Ramazon ro’zasini nimalar buzadi?
Musulmonlar > Fatvolar > Ramazon Tarix: 25 Avgust 2018 Email This Post Email This Post

Ramazon ro’zasini quyidagi uchta narsa buzadi : Yeyish, ichish va ayoli bilan jinsiy munosabatda bo’lish. Bu uch narsadan deb hisoblanmagan hech narsa ro’zani buzmaydi. Bu haqda Alloh taolo Baqara surasi 187- oyatida shunday marhamat qiladi:

أُحِلَّ لَكُمْ لَيْلَةَ الصِّيَامِ الرَّفَثُ إِلَىٰ نِسَائِكُمْ ۚ هُنَّ لِبَاسٌ لَّكُمْ وَأَنتُمْ لِبَاسٌ لَّهُنَّ ۗ عَلِمَ اللَّـهُ أَنَّكُمْ كُنتُمْ تَخْتَانُونَ أَنفُسَكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ وَعَفَا عَنكُمْ ۖ فَالْآنَ بَاشِرُوهُنَّ وَابْتَغُوا مَا كَتَبَ اللَّـهُ لَكُمْ ۚ وَكُلُوا وَاشْرَبُوا حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكُمُ الْخَيْطُ الْأَبْيَضُ مِنَ الْخَيْطِ الْأَسْوَدِ مِنَ الْفَجْرِ ۖ ثُمَّ أَتِمُّوا الصِّيَامَ إِلَى اللَّيْلِ ۚ وَلَا تُبَاشِرُوٌهُنَّ وَأَنتُمْ عَاكِفُونَ فِي الْمَسَاجِدِ ۗ تِلْكَ حُدُودُ اللَّـهِ فَلَا تَقْرَبُوهَا ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّـهُ آيَاتِهِ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ 

“Sizlarga ro‘za kechasida xotinlaringizga qo‘shilish halol qilindi. Alloh sizlar o‘zlaringga xiyonat qilayotganlaringni bilib, tavbalaringizni qabul qildi va sizlarni afv etdi. Endi ular bilan (ro‘za kechalarida ham bemalol) qovushingiz va Alloh sizlar uchun yozgan narsani (farzandni) talab qilingiz! Va to tongdan oq ip qora ipdan ajraladigan paytgacha yeb ichaveringlar. So‘ngra kechgacha ro‘zani benuqson qilib tutinglar! Masjidlarda e’tikofda bo‘lgan chog‘ingizda (kechalari ham) ular (xotinlaringiz) bilan qo‘shilmang! Bular (yuqorida mazkur bo‘lgan hukmlar) Allohning chegaralaridir. Bas, ularga yaqinlashmangiz! Odamlar harom ishlardan saqlanishlari uchun Alloh o‘z oyatlarini mana shunday ochiq-ravshan bayon qiladi.” 

Ramazon kechalari ayollaringizga yaqinlik qilishlaring halol qilindi degan jumla – kunduzi mumkin emasligini bildiradi. subhdan to kechasigacha ro’zani tamomlanglar, tongacha yeb-ichinglar degan jumlalar esa, kunduzi yeb-ichib bo’lmasligini va bu uchta amal mutlaqo harom ekanini va bu ishlar ro’zani buzishini bildiradi. 

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
328 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Alloh Belgilab Qo’ygan Chegaralarni Buzilishi va Buni Ro’zadagi Misoli 30.06.2019 108
2 E’tikof 25.05.2019 124
3 Ramazonda soch oldirsa bo’ladimi? 25.05.2019 154
4 Ramazon oyida xatna qildirsa bo’ladimi? 15.05.2019 125
5 Tafsilotlari Bilan Ro’za Ibodati 11.05.2019 152
6 Ramazon oyida ayoliga yaqin kelish mumkinmi? 03.05.2019 4 590
7 Ramazon ro’zasini qasddan yeb-ichib buzgan kishi nima qiladi? 02.04.2019 243
8 Nafl (ixtiyoriy) ro’zani qanday amallar buzadi? 13.02.2019 269
9 Ramazon ro’zasini nimalar buzadi? 25.08.2018 328
10 Ramazon ro’zasi avvalgi ummatlarga ham farz qilinganmidi? 25.06.2018 161
11 Ramazon oyida, yo’lchi va bemorlar ham ro’za tutishi mumkinmi? 25.06.2018 160
12 Ramazon fidyasini kimlar beradi? 25.06.2018 160
13 Ramazon fidyasining miqdori qancha? 25.06.2018 165
14 Ramazon kechasida er-xotinlik muomalasiga ruxsat bormi? 25.06.2018 3 645
15 Ramazon fidyasini qachon ado qilish kerak? 25.06.2018 151
16 Ramazon va Qurbon bayramlari farzmi yoki sunnatmi? 18.06.2018 211
17 Ramazon ro’zasiga yolg’onchilik, dilozorlik va so’kinish qanday ta’sir o’tkazadi? 09.06.2018 292