Qorniga olov to’ldirilib azoblanadiganlar
Musulmonlar > E'lonlar > Fatvolar > Maqolalar > Qiyomat kuni > Qur'oni Karim Tarix: 01 Sentabr 2018 Email This Post Email This Post

Qiyomatda qorinlariga oʻt-olov toʻldiradiganlar va Alloh ular bilan gaplashishdan yuz oʻgirganlar; Qurʼondagi baʼzi narsalarni yashirib berkitib, uni oʻtkinchi matohga sotganlar va yetimlarni molini haqsiz yeganlardir. Alloh taolo bu haqda shunday marhamat qiladi:

إِنَّ الَّذِينَ يَكْتُمُونَ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ مِنَ الْكِتَابِ وَيَشْتَرُونَ بِهِ ثَمَنًا قَلِيلًا ۙ أُولَٰئِكَ مَا يَأْكُلُونَ فِي بُطُونِهِمْ إِلَّا النَّارَ وَلَا يُكَلِّمُهُمُ اللَّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَلَا يُزَكِّيهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ. أُولَٰئِكَ الَّذِينَ اشْتَرَوُا الضَّلَالَةَ بِالْهُدَىٰ وَالْعَذَابَ بِالْمَغْفِرَةِ ۚ فَمَا أَصْبَرَهُمْ عَلَى النَّا

Alloh yuborgan kitobdan biron narsani yashirib, uni evaziga oʻtkinchi bir qadr-qimmat olayotganlar – qorinlarini faqat oʻtga toʻldiradiganlardir. Qiyomat kuni Alloh ular bilan gaplashmaydi va ularni oqlamaydi. Ularni nasibalari ogʻriqli azob-qiynoqdir. Ana oʻshalar, Qurʼondagi toʻgʻri yoʻlga zalolatni, Allohni kechirimiga azob-qiynoqni almashtirib olganlardir. Ular u oʻt-alangaga qanday chidar ekan? (Baqara 2/174-175)

إِنَّ الَّذِينَ يَكْتُمُونَ مَا أَنزَلْنَا مِنَ الْبَيِّنَاتِ وَالْهُدَىٰ مِن بَعْدِ مَا بَيَّنَّاهُ لِلنَّاسِ فِي الْكِتَابِ ۙ أُولَـٰئِكَ يَلْعَنُهُمُ اللَّـهُ وَيَلْعَنُهُمُ اللَّاعِنُونَ

Biz yuborgan ochiq-oydin bayonotlar va toʻgʻri yoʻlni insonlarga bu kitobda ochiq-oydin koʻrsatib berganimizdan keyin, uni berkitib yashirayotganlar bor-u, shubhasizki, ana oʻshalarni Alloh ham laʼnatlaydi va barcha laʼnatlovchilar ham laʼnatlaydi. (Baqara 2/159)

إِنَّ الَّذِيٌنَ يَأْكُلُونَ أَمْوَالَ الْيَتَامَىٰ ظُلْمًا إِنَّمَا يَأْكُلُونَ فِي بُطُونِهِمْ نَارًا ۖ وَسَيَصْلَوْنَ سَعِيرًا

Yetimlarni mollarini haqsiz yeganlar, qorinlariga faqatgina oʻt-olov toʻldirishi aniqdir. Zotan, ular yaqinda alangali oʻtga kirishadi. (Niso 4/10)

Yuqoridagi oyatlar shuni koʻrsatadiki, Qurʼondagi baʼzi hukmlarni insonlardan berkitib yashirish, yetimlarni rizqini haqsiz va behudaga yeb ketish kabi ishlar mutlaqo haromdir. Qurʼondagi hukmlarni va oyatlarni yashirib berkitadiganlar haqida qoʻshimcha maʼlumot olmoqchi boʻlganlar, quyidagi oyatlarga murojaat qilishlari mumkin: Baqara 2/79, Oli Imron 3/187, Tavba 9/9, Moida 5/44.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
394 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Qorniga olov to’ldirilib azoblanadiganlar 01.09.2018 394
2 Kitob va Hikmat tushunchasi 30.07.2018 374
3 Qur’ondan ko’r, kar va o’lik bo’lib olganlarga so’z hayf 26.07.2018 197
4 Din aql ishi emas degan gapga Qur’on nima deydi? 25.06.2018 256
5 Qur’onga ko’ra nabiy va nabiy bo’lgan rosul 12.06.2018 287
6 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 172
7 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 227
8 Qur’on o’qishni bilmaganlar qiyomatda Qur’ondan javobgarlikka tortilmaydimi? 09.06.2018 330
9 Alloh taolo qiyomat kuni, Muhammad alayhissalom va uning ummatidan Qur’on haqida savolga tutadi 09.06.2018 170
10 Qur’on o’rganamiz 08.06.2018 181
11 Qur’onni o’zgartirishga Rasulullohni vakolati va haqqi bo’lganmi? 08.06.2018 175
12 Muhammad alayhissalomning shikoyati 08.06.2018 166
13 Qur’onni mahkam ushlang! 08.06.2018 121
14 O’liklar Qur’onni eshitismaydi 08.06.2018 154
15 O’lganlarga Qur’on o’qish 08.06.2018 177