Hamma bilgan o’sha namoz
Musulmonlar > Namoz > Tadqiqotlar Tarix: 18 Oktabr 2018 Email This Post Email This Post

                            Hamma bilgan o’sha namoz

  1. KIRISH SO’ZI

Namoz ilk marotaba Muhammad alayhissalomga o’rgatilgani, undan avval namoz degan amal va bunday bir ibodat turi bo’lmagan degan tushuncha xalq orasida juda ham yoyilib ketgan va zehnlarga o’rnashib ketgan. Insonlar orasida obro’-e’tiborga ega, ilm ahli deb tanilgan ba’zi kishilar ham aynan shu tushuncha ta’siri ostiga tushib qolganini ko’rishimiz mumkin.

Insonlar namoz xususida yetarsiz va xato ma’lumotlarni o’z zehnlariga joylashtirib olishlari natijasida, namoz haqida ko’plab savollar va savol ishoratini keltirib chiqaruvchi ishoratlar o’rtaga chiqmoqda. Bir musulmonni Qur’onga bo’lgan munosabati yanglish bo’lishi, vahiy tushunchasiga noto’g’ri yondashishi, nabiy va rosul tushunchalariga befarqlik bilan qarash, usul qoidalariga hissiyotli ravishda yondashishlar natijasida, yuqorida aytib o’tganimizdek namoz va unga o’xshash savollar ostida mana shu noto’g’ri yondashuv va noto’g’ri tushuncha yotmoqda.

Bu maqolamizda namozga aloqador bo’lgan holda Qur’oniy bir yondashuvni o’rtaga qo’yishga harakat qilamiz.

  1. NAMOZNI O’QILISHI

Qur’onda namoz bormi? Namozni qanday o’qilishini menga Qur’ondan ko’rsatib bera olasanmi?

Bu kabi savollarni avvalroq bergan bo’lishingiz yoki bunga o’xshash savollar bilan yuzma-yuz kelgan bo’lishingiz mumkin. Aslida, bu savollar boshqa bir qancha savollarni ramziy belgisidir. Bularni eng boshida Qur’on va din tushunchasini to’g’ri bir shaklda anglab yetmaslik yotadi.

Qur’onda nimalar o’rin olishi va nimalar o’rin olmasligi kerak?

Bir elchi yoki nabiy unga yuborilgan kitobda bo’lmagan biror narsani din deb kirgizishi yoki kitobda bor narsani dindan emas deb chiqarib tashlash vakolati bormi?

Bir musulmon kishiga Qur’ondan boshqa imon keltirib ishonishi majbur bo’lgan boshqa bir manba bormi?

Bu va bu kabi savollarni javoblari insonni zehniga to’g’ri bir shaklda o’rnashmasa, to’g’ri bir din tushunchasiga ega bo’lishi imkonsiz holga kelib qoladi.

U holda bir oz Qur’on tushunchasi haqida to’xtalib, Allohning elchisi eng boshida namoz o’laroq va yana boshqa diniy ibodatlarni qanday va qayerdan o’rganganini bilishga harakat qilamiz.

  1. Qur’onda nimalarni o’rin olishiga ehtiyoj sezilmaydi?

Avvalo shuni aqlimizdan chiqarmasligimiz kerakki, Qur’on insoniyatga yuborilgan ilk ilohiy ko’rsatma emas. Undan avval ham Alloh insonlarga O’ziga qanday ibodat qilish kerakligi haqida ma’lumotlar bergan va kam-ko’stsiz qilib o’rgatib qo’ygan.

Alloh taolo Qur’on haqida shunday buyuradi:

نَزَّلَ عَلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ مُصَدِّقاً لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ وَأَنزَلَ التَّوْرَاةَ وَالإِنجِيلَ* مِن قَبْلُ هُدًى لِّلنَّاسِ وَأَنزَلَ الْفُرْقَانَ إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ بِآيَاتِ اللّهِ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ وَاللّهُ عَزِيزٌ ذُو انتِقَامٍ

“Haqiqatda senga bu kitobni ulardagi narsani tasdiq qiluvchi holda yubordi. Avvallari ham Tavrot va Injilni insoniyat uchun bir yo’l ko’rsatuvchi rahbar sifatida yuborgan edi. Mana endi Furqonni[1] yubordi. Oyatlarimizni inkor qilganlarga esa, buyuk bir azob bor. Alloh Azizdir va intiqom egasidir.” (Oli Imron 3/3-4)

Qur’on avvalgi ummatlarni to’g’ri yo’nalishlarini tasdiqlaydi. Shu sababli, avvalgi ummatlarga bildirib ko’rsatilgan narsalarni hammasini qaytadan takrorlashga hojat qolmaydi. Shu boisdan, hammaga ma’lum bo’lgan narsalar Qur’onda alohida bir shaklda tushuntirib o’tishga tobe’ tutilmagan.

Misol:

  يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

“Ey mo’minlar! Sizlardan avvalgilarga ro’za qanday farz qilingan bo’lsa, sizlarga ham ana shunday holatda farz qilindi. …” (Baqara 2/183)

Shu oyat nozil bo’lishi bilanoq musulmonlar ro’za turishni boshlab yuborishgan. Ko’rib turganingizdek, oyati karimada ro’za nima ekani, qanday tutilishi, qachon boshlanishi, kimlar tutishi, taqiqlari va qachon ochishi haqidagi ma’lumotlar keltirilmagan. Oyatda ro’za haqida to’liq ma’lumot berilmaganiga qaramay, musulmonlar qanday qilib ro’zani mukammal tuta boshlashdi?

Bu oyat nozil bo’lgan vaqtlarda Ahli Kitoblar butun kun va tun bo’yi ro’za tutishar edi.[2] Hatto kechalari ham yemas ichmas edi, jinsiy munosabatlardan o’zlarini uzoq tutishar edi. Buyuk Alloh shunday buyurdi:

“Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek…”     

Oyatga binoan, musulmonlar ham o’zlaridan avvalgi Ahli Kitoblarga qanday farz qilingan bo’lsa, ular ham ana shunday ro’za tutishda davom etishdi.

Keyinchalik esa, musulmonlar avvalgi ummatlar tutgandek ro’za tutishda mashaqqatga uchrayotganini ko’rib turgan Alloh, ro’zani yengillatish haqidagi oyatlarni nozil qildi.

  أُحِلَّ لَكُمْ لَيْلَةَ الصِّيَامِ الرَّفَثُ إِلَى نِسَآئِكُمْ هُنَّ لِبَاسٌ لَّكُمْ وَأَنتُمْ لِبَاسٌ لَّهُنَّ عَلِمَ اللّهُ أَنَّكُمْ كُنتُمْ تَخْتانُونَ أَنفُسَكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ وَعَفَا عَنكُمْ فَالآنَ بَاشِرُوهُنَّ وَابْتَغُواْ مَا كَتَبَ اللّهُ لَكُمْ وَكُلُواْ وَاشْرَبُواْ حَتَّى يَتَبَيَّنَ لَكُمُ الْخَيْطُ الأَبْيَضُ مِنَ الْخَيْطِ الأَسْوَدِ مِنَ الْفَجْرِ ثُمَّ أَتِمُّواْ الصِّيَامَ إِلَى الَّليْلِ وَلاَ تُبَاشِرُوهُنَّ وَأَنتُمْ عَاكِفُونَ فِي الْمَسَاجِدِ تِلْكَ حُدُودُ اللّهِ فَلاَ تَقْرَبُوهَا كَذَلِكَ يُبَيِّنُ اللّهُ آيَاتِهِ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ

“Ro’za tutgan kunlaringizni kechalarida ayollaringizga jinsiy munosabatda bo’lishingiz sizlarga halol qilindi. Ular sizlarga bir libos, sizlar ham ularga bir libossiz. Nasflaringizni yenga olmayotganingizni bilgan Alloh – tavbalaringizni qabul qildi va sizlarni kechirdi. Ana endi, ular bilan birga bo’lib Allohni sizlarga taqdir qiladigan narsasini talab qilaveringlar. Fajr tarafidan oq chiziq qora chiziqdan sizlarga aniq bo’lib bilinguncha yeb-ichib, so’ng ro’zani kechgacha tamomlanglar. Masjidlarda e’tikof holida bo’lganingizda ayollaringiz bilan birga bo’lmanglar. Bular – Alloh qo’ygan chegaralaridir, ularga yaqinlashmanglar. Insonlar o’zlarini himoya qilsinlar deb, Alloh oyatlarini mana shunday ochiqlab ko’rsatib beradi.” (Baqara 2/187)

Nabiyimizga tashriy’ vakolatini nisbat berayotgan an’anaviy din yondashuvini dalil qilib keltirgan oyatlardan biri ham shudir. Oyatda keltirilgan shu ifodalar e’tibor jalb qilmoqda:

“Ro’za tutgan kunlaringizni kechalarida ayollaringizga jinsiy munosabatda bo’lishingiz sizlarga halol qilindi.”

“Nasflaringizni yenga olmayotganingizni bilgan Alloh – tavbalaringizni qabul qildi va sizlarni kechirdi. Ana endi ular bilan birga bo’lib Allohni sizlarga taqdir qiladigan narsasini talab qilaveringlar.”

Ro’zali tutgan kunlarning kechalarida ayoli bilan jinsiy munosabatda bo’lishdan qaytargan birorta ham oyat yo’q Qur’onda. Shunday ekan, ro’za tutgan kunlarning kechalarida musulmonlar o’z ayollari bilan jinsiy munosabat qurib o’zlariga zulm qilayotganini qanday tushunish mumkin? An’anaviy din tushunchasiga ko’ra, ro’za tutgan kunlarning kechalarida bir kishini o’z ayoli bilan aloqa qilishini man etilishi, Qur’onga aloqasiz holatda bevosita nabiy alayhissalom o’z shaxsi tomonidan yangi taqiq qo’ya olishi mumkin degan iddaoni o’rtaga qo’ymoqda.

Aslida, oyatlar orasidagi aloqalarni o’z o’rniga keltirib, nasx qoidalari ham o’rtaga qo’yilsa, ro’za tutgan kishiga kechalari ayoli bilan jinsiy aloqa qilishini man etilishi Baqara surasining 183- oyatida ko’rsatib o’tilgani osongina ma’lum bo’ladi.

Yuqorida misol qilib keltirgan ro’za mavzusidan shu narsani ko’rmoqdamiz: Alloh – hammaga ma’lum va mashhur bo’lgan narsani Qur’onda yana yangitdan qaytarib ochiqlab bermasligi ham mumkin ekan. Ammo, bir dastur ma’lum bo’lsa ham, uni farz qilish uchun albatta bir oyat nozil qilgan. Agar bilingan bir dastur haqida uni farz qiluvchi bir oyat nozil bo’lmasa, demak mo’minlar bu narsadan afv etilgan hisoblanadi. Masalan, shanba kungi taqiq bizdan avvalgilarga farz qilinganiqa qaramasdan, Qur’onda bu haqda bizga ham farz qilingani haqida birorta ham hukm keltirilmagani sababli, bu narsa bizdan soqit qilingan.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَسْأَلُواْ عَنْ أَشْيَاء إِن تُبْدَ لَكُمْ تَسُؤْكُمْ وَإِن تَسْأَلُواْ عَنْهَا حِينَ يُنَزَّلُ الْقُرْآنُ تُبْدَ لَكُمْ عَفَا اللّهُ عَنْهَا وَاللّهُ غَفُورٌ حَلِيمٌ

“Ey mo’minlar! agar sizlarga ochiqlab berilsa sizlarga yoqmaydigan narsalar haqida savol bermanglar. Agar u haqda Qur’on nozil bo’layotgan vaqtda so’rasangiz, shunda sizlarga ochiqlab beriladi. Holbuki, Alloh u narsalar xususida afv qilgan. Alloh G’ofurdir, Halimdir.” (Moida 5/101).

Avvaldan bilinib kelgan va ma’lum bo’lgan narsalar haqida tushuncha berilmasligi haqida yana bir misol keltiramiz:

  الْحَجُّ أَشْهُرٌ مَّعْلُومَاتٌ فَمَن فَرَضَ فِيهِنَّ الْحَجَّ فَلاَ رَفَثَ وَلاَ فُسُوقَ وَلاَ جِدَالَ…

“Haj ma’lum oylardadir. Kim u oylarda hajni boshlasa, endi – jinsiy muomala, gunohga moyillik va bir-biri bilan janjal qilish yo’q…” (Baqara 2/197)   

Qur’onda birorta ham oyatda bu oylar qaysi oylar ekani haqida ma’lumot berilmagan. Chunki hammaga ma’lum bo’lib bilingan narsani alohida qaytadan ochiqlashga hojat yo’q. Agar ma’lum bir dasturdan farqli bir boshqa dastur o’rnatish kerak bo’lsa, ana o’shanda oyat nozil bo’ladi, xuddi Baqara 2/187-oyatida ro’za kunlarining kechalarida jinsiy aloqa va yeb-ichish halol qilinishi kabi. Agar Alloh haj oylarini o’zgartirishni xohlaganida edi, yangi haj oylari qaysi oylar ekanini bildiruvchi oyatlar nozil bo’lar edi. Allohning sunnati/usuli mana shunday.

2. Namozni o’qilishi va Qur’on

Qur’onda namozni ado qilish haqidagi oyat shu shaklda keltirilgan:

 …وَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ

“…Osha namozni joyiga keltiringlar va zakotni beringlar.” (Muzzammil 73/20)

“As-Solat” kalimasini boshida kelgan “Al” qo’shimchasi ma’rifalik/belgilanish qo’shimchasidir. Muxotoblar tomonidan ilgaridan  bilingan aniq narsaga nisbatan qo’llaniladi. Bu oyatni o’qigan kishi avvalo Nabiyimiz bo’lishi bilan bir qatorda, barcha musulmonlar ham xuddi ro’za haqida keltirilgan misoldagi kabi “O’sha namozni ado qilinglar” degan buyruqni eshitishlari bilanoq, Alloh qaysi namoz haqida amr qilganini anglab yetishgan.

Shunday qilib, Ahli Kitoblar o’qib kelayotgan shaklda namozni boshlashdi. Ka’baga emas Quddusga qarab namoz o’qishlari ham shuni dalilidir. Chunki, u vaqtlarda Ahli Kitoblar Quddusga qarab namoz o’qishar edi.[3] “O’sha namozni o’rniga keltiringlar” degan buyruq Quddusga yuzlanish amrini ham o’z ichiga olganligi bois, ilgari bilingan bu buyruq haqida alohida bir oyat nozil bo’lmagan.

Allohning elchisi Islomdan avval ham namoz o’qigani ehtimolga yaqin narsadir. Bu haqda Dr. Zaki Bayraqdor shunday deydi:

“Hanif musulmonlar va hatto kitob ahlidan bir qism insonlar davomli namoz o’qib kelishgani holda (Qur’on shunday bildirmoqda),[4] Allohni Elchisi bo’ladigan kishi to 40 yoshga to’lguncha aslo namoz o’qimagan deyish mumkinmi? Yoq albatta!”[5]  

Hozirgi kundagi Rabbinik Yahudilikda namoz vaqtlari va rakaatlari quyidagi shaklda:


[6]

Yana ayni manbada namoz o’qish shakllari quyidagicha ko’rsatilmoqda:

(נשיאת ידים) (Nisiyat Kapayim): Boshlashda qo’llarni ko’tarish

(עמידה) (‘amidah): Qiyom/tik turish

(בריכה) (Breikhah): Ruku’, har rakaatda bir marta

(קידה) (Qidah): Sajda, har rakaatda ikki marta bajariladi

(כריעה) (Kri’ah): Tizza ustida o’tirish

(עשה שלום) (Oseh Shalom): Ikki tarafga salom berish.[7]

Ahli Kitoblar o’qigan besh vaqt namozi bugun ham xuftondan boshqa hammasi biz musulmonlar o’qib kelayotgan besh vaqt namozdan aslo farqi yo’qligi aniq. Xuftondagi farq esa boshqa bir izlanish mavzusi bo’lishi kerak.

Avvalgi ummatlar va musulmonlarni namozlari haqida Dr. Zaki Bayraqdor ayni asarida shunday degan:

“Ko’rinib turganidek, Qur’on – namoz haqidagi nasx faqatgina qiblani o’zgartirilishi ekanini va hatto buni natijasini (Rosulga ergashganlarni ajratib olish) ham bizlarga bildirib o’tgan. Namoz haqida bundan boshqa biror bir masalada nasx qilinganlik haqida ma’lumot yo’q. Demak, avvalgi ummatlar bilan bizni namozimiz o’rtasida farq yo’q, bundan qibla mustasno.”[8]

Shuni bilishimiz kerakki, Allohning elchisi avvalgi ummatlardagi dasturlardan boshqacha dastur olib kelishi uchun emas, balki asvvalgilardagi to’g’ri dasturni tasdiqlash uchun va din xususida vaqtlar o’tib o’zgartirishlar va almashtirishlarni Qur’on bilan tuzatish uchun yuborilgan. Bu oyat shuni ifodalaydi:

قُلْ مَا كُنتُ بِدْعًا مِّنْ الرُّسُلِ وَمَا أَدْرِي مَا يُفْعَلُ بِي وَلَا بِكُمْ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَى إِلَيَّ وَمَا أَنَا إِلَّا نَذِيرٌ مُّبِينٌ

“Aytgin: “Men avvalgilardan boshqacha[9] bir elchi emasman. O’zimga ham sizlarga ham qanday muomala qilinishini bilmayman. Men – faqatgina menga vahiy qilingan narsaga ergashaman. Men op-ochiq bir ogohhantiruvchiman xolos.” (Ahqof 46/9)

Avval aytib o’tganimizdek, ma’lum va mashhur bir dasturlarda biron bir o’zgartirish kiritilishi kerak bo’lsa, u haqda mutlaqo bir oyat nozil bo’lishi kerak. Qibla Quddus ekanini bildirib turuvchi biron bir oyat yo’qligiga qaralmasdan, qiblani o’zgarganini bildirgan oyat yuborilishining sababi ham shudir. Biri bilingan va ma’lum bir dasturdir, ikkinchisi esa, o’sha bilingan dasturni o’zgartirilishidir.

Demak natija quyidagicha: Zotan bilingan narsalarni Qur’onda ta’riflashga hojat yo’qligi sababli, Allohning elchisi va musulmonlar Ibrohim alayhissalom, Muso va Iso alayhissalomlarni dini bo’lmish Islom diniga mansub bo’lgan ahli kitoblar o’qib kelayotgan namoz shakli kabi namoz o’qishda davom etib kelishgan. Namoz haqidagi oyatlar faqatgina namozni tuzatish haqidagi oyatlar nozil bo’lgan. Allohning elchisi bu oyatlarga qarab, ahli kitobdan o’rganib o’qib kelayotgan namoziga ba’zi o’zgartirishlar kiritgan. Misol uchun; tahorat olish shaklini ta’riflab beruvchi oyatlar nozil bo’lishining sababi, avvalgilarni tahorat olish qoidalarida oyoqqa mash tortish yo’qligi va bunga o’zgartirishlar kiritilganini bildirish uchundir.

Alloh – Nabiysini va Musulmonlarni ado etilib kelayotgan va hammaga ma’lum va mashhur bo’lgan dasturga yo’naltirgani uchun, bizlar ham bugun ado etilib kelayotgan dasturga qarab namozimizni ado qilishimiz kerak. Zotan, namoz kabi ibodatlar yashab, ko’rib, eldan elga o’tib kelayotgan narsalardir.

Mavzu yanada tushunarli bo’lishi uchun yakuniy o’laroq shu oyatga murojaat qilaylik:

  إِنَّنِي أَنَا اللَّهُ لَا إِلَهَ إِلَّا أَنَا فَاعْبُدْنِي وَأَقِمِ الصَّلَاةَ لِذِكْرِي

“Men Allohman! Mendan boshqa birorta ham iloh yo’q. Shunday ekan, Menga qullik qil va meni eslash (esingdan chiqarmaslik) uchun o’sha namozni joyiga keltir!” (Toha 20/14)

Yuqoridagi oyatga qaraganimizda Alloh – Muso alayhissalomga “Namozni joyiga keltir!” shaklidagi bir buyruq berganini ko’ramiz. Shu bilan bir qatorda, Muso a.s. namoz nima ekanini zotan bilgani uchun, Allohga: “Namoz nima? Qanday o’qiladi?“ deb savol bermagan va berishga hojat qolmagan. Aynan bir xil buyruq “O’sha namozni o’rniga qo’y!” shaklidagi oyat nozil bo’lishi, Allohning elchisi uchun ham Musoga taalluqli bo’lgan ayni ma’noni ifoda qilgan.

 

    Vedad YILMAZ. Kitob va Hikmat Jurnali, Fevral-Mart 2014, 4-b, 38-42-s.  

[1] Furqon – farq o’zagidan turaydi. To’g’ri bilan xatoni bir-biridan ajratib beruchi degan ma’noni bildiradi.

[2] Fasting in the Jewish Tradition, Rabbi Arnold BIENSTOCK

[3] Shubert SPERO, Turning to Jarusalem in Prayer.

[4] 3/113,114; 6/92

[5] Zaki Bayraqdor, Qur’on va Sunnat Ammo Qaysi Sunnat, 195-s, Sulaymoniya fondi nashriyoti.

[6] Tracing the derivation of prayer positions from Torah, to Temple times, to Modern Practice,  Ben ABRAHAMSON.

[7] Ben ABRAHAMSON, A.g.e

[8] Zaki Bayraqdor, 203-s.

[9] Oyatdagi “ بِدْعًا –bid’an” kalimasi – bid’at, Ya’ni avvallari bo’lmagan yangi bir narsa olib kelish degan ma’noni bildiradi.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
408 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ayol o’z ixtiyori bilan eridan ajrashi 10.07.2019 319
2 Alloh Belgilab Qo’ygan Chegaralarni Buzilishi va Buni Ro’zadagi Misoli 30.06.2019 194
3 Tafsilotlari Bilan Ro’za Ibodati 11.05.2019 217
4 Tashahhuddagi salom va duolarning ma’no va mohiyatlari 13.02.2019 402
5 Qur’onni tushunishda ijtihodning ahamiyati qanday? 16.01.2019 298
6 Nasx kalimasi Qur’onda qaysi ma’nolarda qo’llanilgan? 10.01.2019 290
7 Afv bilan Mag’firatni farqi 08.01.2019 367
8 Hanafiylikda musofirlik muddati qaysi qiyos bilan belgilangan? 08.01.2019 299
9 Namozda hushu qanday bo’ladi? 03.01.2019 359
10 Islom jang-u jadal dinimi, yoki tinchlik dinimi? 29.12.2018 310
11 Qur’on va Musulmonlarning ahvoli 25.12.2018 414
12 Qur’onni tushunishdagi usul va qoidaning ahamiyati 22.12.2018 337
13  Qur’onda barcha narsaning tili   19.12.2018 307
14 Kitob va Sunnatda foiz (kredit) 11.12.2018 343
15 Ayollarni guvohligi 29.11.2018 316
16 Isro va Meroj 19.11.2018 546
17 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 679
18 Hamma bilgan o’sha namoz 18.10.2018 408
19 Qur’onda namoz vaqtlari 17.10.2018 1 081
20 Islomda Halol va Harom 16.10.2018 1 174
21 Ruh va uning xususiyati 10.10.2018 504
22 Qur’onga ko’ra 3 qoidani buzmaguncha hech kimga adovat qilib bo’lmaydi 10.09.2018 391
23 Iso alayhissalom dunyoga qaytib keladimi? 10.09.2018 827
24 G’ayridinlar o’rtasidagi munosabatlar 18.08.2018 499
25 Ajalning qisqarishi 18.08.2018 376
26 Qur’on va Sunnatda yoshlarni nikohlash bormi? 13.08.2018 808
27 Qur’on va Sunnatga ko’ra taloq 09.08.2018 4 002
28 Kitob va Sunnatga ko’ra Haj va qurbonlik 03.08.2018 455
29 Kitob va Hikmat (Qur’on va Hikmat) tushunchasi 30.07.2018 522
30 Ayol kishiga qo’l ko’tarishga kim ruxsat berdi? 22.07.2018 755
31 Hikmat va Sunnat tushunchalarini buzilishi va yo’qqa chiqarilishi 12.06.2018 317
32 Namoz vaqtlari (Qur’onga ko’ra) 08.06.2018 339