Qarzga narsa oldi-berdi qilingandagi Qur’ondagi tavsiya
Musulmonlar > Fatvolar > Odob-axloq > Savdo-sotiq Tarix: 01 Oktabr 2018 Email This Post Email This Post

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا تَدَايَنْتُمْ بِدَيْنٍ إِلَىٰ أَجَلٍ مُسَمًّى فَاكْتُبُوهُ ۚ وَلْيَكْتُبْ بَيْنَكُمْ كَاتِبٌ بِالْعَدْلِ ۚ وَلَا يَأْبَ كَاتِبٌ أَنْ يَكْتُبَ كَمَا عَلَّمَهُ اللَّهُ ۚ فَلْيَكْتُبْ وَلْيُمْلِلِ الَّذِي عَلَيْهِ الْحَقُّ وَلْيَتَّقِ اللَّهَ رَبَّهُ وَلَا يَبْخَسْ مِنْهُ شَيْئًا ۚ فَإِنْ كَانَ الَّذِي عَلَيْهِ الْحَقُّ سَفِيهًا أَوْ ضَعِيفًا أَوْ لَا يَسْتَطِيعُ أَنْ يُمِلَّ هُوَ فَلْيُمْلِلْ وَلِيُّهُ بِالْعَدْلِ ۚ وَاسْتَشْهِدُوا شَهِيدَيْنِ مِنْ رِجَالِكُمْ ۖ فَإِنْ لَمْ يَكُونَا رَجُلَيْنِ فَرَجُلٌ وَامْرَأَتَانِ مِمَّنْ تَرْضَوْنَ مِنَ الشُّهَدَاءِ أَنْ تَضِلَّ إِحْدَاهُمَا فَتُذَكِّرَ إِحْدَاهُمَا الْأُخْرَىٰ ۚ وَلَا يَأْبَ الشُّهَدَاءُ إِذَا مَا دُعُوا ۚ وَلَا تَسْأَمُوا أَنْ تَكْتُبُوهُ صَغِيرًا أَوْ كَبِيرًا إِلَىٰ أَجَلِهِ ۚ ذَٰلِكُمْ أَقْسَطُ عِنْدَ اللَّهِ وَأَقْوَمُ لِلشَّهَادَةِ وَأَدْنَىٰ أَلَّا تَرْتَابُوا ۖ إِلَّا أَنْ تَكُونَ تِجَارَةً حَاضِرَةً تُدِيرُونَهَا بَيْنَكُمْ فَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَلَّا تَكْتُبُوهَا ۗ وَأَشْهِدُوا إِذَا تَبَايَعْتُمْ ۚ وَلَا يُضَارَّ كَاتِبٌ وَلَا شَهِيدٌ ۚ وَإِنْ تَفْعَلُوا فَإِنَّهُ فُسُوقٌ بِكُمْ ۗ وَاتَّقُوا اللَّهَ ۖ وَيُعَلِّمُكُمُ اللَّهُ ۗ وَاللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ

Ey moʻminlar! Bir-biringizdan maʼlum bir muddatga qarzdor boʻlgan vaqtingizda, uni yozib qoʻying. Oralaringizda xat yozishni biladigan kishi uni toʻgʻri yozsin. Yozib qoʻyuvchi uni Alloh oʻrgatganidek yozishdan bosh tortmay yozsin. Qarzdor kishi aytib tursin. U – Allohdan qoʻrqsin, qarzdan hech narsani kamaytirmasin. Agar qarzdor aqlsiz[1] yoki kuchsiz[2] boʻlsa, yoki aytib turishga qodir boʻlmasa, u holda uni valiy kishisi adolatli-toʻgʻri aytib tursin. Orangizdan ikkita erkak guvohni guvoh qilinglar. Agar ikkita erkak guvoh boʻlmasa, oʻzingiz rozi boʻladigan bir erkak va ikkita ayol guvohlar guvoh boʻlsin. Bu narsa – u ayollarning biri adashib ketsa ikkinchi ayol unga eslatib qoʻyishi uchundir. Guvohlar – chaqirilganda kelmay qolmasin. Qarz – xoh oz boʻlsin xoh koʻp boʻlsin, uni belgilangan muddati bilan birga yozishdan erinmanglar. Bu – Alloh huzurida toʻgʻriroq[3]guvohlik uchun sogʻlomroq va shubhalanmasligingiz uchun uygʻunroqdir. Lekin, agar u oralaringizda aylantiradigan naqt tijorat boʻlsa, uni yozib qoʻymasangiz ham sizlarga hech qanday gunoh boʻlmaydi. Oldi-sotdi qilganingizda guvoh keltiringlar. Yozib turuvchi ham guvoh ham zarar koʻrmasin, agar ularga ziyon yetkazsangiz, u narsa toʻgʻri yoʻldan chiqishingiz boʻladi. Allohdan qoʻrqinglar. Sizlarga Alloh oʻrgatmoqda. Alloh har narsani biluvchi zotdir.

وَإِنْ كُنْتُمْ عَلَىٰ سَفَرٍ وَلَمْ تَجِدُوا كَاتِبًا فَرِهَانٌ مَقْبُوضَةٌ ۖ فَإِنْ أَمِنَ بَعْضُكُمْ بَعْضًا فَلْيُؤَدِّ الَّذِي اؤْتُمِنَ أَمَانَتَهُ وَلْيَتَّقِ اللَّهَ رَبَّهُ ۗ وَلَا تَكْتُمُوا الشَّهَادَةَ ۚ وَمَنْ يَكْتُمْهَا فَإِنَّهُ آثِمٌ قَلْبُهُ ۗ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌ

Agar safarda boʻlib, yozadigan odam topa olmasangizlar, qarzdordan garovga biron narsa olishingiz mumkin. Bir-biringizga ishonib, ham yozmay va garov ham olmay qarz oldi-berdi qilgan boʻlsangiz[4], unga ishonilib topshirilgan kishi, ishonib berilgan omonat qarzini ado qilsinki, Rabbisi boʻlmish Allohdan qoʻrqsin. Guvohlikni yashirmanglar. Kimki guvohlikni yashirsa, uning qalbi gunohkordir/vijdonsizdir. Alloh qilmishlaringizni bilib turadi. (Baqara 2/282-283)

 

Ikkita toʻgʻri narsani bir-biriga solishtirilganda, ulardan biriga: “Bu sogʻlomroq ekan” deyiladi. Shu sababli, “Guvohlik uchun sogʻlomroq, …” soʻzi, yana bir koʻrinishi ham sogʻlom ekanini bildiradi. Bu oyatni toʻliq va mukammal tushunib yetish uchun quyidagi oyatlarni ham birgalikda oʻqish kerak: (Moida 5/106-108)

[1] Layoqatsiz, mol-mulkini qadr-qiymatini bilmagan, mol-mulkini bekorchi joylarga sarflab tashlaydigan kishi.

[2] Yosh goʻdak, nogiron yoki katta yoshli moʻysafid kishi.

[3] Jumlada أَقْسَطُ ismi tafzil bilan keltirilgani uchun, qarzni yozib qoʻyish farz emasligini, balki tavsiya ekanini bildiradi. Shu bilan birga, Alloh taolo biron-bir narsaga buyurib, orqasidan – unga amal qilmaganlarga azob-qiynoq bilan ogohlantirmagan bo’lsa, demak u amr farz emas, balki tavsiya ekanini bildiradi.

[4] Oyatga koʻra bir-biriga ishonganlar qarz oldi-berdini yozmasligi, garov olmasligi va guvoh ham olib kelmasliklari mumkinligini bildiradi.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
328 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Qiyin ahvolga tushib qolgan kishi kredit olsa bo’ladimi? 04.01.2019 364
2 Kitob va Sunnatda foiz (kredit) 11.12.2018 179
3 Qarzga narsa oldi-berdi qilingandagi Qur’ondagi tavsiya 01.10.2018 328