إِنَّهُ لَمِنَ الصَّادِقِينَ ﴿٦﴾ وَالْخَامِسَةُ أَنَّ لَعْنَتَ اللَّـهِ عَلَيْهِ إِن كَانَ مِنَ الْكَاذِبِينَ ﴿٧﴾ وَيَدْرَأُ عَنْهَا الْعَذَابَ أَن تَشْهَدَ أَرْبَعَ شَهَادَاتٍ بِاللَّـهِ ۙ إِنَّهُ لَمِنَ الْكَاذِبِينَ ﴿٨﴾ وَالْخَامِسَةَ أَنَّ غَضَبَ اللَّـهِ عَلَيْهَا إِن كَانَ مِنَ الصَّادِقِينَ ﴿٩﴾

“Ayollariga zino aybini otgan va o’zlaridan boshqa guvohlari bo’lmaganlar… Bunday kishining guvohligi, “Alloh shohidki, albatta men rost gapiryapman” deb to’rt marta guvohlik qilishidir.    

Beshinchi martasida, agar yolg’on gapirayotgan bo’lsa Allohni la’natiga uchrashni tilaydi.   

U ayol: “Alloh shohidki, erim aniq yolg’on gapiryapti” deb guvohlik qilishi, o’zidan u azobni daf qiladi.

Beshinchi martasida, agar eri to’g’ri gapirayotgan bo’lsa, Allohni la’natiga uchrashni tilaydi.” (Nur 24/6-9)    

Yuqoridagi oyatda,  erkak kishining: “Alloh shohidki, albatta men rost gapiryapman” deb aytgan har bir gapi bitta guvoh deb qabul qilinmoqda. Bu so’zni to’rt marta takrorlashi, erkak kishi ayoliga nisbatan zinoda tuhmat qilayotganlik jazosidan o’zini qutqarayotganini ifodalaydi.

Ayol kishining: “Alloh shohidki, erim aniq yolg’on gapiryapti” deb aytishi ham bitta guvohni o’rnini bosmoqda va bitta guvoh deb qabul qilinmoqda. Bu so’zni to’rt marta takrorlashi, o’zini zino aybiga beriladigan jazodan qutqarib qolishiga sabab bo’lmoqda. Shunday qilib, erining to’rt marta bergan guvohligi ayolining ham to’rt marta bergan guvohligiga nisbatan teng ko’rilmoqda.

Er-xotinning har birini o’zlariga nisbatan qilgan guvohliklarida aytgan so’zlarini oxirgi jumlasidan boshqa barcha so’zlari bir xil bo’lishi insonni diqqatini o’ziga jalb qilmoqda. Erning ifodasi ijobiy, xotining ifodasi esa salbiy. Ayni kuchga teng bo’lgan salbiy jumla, ijobiy jumlani hukmsiz qilib, erning bergan guvohligiga asoslangan holda ayolini jazolashni man qilib oldini olmoqda. Bu narsa shuni ochiq ko’rsatmoqdaki, ayol kishi zino masalalarida ham guvoh qilishi mumkin. Bu xususida ayol kishining qilgan guvohligi erkak kishining guvohligiga tengdir.

  1. Taloqqa Guvohlik

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

فَإِذَا بَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمْسِكُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ أَوْ فَارِقُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ وَأَشْهِدُوا ذَوَيْ عَدْلٍ مِّنكُمْ وَأَقِيمُوا الشَّهَادَةَ لِلَّـهِ ۚ

 “Ayollar kutish muddatini oxiriga borganida, ularni yo ma’ruf[2] ila ushlab qolinglar yoki ma’ruf ila ajrashinglar. Sizlardan bo’lgan ikkita ishonchli kishini guvohlikka olib kelinglar, guvohlikni Alloh uchun ado qiling.” (Taloq 65/2)

Bu oyatda ham guvohlik uchun erkak va ayol o’rtasi ajratilmagan.

  1. Nabiyimizning Izohi

Nabiyimiz alayhissalomning quyidagi izohi ham yuqoridagi sharhlarni to’g’ri ekanini ko’rsatmoqda.

“Uqba bin al-Horisa Abu Ihobning qizi Ummu Yahyoga uylandi. Uqba aytdiki: Qora bir joriya kelib, men sizlarni ikkingizni ham emizganman dedi. Buni Nabiy alayhissalomga aytib berdim, u kishi mendan yuzini burdi. Oldi tarafiga o’tdim va yana qayta tushuntirdim. Shunda u kishi: Qanday qilib bunday bo’lishi mumkin? Joriya har ikkalangizni ham emizganligi haqida qat’iy ishonchga ega” dedi va ayol bilan birga oila qurib yashashimni man qildi.” (Buxoriy, Shahodat 13)

Nabiyimizni bunday deyishiga qaramasdan, emakdosh aka-uka, opa-singil bo’lib qolganlikni aniqlash uchun ayollarni bergan guvohliklari fiqhda yetarsiz deb bilinadi. Bu narsani esa, Qur’oni Karim ham, Oyatlarni hikmat yo’li orqali izohlab bergan hadis ham qabul qilmaydi.

 

Prof. Dr. Abdulaziz BAYINDIR.

[1] Mufradot عقل moddasi.

[2] Ma’ruf – bilingan va ma’lum bo’lgan narsadir. Bu bilim boshlanishdan to’g’ri deb qabul qilinib davom etib kelgan an’ana va urf-odatlardan yoki, Kitob va Sunnatdan olinadi. An’ana va urf-odatdan olingan bo’lsa, Kitob va Sunnatga zid bo’lmasligi kerak. Bunday bir ma’lumotni din ham aql ham to’g’ri va chiroyli deb qabul qiladi.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
236 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ayol o’z ixtiyori bilan eridan ajrashi 10.07.2019 175
2 Alloh Belgilab Qo’ygan Chegaralarni Buzilishi va Buni Ro’zadagi Misoli 30.06.2019 107
3 Tafsilotlari Bilan Ro’za Ibodati 11.05.2019 151
4 Tashahhuddagi salom va duolarning ma’no va mohiyatlari 13.02.2019 299
5 Qur’onni tushunishda ijtihodning ahamiyati qanday? 16.01.2019 221
6 Nasx kalimasi Qur’onda qaysi ma’nolarda qo’llanilgan? 10.01.2019 199
7 Afv bilan Mag’firatni farqi 08.01.2019 287
8 Hanafiylikda musofirlik muddati qaysi qiyos bilan belgilangan? 08.01.2019 216
9 Namozda hushu qanday bo’ladi? 03.01.2019 261
10 Islom jang-u jadal dinimi, yoki tinchlik dinimi? 29.12.2018 229
11 Qur’on va Musulmonlarning ahvoli 25.12.2018 316
12 Qur’onni tushunishdagi usul va qoidaning ahamiyati 22.12.2018 248
13  Qur’onda barcha narsaning tili   19.12.2018 243
14 Kitob va Sunnatda foiz (kredit) 11.12.2018 250
15 Ayollarni guvohligi 29.11.2018 236
16 Isro va Meroj 19.11.2018 446
17 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 587
18 Hamma bilgan o’sha namoz 18.10.2018 333
19 Qur’onda namoz vaqtlari 17.10.2018 930
20 Islomda Halol va Harom 16.10.2018 999
21 Ruh va uning xususiyati 10.10.2018 387
22 Qur’onga ko’ra 3 qoidani buzmaguncha hech kimga adovat qilib bo’lmaydi 10.09.2018 305
23 Iso alayhissalom dunyoga qaytib keladimi? 10.09.2018 736
24 G’ayridinlar o’rtasidagi munosabatlar 18.08.2018 390
25 Ajalning qisqarishi 18.08.2018 289
26 Qur’on va Sunnatda yoshlarni nikohlash bormi? 13.08.2018 691
27 Qur’on va Sunnatga ko’ra taloq 09.08.2018 3 412
28 Kitob va Sunnatga ko’ra Haj va qurbonlik 03.08.2018 368
29 Kitob va Hikmat tushunchasi 30.07.2018 417
30 Ayol kishiga qo’l ko’tarishga kim ruxsat berdi? 22.07.2018 545
31 Hikmat va Sunnat tushunchalarini buzilishi va yo’qqa chiqarilishi 12.06.2018 230
32 Namoz vaqtlari (Qur’onga ko’ra) 08.06.2018 246