Nikohda e’tibor berilishi kerak bo’lgan eng muhim jihatlar
Musulmonlar > Maqolalar > Nikoh Tarix: 25 Avgust 2018 Email This Post Email This Post

                                   

  1. Avvalo yigit ham qiz ham balog’at yoshiga kirgan va o’zlaridagi rushd ya’ni aqliy yetuklik – moddiy va iqtisodiy holatlarini o’zlari boshqara oladigan iqtidor va savida ekaniga ishonch hosil qilgan bo’lishlari kerak. Aloqador oyatlar:

 …وَابْتَلُوا الْيَتَامَى حَتَّى إِذَا بَلَغُوا النِّكَاحَ فَإِنْ آنَسْتُمْ مِنْهُمْ رُشْدًا فَادْفَعُوا إِلَيْهِمْ أَمْوَالَهُمْ

“Yetimlarni to nikoh yoshiga kirgunigacha sinab turinglar. So’ng ular tarafidan aqliy yetuklik (mol-mulkini o’z-o’zicha idora qila olish qobiliyat va iqtidorini) bilsangiz, mol-mulklarini ularni o’zlariga topshiringlar.” (Niso 4/6) Oyatdagi nikoh yoshiga yetguncha va ulardagai rushdaga degan jumlalardagi ifodalar yuqoridagi ikki shartni bildiradi.

  1. Qiz bolani oilasini ruxsati bo’lishi va oilasini yoki undan javobgar shaxslar yoki davlatni nazorati ostida bo’lishi kerak. Aloqador hadis shunday:

   أيما امرأقت نَكَحَت بغير إذن وليها فنكاحها باطل

“Qaysi bir ayol o’z valiysini ruxsatisiz nikohlansa, uning nikohi buzuqdir.”[1] Demak oilasini ruxsatisiz qilingan har qanday yashirin va maxfiy nikoh botildir, hisobga o’tmaydi. 

  1. Har ikkalasi ham nomusli bo’lishi kerak. Agar yigit zino qilgan bo’lsa, u yigit bilan nomusli qizni nikohlanishi mutlaqo haromdir. Buning aksi ham haromdir. Yo ikkalasi ham nomusli, ya’ni zino qilmagan bo’lishi kerak. Zino qilgan yigit yo o’ziga o’xshab zino qilgan qizga uylanadi yoki mushrik bir qizga uylanadi. Qizlarda ham huddi shunday. Bu haqdagi oyat shu:

الزَّانِي لَا يَنكِحُ إِلَّا زَانِيَةً أَوْ مُشْرِكَةً وَالزَّانِيَةُ لَا يَنكِحُهَا إِلَّا زَانٍ أَوْ مُشْرِكٌ ۚ وَحُرِّمَ ذَٰلِكَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ

“Zino qilgan bir yigit, faqatgina zino qilgan bir qizga yoki mushrikka uylanadi. Zino qilgan qiz ham, faqatgina zino qilgan yigit yoki mushrikka turmushga chiqadi. Bu holat (zino qilmagan nomusli) mo’minlarga haromdir.” (Nur 24/2) Islomdagi or-nomus qanchalik sharafli va muhim ekani mana shu oyatlarda juda ham ochiq-oydin bildirilgan.   

  1. Nikoh xalqqa ochiq bir holatda bo’lishi kerak. Nikoh bo’lganini hech kimdan yashiradigan biron bir sababga ko’ra bo’lmashi kerak. Demak, nikohni xalqqa e’lon qilish kerak. Aloqador hadislar:

 أعلنوا النكاح  

“Nikohni e’lon qilinglar” Imom Ahmad va Hokimni Abdulloh b. Zubayr otasini Rosulullohdan qilgan rivoyati. Shu ma’nodagi boshqa bir hadis Imom Termiziyni Oisha onamizdan keltirgan rivoyatida joy olgan.

[1] Abu Dovud Nikoh, valiy bo’limi, 2083. Termiziy nikoh bo’limi valiy bo’limi 1102. Ibn Moja Nikoh bo’limi valiy haqida 1879. Imom Ahmad 6/47, 165-166.

Qo’shimcha ma’lumot olmoqchi bo’lganlar shu linkka murojaat qilishlari mumkin: musulmonlar.com/?p=2698

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
427 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Biz sun’iy yo’l orqali bolaga ega bo‘lishni xohlaymiz. 19.07.2019 140
2 Ayol o’z ixtiyori bilan eridan ajrashi 10.07.2019 319
3 Yashirincha nikoh hisobga o’tadimi? 09.07.2019 246
4 Никоҳда эътибор берилиши керак бўлган энг муҳим жиҳатлар 10.09.2018 323
5 Nikohda e’tibor berilishi kerak bo’lgan eng muhim jihatlar 25.08.2018 427
6 Qur’on va Sunnatda yoshlarni nikohlash bormi? 13.08.2018 808