Junub holatda yeb-ichish, yotib uxlash va shu kabi ishlar qilish mumkinmi?
Musulmonlar > Tahorat Tarix: 04 Sentabr 2018 Email This Post Email This Post

Junub holatda faqatgina namoz o’qib bo’lmaydi. Chunki Alloh taolo Moida surasining 6- va Niso surasi 43-oyatida shunday buyurgan:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا قُمْتُمْ إِلَى الصَّلَاةِ فَاغْسِلُوا وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى الْمَرَافِقِ وَامْسَحُوا بِرُءُوسِكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ إِلَى الْكَعْبَيْنِ ۚ وَإِن كُنتُمْ جُنُبًا فَاطَّهَّرُوا ۚ وَإِن كُنتُم مَّرْضَىٰ أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ أَوْ جَاءَ أَحَدٌ مِّنكُم مِّنَ الْغَائِطِ أَوْ لَامَسْتُمُ النِّسَاءَ فَلَمْ تَجِدُوا مَاءً فَتَيَمَّمُوا صَعِيدًا طَيِّبًا فَامْسَحُوا بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُم مِّنْهُ ۚمَا يُرِيدُ اللَّـهُ لِيَجْعَلَ عَلَيْكُم مِّنْ حَرَجٍ وَلَـٰكِن يُرِيدُ لِيُطَهِّرَكُمْ وَلِيُتِمَّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

“Ey moʻminlar! Namozga turganingizda, yuzlaringizni va qoʻllaringizni tirsaklarigacha yuvinglar, boshlaringizga va oyoqlaringizni toʻpiqlarigacha mash qilinglar! Agar junup boʻlsangiz, yuvinib-choʻmilinglar! Agar bemor yoki safarda boʻlsangiz, yoki sizlardan biror kishi hojatxonadan kelsa, yoki xotinlaringiz bilan yaqinlik qilgan (qovushgan) boʻlsangiz-u, suv topa olmasangiz, pok tuproqqa tayammum qilib, undan yuzlaringiz va qoʻllaringizga surting! Alloh sizlarga biror qiyinchilik yuklashni xohlamaydi, aksincha, sizlarni poklash va sizlarga neʼmatini mukammal berishni xohlaydi, zora buni shukrini qilsangiz.“(Moida 5/6)

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَقْرَبُوا الصَّلَاةَ وَأَنتُمْ سُكَارَىٰ حَتَّىٰ تَعْلَمُوا مَا تَقُولُونَ وَلَا جُنُبًا إِلَّا عَابِرِي سَبِيلٍ حَتَّىٰ تَغْتَسِلُوا ۚ

«Ey mo’minlar! Mast holda bo’lsalaringiz, nima deganingizni farqiga borguningizgacha namozga yaqinlashmanglar va yana safarda bo‘lmasangiz to cho‘milmaguningizcha junub holingizda namozga yaqin kelmang.” (Niso 4/43)

Namozni vaqti o’tib ketib qolishidan qo’rqqan holatda, zudlik bilan yuvinish talab qilinadi. Agar namozni o’z vaqtiga o’qib olishiga bemalol ulgurishiga ishonch komil qilsa, har qanday ish bilan mashg’ul bo’lish mumkin, bu haqda bironta ham taqiq yo’q Qur’onda. Junublik faqatgina namozga qarshilik qiladi.

Quyidagi hadisdagi Rasulullohni hayotidagi o’rnakligi ham, g’usl faqatgina namoz uchun farz ekanini ochiq-oydin ifodalab beradi:

“Namozga turilib saflar tuzatildi va rasululloh ham kelib namozgohiga o’tdi. O’sha vaqt junup ekani esiga tushdi. Bizga qarab: “Joyingizni egallab turinglar”, – dedi va darrov ayrilib g’usl qilgani ketdi. G’usl qilib qaytganida hanuz boshidan suv tomchilar edi. Takbir aytib namozga turdi. Birgalikda namoz o’qidik.”

(Buxoriy G’usl 17, Azon 24, 25, Muslim Masojid 157, Muvatto Tahorat 79, Abu Dovud Tahorat 94, Nasoiy Imomat 14.)

 

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
535 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Odat qoni tugagan ayol g’usl qilishidan avval eri bilan qo’shilishi mumkinmi? 12.05.2019 151
2 Nos tahoratni buzadimi? 15.02.2019 221
3 Yel tahoratni buzadimi? 09.02.2019 368
4 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 276
5 Junub holatda yeb-ichish, yotib uxlash va shu kabi ishlar qilish mumkinmi? 04.09.2018 535
6 Junub inson boshqalarni ham nopok qiladimi? 10.06.2018 497
7 Tahoratsiz holda bola emizish mumkinmi? 10.06.2018 473
8 Qur’onga ko’ra tahoratni nimalar buzadi? 10.06.2018 392
9 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 553
10 Junublik va g’usl 08.06.2018 297