Qur’onda buzg’unchi-terrorchining jazosi
Musulmonlar > E'lonlar > Fatvolar > Terrorchilik Tarix: 28 Avgust 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Terrorchilarning jazosi Qur’onda bormi? Ularni qilayotgan buzg’unchiliklariga qarshi qanday jazo berilishi kerak?

JavobHa, albatta bor. Unday insonlarni Alloh taolo Qur’oni Karimda fasodchi deb nomlagan. Bu haqda Moida surasi 33- oyatda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

 إِنَّمَا جَزَاءُ الَّذِينَ يُحَارِبُونَ اللَّـهَ وَرَسُولَهُ وَيَسْعَوْنَ فِي الْأَرْضِ فَسَادًا أَن يُقَتَّلُوا أَوْ يُصَلَّبُوا أَوْ تُقَطَّعَ أَيْدِيهِمْ وَأَرْجُلُهُم مِّنْ خِلَافٍ أَوْ يُنفَوْا مِنَ الْأَرْضِ ۚ ذَٰلِكَ لَهُمْ خِزْيٌ فِي الدُّنْيَا ۖ وَلَهُمْ فِي الْآخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ

“Yer yuzida buzg’unchilik qilib Alloh va Rosuliga qarshi jang qilayotganlarning jazosi – yo ularni o’ldirilishi, yoki osilishi, yoki qo’l-ayoqlarini qarama-qarshi holatda kesib tashlanishi, yoki o’sha yerdan surgun qilinishidir. Bu jazo ular uchun bu dunyoda xorlikdir, oxiratda esa, ularga alohida katta bir qiynoq-azob bordir.”

Bu oyatda 4 xil jazo belgilangan. Agar terrorchilar odam o’ldirgan bo’lsa ular ham o’ldiriladi yoki osiladi. Agar birovni moliga tajovuz qilgan holda mol-mulkini kuch bilan tortib olgan bo’lsa yoki yashirincha o’g’rilab olgan bo’lsa qo’llari kesiladi. Agar na modiiy va na jismoniy zarar yetkazmagan bo’lsa, lekin insonlarni xotirjamligini buzgan, o’sha yerlarda tinchlikka rahna solgan, xalq orasiga qo’rquv solgan bo’lsalar ularni u yerlardan surgun qilinadi.

Alloh va Rosuli buyurmagan ishlarni Alloh va Rosulini nomidan deb uyda o’tirgan begunohlarga bo’mba tashlash, Islom shu deb hayqirib mantiqsiz va aqlsiz holatda avtobuslarni yoqib tashlash, xalq orasida qo’rquv va nafrat uyg’otadigan buzg’unchi harakatlar qilish, birovga adovati bo’lmagan begunohlarni ushlagan joyida qo’l-ayog’ini bog’lab kallasini uzib tashlab ijtimoiy tarmoqlarda qilgan fisqu-fasodini maqtanish, begunoh ayol-qizlarni sen dushman tarafidansan deb ularni cho’rilashtirish yoki bir matoh sufatida foydalanib sotib yuborish, nafsu havolariyu o’z orzu-istaklari yo’lida Allohning oyatlarini buzib va oyatlarni aloqador oyatlar bilan birga o’qimasdan, bir oyatni bo’lib-parchalab o’z orzu-havasiga ko’ra tarjima qilib olib buzg’unchilik qilayotganlar – ana o’shalar Alloh va Rosuliga qarshi urush ochganlar hisoblanadi.

O’zlarini Alloh va Rosulini buyruqlarini bajaryapmiz deb bong urib maqtanayotgan ISHID, aslida Alloh va Rosuliga, Islom diniga va musulmonchilikka qarshi urush ochganlar deyiladi. Chunki ular bamisoli kimlarningdur palahmonida qo’llanilayotgan toshlardur-ki, u toshlar bilan bir qancha begunoh qushlar urib tushurilishi ko’zlangan bo’lishi mumkin. Allohning dinida nohaq odam o’ldirish, tinch va osuda ulkalarni xonai vayron qilish, bir xalqni boshiga yillardir o’ziga qaytib kela olmaydigan darajada kulfat olib kelish, kimni qayerda tutib olsa o’sha zahotiyoq qo’l-ayog’ini bog’lab boshini uzib tashlash kabi vahshiyliklar uyog’da tursin, hatto birovni diliga ozor berish Islomda yo’qdir. Musulmon – boshqa insonlar uni tilidan va qo’lidan salomat qolgan kishidir. Mo’min – insonlar unga molini va jonini ishonib topshirgan kishidir. Qani endi ISHIDga kim nimasini ishonib topshiradiyu kim ularni tilidan va qo’lidan zarar ko’rmadi. Yer yuzida ISHIDdan zarar ko’rmagan inson qolmadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Endi oyatni davomiga kelsak, keyingi oyatda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

                    إِلَّا الَّذِينَ تَابُوا مِن قَبْلِ أَن تَقْدِرُوا عَلَيْهِمْ ۖ فَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّـهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

“Magar, ularni qo’lga olishingizdan avval o’zlari tavba qilsalar, bilnki, Alloh kechirimli va marhamatlidir.” (Moida 5/34)

Demak, terrorchilar qo’lga tushmasidan avval, o’zlari ayblarini tan olib taslim bo’lsalar, davlatga va xalqqa yetkazgan har qanday zararni o’rnini qoplasalar, qilgan ishlari va tutgan yo’llari xato ekanini tan olsalar, ularni aybi Alloh taolo tarafidan kechiriladi. 

Ular o’zlarini Alloh va Rosulini yo’lida yurgan mujohidlarmiz deb da’vo qilishadi. Lekin ular aytayotgan jihod Allohning Kitobida va Rosulullohning hayotida aslo yo’qdir. Bunday buzg’unchi va ahloqsiz din aslo Allohning dini bo’lishi mumkin emas. Ular jihod bilan qitol, ya’ni qonli urush degan narsani bir-biridan ajrata olmaganligi va Allohning kitobidan uzoq bo’lishgani sababli, juda katta va og’ir jinoyatlarga qo’l urishdi. Allohning tavba eshiklari har doim ochiqdir. Alloh – adolatsizlik, zo’ravonlik, haqsizlik va fisqu fasodni aslo sevmaydi, faqatgina yaxshilikka, tinchlikka birlik va barobarlikka buyuradi.        

  Bu haqda qo’shimcha ma’lumot olmoqchi bo’lganlar quyidagi linkga murojaat qilishlari mumkin: https://www.facebook.com/Musulmonlar/videos/1908459849218458/?modal=admin_todo_tour

 

 

 

 

 

 

 

 

 

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

     

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
340 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Qur’onda buzg’unchi-terrorchining jazosi 28.08.2018 340