Jannatga ahli-ayoli va farzandlari bilan kirsa ham bo’ladimi?
Musulmonlar > E'lonlar > Fatvolar > Jannat Tarix: 31 Avgust 2018 Email This Post Email This Post

Quyidagi oyatlarda, jannatda ota-onasi, ahli-ayoli va farzandlari bilan birga jannatga kirish uchun kerak boʻlgan amallar va fazilatlar haqida bayon qilingan. Aloqador oyatlar shunday:

أَفَمَن يَعْلَمُ أَنَّمَا أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ الْحَقُّ كَمَنْ هُوَ أَعْمَىٰ ۚ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُولُو الْأَلْبَابِ ﴿١٩﴾ الَّذِينَ يُوفُونَ بِعَهْدِ اللَّـهِ وَلَا يَنقُضُونَ الْمِيثَاقَ ﴿٢٠﴾ وَالَّذِينَ يَصِلُونَ مَا أَمَرَ اللَّـهُ بِهِ أَن يُوصَلَ وَيَخْشَوْنَ رَبَّهُمْ وَيَخَافُونَ سُوءَ الْحِسَابِ ﴿٢١﴾ وَالَّذِينَ صَبَرُوا ابْتِغَاءَ وَجْهِ رَبِّهِمْ وَأَقَامُوا الصَّلَاةَ وَأَنفَقُوا مِمَّا رَزَقْنَاهُمْ سِرًّا وَعَلَانِيَةً وَيَدْرَءُونَ بِالْحَسَنَةِ السَّيِّئَةَ أُولَـٰئِكَ لَهُمْ عُقْبَى الدَّارِ ﴿٢٢﴾ جَنَّاتُ عَدْنٍ يَدْخُلُونَهَا وَمَن صَلَحَ مِنْ آبَائِهِمْ وَأَزْوَاجِهِمْ وَذُرِّيَّاتِهِمْ ۖ وَالْمَلَائِكَةُ يَدْخُلُونَ عَلَيْهِم مِّن كُلِّ بَابٍ ﴿٢٣﴾ سَلَامٌ عَلَيْكُم بِمَا صَبَرْتُمْ ۚ فَنِعْمَ عُقْبَى الدَّارِ ﴿٢٤﴾

Axir sizga Egangiz tomonidan yuborilgan narsa aniq haqiqat ekanini biladigan — iymon keltiradigan kishi Qurʼonga koʻrlik qilgan kishiga oʻxshaydimi? (Bu oyatlardan) Faqat aql egalarigina eslatma oladilar. Ular – vaʼdalarini buzmasdan Allohga bergan ahdlariga vafo qiladigan, Alloh bogʻlanishga buyurgan narsalarni bogʻlaydigan va hisob-kitobi yomon boʻlib qolishidan qoʻrqib, Egasiga nisbatan qoʻrquv his qilib harakat qiladiganlardir. Egasining rizosini koʻzlab sabr-toqat qilganlar, namozlarini toʻkis ado etganlar, va Biz rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora oʻz oʻrnida sarflaganlar hamda yomonlikni yaxshilik bilan qaytaradigan zotlar – ana oʻshalar uchun oxirat diyori bordirki, (u diyor) abadiy turiladigan bogʻlar boʻlib, u bogʻlarga ularni oʻzlari, ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlaridan iborat boʻlgan loyiq kishilar birga kiradilar. Soʻng ularning huzurlariga har eshikdan farishtalar kiradi. “Sizlarga bu eson-omonlik koʻrsatgan sabr-bardoshingiz tufaylidir. Bu oxirat diyori naqadar yaxshi!” deyishadi. (Raʼd 13/19-24)

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
217 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Jannatga ahli-ayoli va farzandlari bilan kirsa ham bo’ladimi? 31.08.2018 217