Qur’on va Sunnatda yoshlarni nikohlash bormi?
Musulmonlar > E'lonlar > Fatvolar > Nikoh > Oila hayoti > Tadqiqotlar Tarix: 13 Avgust 2018 Email This Post Email This Post

Islom turmush qurish uchun ma’lum bir shart belgilab qoʻygan. Undan avval yigit kishini ham uylab boʻlmaydi, qizlarni ham turmushga uzatib boʻlmaydi. O’sha shart balogʻat, yaʼni jismoniy voyaga yetish va rushd, yaʼni aqliy va maʼnaviy yetuklikdirBalogʻat – jinsiy yetuklik boʻlib; yigitlarni bellaridan naslga sabab boʻladigan tuxumni ajralib chiqishi, qizlardan esa odat qoni kelish jarayonini bildiradi. Rushd – aqliy yetuklik boʻlib, moddiy va maʼnaviy ishlarini oʻz aql-zakovati bilan boshqara olish degani.

Ba’zi bir manbalarda nikoh uchun minimal yosh koʻrsatilmagan, shuning uchun, voyaga yetmagan yoshlarni valiylari tarafidan nikohlash mumkin deb fatvo berishgacha borganlar ham bo’lgan o‘tmishda. Hatto emizikli chaqaloqlarni ham – oʻzaro maslahatlari toʻgʻri kelib qolsa – nikohlashga ruxsat va fatvo berishgan.[1] Bunday fatvolar na aqlga va na Allohni yaratgan tabiiy fitrat va qonunlariga toʻgʻri kelmaydi. Qurʼonga esa mutlaqo ziddir.

Bizni Qurʼon va Sunnat butunligida olib borgan tadqiqotlarimizga koʻra esa, balogʻatga yetmagan yoshlarni nikohlash aslo mumkin emas. Hatto balogʻat yoshini oʻzi kifoya qilmaydi, balki rushd yaʼni aqliy yetuklik ham shartdir. Aqliy yetuklik kishining oʻz shaxsiyatiga qarab belgilanadi. Bizni bu haqdagi dalillarimiz Qurʼon, Sunnat va aqlga uygʻunligidir. Allohning Kitobiga tafakkur va diqqat-eʼtibor bilan murojaat qilish – barcha diniy va dunyoviy muammolarni hal qilishdagi eng toʻgʻri yoʻldir. Shu yoʻl orqali Allohning hukmlariga ulashish mumkin. Chunki Allohning Kitobida xatolik, qarama-qarshilik, tushunmovchiliklar yoʻqdir, asl va tabiiy yaratilish qoidalariga ziddiyat keltirib chiqaruvchi hukmlar boʻlishi ham mumkin emas. Uni mahkam ushlagan inson aslo adashmaydi, undan uzoqlashgan kishi esa adashmay qolmaydi. Endi sizlar bilan birgalikda nikoh uchun shart qilingan balogʻat va rushdni tushuntirib beruvchi Niso surasining 6-oyatiga, soʻngra 2 va 3-oyatlariga murojaat qilamiz.

Alloh taoloning ushbu oyatlardagi…

…وَابْتَلُوا الْيَتَامَى حَتَّى إِذَا بَلَغُوا النِّكَاحَ فَإِنْ آنَسْتُمْ مِنْهُمْ رُشْدًا فَادْفَعُوا إِلَيْهِمْ أَمْوَالَهُمْ

“Yetimlarni to nikoh yoshiga kirguncha sinab turinglar. Soʻng ular tarafidan aqliy yetuklik (mol-mulkini oʻz-oʻzicha idora qila olish qobiliyat va iqtidorini) bilsangiz, mol-mulklarini ularni oʻzlariga topshiringlar.” (Niso 4/6)

{إِذَا بَلَغُوا النِّكَاحَ} و {فَإِنْ آنَسْتُمْ مِنْهُمْ رُشْدًا) soʻzlari – nikoh uchun balogʻat va rushd shart ekanini bildiradi. Alloh taolo ushbu oyatda, yetimlardan javobgar shaxslar yetimlarga tegishli mol-mulklarini to balogʻat yoshiga va aqliy yetuklik chogʻiga kirmagunigacha qoʻllariga topshirib qoʻymaslikka buyurgan. Bu suradagi 2-oyatni 6-oyatsiz tushunib boʻlmaydi. Chunki mol-mulkini topshirishdan avval balogʻat va rushdni shart qilib qoʻydi. 3-oyatdagi yetimlarni nikohi haqida ham faqatgina rushtdan keyin nikohlash mumkinligini koʻrsatib berdi. Quyidagi oyat va hadislar yuqoridagi hukmni yanada tushuntirib beradi.

  1. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَكَيْفَ تَأْخُذُونَهُ وَقَدْ أَفْضَى بَعْضُكُمْ إِلَى بَعْضٍ وَأَخَذْنَ مِنْكُمْ مِيثَاقًا غَلِيظًا

“Qanday qilib uni olasizlar? Axir bir-birlaringiz bilan yolgʻiz qoldingiz va ular sizlardan mustahkam bir ahd-paymon oldi-ku!” (Niso 4/21)

Bu oyatdagi “مِيثَاقًا غَلِيظًا”- sogʻlom ahd-paymonni balogʻat yoshiga yetmagan goʻdakdan qanday tasavvur qilish mumkin. Goʻdaklar, voyaga yetmaganlar nikohlangan eri yoki xotini bilan qanday sogʻlom soʻzlashma qura olishi mumkin? Qurʼon nomunosib boʻlgan shaxslarga nisbatan xitob qilmoqdami?! Yoq, bu narsa amri maholdir.

    2. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا يَحِلُّ لَكُمْ أَنْ تَرِثُوا النِّسَاءَ كَرْهًا

“Ey moʻminlar! Yoqtirmagan holatingizda ayollarga voris boʻlib olishlaringiz sizlarga halol boʻlmaydi.” Norasidalarni nikohlash bu oyatdagi halol boʻlmaydi degan hukm ostiga kirmaydimi?

    3. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَمِنْ آيَاتِهِ أَنْ خَلَقَ لَكُمْ مِنْ أَنْفُسِكُمْ أَزْوَاجًا لِتَسْكُنُوا إِلَيْهَا وَجَعَلَ بَيْنَكُمْ مَوَدَّةً وَرَحْمَةً إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ

“Ular bilan huzur-halovat topishingiz uchun oʻz turlaringizdan sizlar uchun juftlar yaratishi Allohning oyatlaridandir. Oralaringizga sevgi va marhamat paydo qildi. Tushunib yetgan bir xalq uchun bunda oyatlar (muhim koʻrsatmalar) bordir.“ (Rum 30/31) Erlik yoki xotinlikni hatto farqiga ham bormagan goʻdak oʻrtasida qanday qilib huzur-halovat oʻrnatish mumkin? Bu oyat, nikohdan koʻzda tutilgan narsa – oilaviy huzur halovat ekanini, nikohdan maqsad faqatgina hissiy va shahvoniy tuygʻularini bahramand qilish emasligini Alloh taolo hikmat yoʻli bilan tushuntirib bermoqda. Aqliy va jinsiy yetuklik chogʻiga yetmagan yoshlarni uylantirish yoki turmushga chiqarish, Alloh yaratgan tabiat qonunlarida koʻrsatilgan oyatlariga ham vahiy orqali yuborilgan oyatlariga ham zid kelmoqda. Bunday holatlar, faqatgina insonning haq-huquqi poymol etilishi va norasida qizlardan bir buyum sifatida foydalanish tushunchasini keltirib chiqaradi, bu esa jaholat davrida avj olgan udum boʻlgan.

    4. Muhammad alayhissalom shunday dedi: (لاَ تُنْكَحُ البِكْرُ حَتَّى تُسْتَأْذَنَ[2]
“Bokira qiz izn olinmay turib nikohlanmaydi.”
Yosh qizaloqlarda izn berish yoki bermaslikda layoqati ham yoʻq. Chunki voyaga yetmaganlarning iznlari eʼtiborga olinmaydi. Ularning iznlari aqliy yetuklik chogʻigacha qabul qilinmaydi. Agar yoshligi sababli izn olish muammo boʻlsa, ularning valiylaridan izn olsa ham boʻlaveradi demoqchi boʻlganlarga javobimiz shunday: Voyaga yetmaganlardan javobgar shaxslar, faqatgina ularning yeb-ichishi, himoyasi, tarbiyasi, moddiy har qanday taʼminotidan masʼul boʻladilar. Aslo yoshlarning shaxsiyatiga egalik qilish huquqi berilmagan, ayniqsa hali beri oilani o harfidan ham xabarsiz boʻlgan yoshlarni oʻzlari xohlaganday nikohlashga aslo ruxsat berilmagan. Chunki har bir erkak va ayol nikohga qaror berish huquqi oʻziga topshirilganligi va bu huquqdan faqatgina balogʻat va rushd yoshiga yetgandagina foydalana olishi Niso surasida tushuntirib oʻtildi.

    5. Muhammad alayhissalom shunday dedi:

[3]( أيما امرأت نَكَحَت بغير إذن وليها فنكاحها باطل..)

“Qaysi bir ayol oʻz valiysini ruxsatisiz nikohlansa, uning nikohi buzuqdir.” Ushbu hadis shunga dalolat qiladiki; Nabiy alayhissalom, nikohlanish ishini ayol kishini oʻziga nisbat berdi va nikohda valiysini izni ham boʻlishligini bildirdi. Nikoh – ikki taraflama tuzilgan ahd-paymon va u ahd-paymonda izn shartdir. Yosh bolalarning izn va ruxsatlari hech qanday ahdnoma va kelishuvlarda qabul qilinmaydi. Demak, uning izni va roziligi qabul boʻlishi uchun u avvalo balogʻatga va rushd chogʻiga erishishi kerak.

    6. Asl yaratilishdagi tabiiy xilqat va insoniy fitrat yosh qizaloqlarni turmushga chiqarilishini aslo qabul qilmaydi. Bu – Alloh taolo tarafidan insonni asl yaratilishidagi qoʻygan qonunlariga ham ziddir. Chunki Alloh taolo, har qanday juftlik o‘rtasida qachonki tenglik va oʻxshashlik boʻlgandagina oʻzaro sevgi-muhabbat va mehr uyg‘otish qoidasini o‘rtaga qo‘ygan. Moʻysafid bir qariyaga yosh qizaloqni turmushga berish yoki qariya bir nuroniy onaxonni yosh bir navqiron yigit bilan birga nikohlab qoʻyishni – na mantiq va na maʼno qabul qilmaydi

    7. Oila qurish – bu har ikkala tarafdan ham talab qilingan juda katta masʼuliyatli ishdir. Insonning hayoti u uchun qanchalik qadrli va muhim boʻlsa, uning oilasi ham shunchalik qadrli va muhim oʻrinni egallashi kerak. Insoniyatni davomiyligi uchun eng birinchi oʻringa oila sogʻlom boʻlishi kerak. Bu oʻrinda har ikkala tarafdan ham talab qilinadigan javobgarliklar bor. Axir oʻzini oʻzi eplolmaydigan darajadagi yoshlarni uylantirib qoʻyiladigan boʻlsa, oilani saqlab qolish u yogʻda tursin, hatto oʻzlarini ham eplay olmaydilar. Shu bois oila ichidagi davomli muammo va tushunmovchiliklar oʻrtaga chiqish oqibatida, ikki yoshni oiladan, hayotdan va kelajakdan hafsalasi sovib va umidlari oʻchib boradi.

Voyaga yetmaganlarni nikohlashga fatvo beruvchilarning dalillari quyidagicha:

    8. Oyat maʼnosini buzib, soʻng oʻsha oyatni dalil qilib olishgani:

وَاللَّائِي يَئِسْنَ مِنَ الْمَحِيضِ مِنْ نِسَائِكُمْ إِنِ ارْتَبْتُمْ فَعِدَّتُهُنَّ ثَلَاثَةُ أَشْهُرٍ وَاللَّائِي لَمْ يَحِضْنَ

(الطلاق 4) Natijada shunday deyishgacha borishgan: {وَاللَّائِي لَمْ يَحِضْنَ} “Shu jumlani daliliga koʻra, na jismoniy va jinsiy yetuklik yoshiga kirmagan har qanday goʻdak va norasidalarni nikohlash mumkindir.”

Ular oyatdagi (لم) harfiga (لما) harfi uchun foydalaniladigan maʼnoni qoʻllashgan, natijada oyat maʼnosi oʻzgartirilgan. Hech shubhasizki, bu narsa Allohning Kitobini maʼnolarini buzib tahrif qilishdir. Asl maʼnosi esa, hali beri odat qoni kelmagan ayollar emas, balki poklik muddati uzayib qolgan va bir necha oylab odat koʻrmay qolgan ayol yoki umuman odat koʻrmaydigan ayolar degan maʼnoni anglatadi.Bu oyatda voyaga yetmagan qizlar degan gap umuman aytilmagan.

    9. Nabiy alayhissalom Oyisha onamizga 9 yoshlarida nikohlangani haqidagi rivoyatni dalil qilib olganlarga bergan javoblarimiz:

A- Nikoh ahdi tuzilishi uchun, ham jismoniy-jinsiy va aqliy yetuklikni shart qilib koʻrsatgan yuqoridagi oyatlarga bu rivoyat zid ekani va bu haqdagi boshqa sogʻlom hadislarga ham qarama-qarshi maʼnoda ekani oʻrtaga chiqmoqda. Shuning uchun bu rivoyatdan bu masala boʻyicha dalil sifatida foydalanib boʻlmaydi.

B- Baʼzi rivoyatlarda Niso surasining nikoh haqidagi oyatlari Madina shahrida nozil boʻlgan, Nabiy alayhissalom esa Oyisha onamizga Makkada uylangan va hali beri yuqoridagi oyatlar nozil boʻlmagan edi deb keltiriladi. Bu narsa ham haqiqatdan yiroqdir. Chunki sof va sogʻlom tabiatli bir erkak kishining xilqati voyaga yetmagan kichik yoshli bir qizaloqqa uylanishni aslo qabul qilmaydi. Agar Rasululloh haqidagi bu gaplarni haq deb qabul qiladigan boʻlsak, u kishining xilqati va tabiati elchilikdan avval buzuq boʻlganini iddao qilayotgan boʻlib qolamiz. Bunday boʻlmagani aniq. Chunki Alloh taolo u kishining xulq-atvori haqida juda koʻplab oyatlarda maqtab va goʻzal deb taʼriflab oʻtgan.

C- Oyisha onamizni 9 yoshlarida nikohlangani haqidagi rivoyat boshqa koʻplab 18 yoshlarida nikohlangan degan rivoyatlarga qarama0qarshi chiqib qolmoqda. Shu sababli, biz oyatlarga muvofiq kelgan hadisni olishimiz kerak. Yuqoridagi oyatlarda nikohning sharti deb koʻrsatilgan balogʻat va rushd shartlari 18 yoshda nikohlangan degan rivoyatda oʻz ifodasini topmoqda.

وقف السليمانية/ مركز بحوث الدين والفطرة 

PrDr. Abdulaziz BayindirSulaymoniya Vaqfi, Din va Fitrat Ilmiy-tadqiqot Markazi. 

[1] Al-bidoya Sharh al-Hidoya.

[2] Buxoriy Nikoh boʻlimi 6968.

[3] Abu Dovud Nikoh, valiy boʻlimi, 2083. Termiziy nikoh boʻlimi valiy boʻlimi 1102. Ibn Moja Nikoh boʻlimi valiy haqida 1879. Imom Ahmad 6/47, 165-166.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
694 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ayol o’z ixtiyori bilan eridan ajrashi 10.07.2019 181
2 Alloh Belgilab Qo’ygan Chegaralarni Buzilishi va Buni Ro’zadagi Misoli 30.06.2019 108
3 Tafsilotlari Bilan Ro’za Ibodati 11.05.2019 152
4 Tashahhuddagi salom va duolarning ma’no va mohiyatlari 13.02.2019 302
5 Qur’onni tushunishda ijtihodning ahamiyati qanday? 16.01.2019 223
6 Nasx kalimasi Qur’onda qaysi ma’nolarda qo’llanilgan? 10.01.2019 202
7 Afv bilan Mag’firatni farqi 08.01.2019 288
8 Hanafiylikda musofirlik muddati qaysi qiyos bilan belgilangan? 08.01.2019 219
9 Namozda hushu qanday bo’ladi? 03.01.2019 263
10 Islom jang-u jadal dinimi, yoki tinchlik dinimi? 29.12.2018 230
11 Qur’on va Musulmonlarning ahvoli 25.12.2018 317
12 Qur’onni tushunishdagi usul va qoidaning ahamiyati 22.12.2018 250
13  Qur’onda barcha narsaning tili   19.12.2018 245
14 Kitob va Sunnatda foiz (kredit) 11.12.2018 250
15 Ayollarni guvohligi 29.11.2018 237
16 Isro va Meroj 19.11.2018 447
17 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 589
18 Hamma bilgan o’sha namoz 18.10.2018 336
19 Qur’onda namoz vaqtlari 17.10.2018 936
20 Islomda Halol va Harom 16.10.2018 1 003
21 Ruh va uning xususiyati 10.10.2018 389
22 Qur’onga ko’ra 3 qoidani buzmaguncha hech kimga adovat qilib bo’lmaydi 10.09.2018 308
23 Iso alayhissalom dunyoga qaytib keladimi? 10.09.2018 738
24 G’ayridinlar o’rtasidagi munosabatlar 18.08.2018 391
25 Ajalning qisqarishi 18.08.2018 290
26 Qur’on va Sunnatda yoshlarni nikohlash bormi? 13.08.2018 694
27 Qur’on va Sunnatga ko’ra taloq 09.08.2018 3 423
28 Kitob va Sunnatga ko’ra Haj va qurbonlik 03.08.2018 373
29 Kitob va Hikmat tushunchasi 30.07.2018 419
30 Ayol kishiga qo’l ko’tarishga kim ruxsat berdi? 22.07.2018 545
31 Hikmat va Sunnat tushunchalarini buzilishi va yo’qqa chiqarilishi 12.06.2018 232
32 Namoz vaqtlari (Qur’onga ko’ra) 08.06.2018 251