Hayzli ayollarni ro’zasi
Musulmonlar > Qur'on va Musulmonlar > Tadqiqotlar > Tahorat Tarix: 01 Noyabr 2018 Email This Post Email This Post

HAYZLI AYOLLARNI RO’ZASI

Hayz va nifos holatidagi ayollar haqidagi nasx

Nasx – bir kitobdagi ma’lumotni boshqa bir kitobga ko’chirish yoki, biron narsani dasturdan chiqarib tashlab o’rniga boshqa bir narsa kirgizish degan ma’nolarni bildiradi.[1]Nasxni tariflagan oyat quyidagicha:

مَا نَنْسَخْ مِنْ آَيَةٍ أَوْ نُنْسِهَا نَأْتِ بِخَيْرٍ مِنْهَا أَوْ مِثْلِهَا أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ اللَّهَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ

“Biz bir oyatni nasx qilsak, yoki unuttirsak, undan ham yaxshirog’ini yoki, aynan u bilan bir xilini keltiramiz. Bilmaysanmiki, Alloh har narsaga bir o’lchov qo’yuvchi zotdir.” (Baqara 2/106)

Oyatga ko’ra, nasx – bir oyatni boshqa bir oyat bilan almashtirishdir. Bu narsa, ham Qur’on oyatlari orasida, hamda Qur’on bilan avvalgi kitoblar orasida bo’ladi.

Qur’on ilohiy kitoblarni oxirgi nusxasi bo’lganligi uchun, undagi oyatlarning aksariyati avvalgi kitoblardagi oyatlar bilan bir xildir, ya’ni, aksariyat hukmlar avvalgi kitoblardagi hukmlarning aynisi. Alloh taolo shunday buyuradi:

شَرَعَ لَكُم مِّنَ الدِّينِ مَا وَصَّىٰ بِهِ نُوحًا وَالَّذِي أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ وَمَا وَصَّيْنَا بِهِ إِبْرَاهِيمَ وَمُوسَىٰ وَعِيسَىٰ ۖ أَنْ أَقِيمُوا الدِّينَ وَلَا تَتَفَرَّقُوا فِيهِ ۚ كَبُرَ عَلَى الْمُشْرِكِينَ مَا تَدْعُوهُمْ إِلَيْهِ ۚ اللَّـهُ يَجْتَبِي إِلَيْهِ مَن يَشَاءُ وَيَهْدِي إِلَيْهِ مَن يُنِيبُ

“Alloh Nuhga nimani buyurgan bo’lsa, uni sizlar uchun bu dinning shariati bilib tayinladi. Senga, Ibrohimga, Musoga va Isoga vahiy qilgan narsamiz shundan iborat: “Bu dinni o’z holicha saqlab qolinglar va bu xususida bir-biringizdan ayrilib bo’linmanglar.” Sen chaqirayotgan narsa mushriklarga og’ir keladi. Alloh, bu dinni afzal ko’rgan kishini O’z tarafiga/yo’liga tanlab oladi va unga yo’nalganni maqsadiga erishtiradi.” (Sho’ro 42/13)

نَزَّلَ عَلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ وَأَنزَلَ التَّوْرَاةَ وَالْإِنجِيلَ

“Alloh, haqiqatlarni o’z ichiga oluvchi bu kitobni – o’zidan avvalgilarni tasdiqlovchi qilib yubordi. Tavrot va Injilni ham U yuborgan.” (Oli Imron 3/3)

Bu oyatlar, avvalgi kitoblardagi oyatlarni asosiy va aksariyat qismlari so’ngi kitob bo’lmish Qur’onga aynan bir xil holatda keltirilganini, qolgan boshqa qism va hukmlarga esa, bir oz yengillik kiritilgan holda keltirilganini ko’rsatmoqda. Buni yanada ravshan qilib ochiqlab beruvchi oyat quyidagicha:

 يَا أَهْلَ الْكِتَابِ قَدْ جَاءَكُمْ رَسُولُنَا يُبَيِّنُ لَكُمْ كَثِيرًا مِمَّا كُنْتُمْ تُخْفُونَ مِنَ الْكِتَابِ وَيَعْفُو عَنْ كَثِيرٍ قَدْ جَاءَكُمْ مِنَ اللَّهِ نُورٌ وَكِتَابٌ مُبِينٌ.

“Ey Ahli Kitob, sizlarga – sizlar kitobdan yashirgan ko’p narsalarni ochiqlab beradigan, yana boshqa ko’plab yashirgan narsalaringizni afv qiladigan – elchimiz keldi. Sizlarga Allohdan bir nur va ochiq-ravshan bir kitob keldi.” (Moida 5/15)   

Masalan, Baqara surasining 183-oyatida avvalgi ummatlar bilan bir xil shaklda ro’za tutishimiz buyurilgan edi, keyinchalik esa, Baqara surasining 187-oyatida, ro’za tutilgan kunlarning kechalarida ayoli bilan jinsiy munosabat qurishdagi taqiq olib tashlangani shunday ifoda bildirilgan:

أُحِلَّ لَكُمْ لَيْلَةَ الصِّيَامِ الرَّفَثُ إِلَىٰ نِسَائِكُمْ ۚ هُنَّ لِبَاسٌ لَّكُمْ وَأَنتُمْ لِبَاسٌ لَّهُنَّ ۗ عَلِمَ اللَّـهُ أَنَّكُمْ كُنتُمْ تَخْتَانُونَ أَنفُسَكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ وَعَفَا عَنكُمْ ۖ فَالْآنَ بَاشِرُوهُنَّ…

“Ro’za kunlarining kechalarida ayollaringizga nisbatan jinsiy munosabatda bo’lishingiz sizlarga halol qilindi. Ular sizlar uchun bir libos, sizlar ham ular uchun bir libossiz. Alloh, o’zingizga o’zingiz xiyonat qilganingizni bilib, sizlarni kechirib afv qildi. Endi ular bilan birlashaveringlar…” (Baqara 2/187)

Avvalgi nabiylarga yuborilgan hukmlar orasidagi hayz va nifos holatidagi ayollarga aloqador buyruq va taqiqlarning aksariyati, Qur’on oyatlari bilan shariat dasturidan olib tashlandi. Faqatgina, jinsiy munosabat haqidagi qaror davom etib kelgan.

Tavrotdagi hayz va nifos qoni haqidagi qoidalar quyidagicha:

Asl va o’zgartirilmagan holatida qanday ekani bizga noma’lum. Lekin, kunimizdagi mavjud Tavrotdagi hayz va nifos qonlari haqidagi hukmlarni ba’zilari quyidagicha:

“Isroil xalqini nopokligidan tozalaysan. Shunday qilib, yashab turgan uyimni kir qilib, nopok holatda o’lmasinlar.”

Oqindisi bor bo’lgan, bo’shanib nopok bo’lgan odam, hayz ko’rgan ayol, oqindisi bor bo’lgan erkak yoki ayol va nopok hisoblangan ayol bilan birga yotgan erkak kishilarga aloqador bo’lgan qoida shudir.” (Lavililar 15/19-33)

Hayz ko’rganligi uchun nopok hisoblangan ayol bilan jinsiy aloqa qilmaysan.” (Lavililar 18/19)

Musulmonlar ham Tavrotga amal qilishar edi

Ilohiy kitoblarning barchasiga imon keltirish majburiyati bo’lgan. Alloh taolo shunday buyuradi:

قُلْ آمَنَّا بِاللّهِ وَمَا أُنزِلَ عَلَيْنَا وَمَا أُنزِلَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وَإِسْمَاعِيلَ وَإِسْحَقَ وَيَعْقُوبَ وَالأَسْبَاطِ وَمَا أُوتِيَ مُوسَى وَعِيسَى وَالنَّبِيُّونَ مِن رَّبِّهِمْ لاَ نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِّنْهُمْ وَنَحْنُ لَهُ مُسْلِمُونَ. وَمَن يَبْتَغِ غَيْرَ الإِسْلاَمِ دِينًا فَلَن يُقْبَلَ مِنْهُ وَهُوَ فِي الآخِرَةِ مِنَ الْخَاسِرِينَ.

“Shunday deb ayt: “Biz Allohga ishonib suyandik. Bizga yuborilganga, Ibrohimga, Ismoilga, Is’hoqqa, Ya’qubga va nabiralariga yuborilganga, Musoga va Isoga berilganga; Nabiylarga Rabbi tarafidan nimaiki berilgan bo’lsa barchasiga ishonib suyandik.[2] Hech birini boshqasidan ajratmaymiz. Biz unga/undagi hukmlarga taslim bo’luvchi kishilarimiz. Kim bu Islomdan boshqa bir din izlashga kirishsa, undan aslo qabul qilinmaydi. U oxiratda bor-butini yo’qotganlardan bo’ladi.” (Oli Imron 3/84)

Makkada nozil bo’lgan An’om surasining 83-89- oyatlarida, Alloh taolo Muso va Horun alayhissalomlarni ham qo’shib 18 ta vahiy olgan nabiyni nomini keltirdi, ularni otalaridan, aka-ukalaridan va nasllaridan ham kimlarnidir tanlab olganini bildirdi va ulardan har biriga kitob va hikmat berganini bayon qilib, orqasidan shunday marhamat buyurdi:

 أُوْلَـئِكَ الَّذِينَ هَدَى اللّهُ فَبِهُدَاهُمُ اقْتَدِهْ

“Shular – Alloh ularga kitob/rahbar bergan kishilardir. Shunday ekan, sen ham ularni kitobiga ergash.” (An’om 6/90)

Bu oyatga ko’ra, ilk Musulmonlar Tavrotdan javobgar bo’lganligi uchun, Madinadagi Yahudilarni hayzli va nifosli ayol haqidagi qaror va  xatti-harakatlarini ko’rib, bu haqda Rasulullohdan so’rab surishtirdi va javob o’laroq shu oyatlar nozil bo’ldi:

وَيَسْأَلُونَكَ عَنِ الْمَحِيضِ قُلْ هُوَ أَذًى فَاعْتَزِلُواْ النِّسَاء فِي الْمَحِيضِ وَلاَ تَقْرَبُوهُنَّ حَتَّىَ يَطْهُرْنَ فَإِذَا تَطَهَّرْنَ فَأْتُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ أَمَرَكُمُ اللّهُ إِنَّ اللّهَ يُحِبُّ التَّوَّابِينَ وَيُحِبُّ الْمُتَطَهِّرِينَ. نِسَآؤُكُمْ حَرْثٌ لَّكُمْ فَأْتُواْ حَرْثَكُمْ أَنَّى شِئْتُمْ وَقَدِّمُواْ لأَنفُسِكُمْ وَاتَّقُواْ اللّهَ وَاعْلَمُواْ أَنَّكُم مُّلاَقُوهُ وَبَشِّرِ الْمُؤْمِنِينَ

“Ular sendan hayz-u nifos qonashi haqida[3] so’rashmoqda. Aytgin: “Odat qoni bir aziyat-mashaqqatdir.” Shuning uchun, odatli vaqtlarda ayollaringizni tinch qo’ying, pok bo’lmaguncha ularga yaqinlashmanglar. Yaxshilab poklanganida, ularga Alloh buyurgan yerdan[4] kelaveringlar. Shubhasizki, Alloh tavba qiluvchilarni yaxshi ko’radi, yaxshilab poklanuvchilarni ham yaxshi ko’radi. Ayollaringiz sizlar uchun ekin yerlaringizdir. Ekin yeringizga – ekin olishga munosib ko’rgan yeringizdan – kelinglar[5] va o’zingiz uchun oldindan tayyorgarlik ko’rib qo’ying. Allohdan tortinib o’zingizni himoya qilinglar va bilinglarki, aniq Uni huzuriga chiqasizlar.” Mo’minlarga buni (bu yengillikni) xabarini yetkaz.” (Baqara 2/223-224)

Hayz va nifos ko’rgan ayolga nisbatan qo’yilgan taqiqlardan jinsy aloqadan boshqa barchasi olib tashlangani uchun, oyatlar shu ifodalar bilan yakunlangan:

Buni (bu yengillikni) mo’minlarga yetkaz.”

Bunga ko’ra, Nabiyimiz shunday degani bildirilgan:

اصنعوا كل شيء إلا النكاح

“Jinsiy aloqadan boshqa har qanday muomala qilishingiz mumkin.” (Muslim, Hayz 16-32, Abu Dovud, Tahorat 258)

Tavrotda hayz yoki nifos qoni ko’rgan ayollarni ibodatlariga aloqador taqiqlar bo’lmagan. Agar bor bo’lganida yoki, yangi bir taqiq kelganida edi, Qur’ondagi nasx qoidasiga ko’ra, o’sha taqiq Qur’ondan o’rin olgan bo’lar edi. Bunday bir taqiq Qur’onda yo’qligiga binoan, ba’zi bir rivoyatlarga asoslanib hayzli ayollarga rp’zani, Qur’on o’qishni va boshqa ibodatlariga taqiq qo’yib qo’yish, haqiqatlarni tark qilib quruq gumonga ergashishdan boshqa narsa emas. Alloh taolo shunday buyuradi:

(Aytgin) “Allohdan boshqa hakam surishtiraymi?” Kitobni sizlarga ochiqlangan bir shaklda yuborgan Udir. Biz ularga kitob berganlarimiz bilishadiki, bu – Rabbi tarafidan haqiqatlarni to’la ko’rsatib beradigan shaklda yuborilgan. Aslo shubhaga tushganlardan bo’lma.

Rabbingni so’zi to’g’rilik va adolatli jihatidan tamomlandi. Endi, Uni kalimalarini o’zgartiradigan hech kim yo’q. U, eshitib turuvchi, bilib turuvchi zotdir.

Yer yuzidagi kishilarni aksariyat qismiga ergashadigan bo’lsang, seni Allohni yo’lidan adashtirib yuboradi. Ular faqatgina gumonga (aniq bilinmagan ma’lumotga) ko’ra harakat qilishadi. Ular faqatgina taxmin qilishadi.

Rabbing yo’lidan adashganlarni juda yaxshi biladi. U, yo’lga kirganlarni ham yaxshi biladi. (An’om 6/114-117)

HAYZLI AYOLNI RO’ZASI

Ro’zani arabchasi siyam = صِيام ya’ni, o’zini yeyishdan, ichishdan va jinsiy aloqa qilishdan tiyishdir.[6] Bular ochiqlab berilgan oyatda shunday buyurilgan:

  تِلْكَ حُدُودُ اللَّهِ فَلَا تَقْرَبُوهَا

“Mana shular Alloh qo’ygan chegaralardir; ularga yaqinlashmanglar.” (Baqara 2/187)

Alloh taolo O’z Kitobida “Sizlardan kim ramazon oyida yashasa, u oyni ro’zali o’tkazsin.” (Baqara 2/185) degani holda, ba’zi rivoyatlarga asoslangan holatda, yeyish, ichish va jinsiy aloqa turiga kirmagan hayz va nifos qoni ro’zani buzadi deyish Allohni chegarasini buzgan degandan boshqa bir ma’no hosil qilmaydi. Shu sababli, hayz ko’rgan ayol ro’zasini buzishga haqqi yo’q. Agar hayzli kunlarda bemor bo’lib qolsa, hayz ko’rgani uchun emas balki, bemor bo’lib qolgani uchungina ro’zani keyinga qoldirishi mumkin.

HAYZ KO’RGAN AYOLNI QUR’ON O’QISHI

Moida surasining 6-oyatiga ko’ra, g’usl, tahorat va tayammum faqatgina namoz uchundir. Tahoratsiz, junub yoki hayzli holatdagi birini Qur’on o’qiy olmasligi haqida bironta ham taqiq yo’q. Ammo, bular Qur’onga tegishi mumkin emasligi haqida shu oyatlarni dalil qilib keltirishadi:

۞ فَلَا أُقْسِمُ بِمَوَاقِعِ النُّجُومِ ﴿٧٥﴾ وَإِنَّهُ لَقَسَمٌ لَّوْ تَعْلَمُونَ عَظِيمٌ ﴿٧٦﴾ إِنَّهُ لَقُرْآنٌ كَرِيمٌ ﴿٧٧﴾ فِي كِتَابٍ مَّكْنُونٍ ﴿٧٨﴾ لَّا يَمَسُّهُ إِلَّا الْمُطَهَّرُونَ ﴿٧٩﴾ تَنزِيلٌ مِّن رَّبِّ الْعَالَمِينَ ﴿٨٠﴾

“Yo’q Yo’q! Yuzduzlarni joylariga qasam! Bilsangiz bu buyuk bir qasamdir. (Yulduzlar joylashgan burjlardagi) hurmatli bir Qur’ondir, g’ilofida saqlangan kitobdadir. Pok deb hisoblanganlardan boshqa hech kim unga tega olmaydi. U, borliqlarni egasi tarafidan yuborilgandir.” (Voqea 56/75-80)

Yulduzlar joylashgan yer “Malai A’lo”dir. (Mr. Soffat 37/6-10)

U yerdagi kitob bir lavha ichida, lavhi mahfuzda saqlanadi. (Mr. Buruj 85/21-22) Yuqoridagi oyatlar, saqlanib turishi bir g’ilof ichida ekanini ko’rsatib turibdi. Bu g’ilofni to’g’ri tushunishimiz uchun sabab bo’lgan oyat ayni surada keltirilgan shu oyatdir:

“Har biri g’ilofida (sadafida) saqlangan marvaridlar kabidir.” (Voqea 56/23)

Sadafida saqlangan marvaridlar kabi bo’lganlar Jannatga kirganlarga xizmat qiladigan hurlardir. Marvaridni saqlab turgan g’ilofga sadaf deyiladi.

Qo’limizdagi Qur’on bunday bir sadaf ichida saqlanib kelinmayotgani hammamizga ayon. Shu bois, yuqoridagi oyatlar tahoratsiz, junub yoki hayzli bir insonni Qur’on o’qishiga taqiq qo’ygan bir dalil bo’la olmaydi. Bu mavzuga aloqador qilinib keltirilgan hadislar ham juda zaifdir. Haqiqatlar tark qilinib gumonlarga ergashilmaydi.

 

      Prof. Dr. Abdulaziz Bayindir.

Ro’zaga aloqador qo’shimcha ma’lumot olish uhcun quyidagi maqolani o’qib chiqishingizni tavsiya qilamiz:

Alloh Belgilab Qo’ygan Chegaralarni Buzilishi va Buni Ro’zadagi Misoli

[1] Al-Ayn.

[2] Bu oyat, barcha nabiylarga kitob berilganini bildiradi.

[3] Oyatdagi al-mahiyz  المحيض = ham hayz ko’rgan va hamda nifosli ayolni anglatuvchi ma’lum;nolarda keladi. Maqoyis Alloh-lug’a.

[4] Bachadonidan yaqinlashing, “Alloh sizlar uchun yozishini (farzandli bo’lishni) talab qilinglar.

[5] Ekin maydoni hosil oladigan yerdir. Bachadondan yaqnlashish sharti bilan xohlagan tarafidan kelishi mumkin.

[6] Mufradot. صوم moddasi.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
614 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Balog’at yoshi, junublik va g’usl 03.06.2019 264
2 Odat qoni tugagan ayol g’usl qilishidan avval eri bilan qo’shilishi mumkinmi? 12.05.2019 514
3 Nos tahoratni buzadimi? 15.02.2019 502
4 Yel tahoratni buzadimi? 09.02.2019 988
5 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 614
6 Junub holatda yeb-ichish, yotib uxlash va shu kabi ishlar qilish mumkinmi? 04.09.2018 876
7 Junub inson boshqalarni ham nopok qiladimi? 10.06.2018 924
8 Tahoratsiz holda bola emizish mumkinmi? 10.06.2018 933
9 Qur’onga ko’ra tahoratni nimalar buzadi? 10.06.2018 904
10 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 1 024