Ajalning qisqarishi
Musulmonlar > Ajal > E'lonlar > Tadqiqotlar Tarix: 18 Avgust 2018 Email This Post Email This Post

Ajal – biron narsa uchun belgilab qo’yilgan muddatdir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

مَا خَلَقْنَا السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا إِلَّا بِالْحَقِّ وَأَجَلٍ مُسَمًّى وَالَّذِينَ كَفَرُوا عَمَّا أُنْذِرُوا مُعْرِضُونَ. 

“Osmonlaru yerni va bu ikkisi orasidagi narsalarni, ma’lum bir umri (ajali musammosi) bo’lgan haqiqiy borliqlar qilib yaratganmiz. …” (Ahqof 46/3) 
Insonlar haqida shunday buyurgan: 

هُوَ الَّذِي خَلَقَكُمْ مِنْ طِينٍ ثُمَّ قَضَى أَجَلًا وَأَجَلٌ مُسَمًّى عِنْدَهُ 

“Sizlarni loydan yaratgan Udir. So’ngra bir ajal belgiladi. Boshqa bir belgilangan ajal (ajali musammo) ham Uning huzuridadir. (An’om 6/2) 
Osmonlaru yerni bir ajali bo’la turib, insonlarning ikki hil ajali bor ekani juda muhim bir masaladir. Bulardan biri, boshqa borliqlarda ham bo’lgan ajali musammo ekanligiga ko’ra, ikkinchi ajal tabiiy ajal bo’lishi mumkin. Tabiiy ajal – vujudni chidamliligidir. Insonning vujudidagi chidamlilik muddati tugaganida, novdasida turib qurigan gul kabi bo’ladi. Tabiblar umr tahmin qilar ekan, tabiiy ajalga e’tibor berishadi. Ajali musammo esa – insonning yashash muddatidir. Bu muddatning so’ngida esa inson, novdasidan uzib olingan gul kabi o’lim topadi. Tabiiy ajali 100 yil bo’lgan bir insonning ajali musammosi 60 yil bo’lishi ham mumkin. Bu muddatni yolg’iz Alloh biladi.
      
Tin (loy) – suv bilan tuproqning aralashgan holatidir.  Suv tuproqqa aralashmazsa hayot bo’lmaydi. Insonning naslga sabab bo’ladigan tuhumi tuproqdan olinadigan ozuqaviy moddalardan hosil bo’ladi. Onaning bachadonida ham, yana o’sha tuproqdan olinadigan ozuqaviy moddalar orqali inson yetishadi va rivojlanadi. Tug’ilganidan keyin to o’lgunigacha ham yana tuproqdan o’sib chiqqan mahsulotlardan ozuqalanib hayot kechiradi va o’lim topgach yana tuproqqa aylanib ketadi.
Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

هُوَ الَّذِي خَلَقَكُمْ مِنْ تُرَابٍ ثُمَّ مِنْ نُطْفَةٍ ثُمَّ مِنْ عَلَقَةٍ ثُمَّ يُخْرِجُكُمْ طِفْلًا ثُمَّ لِتَبْلُغُوا أَشُدَّكُمْ ثُمَّ لِتَكُونُوا شُيُوخًا وَمِنْكُمْ مَنْ  يُتَوَفَّى مِنْ قَبْلُ وَلِتَبْلُغُوا أَجَلًا مُسَمًّى وَلَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ. 

   “Sizlarni yaratgan Udir. U, avval tuproqdan, so’ngra nutfadan, so’ngra esa alaqadan  yaratadi. So’ngra sizlarni chaqaloq holatida tashqariga chiqaradi-ki, kuch-quvvatli holga kela olasizlar va nihoyat qarilarga aylanasizlar. Qaysi biringizdur avvalroq o’ladi. Bular – belgilangan ajalingiz (ajali musammoni) tamomlashingiz uchundir. Balki aqlingizni ishlatasizlar.” (Mo’min 40/67)    

 

So’ngsiz hayot uchun yaratilgan va o’limsiz bir ruh tashigan insonning dunyoda yashab qolish muddati uning ajali musammosidir. Bu muddat ichida, ruh vujudni huddi bir uydek foydalanib turadi. Vujud uyquga ketganda undan chiqib ketadi va uyg’onganda qaytib kiradi. O’lgan bir vujud, qulab vayron bo’lgan bir uyga o’xshab qolgani uchun, yangidan  yaratilmagunigacha ruh unga qaytib kirmaydi.  

Qiyomat kuni qaytadan yaratiladigan vujud – qarimaydigan, yoshi o’tmaydigan, xasta bo’lmaydigan va o’lmaydigan bir vujud bo’ladi. Bu narsani oyatlardagi (خالدين) = xolidiyn kalimasidan bilib olamiz. Kalimaning o’zagi bo’lmish (الخلود) = al-xuld – bir narsani buzilmaydigan xususiyatga ega ekanini va o’z holatini saqlab qoladigan sifatga egaligini bildiradi.  Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

وَالَّذِينَ آَمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ أُولَئِكَ أَصْحَابُ الْجَنَّةِ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ. 

“Allohga ishonib suyangan va yaxshi ishlar qilganlar Jannat aholisidir. Ular u yerda (xolid) (o’limsiz) holda qoladilar.” (Baqara 2/82)  

Jahannamliklar ham o’limsizdirlar. Ular haqida shunday buyurilgan: 

وَالَّذِينَ كَفَرُوا وَكَذَّبُوا بِآَيَاتِنَا أُولَئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ هُمْ فِيهَاخَالِدُونَ 

“Yolg’on gapirib oyatlarimizni ko’rmaganga olganlar esa Jahannam aholisidir. Ular u yerda (xolid) o’limsiz holda qoladilar.” (Baqara 2/39) 
Jahannamliklarning faqatgina terilari o’zgaradi. Buni shu oyatdan bilib olamiz: 

إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا بِآَيَاتِنَا سَوْفَ نُصْلِيهِمْ نَارًا كُلَّمَا نَضِجَتْ جُلُودُهُمْ بَدَّلْنَاهُمْ جُلُودًا غَيْرَهَا لِيَذُوقُوا الْعَذَابَ.

“Oyatlarimizni ko’rmaganga olganlarni (kofirlarni) olovda kuydiramiz, terilari kuyib-pishganda terilarini almashtiramiz-ki o’sha azobni davomli his qilsinlar.” (Niso 4/56) 
O’zida o’limsiz bir ruh tashigan insonning bu hayotda qolabilishi mumkin bo’lgan muddati, uning vujudini jonli qolish muddatidir. Inson ba’zan o’z qo’li bilan, ba’zan esa boshqasini qo’li bilan hayotidan ayrilib qolishi mumkin. Bu narsa unga berilgan muddatning, ya’ni uning ajali musammosi tugamay turib ham yuz berishi mumkin. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

لِكُلِّ أَجَلٍ كِتَابٌ. يَمْحُوا اللَّهُ مَا يَشَاءُ وَيُثْبِتُ وَعِنْدَهُ أُمُّ الْكِتَابِ. 

“Har vaqtning (davrning) bir kitobi bordir. Alloh, o’zi qo’ygan qoidasiga ko’ra muddatni qisqartiradi yoki sobit qilib qo’yadi. Ona kitob Uning huzuridadir.” (Ra’d 13/38-39) 

وَمَا يُعَمَّرُ مِن مُّعَمَّرٍ وَلَا يُنقَصُ مِنْ عُمُرِهِ إِلَّا فِي كِتَابٍ إِنَّ ذَلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرٌ 

“Umri borning yashashi va umrining qisqartirilishi mutlaqo bir daftarga ro’yxatga olinib qo’yiladi. Bu narsa Allohga osondir.” (Fatir 35/11) 
Oyatlarni mulohaza qilsak, insonning ajalini ikkita narsa qisqartirishi mumkin ekanini bilib olamiz. Bulardan birinchisi noto’g’ri harakatlar bo’lsa, ikkinchisi o’zini Alloh yo’lida fido qilishlikdir.  

 

1. Noto’g’ri harakatlar: 

Bir inson o’zining noto’g’ri harakatlari natijasida o’z hayotini nobud qilishi mumkin bo’lganidek, boshqa birining umriga ham zavol bo’lishi mumkin.  

 

1.1. Inson o’z ajalini qisqartirishi: 

Yo’l qo’yilgan xato ishlar insonning hayotini qisqartirishiga eng yaqin o’rnak bu – Yunus alayhissalom va uning qavmidir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

وَإِنَّ يُونُسَ لَمِنَ الْمُرْسَلِينَ. إِذْ أَبَقَ إِلَى الْفُلْكِ الْمَشْحُونِ. فَسَاهَمَ فَكَانَ مِنَ الْمُدْحَضِينَ. فَالْتَقَمَهُ الْحُوتُ وَهُوَ مُلِيمٌ. فَلَوْلَا أَنَّهُ كَانَ مِنَ الْمُسَبِّحِينَ. لَلَبِثَ فِي بَطْنِهِ إِلَى يَوْمِ يُبْعَثُونَ. فَنَبَذْنَاهُ بِالْعَرَاءِ وَهُوَ سَقِيمٌ. وَأَنْبَتْنَا عَلَيْهِ شَجَرَةً مِنْ يَقْطِينٍ. وَأَرْسَلْنَاهُ إِلَى مِئَةِ أَلْفٍ أَوْ يَزِيدُونَ. فَآَمَنُوا فَمَتَّعْنَاهُمْ إِلَى حِينٍ. 

“Albatta Yunus ham elchilarimizdandir. U bir kuni yuk yuklangan kemaga qochgan edi. Qur’a tortilishiga qatnashdi va yengilganlardan bo’ldi. O’zini aybdor deb bilgan bir paytda uni o’sha baliq yutib tashladi. Agar u bizga to’liq bog’liqlik ko’rsatmaganda edi, insonlar qayta tiriladigan kungacha baliqni qornida qolib ketar edi. So’ngra biz uni ochiq bir yerga chiqardik, u kasal edi. (O’sha ochiq yerda) uni ustini berkitadigan qobug’dan bir o’simlik o’stirib qo’ydik. Uni yuz ming, hatto undan ham ko’pchilikka elchi qilib yubordik. So’ngra ular unga ishonishdi. Biz ham ularni bir muddatgacha farog’atlikda yashattik…” (Soffat 37/139-148) 
Keyin Yunus alayhissalom qavmiga qaytib bordi. Avvallari unga ishonmagan qavmi, bu safar unga ishonishdi va halokatdan qutulib qolishdi. Buni ushbu oyatlar xabar bermoqda: 

فَلَوْلَا كَانَتْ قَرْيَةٌ آَمَنَتْ فَنَفَعَهَا إِيمَانُهَا إِلَّا قَوْمَ يُونُسَ لَمَّا آَمَنُوا كَشَفْنَا عَنْهُمْ عَذَابَ الْخِزْيِ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَمَتَّعْنَاهُمْ إِلَى حِينٍ. 
 

  “Qaniydi bir yurt bo’lsada, ularga azob kelmay turib iymonga kirsalar edi va iymonlari o’zlariga foyda bersaydi. Buni bir istisnosi Yunusning qavmidir. Ishonib suyangan vaqtda dunyo hayotida ulardan razillik azobini olib tashladik va ma’lum bir muddatgacha farog’at berdik.” (Yunus 10/98) 

قَالَتْ رُسُلُهُمْ أَفِي اللَّهِ شَكٌّ فَاطِرِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ يَدْعُوكُمْ لِيَغْفِرَ لَكُمْ مِنْ ذُننْ ذُنُوبِكُمْ وَيُؤَخِّرَكُمْ إِلَى أَجَلٍ مُسَمًّى 

 “Ularga yuborilgan elchilar shunday dedi: -Osmonlaru yerni yaratguvchisi bo’lgan Alloh haqida shubha bo’lishi mumkinmi? U sizlarni – gunohlaringizni mag’firat qilish va belgilangan muddatingizgacha (ajali musammogacha) yashatish uchun chaqirmoqda.” (Ibrohim 14/10) 

الر كِتَابٌ أُحْكِمَتْ آَيَاتُهُ ثُمَّ فُصِّلَتْ مِنْ لَدُنْ حَكِيمٍ خَبِيرٍ. أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا اللَّهَ إِنَّنِي لَكُمْ مِنْهُ نَذِيرٌ وَبَشِيرٌ. وَأَنِ اسْتَغْفِرُوا رَبَّككُمْ ثُمَّ تُوبُوا إِلَيْهِ يُمَتِّعْكُمْ مَتَاعًا حَسَنًا إِلَى أَجَلٍ مُسَمًّى وَيُؤْتِ كُلَّ ذِي فَضْلٍ فَضْلَهُ وَإِنْ تَوَلَّوْا فَإِنِّي أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ كَبِيرٍ. 

“Alif! Lam! Mim! Ro! Bu, oyatlari muhkam (hukm ifodalovchi) qilingan va to’g’ri qarorlar berguvchi va har narsani ich tarafini bilguvchi Alloh tarafidan ochiqlangan bir kitobdir. Bunday bo’lishi, (yani oyatlarni Alloh Uzi ochiqlab berishi) Allohdan boshqasiga qullik qilmasligingiz ucundir. (Aytingki:) Men esa u kitob bilan sizlarni ogohlantiruvchi va hushxabar berguvchiman. Robbingizdan kechirim so’ranglar, so’ngra Unga yo’nalinglar (tavba qilinglar)-ki, belgilangan ajalingiz kelgunigacha sizlarni chiroyli bir holatda yashatsin. Yaxshilik qilganlarga ortiqchasi bilan bersin. Agar yuz o’girsalaringiz, o’sha buyuk kunning azobiga giriftor bo’lishingizdan qo’rqaman.” (Hud 11/1-3) 

 إِنَّا أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَى قَوْمِهِ أَنْ أَنْذِرْ قَوْمَكَ مِنْ قَبْلِ أَنْ يَأْتِيَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ. قَالَ يَا قَوْمِ إِنِّي لَكُمْ نَذِيرٌ مُبِينٌ. أَنِ اعْبُدُوا اللَّهَ وَاتَّقُوهُ وَأَطِيعُونِ. يَغْفِرْ لَكُمْ مِنْ ذُنُوبِكُمْ وَيُؤَخِّرْكُمْ إِلَى أَجَلٍ مُسَمًّى إِنَّ أَجَلَ اللَّهِ إِذَا جَاءَ لَا يُؤَخَّرُ لَوْ كُنْتُمْ تَعْلَمُونَ. 

“Nuhni o’z qavmiga elchi qilib yuborib: “Alam-og’riqli bir qiynoq-azob kelmay turib ularni ogohlantir!” dedik. U, ularga shunday dedi: “Ey xalqim! Men – sizlarga to’g’rilarni ochiqlab berguvchi bir ogohlantiruvchiman. Allohga qullik qilinglar, Undan taqvo qilib o’zlaringizni himoya qilinglar va gaplarimga quloq solinglar! Ana o’shanda, Alloh gunohlaringizni kechiradi va belgilangan ajalingizning oxirigacha sizlarni yashatadi. Alloh bergan umr tugaganida aslo kechiktirish bo’lmaydi. Koshki buni bilib o’rgansalaring edi.” (Nuh 71/1-4)
Fir’avn ham tavba qilgan edi, lekin o’lim bilan yuzma-yuz kelgan vaqtida tavba qilgani uchun, uning tavbasi qabul bo’lmagan edi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

وَجَاوَزْنَا بِبَنِي إِسْرَائِيلَ الْبَحْرَ فَأَتْبَعَهُمْ فِرْعَوْنُ وَجُنُودُهُ بَغْيًا وَعَدْوًا حَتَّى إِذَا أَدْرَكَهُ الْغَرَقُ قَالَ آَمَنْتُ أَنَّهُ لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّذِي آَمَنَتْ بِهِ بَنُو إِسْرَائِيلَ وَأَنَا مِنَ الْمُسْلِمِينَ. آَلْآَنَ وَقَدْ عَصَيْتَ قَبْلُ وَكُنْتَ مِنَ الْمُفْسِدِينَ. فَالْيَوْمَ نُنَجِّيكَ بِبَدَنِكَ لِتَكُونَ لِمَنْ خَلْفَكَ آَيَةً وَإِنَّ كَثِيرًا مِنَ االنَّاسِ عَنْ آَيَاتِنَا لَغَافِلُونَ. 

”Isroil o’g’illarini dengizdan o’tgazdik. Fir’avn va uning armiyasi ularni tutib olish va e’zib tashlash uchun ularni orqasiga tushdi. G’arq bo’layotgan vaqtida Fir’avn shunday dedi: “Isroil o’g’illari ishonib suyangan Ilohdan boshqa Iloh yo’qligiga ishondim. Men ham butunlay taslim bo’lganlardanman (musulmonlardanman).” (Alloh shunday dedi:) “Endimi? Shu paytgacha osiylik-isyonkorlik qilding va buzg’unchilardan biri eding. Sendan keyingilarga bir dalil (oyat) bo’lsin deb seni jasadingni qutqarib qolamiz. Chunki insonlarning ko’pchiligi, oyatlarimizga yetarlicha e’tibor bermaydilar.” (Yunus 10/90-02) 

هَلْ يَنْظُرُونَ إِلَّا أَنْ تَأْتِيَهُمُ الْمَلَائِكَةُ أَوْ يَأْتِيَ رَبُّكَ أَوْ يَأْتِيَ بَعْضُ آَيَاتِ رَبِّكَ يَوْمَ يَأْتِي بَعْضُ آَيَاتِ رَبِّكَ لَا يَنْفَعُ نَفْسًا إِيمَانُهَا لَمْ تَكُنْ آَمَنَتْ مِنْ قَبْلُ أَوْ كَسَبَتْ فِي إِيمَانِهَا خَيْرًا قُلِ انْتَظِرُوا إِنَّا مُنْتَظِرُونَ. 

“Ular o’zlariga jazo farishtalari kelishini, yoki Robbingning jazosi kelishini, yoki Robbing tarafidan belgilangan o’lim nishonalari kelishini kutishmoqdami? Robbing tarafidan o’lim nishonasi kelganida, avvallari ishonmagan insonning o’sha damdagi iymon-ishonchi yoki iymonli holda yaxshilik qilmagan kishining o’sha vaqtga kelib yaxshilik qilishi unga foyda bermaydi. Aytginki: “Kutishda davom etinglar, biz ham kutyapmiz.” (An’om 6/158) 
Fir’avn ham huddi Yunus alayhissalomdek o’zini malomat qilgan edi. Ammo Yunus alayhissalom bu ishni o’lim kelishidan avval qilgan, Fir’avn esa dengizning tubida cho’kib o’layotganidan keyin qildi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

فَأَخَذْنَاهُ وَجُنُودَهُ فَنَبَذْنَاهُمْ فِي الْيَمِّ وَهُوَ مُلِيمٌ. 

“Vanihoyat Fir’avnni ushlab, armiyasi bilan birgaligda dengizning ichida parishon qildik. O’sha vaqtda u o’zini malomat qilar edi.” (Zariyat 51/40) 
O’zini malomat qilish – kofir holatida o’layotgan har bir ruhning ishidir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

حَتَّى إِذَا جَاءَ أَحَدَهُمُ الْمَوْتُ قَالَ رَبِّ ارْجِعُونِ. لَعَلِّي أَعْمَلُ صَالِحًا فِيمَا تَرَكْتُ كَلَّا إِنَّهَا كَلِمَةٌ هُوَ قَائِلُهَا وَمِنْ وَرَائِهِمْ بَرْزَخٌ إِلَى يَوْمِ يُبْعَثُونَ. 

“Ulardan biriga o’lim kelishi bilanoq shunday deydi: “Robbim! Meni orqaga qaytaring. Tashlab kelgan dunyoyimda balki endi yaxshi ish qilarman.” Yo’q, aslo! Bu – uning bekorchi bir gapidir. Oldilarida qaytadan tiriladigan kungacha bir to’siq (barzax) bor.” (Mo’minun 23/99-100)      
Nabiyimiz shunday deganlar: “Alloh taolo, qulining joni bo’g’oziga kelgunigacha uning tavbasini qabul qiladi.”

 

1.1.2. Jazoning kelishi: 

Alloh taolo jazoni darrov bermaydi. Aks holda yer yuzida hech kim qolmas edi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِالْعَذَابِ وَلَوْلَا أَجَلٌ مُسَمًّى لَجَاءَهُمُ الْعَذَابُ وَلَيَأْتِيَنَّهُمْ بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ. 

“Sendan azobni tezlashtirilishini istashmoqda, agar vaqti belgilanmagan bo’lganda edi, o’sha zahotiyoq kelar edi. U azob ularga to’sattan-kutilmaganda va farqiga ham bormagan holatda keladi.” (Ankabut 29/53) 

وَلَوْ يُؤَاخِذُ اللَّهُ النَّاسَ بِظُلْمِهِمْ مَا تَرَكَ عَلَيْهَا مِنْ دَابَّةٍ وَلَكِنْ يُؤَخِّرُهُمْ إِلَى أَجَلٍ مُسَمًّى فَإِذَا جَاءَ أَجَلُهُمْ لَا يَسْتَأْخِرُونَ سَاعَةً وَلَا يَسْتَقْدِمُونَ. 

“Qilgan xatoliklari tufayli Alloh insonlarni darrov ushlaganda edi, yer yuzida bironta ham tirik jon qo’ymas edi. Ammo Alloh, belgilangan ajaligacha ularni muddatini uzaytirib qo’yadi. Ajallari kelganida na uni bir muddatga kechiktira olishadi va na ajalidan avval uni oldinga sura olishadi.” (Nahl 16/61)   

لِكُلِّ أَجَلٍ كِتَابٌ. يَمْحُوا اللَّهُ مَا يَشَاءُ وَيُثْبِتُ وَعِنْدَهُ أُمُّ الْكِتَابِ

“Har vaqtning (davrning) bir kitobi bor. Alloh O’zi qo’ygan qoidaga ko’ra muddatni qisqartiradi yoki sobitlaydi. Ona Kitob Uning huzuridadir.” (Ra’d 13/38-39) 

وَمَا يُعَمَّرُ مِنْ مُعَمَّرٍ وَلَا يُنْقَصُ مِنْ عُمُرِهِ إِلَّا فِي كِتَابٍ إِنَّ ذٰلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرٌ. 

“Umri borning yashashi, yoki umrining qisqartirilishi mutlaqo bir daftarda yozuvli bo’ladi. Bu Allohga osondir.” (Fatir 35/11)

Har qanday shaxs va jamiyat, o’zining nojo’ya hatti-harakatlari tufayli umrlarini qisqartirilishiga ya’ni, ajali musammolarining bir qismini o’chirilib tashlanishiga sabab bo’lishlari mumkin. Masalan, bir kishining yoki bir xalqning ajali musammosi 100 yil bo’lsa, qaltis va nojo’ya harakatlari sababli uning umri 80 yilga kamaytirilgan bo’lsa, endi uning umri 80 yilda tugaydi. Bu vaqtdan keyin na bunga qarshi chiqa olmaydi ham, Fir’avn kabi o’zlari uchun yana umr qo’shilishini so’ray olmaydilar ham. Ammo 80 yil to’lmay turib, biroz avval bo’lsada o’z xatolarini tuzatib tavba qilishsa, umri qaytadan 100 yilga chiqishi mumkin.

 

1.1.3. Musibatlarni yozilish vaqti: 

Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

مَا أَصَابَ مِنْ مُصِيبَةٍ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي أَنْفُسِكُمْ إِلَّا فِي كِتَابٍ مِنْ قَبْلِ أَنْ نَبْرَأَهَا إِنَّ ذٰلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرٌ. 

“Yer yuzida yoki o’zlaringizda sodir bo’lgan biron bir voqea  yo’qdirki uni, boshqa bir borliq qilib yaratishimizning avvalida bir daftarda yozilgan bo’lmasin. Bu narsa Allohga ko’ra osondir.” (Hadid 57/22) 
Biron holat o’rtaga chiqishi, bir qarorning ijro e’tilishiga o’xshaydi. Masalan, sudning qog’ozga yozilgan qarori bo’lmay turib, birovga qarorning ijrosi sifatida jazo ko’rilmasligi kabi, Allohning yozilgan qarori bo’lmay turib hech qanday voqea sodir bo’lmaydi. Buni boshqacha yo’l bilan ochiqlagan oyat shunday: 

مَا أَصَابَ مِنْ مُصِيبَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ. 

“Allohning ruxsatisiz hech qanday voqea sodir bo’lmaydi.” (Tag’obun 64/11)    
Tavbaga aloqador oyatlardan, Nuh alayhissalomning o’g’li va Fir’avnning boshiga tushganlardan, hamda Yunus alayhissalom va xalqini Allohning marhamatiga sazovor bo’lishidan shu narsa ma’lum bo’ldiki, bir voqea sodir bo’lishidan avval o’sha narsa yozib qo’yiladi. Yuqoridagi oyatda aytib o’tilgan “uni (ya’ni voqeani) yaratishimizning avvalida” ifodasi aynan shu narsani ochiqlab tasdiqlamoqda. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

وَمَا كَانَ لِنَفْسٍ أَنْ تَمُوتَ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ كِتَابًا مُؤَجَّلًا وَمَنْ يُرِدْ ثَوَابَ الدُّنْيَا نُؤْتِهِ مِنْهَا وَمَنْ يُرِدْ ثَوَابَ الْآَخِررَةِ نُؤْتِهِ مِنْهَا وَسَنَجْزِي الشَّاكِرِينَ. 

“Allohning ruxsati bilan yozilgan ajal kelmay turib hech kim o’lmaydi . Kimki dunyoligini istasa, unga undan beramiz. Kimki oxiratligini istasa, unga ham undan beramiz. Biz, vazifasini ado etganlarni mukofotlaymiz.” (Oli Imron 3/145)

 

1.2. Jamiyatning ajali: 

Jamiyatlarning ham ajali bordir. Aloh taolo shunday marhamat qiladi: 

وَلِكُلِّ أُمَّةٍ أَجَلٌ فَإِذَا جَاءَ أَجَلُهُمْ لَا يَسْتَأْخِرُونَ سَاعَةً وَلَا يَسْتَقْدِمُونَ. 

“Har bir jamiyatning bir umri bordir. Umrlari tugaganda na orqaga kechiktira oladilar va na oldinga sura oladilar.” (A’rof 7/34) 
قُلْ لَا أَمْلِكُ لِنَفْسِي ضَرًّا وَلَا نَفْعًا إِلَّا مَا شَاءَ اللَّهُ لِكُلِّ أُمَّةٍ أَجَلٌ إِذَا جَاءَ أَجَلُهُمْ فَلَا يَسْتَأْخِرُونَ سَاعَةً وَلَا يَسْتَقْدِمُونَ. 
“Aytingki: “Alloh tanlab xohlamaguncha (rozi bo’lmaguncha) o’zim uchun zararli yoki foydali biron narsa qilishga kuchim yetmaydi; Alloh qo’ygan qonunga ergashsam bu boshqa. Har bir xalqning bir ajali bordir. Ajal yetib kelganda na uni kechiktira oladilar va na kelmasidan avval keltira oladilar.” (Yunus 10/49)  
Hazrati Yunusning xalqi kabi, ajallari kelmay turib o’zlarini tuzatsalar, ajali musammolarigacha yashashda davom etishlari mumkin. Masalan, 200 yillik umrlari 150 yilga kamaytirilsa, o’sha 150 yil tamomlanmay turib xatolarini tuzatib to’g’ri yo’lga qaytsalar, avvalgi 200 yillik belgilangan umrlarigacha yashashga loyiq deb bilinadilar. 
ذٰلِكَ بِأَنَّ اللَّهَ لَمْ يَكُ مُغَيِّرًا نِعْمَةً أَنْعَمَهَا عَلَى قَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأأَنْفُسِهِمْ وَأَنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ 
“Bu bir qoidadir; Bir xalq o’z tabiatini o’zgartirmaguncha, Alloh ularga bergan ne’matlarini o’zgartirmaydi. Alloh bilguvchi va eshitguvchidir.” (Anfol 8/53) 
Shu joygacha ko’rib chiqqan oyatlarimiz, shaxs va jamiyat o’z ajallarini qisqartirishi yoki qisqartirmasligi haqida edi. Quyidagi oyatlar esa, bir inson boshqa bir insonning ajalini qisqartirishi haqidagi oyatlardir. 

 

1.3. Boshqasining umrini qisqartirish:  

Hazrati Muso bilan Hizir, bir bolani do’stlari bilan o’ynayotganini ko’rdi. Hizir bolani o’ldirdi. Shunda Muso: “Bir jonga bir jon qasosi bo’lmagan holda begunoh bir bolani o’ldirding a? Juda yomon ish qilding” deb tirandi. Hizir bu voqeani sababini shunday ochiqladi: 

“O’g’il bolaga kelsak, uning ota-onasi ishonib suyangan (mo’min) kishilar edi. Tajovuzkorlik va nonko’rligi bilan ota-onasiga johillik-aqlsizlik qilib qo’yishi mumkinligidan andisha qildik. Ularning Robbisi – uni o’rniga boshqa bir pokiza va marhamatli farzand bo’la oladigan bir o’g’il berishni xohladi…” (Kahf 18/80-81) 

Bolani ajali kelgan bo’lganda edi, Muso alayhissalom Hizirga nisbatan bunday muomala qilmagan bo’lar edi.      
Bu mavzuga aloqador bo’lgan Nabiyimizdan kelgan bir naql bor. Sahobiylardan bo’lgan hazrati Jobir boshidan o’tkazgan bir voqeani shunday aytib bergan: “Safarda edik, bir kishiga tosh tegdi va boshi yorildi. So’ngra junub bo’ldi va do’stlaridan “meni tayammum olishimga ruxsat bormi?” deb so’radi. Ular: “Sen uchun bir ruxsat ko’rmayabmiz; suvni ishlatishing mumkin” deyishdi. O’sha odam yuvindi va o’ldi. Nabiy alayhissalomning yoniga bordik. Bo’lib o’tgan ish haqida xabar topgan Rosululloh shunday dedi: 

“Alloh ularni jonini olsin, odamni o’ldirishibdi. Bilimsizlikning chorasi so’rab o’rganishdir. Tayammum qilishi yoki yarasiga latta bog’lab masx qilishi va badanini qolgan joylarini yuvishi kifoya qilar edi.”    
Boshqa birini umrini-ajalini qisqartirish holati odam o’ldirishda ham huddi shu kabidir. Masalan, bir mo’min-musulmonni qastdan o’ldirgan insonga qasos chorasi ko’riladi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا كُتِبَ عَلَيْكُمُ الْقِصَاصُ فِي الْقَتْلَى الْحُرُّ بِالْحُرِّ وَالْعَبْدُ بِالْعَبْدِ وَالْأُنْثَى بِالْأُنْثَى فَمَنْ عُفِيَ لَهُ مِنْ أَخِيهِ شَيْءٌ فَاتِّبَاعٌ بِالْمَعْرُوفِ وَأَدَاءٌ إِلَيْهِ بِإِحْسَانٍ ذٰلِكَ تَخْفِيفٌ مِنْ رَبِّكُمْ وَرَحْمَةٌ فَمَنِ اعْتَدَى بَعْدَ ذٰلِكَ فَلَهُ عَذَابٌ أَلِيمٌ.

“Mo’minlar! O’ldirilgan insonlar xususida sizlarga qasos farz qilindi. Bir hurga qarshi bir hur, bir asirga qarshi bir asir, bir ayolga qarshi bir ayol (o’ldiriladi, bundan oshiqchasi bo’lmaydi). Kimki o’ldirilganning aka-ukasi (meroschisi) tarafidan biron bir badal evaziga kevchirilib yuborilsa, ma’rufga  mos ravishda harakat qilinsin va badalini chiroyli holatda bersin. Bunday bo’lishi, Robbingiz tarafidan qilingan bir yengillik va bir yaxshilikdir. Kimki bundan keyin ham dushmanchilik-adovatni davom ettirsa, unga alam-og’riqli bir azob-qiynoq bordir.” (Baqara 2/178)  

Qasos – o’ldirganni o’ldirish, yaralaganni yaralash ma’nosini bildiradi.  Sindirilgan oynani o’rniga tiklab berish kabi, aybdordan keltirilgan ziyonini to’latishdir. O’lgan kishini qayta tiriltirib berishni imkoni bo’lmaganligi tufayli, aybdorga qasos muomalasi qo’llaniladi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

وَكَتَبْنَا عَلَيْهِمْ فِيهَا أَنَّ النَّفْسَ بِالنَّفْسِ وَالْعَيْنَ بِالْعَيْنِ وَالْأَنْفَ بِالْأَنْفِ وَالْأُذُنَ بِالْأُذُنِ وَالسِّنَّ بِالسِّنِّ وَالْجُرُوحَ قِصَاصٌ فَمَنْ تَصَدَّقَ بِهِ فَهُوَ كَفَّارَةٌ لَهُ وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ فَأُولَئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ. 

  “Ularga o’sha kitobda shuni yozdik: Jonga hon, ko’zga ko’z, burunga burun, quloqqa quloq, tishga tish va yaralashlarga nisbatan qasos chorasi ko’rilishi kerak. Kimki (kechirsa) tasadduq qilsa gunohlari uchun kafforat bo’ladi. Alloh nozil qilgan hukmlar bilan hukm qilmaganlar – xatoga qo’l urgan kishilardir.” (Moida 5/45) 
Yashatgan ham o’ldirgan ham Allohdir. Uning bergan hayotiga qastdan yakun bergan kishi Allohga qarshi ish tutgan bo’ladi. Birovni oynasini qastdan sindirgan inson, oynani tiklab berishi bilan qutilib qolmaganidek, qastdan odam o’ldirgan kishi ham qasos bilan qutulib qolmaydi. Alloh taolo bunday bir jinoyatni jazosini abadiy jahannam deb belgilab qo’ygan. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

وَمَنْ يَقْتُلْ مُؤْمِنًا مُتَعَمِّدًا فَجَزَاؤُهُ جَهَنَّمُ خَالِدًا فِيهَا وَغَضِبَ اللَّهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُ وَأَعَدَّ لَهُ عَذَابًا عَظِيمًا. 

“Kimki bir mo’minni qastdan o’ldirsa, uning jazosi o’limsiz holda qoladigan jahannamdir. Alloh unga g’azab qilgan, uni la’natlagan va unga og’ir bir qiynoq tayyorlab qo’ygandir.” (Niso 4/93) 
Agar o’ldirilgan kishini umri tugagan bo’lganda edi, qotilni jazolash ma’nosiz bo’lib qolar edi. Unday bo’lganda, odam o’ldirishni taqiqlashda bir ma’no va mantiq qolmas edi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

وَلَا تَقْتُلُوا النَّفْسَ الَّتِي حَرَّمَ اللَّهُ إِلَّا بِالْحَقِّ وَمَنْ قُتِلَ مَظْلُومًا فَقَدْ جَعَلْنَا لِوَلِيِّهِ سُلْطَانًا فَلَا يُسْرِفْ فِي الْقَتْلِ إِنَّهُ كَانَ مَنْصُورًا. 

“Alloh daxlsiz qilgan hech qanday jonni o’ldirmanglar, haqli sababga ko’ra bo’lsa bu boshqa. Kimki haqsiz o’ldirilgan bo’lsa, uni eng yaqiniga (valiysiga) vakolat berganmiz. U ham qotilni o’ldirishda haddan oshmasin, chunki u yordam ko’rgandir.” (Isro 17/33)      
Bu oyatlar – o’ldirilgan kishining o’z ajali bilan o’lmaganligini ko’rsatadi.  

2. Alloh yo’lida o’zini fido qilish:

Insonlar o’z jonlarini Alohning yo’lida fido qilish yo’li orqalik ham, o’zlarining ajali musammolarini qisqartirishlari mumkin. Buning qarshiligini Alloh ko’paytirib beradi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

وَلَئِنْ قُتِلْتُمْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ أَوْ مُتُّمْ لَمَغْفِرَةٌ مِنَ اللَّهِ وَرَحْمَةٌ خَيْرٌ مِمَّا يَجْمَعُونَ. 

“Alloh yo’lida o’ldirilsangiz yoki o’lsalaringiz, Allohning mag’firati va yaxshiligi – to’play olishingiz mumkin bo’lgan barcha narsadan yaxshiroq bo’ladi.” (Oli Imron 3/157) 
O’lgan kishi o’z ajali musammosi bilan o’lgan bo’ladi. Ammo Alloh yo’lida o’ldirilgan kishi, jonini Alloh uchun fido qilgani sababli jonini evaziga unga yangi bir jon beradi. Lekin undagi hayotni biz farqiga bormaymiz. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

وَلَا تَحْسَبَنَّ الَّذِينَ قُتِلُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ أَمْوَاتًا بَلْ أَحْيَاءٌ عِنْدَ رَبِّهِمْ يُرْزَقُونَ. فَرِحِينَ بِمَا آَتَاهُمُ اللَّهُ مِنْ فَضْلِهِ وَيَسْتَبْشِرُونَ بِالَّذِينَ لَمْ يَلْحَقُوا بِهِمْ مِنْ خَلْفِهِمْ أَلَّا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ. يَسْتَبْشِرُونَ بِنِعْمَةٍ مِنَ اللَّهِ وَفَضْلٍ وَأَنَّ اللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجْرَ الْمُؤْمِنِينَ. 

“Alloh yo’lida o’ldirilganlarni aslo o’lik deb hisoblama! Ular tirikdirlar; Robbisi tarafidan ularga rizq ham berib turiladi. Allohni bergan rizqi bilan baxtiyor bo’ladilar. Hanuz saflariga qo’shilmaganlarga esa “ichlarida na qo’rquv bo’ladi va xafa ham bo’lmaydilar” deb hushxabar bermoqchi bo’lishadi. Allohning ne’mati va ikromini, hamda Alloh mo’minlarni ajrini kamaytirmasligi hushxabarini ham yetgazmoqchi bo’lishadi.” (Oli Imron 3/169-171)

“Alloh yo’lida o’ldirilganlarni o’lik demanglar! Ular tirikdir. Lekin sizlar buni farqiga bormaysizlar.” (Baqara 2/154)   

Alloh yo’lida o’ldirilganlar, bergan umrlarini katma-kat ortiqchasi bilan oladilar. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

مَنْ جَاءَ بِالْحَسَنَةِ فَلَهُ عَشْرُ أَمْثَالِهَا. 

“Kimki bitta yaxshilik bilan kelsa, unga uni o’n barobari beriladi.” (An’om 6/160) 
Alloh tarafidan beriladigan bu yaxshilik, Alloh yo’lida molini sarflash shaklida bajarilsa 700 barobariga, hatto undan ham ko’p berilishi mumkin. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

مَثَلُ الَّذِينَ يُنْفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ كَمَثَلِ حَبَّةٍ أَنْبَتَتْ سَبْعَ سَنَابِلَ فِي كُلِّ سُنْبُلَةٍ مِئَةُ حَبَّةٍ وَاللَّهُ يُضَاعِفُ لِمَنْ يَشَاءُ. 

“Molu davlatlarini Alloh yo’lida sarflaganlar, tuproqqa bir dona don ekkandek bo’ladilar. U don yettita boshoq chiqaradi. Har boshog’ida yuzta don bo’ladi. To’g’ri tanlovda bo’lganlarga nisbatan – mukofotlarini Alloh ortiqchasi bilan beradi.” (Baqara 2/261) 

Alloh yo’lida o’ldirilgan kishining umri to qiyomatgacha davom etadi. Agar uning umri tugagan bo’lganida edi, fidokorlik qilgan deb hisoblanmagan bo’lar edi va qiyomatgacha Alloh tarafidan rizqlantirib turilishi va qiyomatgacha biz farqiga bormaydigan holatda yashashda davom etishi kabi mukofotlarga sazovor bo’lmas edi. Bu narsa Alloh yo’lida o’lgan va o’ldirilgan kishining farqidir.  

Ibn Mas’uddan rivoyat qilinishiga ko’ra, Nabiy alayhissalom yerga bitta to’rtburchak chizdi. So’ngra uni boshidan oxirigacha tashqariga chiqqan bitta chiziq tortti. Ichkarida qolgan chiziqda to’g’ri yana boshqa kalta-kalta chiziqlar chizdi va aytdiki: “Shu chiziq insondir. Bu uning ajalidirki – atrofini o’rab olgan. Mana bu tashqariga chiqqan chiziq uning amalidir. Mana bu kalta chiziqlar esa, uning boshiga kelgan musibatlardir. Bu chiziq uni boshiga tushmasa, mana bunisi tushadi.

Insonni chap va o’ng tarafidan kelayotgan balo o’qlardan Alloh taolo himoya qilib saqlab qolmoqda. Bu haqdagi bir oyat shunday: 

لَهُ مُعَقِّبَاتٌ مِنْ بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِ يَحْفَظُونَهُ مِنْ أَمْرِ اللَّهِ إِنَّ اللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأَنْفُسسِهِمْ وَإِذَا أَرَادَ اللَّهُ بِقَوْمٍ سُوءًا فَلَا مَرَدَّ لَهُ وَمَا لَهُمْ مِنْ دُونِهِ مِنْ وَالٍ. 

“Oldingizdan va orqangizdan ergashgan poyloqchilar bordir. Sizlarni Allohning amri bilan qo’riqlab turadilar. Bir xalq, o’z ichidagi biron narsani buzmagunigacha Alloh ham uni buzmaydi. Agar Alloh bir xalqqa g’am-tashvish berishni istasa, hech kim to’xtata olmaydi. Ular bilan Allohni o’rtasiga tushadigan biron bir do’stlari ham yo’qdir.” (Ra’d 13/11) 

 

Abdulaziz Bayindir, Qur’on Yog’dusi Ila To’g’ri Deb Bilingan Xatolar Ochiqlamasi, 3-b, Sulaymoniya Fondi Nashriyoti, Istanbul, 2010, 155-170-sf

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
290 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ayol o’z ixtiyori bilan eridan ajrashi 10.07.2019 180
2 Alloh Belgilab Qo’ygan Chegaralarni Buzilishi va Buni Ro’zadagi Misoli 30.06.2019 108
3 Tafsilotlari Bilan Ro’za Ibodati 11.05.2019 152
4 Tashahhuddagi salom va duolarning ma’no va mohiyatlari 13.02.2019 302
5 Qur’onni tushunishda ijtihodning ahamiyati qanday? 16.01.2019 223
6 Nasx kalimasi Qur’onda qaysi ma’nolarda qo’llanilgan? 10.01.2019 201
7 Afv bilan Mag’firatni farqi 08.01.2019 288
8 Hanafiylikda musofirlik muddati qaysi qiyos bilan belgilangan? 08.01.2019 219
9 Namozda hushu qanday bo’ladi? 03.01.2019 262
10 Islom jang-u jadal dinimi, yoki tinchlik dinimi? 29.12.2018 230
11 Qur’on va Musulmonlarning ahvoli 25.12.2018 317
12 Qur’onni tushunishdagi usul va qoidaning ahamiyati 22.12.2018 250
13  Qur’onda barcha narsaning tili   19.12.2018 245
14 Kitob va Sunnatda foiz (kredit) 11.12.2018 250
15 Ayollarni guvohligi 29.11.2018 237
16 Isro va Meroj 19.11.2018 447
17 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 589
18 Hamma bilgan o’sha namoz 18.10.2018 335
19 Qur’onda namoz vaqtlari 17.10.2018 936
20 Islomda Halol va Harom 16.10.2018 1 003
21 Ruh va uning xususiyati 10.10.2018 389
22 Qur’onga ko’ra 3 qoidani buzmaguncha hech kimga adovat qilib bo’lmaydi 10.09.2018 308
23 Iso alayhissalom dunyoga qaytib keladimi? 10.09.2018 738
24 G’ayridinlar o’rtasidagi munosabatlar 18.08.2018 391
25 Ajalning qisqarishi 18.08.2018 290
26 Qur’on va Sunnatda yoshlarni nikohlash bormi? 13.08.2018 693
27 Qur’on va Sunnatga ko’ra taloq 09.08.2018 3 423
28 Kitob va Sunnatga ko’ra Haj va qurbonlik 03.08.2018 372
29 Kitob va Hikmat tushunchasi 30.07.2018 419
30 Ayol kishiga qo’l ko’tarishga kim ruxsat berdi? 22.07.2018 545
31 Hikmat va Sunnat tushunchalarini buzilishi va yo’qqa chiqarilishi 12.06.2018 232
32 Namoz vaqtlari (Qur’onga ko’ra) 08.06.2018 251