Qur’onda namoz vaqtlari
Musulmonlar > Namoz > Qur'on va Sunnat butunligi Tarix: 17 Oktabr 2018 Email This Post Email This Post

    Qur’onda namoz vaqtlari

An’anaviy tushunchaning ziddi o’laroq, kunduz kechadan avval keladi. Alloh taolo shunday buyuradi:

لَا الشَّمْسُ يَنبَغِي لَهَا أَن تُدْرِكَ الْقَمَرَ وَلَا اللَّيْلُ سَابِقُ النَّهَارِ وَكُلٌّ فِي فَلَكٍ يَسْبَحُونَ

“Quyosh oyga yeta olmaydi, kecha ham kunduzdan o’tib keta olmaydi. Har biri bir falakda suzib bormoqda.” (Yasin 36/40)

Kecha kunduzdan o’tib keta olmagani uchun, yangi kun quyoshni chiqishi bilan boshlanadi. Shu bois, farz namozlarini vaqtlarini bildirgan har ikki oyatda ham ilk ko’rsatilgan namoz peshin/tushlik vaqtidagi namozdir.

وَأَقِمِ الصَّلَاةَ طَرَفَيِ النَّهَارِ وَزُلَفًا مِنَ اللَّيْلِ إِنَّ الْحَسَنَاتِ يُذْهِبْنَ السَّيِّئَاتِ ذَلِكَ ذِكْرَى لِلذَّاكِرِينَ

“Kunduzni ikki bo’limida va kechaning kunduzga yaqin vaqtlarida namozni/salotni ado qil. Chunki, yaxshiliklar/namozlar yomonliklar/qabohatlarni ketkazadi. Bu, aqlini ishlatadiganlar uchun bir eslatmadir.” (Hud 11/114)

Taraf (طرف) – bir narsani bo’limlaridan bir bo’limi ma’nosida ishlatiladi.[1] Kunduzni ikki tarafi ikki bo’limi degani. Quyidagi oyatda ayon bo’lishicha ham, namoz o’qilishi kerak bo’lgan ilk bo’lim, quyosh g’arq tomonga oqqan peshin vaqtidir. Ikkinchi bo’lim esa, asr namozining vaqtidir. Bu ikki vaqt barcha madaniyatlarda bordir.

Oyatni matnida “yaqinlik” ma’nosidagi zulfa (زلفة)ning ko’plik shakli bo’lgan zulaf (زلف) kalimasi bor. Arab tilida ko’plik kamida uchtani ko’rsatadi. Oyatdagi    “زُلَفًا مِّنَ اللَّيْل= kechaning zulfalari” – kechani kunduzga eng yaqin bo’lgan uchta vaqtini bildiradi. Bu uch vaqt esa, kunduzga eng yaqin bo’lgan vaqtlarga ishoratibo’lgan shom, xufton va bomdod namozlarini vaqtlaridir.

Tun uchga bo’linadi; birinchi bo’lim – shom va xufton namozlarining vaqtlaridir. Quyosh botishidan boshlanib, to qorong’ilik yaxshilab cho’kib o’rnashguncha (g’osaqul-layl) davom etadi. Ikkinchi bo’limi – tahajjud namozining vaqti bo’lib, g’osaq al-layldan boshlab to tong yeri oqarishni boshlaguncha davom etadi. Bu vaqtga kechaning yarmi  (نصف الليل) yoki kechaning o’rtasi (وسط الليل) deyiladi. Uchinchi bo’limi esa, tong yeri oqarishni bilan boshlangan bomdod namozining vaqtidir. Shu vaqtdan boshlab ro’zador kishi uchun taqiqlar boshlanadi. Bomdod namozini vaqti quyosh chiqishni boshlaguncha davom etadi.

Shom namozi quyosh botishidan boshlab g’arb ufqidagi qizillik yo’qolguncha o’qiladi. Bundan keyin xufton namozining vaqti kiradi va g’arq ufqidagi oqlik yo’qolib, havo to’liq qorayguncha davom etadi. Havo to’liq qorayib bo’lganida, kechani kunduzga yaqin bo’lgan ilk bo’limlari tugagan bo’ladi.

Abdulloh b. Umar aytgan ekanki: “Bir kun kechasi Allohni elchisini xufton namozi uchun kutib o’tirdik. Kechaning uchdan biri o’tib borayotgan yoki undan ham keyinroq chiqib keldi. Biror bir ishi bor yoki yo’q, buni bilmayman. Aytdiki, “Mana shu namozni kutyapsizlarmi? Ummatimga og’ir kelmasa, ularga mana shu vaqtda o’qitar edim.” Keyin muazzinga buyurdi, iqomat aytdi.”[2]

Xufton namozi qorong’ilik to’liq qoplab olmasidan burun o’qilmasa, masjidga kelganlarni uylariga qaytib ketishlari qiyinlashadi.

Mavzuga aloqador bo’lgan ikkinchi oyat quyidagicha:

أَقِمِ الصَّلَاةَ لِدُلُوكِ الشَّمْسِ إِلَى غَسَقِ اللَّيْلِ وَقُرْآَنَ الْفَجْرِ إِنَّ قُرْآَنَ الْفجْرِ كَانَ مَشْهُودًا

“Namozni quyosh og’ishidan (g’arbga yo’nalishidan) kechani g’osaqigacha, shafaq nurlarini birlashgan vaqtda davomli va to’liq ado qil. Shafaq nurlarini birlashishi ko’zga ko’riladi.” (Isro 17/78)

Bu oyatga ko’ra ham ilk namoz quyosh g’arbga yo’nalganda boshlanadigan peshin namozidir. Bundan avvalgi oyatda kunduzi ikki mahal namoz o’qish farz qilingani sababli, bu oyat bilan birlashtirib o’qilsa, peshindan keyin yana bir namoz borligi o’rtaga chiqadi. Bu namoz esa, shom bilan peshinni o’rtasidagi asr namozidir. Peshin bilan asrni o’rtasini ajratib turuvchi bir ishorat Qur’onda keltirilmagani sababli, Nabiyimiz sharoitidan kelib chiqib bu ikki namozni, ya’ni peshin bilan asrni birlashtirib qo’shib o’qigan.

G’osaq (غسق) – qizil shafaqdan keyin chiqqan oq shafaqni yo’qolishi va havoni qorong’ilik to’liq egallab olgan vaqtdir. Bu vaqtda quyosh ufqni 18˚ ostiga kirgan, g’arq ufqini boshqa ufqlardan farqi qolmagan, yulduzlarning birlashmasi o’rtaga chiqqan, tungi izg’irin havo atrofni qoplab olgan va kechani o’rtasi boshlangan bo’ladi.

Xufton vaqti kechani o’rtasidan avval o’qilib bo’linmaganda edi, sun’iy ravishda yoritilmagan ko’chalarda xuftondan keyin masjidlardan uyga qaytib kelishda ko’plab muammolar yuzaga chiqqan bo’lar edi.

Abdulloh b. Umar aytgan ekanki: Bir kun kechasi Allohni elchisini xufton namozi uchun kutib o’tirdik. Kechaning uchdan biri o’tib borayotgan yoki undan ham keyinroq chiqib keldi. Biror bir ishi bor yoki yo’q, buni bilmayman. Aytdiki, “Mana shu namozni kutyapsizlarmi? Ummatimga og’ir kelmasa, ularga mana shu vaqtda o’qitar edim.” Keyin muazzinga buyurdi, iqomat aytdi.

“Shomni vaqti shafaqni yoyilish vaqtigacha, xuftonni vaqti kechaning yarmigacha.”

G’osaqni asl ma’nosi salqinlikdir. Bu vaqtda jonli hayvonlar inlariga kirib ketadi. Kalimaning bu ma’nosi, oq tunlarda xufton vaqtini belgilashimizda asosiy turtki bo’ladi. oyatdagi “kechani qorayishigacha” ifodasi esa, quyosh botishidan boshlab g’arb ufqidagi yorug’lik tamoman yo’q bo’lib, qorong’ilik havoni to’liq egallab olishigacha bo’lgan vaqtni bildiradi. Bu vaqt, yuqorida aytib o’tilganidek, xufton namozining oxirgi vaqtidir. Shom namozini vaqti bundan avval tugaydi. Shom bilan xuftonni ajratib turuvchi bir ishora Qur’onda keltirilmagani uchun, Nabiyimiz bu ikki namozni birlashtirib o’qigan holatlari ham bo’lgan.

Tort mazhabni asoschi olimlariga ko’ra, xufton namozini vaqti, havo qop-qorong’i holatga kelishigacha davom etadi. Hanafiylardan as-Saraxsiy aytadiki: “Imom Muhammad al-Kitobda, xufton vaqti kechani yarmigacha ekanini bildirgan.”[3]

Bu yerdagi kechani yarmi – havo qop-qorong’ilashib bo’lganidan boshlab tong yeri oqarishigacha bo’lgan vaqtdir.

Imom Shofeiy aytgan ekanki: “Xuftonni oxirgi/yakuniy vaqti – kechani avvalgi uchdan biri tugaguncha. Kechani bu qismi tugaganidan keyin, xufton namozini vaqti tugaydi. Nabiy alayhissalomdan kelgan rivoyatlarni barchasi, bu vaqtdan keyin xufton vaqti chiqqanidan boshqa narsani ko’rsatmaydi.”[4]

Og’li Abul-Fazlni bildirishiga ko’ra, Ahmad b. Hanbal shunday degan ekan: “Shafaq yo’qolganida xufton vaqti boshlanadi… oxirgi vaqti kimning fikricha kechani uchdan birigacha, kimlarning fikricha kechani yarmigacha.”[5]

Bu yondashuv yuqoridagi fikrlar bilan bir xil. Ammo, olimlarimiz orasida kunduz vaqti tong oqarishi bilan boshlanadi degan fikrlarini oldiga surishi oqibatida, kechani uch qismga bo’linishi degan qoida o’rtadan olib tashlangan va tushunarsiz holga kelib qolgan.

Ibnul-Qosim aytgan ekanki: “Imom Malikdan “Xufton namozini kechani uchdan biriga kechiktirmoqdalar” deb so’raganimizda, achchiqlanib tergagandek bo’lib shunday dedi: “Insonlar qanday o’qisa ular ham shunday o’qishi kerak.” Insonlarni qilgan ishlarini yaxshi ko’rar edi. Ular xufton namozini qizil shafaq yo’qolganidan bir oz vaqt o’tgach o’qishar edi. Shunday dedi: “Allohni elchisi alayhissalom, Abu Bakr va Umar bunchalik kechiktirmagan.”[6]

Bu mazhablarni keyingi kelgan olimlari hech qanday dalilga asoslanmasdan xufton namozini vaqtini bomdod namozini vaqtigacha deb fatvo berib uzaytirib yuborishgan. Holbuki, insonlar xufton bilan bomdod namozi o’rtasida uxlab dam olishi kerkligi uchun, bu vaqtda hech kimni bezovta qilib bo’lmaydi. Alloh taolo shunday buyuradi:

 يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لِيَسْتَأْذِنكُمُ الَّذِينَ مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ وَالَّذِينَ لَمْ يَبْلُغُوا الْحُلُمَ مِنكُمْ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ ۚ مِّن قَبْلِ صَلَاةِ الْفَجْرِ وَحِينَ تَضَعُونَ ثِيَابَكُم مِّنَ الظَّهِيرَةِ وَمِن بَعْدِ صَلَاةِ الْعِشَاءِ ۚ ثَلَاثُ عَوْرَاتٍ لَّكُمْ ۚ لَيْسَ عَلَيْكُمْ وَلَا عَلَيْهِمْ جُنَاحٌ بَعْدَهُنَّ ۚ طَوَّافُونَ عَلَيْكُم بَعْضُكُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمُ الْآيَاتِ ۗ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

وَإِذَا بَلَغَ الْأَطْفَالُ مِنكُمُ الْحُلُمَ فَلْيَسْتَأْذِنُوا كَمَا اسْتَأْذَنَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمْ آيَاتِهِ ۗ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

“Ey mo’minlar! Qo’l ostingizda bo’lgan asirlar bilan hali hanuz balog’at yoshiga yetmagan farzandlaringiz, uch vaqtda; bomdod namozidan avval, tushlikdagi dam olish uchun libosingizni yechgan vaqtingizda hamda xufton namozidan keyin oldingizga kirish uchun sizlardan ruxsat so’rashsin. Bu vaqtlar – sizlar kiyimsiz holda bo’lishingiz mumkin bo’lgan vaqtlardir. Bundan boshqa vaqtlarda sizlarga ham ularga ham bir gunoh yo’q. Ular sizlarni va sizlar ham ularni atroflarida borib kelib turdasizlar. Alloh sizlarga oyatlarini mana shunday ochiqlab beradi. Alloh biluvchi va to’g’ri qaror beruvchi zotdir.

Farzandlaringiz balog’at yoshiga yetganida, ulardan avvalgilar har doim qanday ruxsat so’rashsa, ular ham ruxsat so’rashsin. Alloh bilib turuvchi, to’g’ri qaror beruvchi zotdir.” (Nur 24/58-59)   

Nabiyimiz har kechada bir oz uxlaganidan keyin uyg’onib tahajjud namoz o’qir edi. Chunki Alloh taolo unga shu buyruqni bergan:

وَمِنَ اللَّيْلِ فَتَهَجَّدْ بِهِ نَافِلَةً لَّكَ عَسَى أَن يَبْعَثَكَ رَبُّكَ مَقَامًا مَّحْمُودًا

“Senga qo’shimcha vazifa o’laroq, kechani bir qismida uyqudan namozga tur. Balki Rabbing seni go’zal bir maqomga/maqomi Mahmudga yuksaltirar.” (Isro 19/79)

Bu namozni har qanday musulmon ixtiyoriy ravishda oqishi mumkin. Nabiy alayhissalom shunday degani rivoyat qilingan:

أَفْضَلُ اَلصَّلَاةِ بَعْدَ اَلْفَرِيضَةِ صَلَاةُ اَللَّيْلِ

“Farzlardan keyingi fazilati ko’proq namoz tungi namozdir.” [7]

Bomdod namozini vaqti, tong yeri oqarib ufqdagi yorug’lik qalinlashishi ko’rinishi boshlanganda kiradi. bu vaqtda kunduz yaqinlashgani ma’lum bo’ladi. bu uchinchi zulfa bo’lib, quyosh chiqishigacha davom etadi.

Isro 78- oyatda bomdod vaqti qur’an al-fajr deya ifoda qilingan. Qur’an = (قرآن) – Arab tilida “to’plash va to’planish” ma’nolarini bildiradi.[8]  قَرَأتُ الشيء قرآنا jumlasi – bir narsani to’pladim” va “birini b qo’shdim” degani. قرأت الكتاب قراءة وقرآنا = “Kitobni o’qidim” jumlasi ham aynan shunday. Chunki, o’qish – jumlalarni bir biriga qo’shishdan iboratdir. So’ngi Ilohiy kitobga bu nomni berilishi, yuborilgan barcha oyatlarni bir joyga to’planishi sabablidir. Bomdod vaqtidagi to’planish ham, quyoshdan kelgan turli rang va tongdagi yorug’liklarni to’planishidir. Bu to’planish to quyosh chiqquncha davom etgani bois, bu jarayon bir vaqt namozni vaqti hisoblanadi.

Nabiyimizni hadislarida ham ilk namoz peshin namozi, oxirgi namoz esa bomdod namozi deb bildirilgan. Ibn Abbosni (r.a.) bildirishiga ko’ra. Allohni elchisi namoz vaqtlari haqida shunday degan ekan:

“Jibriyl Ka’bani yonida menga ikki marta imomlik qildi. Birinchisida, peshin namozini soyalar oyoq kiyimi qadar bo’lganida o’qitdi. Keyin, har narsani soyasi o’zi barobaricha bo’lganda asr namozini o’qitdi. Quyosh botib ro’zador ro’zasini ochadigan vaqtda shom namozini o’qitdi. Shafaq yo’qolgan vaqtda esa xuftonni o’qitdi. Bombod namozini esa, tong yeri oqarib ro’za tutuvchiga yeb-ichish taqiqlangan vaqtda o’qitdi.

Jibril ikkinchi bor imomlik qilganida, peshinni – avvalgi safardagi asr vaqtida, har narsani soyasi o’ziga teng bo’lgan vaqtda o’qitdi. Har narsani soyasi o’ziga ikki barobar bo’lgan vaqtda asrni o’qitdi. Keyin esa, birinchi kuni ko’rsatgan vaqtida shomni o’qitdi. So’ngra, kechani uchdan biri o’tar bir vaqtda xufton namozini o’qitdi (حِينَ ذَهَبَ ثُلُثُ اللَّيْلِ). Bomdod namozini esa, yon-atrof oydinlashganda o’qitdi. Shundan keyin Jibril burilib menga shunday dedi: “Ey Muhammad, bu – sendan avvalgi nabiylarni namoz vaqtlaridir. Ibodat vaqtlari mana shu ikki vaqt orasidadir.[9]

 

 

  Prof. Dr. Abdulaziz Bayindir.

 

[1] والطرَفُ، بالتحريك: الناحية من النواحي والطائفة من الشي، والجمع أَطراف. Lisanul-Arab.

[2] Abu Dovud, Solat 7, 420-hadis.

[3] Shamsuddin Saraxsiy, al-Mabsut, Misr 1324/1906, 1-j, 259-s.

[4] Muhammad b. Idris ash-Shofeiy al-Umm, Bayrut 1393/1973, 1-j, 74-s.

[5] مسائل الإمام أحمد رواية ابنه أبي الفضل صالح – (ج 2 / ص 174)

[6] Molik b. Anas (v.179 h.) al-Mudavvana, 1415 h,/1994 m, 1-j, 156-s.

[7] Muslim, Siyom 39, 1163-hadis

[8] Maqoyisul-lug’a

[9] Termiziy, Mavoqit,1

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
640 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Tafsilotlari Bilan Ro’za Ibodati 11.05.2019 52
2 Isro va Meroj (tafsilotlari bilan) 26.03.2019 142
3 Namozda hushu qanday bo’ladi? 03.01.2019 163
4 “Shafoat Yo Rasulalloh” nima degani? 24.12.2018 217
5 Qur’onni tushunishdagi usul va qoidaning ahamiyati 22.12.2018 161
6 Kitob va Sunnatda foiz (kredit) 11.12.2018 155
7 Qur’onni o’zidan diniy savollarimga javob topa olmayapman 04.12.2018 176
8 Ayollarni guvohligi 29.11.2018 155
9 Qur’onda namoz vaqtlari 17.10.2018 640
10 Kitob va Sunnatga ko’ra Haj va qurbonlik 03.08.2018 240