Qur’on va Sunnatga ko’ra taloq
Musulmonlar > E'lonlar > Oila hayoti Tarix: 09 Avgust 2018 Email This Post Email This Post

Taloq – Qur’onga ko’ra erning haqqidir. Ayol kishi tarafidan ajrashish huquqi “iftido” deyiladi. Taloqqa aloqador ishlar erlarga, iftido esa ayollarga oid. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 

 الطَّلَاقُ مَرَّتَانِ فَإِمْسَاكٌ بِمَعْرُوفٍ أَوْ تَسْرِيحٌ بِإِحْسَانٍ

“O’sha taloq ikki martalikdir. Har biridan keyin, yo ayolni yaxshilik bilan ushlab qolish kerak yoki chiroyli holatda ajrashish kerak.” (Baqara 2/229)  

Oyatdagi  الطَّلاق ifodasining boshidagi ال  = al” ma’rifalik qo’shimchasi bo’lib, kalimani at-tolaqu deb o’qitadi va o’sha taloq degan ma’noni ifodalaydi. O’sha taloq qaysi va qanday taloq ekanini taloq surasida tushuntirib berilgan. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ إِذَا طَلَّقْتُمُ النِّسَاءَ فَطَلِّقُوهُنَّ لِعِدَّتِهِنَّ وَأَحْصُوا الْعِدَّةَ وَاتَّقُوا اللَّهَ رَبَّكُمْ لَا تُخْرِجُوهُنَّ مِنْ بُيُوتِهِنَّ وَلَا يَخْرُجْنَ إِلَّا أَنْ يَأْتِينَ بِفَاحِشَةٍ مُبَيِّنَةٍ وَتِلْكَ حُدُودُ اللَّهِ وَمَنْ يَتَعَدَّ حُدُودَ اللَّهِ فَقَدْ ظَلَمَ نَفْسَهُ لَا تَدْرِي لَعَلَّ اللَّهَ يُحْدِثُ بَعْدَ ذَلِكَ أَمْرًا. فَإِذَا بَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمْسِكُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ أَوْ فَارِقُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ وَأَشْهِدُوا ذَوَيْ عَدْلٍ مِنْكُمْ وَأَقِيمُوا الشَّهَادَةَ لِلَّهِ ذَلِكُمْ يُوعَظُ بِهِ مَنْ كَانَ يُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآَخِرِ وَمَنْ يَتَّقِ اللَّهَ يَجْعَلْ لَهُ مَخْرَجًا. وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ وَمَنْ يَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُ إِنَّ اللَّهَ بَالِغُ أَمْرِهِ قَدْ جَعَلَ اللَّهُ لِكُلِّ شَيْءٍ قَدْرًا.

“Ey Nabiy! Ayollaringizdan ajrashsangiz, iddali vaqtida ajrashing va iddasini hisoblang. Robbingiz Allohdan taqvo qiling, ularni uylaridan chiqarmang. Ular ham chiqmasinlar, ochiq bir fahsh ish qilgan bo’lsa bu xorij. Bu Allohning chizgan chiziqlaridir (chegaralaridir). Kimki Allohning chegaralarini buzsa, o’ziga qarshi haqsizlik qilgan bo’ladi. Bilmaysanki – balki bundan keyin Alloh boshqa bir holatni o’rtaga qo’yar.

 Ayollarni muddati tugaganida, ularni yo ma’ruf[1] bilan ushlab qolinglar yoki ma’ruf bilan ajrashinglar. Ichingizdan ishonarli ikki kishini guvoh qilinglar, guvohlikni Alloh uchun o’z o’rniga q’yinglar. Mana shu narsa – oralaringizda Alloh va oxirat kuniga ishonganlarga qilingan nasihatdir. Kimki Allohdan taqvo qilsa, U – unga bir chiqish yo’lini ochib qo’yadi. Kutmagan joyidan unga rizq beradi. Kimki Allohga ishonib suyansa, U – unga yetadi. Alloh, ishini O’z o’rniga keltirguvchidir. Alloh, har bir narsaga bir o’lchi qo’yib qo’ygan.” (Taloq 65/1-3)   

Alloh taolo, har narsaga bir o’lchi qo’ygan. Er-xotinni nikohiga shart va qoidalar belgilab qo’yganidek, ajrashishi uchun ham bir o’lchi qo’yib qo’ygan. Yuqoridagi oyatlar ana o’sha o’lchilarni ochiqlab bermoqda. Hazrati Umarning o’gli Abdulloh, ayolini odatli vaqtida taloq qilgan edi. Hazrati Umar bu holatni Rasulullohdan so’raganida, u kishi shunday javob berdilar:

“Unga ayt, ayoliga qaytsin va odatli vaqti tugamagunicha taloq qilmasin dedi. Undan keyin, ayoli odat ko’rib takroran odati tugaganida, agar xohlasa davom etsin, xohlasa jinsiy aloqaga kirmay turib undan ajrashsin. Mana shu narsa – o’sha iddaki, Alloh taolo – ayollarni unga ko’ra taloq qilib ajrashishga buyurgan.[2]” Abdulloh b. Umar dediki: “Nabiyimiz meni bunday ajrashishimni (taloq qilishimni) hisobga o’tmaydi dedi va shu oyatni o’qidi: “Ey Nabiy! Ayollaringizni taloq qilsangiz (ajrashsangiz) iddalari ichida ajrashinglar.” Ya’ni ularni iddalarini boshlanishida ajrashinglar.”[3]   

Ayoli bilan ajrashmoqchi bo’lgan erlarga o’z navbati bilan quyidagi shartlar yuklatiladi:

  1. Taloqni idda ichida berish.
  2. Iddani hisoblash.
  3. Ayolini uyidan chiqarmaslik.
  4. Ayol o’z istagi bilan ham uyidan chiqmasligi.
  5. Muddatni boshida yoki oxirida – yo chiroylik holatda ushlab qolish yoki chiroyli holatda ajrashish.
  6. Ayolini taloq qilgan vaqtda ham, so’ng uni agar ushlab qolmoqchi bo’lsa ham, yoki ajrashib ketmoqchi bo’lsa ham ikkita guvoh olib kelish.

 

A- Idda ichida taloq qilish

Bu yerdagi idda – taloq qilingan ayol, erining uyida qolishi majbur bo’lgan muddatdir. Ayol bu muddat ishida, eri bilan bir uyda qoladi, ammo jinsiy aloqaga kirmaydi. Chunki, iddasini yolg’iz o’zi o’tkazishi kerak. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

 وَالْمُطَلَّقَاتُ يَتَرَبَّصْنَ بِأَنفُسِهِنَّ ثَلاَثَةَ قُرُوَءٍ

“(Erlari tarafidan) taloq qilingan ayollar, o’zlari yolg’iz uch qur’ kutadilar.”

Odatli vaqtida jinsiy aloqa man’ qilingani[4] uchun, bu vaqtda zotan ayol kishi o’zi yolg’iz bo’ladi. Idda muddati davomida, bir uyni eri bilan bo’lishib yashashi talab qilingani uchun, bu yerdagi qur’ – u bilan jinsiy aloqaga kira olishi mumkin bo’lgan tozalik holatidir. Shunday ekan, taloqni idda ichida bo’lishi – bu orada ayol kishi odatdan toza bo’lishi, ammo eri bilan jinsiy aloqaga kirmagan bo’lishi kerak deganidir. Abdulloh b. Umar bunday qilmagani uchun, Rasululloh qattiq g’azablangani rivoyat qilingan[5] va unga jazo tariqasida yana bitta poklik muddatini kutish yuklatilgan. Chunki, ayolini birinchi poklikdan keyin emas, balki ikkinchi poklikdan keyingina taloq qila olishini aytgan. Bu ishlarni juda muhim va hikmatli taraflari bordir. Erkak kishi, odat vaqtida ayoli bilan aloqaga kira olmaganidan rohatsiz bo’lishi (siqilishi) mumkin. Ayol kishi odatidan poklanganida, erining unga bo’lgan ishtiyoqi va istagi eng yuksak saviyaga chiqadi. Aloqaga kirganidan keyin esa, ishtiyoqi va xohishi qanchadir darajada pasayadi. Hayzdan poklangan ayoli bilan jinsiy aloqaga kirmasdan, uni taloq qilib, so’ng uni o’z uyida idda saqlatib va aslo jinsiy aloqa qilolmasdan olib o’tirishi, ayoli bilan ajrashib ketishini oldini oluvchi katta sabab va bir oilani buzilib ketishini saqlab qolguvchi hikmatli uslub va eng to’g’ri qaror hisoblanadi.       

Idda – odat qoni ko’rgan ayollar uchun uchta poklik muddatidir.[6] Odatli vaqtida qilingan taloq hisobga o’tmagani uchun, bunday bir ayolni eri bilan aloqaga kirmasdan o’tkazgan umumiy vaqt uch odat va uch poklik muddatidir. Bu esa o’z-o’zidan uch oy davom etadi.

       ODAT      POKLIK         ODAT      POKLIK         ODAT     POKLIK

Odat ko’rmaydigan yoshga kelgan, odat ko’rolmaydigan yoki homilador bo’lgan ayollarning iddalari haqida shunday buyurilgan:

وَاللَّائِي يَئِسْنَ مِنَ الْمَحِيضِ مِن نِّسَائِكُمْ إِنِ ارْتَبْتُمْ فَعِدَّتُهُنَّ ثَلَاثَةُ أَشْهُرٍ وَاللَّائِي لَمْ يَحِضْنَ وَأُوْلَاتُ الْأَحْمَالِ أَجَلُهُنَّ أَن يَضَعْنَ حَمْلَهُنَّ وَمَن يَتَّقِ اللَّهَ يَجْعَل لَّهُ مِنْ أَمْرِهِ يُسْرًا

“Odatdan uzilgan ayollar haqida shubhaga tushsangizlar, ularning iddalari uch oydir, odat ko’rmay qolganlar (vaqtincha ko’rmayaotganlar) ham shunday. Homiladorlarning muddatlari ko’zi yorishidir. Kimki Allohdan taqvo qilsa, Alloh uning ishida bir qulaylik paydo qilib qo’yadi.” (Taloq 65/4)

Erlari, bu holatdagi ayolini har qanday vaqtda taloq qilishi mumkin. Uning iddasi taloq berilgan vaqtdan boshlanadi.

 

 B- Guvoh olib kelish

Taloq berish jarayonida ikkita guvoh bo’lish shartdir. Alloh taolo Taloq surasining 2-oyatida shunday marhamat qiladi:

وَأَشْهِدُوا ذَوَيْ عَدْلٍ مِنْكُمْ وَأَقِيمُوا الشَّهَادَةَ لِلَّهِ

 “Ichingizdan ishonchlik ikki kishini guvoh qilinglar, guvohlikni Alloh uchun o’z o’rniga keltiringlar.”

Aloqador oyatlarga diqqat bilan qaraladigan bo’lsa, taloq jarayonining har qanday holatida ham ikkita guvoh bo’lishi shart ekani o’rtaga chiqadi. Bu holatlardagi ilk bosqich, taloq amalga oshirilgan vaqtdir. Ondan e’tiboran, musulmonlarning zimmasiga bir vazifa yuklatiladi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَإِنْ خِفْتُمْ شِقَاقَ بَيْنِهِمَا فَابْعَثُواْ حَكَمًا مِّنْ أَهْلِهِ وَحَكَمًا مِّنْ أَهْلِهَا إِن يُرِيدَا إِصْلاَحًا يُوَفِّقِ اللّهُ بَيْنَهُمَا إِنَّ اللّهَ كَانَ عَلِيمًا خَبِيرًا

  “Er-xotinning orasi buzilishidan qo’rqsalaringiz, erkak kishining oilasidan bir hakam va ayol kishining oilasidan bir hakam yuboringlar, agar yarashishni xohlashsa – Alloh ularni o’rtalarini o’zaro kelishtirib qo’yadi. Alloh – bilguvchi va ishning asl va ichki mohiyatidan xabardordir.” (Niso 4/35)   

Taloq masalasiga guvoh bo’lganlarning ko’rsatmalariga asosan, qolgan musulmonlar er-xotinni ajrashish masalasi bo’yicha chora ko’rishni va bunga ko’ra tadbir qilishni boshlaydilar. Agar guvoh bo’lmasa, bunday muhim va zaruriy bir vazifani ado etish ancha qiyin tus oladi. Chunki bir oilani tinch va osuda holatda saqlab qolish ishi jamiyat ichidagi juda muhim va zaruriy masaladir.

Ayoliga taloq bergan erlar, iddasi tugashini kutmasdan ayoliga qaytishlari va eski nikohi bilan oilani davom ettirib ketishlari mumkin. Bu haqida Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَبُعُولَتُهُنَّ أَحَقُّ بِرَدِّهِنَّ فِي ذَلِكَ إِنْ أَرَادُواْ إِصْلاَحًا

“Agar erlari yarashib olishni xohlasalar, ayollariga iddasi ichidayoq qaytishlariga eng haqli ulardir”[7] (Baqara 2/228)   

Idda ichida ayoliga qaytishi – oilani chiroyli davom ettirib ketish maqsadida o’rtani tuzatish shartiga bog’liq bo’lgani uchun, bunday holatda erkak kishining niyati qanday ekanini surushtirish va buni ochiqcha o’rtaga qo’yish kerak bo’ladi. Agar har qanday g’araz niyatda oilani davom ettirish maqsadidan xabar topiladigan bo’lsa, aslo unga oilani davom ettirishga ruxsat berilmaydi. Bunga sabab, kelgusida ayol kishining sog’ligi va hayotiga har qanday xavf-xatar tug’dirishi mumkin bo’lgan holatlarni to’liq oldi olinishi kerak bo’ladi. Demak bu holatga ham ikkita ishonchli guvoh aralashishi diniy jihatdan talab etiladi.    

Idda muddatining oxirida ayoliga qaytishi ham, yaxshi va samimiy niyatga bog’liqdir. Shuning uchun, bu holatga ham ikkita ishonchli guvoh talab qilinib, masalaga oydinlik kiritilishi talab qilinadi. Alloh taolo bu haqda shunday marhamat qiladi:

 وَإِذَا طَلَّقْتُمُ النَّسَاء فَبَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمْسِكُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ أَوْ سَرِّحُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ وَلاَ تُمْسِكُوهُنَّ ضِرَارًا لَّتَعْتَدُواْ وَمَن يَفْعَلْ ذَلِكَ فَقَدْ ظَلَمَ نَفْسَهُ وَلاَ تَتَّخِذُوَاْ آيَاتِ اللّهِ هُزُوًا وَاذْكُرُواْ نِعْمَتَ اللّهِ عَلَيْكُمْ وَمَا أَنزَلَ عَلَيْكُمْ مِّنَ الْكِتَابِ وَالْحِكْمَةِ يَعِظُكُم بِهِ وَاتَّقُواْ اللّهَ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ

“Ayollarni taloq qilsangiz, so’ng kutish muddati (iddasi) nihoyasiga yetganida, yo ma’ruf[8] bilan ushlab qolinglar yoki ma’ruf bilan ajrashinglar (o’z holiga qo’yinglar). Ularga zarar yetkazib haqlariga tajovuz qilish uchun ularni ushlab qolmanglar.[9] Bunday qilgan kishi o’ziga haqsizlik qilgan bo’ladi. Allohning oyatlarini mazax qilib kamsitmanglar. Zimmangizdagi Allohning ne’matlarini yaxshi tushuninglar. U sizlarga nozil qilgan kitob va to’g’ri bilim bilan sizlarga nasihat/o’git bermoqda. Allohdan taqvo qilinglar. Bilinglarki, Alloh har narsani bilguvchidir.” (Baqara 2/231)        

Erkak kishi, ayolining idda muddati tugaganidan keyin unga yaxshi niyatda qaytishi yoki chiroyli holatda ajrashishiga ham ikkita guvoh kerak. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Ayollarni iddalari nihoyasiga yetganda, ularni ma’ruf ila ushlab qolinglar yoki ma’ruf ila ajralishinglar.” (Taloq 65/2)

Demak, taloq jarayonidagi 6 bosqichning har bir holatida ikkita guvoh qatnashishi va isbot etib keltirib berishi kerak. Bu guvohlarning har biri, ham holatni yaxshi tushunib yeta oladigan va mahkamada tushuntirib bera oladigan va yetarlicha guvoh bo’la oladigan saviyada bo’lishi kerak. Su sababli, guvoh aqlli va balog’at yoshiga yetgan, ko’r yoki saqov bo’lmagan adolatli[10] kishilardan bo’lishi kerak. Nomusli bir ayolga zinokor deb tuhmat qilib jazolangan[11] kishilarning guvohligi va usul yoki furu’dan bo’lgan kishilarning foydasiga keltirgan guvohligi qabul qilinmaydi.[12]

 

C- Idda hisoblash vazifasi      

Taloq surasining 1-oyatida iddani hisoblash vazifasi erkak kishiga yuklatilgani haqida shunday buyuriladi:

“Ey Nabiy! Ayollarni taloq qilsangizlar, ularni iddalari ichida taloq qilinglar va iddani hisoblanglar.”

Odatli xotinning iddasini hisoblash vazifasi erkak kishiga yuklatilgan. Bu buyruq, erkak kishini bu vaqt ichida ayoli bilan yaqindan aloqa qilishga turtki bo’ladi va katta sabab bo’ladi. Agar iddani hisoblamasa, ayoliga qaytish imkoni bo’la turib vaqtni qo’ldan chiqargani sababli o’z haqqidan mahrum bo’ladi. Ayol kishi iddasi haqida eriga to’g’ri ma’lumot berib turishga majburdir. Alloh taolo bu haqda shunday marhamat qiladi:

وَلَا يَحِلُّ لَهُنَّ أَنْ يَكْتُمْنَ مَاخَلَقَ اللَّهُ فِي أَرْحَامِهِنّ

Bachadonlaridagi Alloh yaratgan narsani berkitishlari u ayollarga halol bo’lmaydi.” (Baqara 2/228)

Odat kelsa-da odat ko’rmadim desa ham gunohkor bo’ladi.   

“Bachadondagi Alloh yaratgan” narsa farzand bo’lishi ham mumkin. Hech bir ayol kishi otasiz holatda dunyoga farzand keltirishni xohlamaydi, lekin homilaligini yashirib sal ertaroq bo’lsa-da erining uyidan ketishni xohlaydiganlar ham bo’lishi mumkin. Ma’lumki, homilador ayol odat ko’rmaydi. Erining uyidan ayrilishi uchun odat ko’rganini aytishi kerak. Homilador bo’la turib odat qon keldi deb erini aldashi katta gunohdir.

 

D- Ayol uydan chiqmasligi va chiqarilmasligi 

Taloq surasining 1-oyatidagi, taloq qilingan ayolni idda saqlash mobaynida uydan chiqarishni ham va ayol o’z ixtiyori bilan chiqishini man’ qilgan jumlalar shunday:

“Ularni uylaridan chiqarmanglar. Ular ham chiqishmasin. Agar ochiq bir fahsh ish qilgan bo’lsa bu xorij.” 

Yuqorida aytilgan uy erining uyi bo’lishiga qaramasdan u uy ayolining ham uyi hisoblangan. Demak, iddasi tugagunicha u uydan xuddi o’zining uyidek foydalanadi. Agar uy ayol kishiniki bo’lganida edi, uydan chiqarilishi yoki chiqishi haqida ochiqlanishga ehtiyoj sezilmas edi.

Agar ayol kishi iddasi tugamay turib uydan chiqib ketadigan bo’lsa, oilani yarashtirish vazifasi yuklatilgan kishilarning ishi og’irlashadi. Hamda, boshqalarning yonida bir-birlari haqida yomon gaplar aytib, o’rtani yanada buzilishiga olib keladilar va ichi qora kishilarning qora niyatli maslahatlariga quloq solib, er ayolidan ayol esa eridan sovub ketishiga yanada ko’proq sabab o’rtaga chiqadi.

Agar ayol kishi uch oylik iddasi mobaynida erining uyidan chiqmasa va chiqarilmasa, uch oy ichida bir uyda yashab turib bir-birlari bilan jinsiy munosabatda bo’lmagan er-xotin, uch oy mobaynida bir-birlariga yana qaytadan mehr qo’yishlariga, o’rtadagi ba’zi kelishmovchiliklarni hal etishlariga, taloqqa sabab bo’lgan muammolarni o’rtadan olib tashlashlariga katta turtki bo’ladi. Taloq surasining 1-oyatidagi: “Bilmaysanki, balki Alloh buni orqasidan yangi bir holatni o’rtaga chiqarar”, aynan shuni ko’rsatadi.

 

E- Hududulloh – Allohning belgilagan chegaralari/Alloh chizgan chiziqlar

 Taloqqa aloqador bo’lgan Taloq 1, Baqara 229 va 230-oyatlarda hududulloh  ifoda o’rin olgan. Taloq 2- oyat shunday tugaydi: “Mana shu sizlarga, ichingizdan Allohga va oxirat kuniga ishongan kishilarga nasihat/o’gitdir. Kim Allohdan taqvo qilsa, U, unga bir chiqish yo’li ochib beradi.” Bu hukm bilan Baqara 231- oyatida kelgan “Allohning oyatlarini mazax qilib masxara qilmanglar” hukmi ham hududullohni ifoda qiladi. Alloh taolo boshqa bir oyatda shunday marhamat qiladi: 

“(Alloh ularga jannatni va’da qilgan kishilar) Tavbakorlar, ibodatko’ylar, hamd aytguvchilar, (ibrat olish uchun) kezib ko’rguvchilar, ruku’ qilguvchilar, sajda qilguvchilar, yaxshilikka buyurguvchilar, yomonlikdan qaytarguvchilar va Allohning hududini muhofaza qilguvchilar. Ana o’hsa mo’minlarga hush xabar ber.” (Tavba 9/112)   

Bu oyatni ham qo’shadigan bo’lsak, jami bo’lib 6 dona oyatda, taloq masalasiga o’ta jiddiy qarashimiz va taloqdagi Alloh chizgan chiziqlarni buzmasligimiz talab qilinmoqda. Alloh chizgan chiziq ya’ni hududulloh ifodasi hech bir masalada taloqdagidek qayta-qayta takrorlanmagan. Shu narsa ham taloq masalasi qanday bir jiddiy va muhim narsa ekanini bildiradi.

Agar erkak kishi, ayolini iddasini hisoblamasa yoki ayolni uydan chiqarib yuborsa, Alloh chizgan chiziqni buzgan va o’ziga o’zi haqsizlik qilgan bo’ladi. Chunki, iddasi tugamay turib ayoliga qaytish huquqi bor edi, ammo endi u huquqni poymol qilgani uchun, taloq hisobga o’tadi va o’z haqqidan o’zini mahrum qilgan bo’ladi.Agar ayol idda saqlash muddati ichida erining uyidan chiqmasa, eri bilan jinsiy aloqadan boshqa har narsa mumkin bo’lganligi uchun, erini o’ziga yana jalb etishi, o’rtaga iliqlik kirishi va oilani davom ettirib ketishiga yo’l ochgan bo’ladi. Agar er-xotin yana nikohni davom ettirib ketishni xohlasalar, avvalgi ikkita guvohni chaqirib, yarashib olganliklarini e’lon qiladilar, ana o’shandan keyin jinsiy aloqa taqiqi ham o’rtadan olib tashlangan hisoblanadi. Bu holatda, qayta nikohlashga aslo hojat yo’q.     

Taloq 2, Baqara 229 va 230-oyatlarda ko’rsatilgan qoida va hukmlarga rioya qilinmasa, o’rtadagi taloq hisobga o’tmaydi. U oyatlarning hukmlari o’z o’rnida aytib o’tildi.

 

F- Ayoliga qaytish qarori

Iddasi tugamay turib ayoliga qaytish masalasi, erining yaxshi niyatiga bog’liqdir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Agar erlari o’rtani tuzatmoqchi bo’lishsa, ayollarga idda ichida qaytishga eng haqlidir.”[13] (Baqara 2/228) Ya’ni, iddani boshida ham oxirida ham ayoli bilan yarashib olishi va qaytishi mumkin. Yarashish maqsadi bo’lmay turib, ikkita guvohni xabardor qilmay turib ayoli bilan munosabat jinsiy munosabat qurishi, ayoliga qaytgan hisoblanmaydi, balki iddasi davom etaveradi. 

Ayoliga har qanday zarar berish niyatida yoki iddasini uzaytirish uchun ayoli bilan aloqaga kira olmaydi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَإِذَا طَلَّقْتُمُ النِّسَاءَ فَبَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمْسِكُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ أَوْ سَرِّحُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ وَلَا تُمْسِكُوهُنَّ ضِرَارًا لِتَعْتَدُوا وَمَنْ يَفْعَلْ ذَلِكَ فَقَدْ ظَلَمَ نَفْسَهُ وَلَا تَتَّخِذُوا آَيَاتِ اللَّهِ هُزُوًا وَاذْكُرُوا نِعْمَةَ اللَّهِ عَلَيْكُمْ وَمَا أَنْزَلَ عَلَيْكُمْ مِنَ الْكِتَابِ وَالْحِكْمَةِ يَعِظُكُمْ بِهِ وَاتَّقُوا اللَّهَ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ.

“Ayollarni taloq qilsangiz, so’ng kutish muddati (iddasi) nihoyasiga yetkanidan, yo ma’ruf bilan ushlab qolinglar yoki ma’ruf bilan ajrashinglar (o’z holiga qo’yinglar). Ularga zarar yetkazib haqlariga tajovuz qilish uchun ularni ushlab qolmanglar. Bunday qilgan kishi o’ziga haqsizlik qilgan bo’ladi. Allohning oyatlarini mazax qilib kamsitmanglar. Zimmangizdagi Allohning ne’matlarini yaxshi tushuninglar. U – sizlarga nozil qilgan kitob va to’g’ri bilim bilan sizlarga nasihat/o’git bermoqda. Allohdan taqvo qilinglar. Bilinglarki, Alloh har narsani biluvchidir.” (Baqara 2/231)        

“Alloh har narsa uchun bir standart o’lchov”[14] belgilab qo’ygani uchun, bu yergacha aytib o’tilgan oyatdagi masalalar, taloq o’lchisiga mos va uyg’un ravishda amalga oshirilgan birinchi taloq hisoblanadi.  

 

G- Taloqning soni 

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“O’sha taloq ikki marta bo’ladi. Har biridan keyin yo ayolni yaxshilikcha olib qolish kerak, yoki chiroyli holatda ajrashish kerak. Ularga bergan narsalaringizdan biron narsa olib qolishlaringiz sizlarga halol bo’lmaydi.[15] Agar juftlar, Alloh chizgan chiziqqa rioya eta olmasligidan qo’rqsalar bu boshqa. Agar sizlar ham Allohning qo’ygan qonun-qoidalariga rioya qila olmasligingizdan qo’rqsalaringiz, ayol kishi fidya berib o’zini sizdan qutqarishida har ikkingizga ham gunoh yo’qdir.[16] Bular, Allohning (taloq masalasidagi) qo’ygan qonun-qoidalaridir, ularni buzmanglar. Kimki Allohning chegaralarini buzsa, ana o’shalardir haqsizlik qiluvchilar.”  

Oyatdagi “O’sha taloq ikki martadir” degan hukmi, Allohning o’lchisini belgilab bergan – yuqoridagi taloqning eng ko’p ikki marta bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi.

“… Bular Allohning chizgan chizig’idir, haddan oshmanglar. Kimki Allohning chegarasini buzsa, haqsizlik qilguvchilar ana o’shalardir” hukmi esa, bu hukmga rioya qilmaganlarning qilgan taloqlari hisobga o’tmasligini ko’rsatadi.     

Har qanday shartga yoki ma’lum bir muddatga bog’liq qilingan taloqning barcha turlari bu oyatlarda belgilab qo’yilgan o’lchiga mos kelmagani uchun, qilingan taloq taloq hisoblanmaydi.  

Uchinchi marta ajrashishda yuqoridagi qonun-qoidalar hisobga o’tmaydi. Sababi, Alloh taolo yuqoridagi taloq oyatlarida ikki martagacha bo’lgan taloqni shartlarini bayon qilgan edi. Quyidagi oyatlar esa, uchinchi marta ajrashish haqidagi qonun-qoidalarni ochiqlab beradi: 

فَإِنْ طَلَّقَهَا فَلَا تَحِلُّ لَهُ مِنْ بَعْدُ حَتَّى تَنْكِحَ زَوْجًا غَيْرَهُ فَإِنْ طَلَّقَهَا فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَا أَنْ يَتَرَاجَعَا إِنْ ظَنَّا أَنْ يُقِيمَا حُدُودَ اللَّهِ وَتِلْكَ حُدُودُ اللَّهِ يُبَيِّنُهَا لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ.

“Agar eri uni uchinchi marta taloq qilsa, endi u ayol bunga halol bo’lmaydi.[17] Ayol erga tegadi, u eri ham uni taloq qilsa, er ham xotin ham – Allohning oila haqidagi qonun-qoidalariga rioya qila olishlariga ishonsalargina er-xotin bir-birlariga qaytishlarida bir gunoh yo’qdir. Bular Allohning qonunlaridir. Alloh bularni – bilimli bir jamiyat uchun ochiqlab bermoqda.” (Baqara 2/230) 

Taloqning soni uchta bo’lishi, insonning asl yaratilishdagi sof tabiatiga juda mos keladi. Chunki talab qilinmagan bir ishdan keyin eng ko’p  ikki marta uzur qabul qilinadi, uchinchisida qabul qilinmaydi. Bu narsaga Muso alayhissalom bilan Hizr voqeasida ham guvoh bo’lishimiz mumkin. 

Uchinchi taloqdan keyin, er ham xotin ham endi bir-biriga halol bo’lmaydi. Qachonki ayol boshqa bir erkak bilan nikohlansa va eri vafot etsa yoki ikkinchi eri ham taloq qoidalariga asosan ajrashsagina qaytadan avvalgi uch marta ajrashgan eriga nikohi halol bo’ladi. Bu holat yuqoridagi oyatning hukmidir.

Xulosa qilib aytganda, ayolini hayzi tugaganidan keyin jinsiy aloqaga kirmay turib ajrashgan kishi, bir taloq hukmiga ko’ra ajrashgan hisoblanadi. Iddasi tugaganidan keyin ajrashishga qaror berish yoki bermaslikni ahamiyati yo’q. Agar qaytib yashashga qaror berishsa, birinchi taloq hisobga o’tgan va oilani yangidan davom ettirgan hisoblanadi.  

 

H- uch taloq masalasi

Barcha mazhablar yuqoridagi taloqni to’g’ri deb biladilar, lekin uning qoida va shartlariga rioya qilinmasa ham taloqqa o’taveradi deyishadi. Buning sababi, mazhablarga taloq masalasini o’rtaga qo’yish jarayonida Taloq surasidagi taloqqa aloqador oyatlarni asos qilib olmaganlari, boshqa oyatlarga esa shartli ravishda yondashganlari tufaylidir. Shu sababli, taloqqa aloqador oyat va hadislarga nisbatan katta haqsizlik qilingan va oyat-hadislar qadrsizlashtirilgan. Bu narsaga quyidagi kichik bir misol bilan o’rnak ko’rsatib o’tamiz.

Har to’rtala mazhabga ko’ra, erkak kishi ayoli hayzdan chiqqanda, u bilan jinsiy aloqaga kira turib ham bir taloq qila olganidek,  bir-a to’la uch taloq ham qilishi mumkin. Agar ayoliga: “seni uch taloq qildim” desa, ayni vaqtni o’zida uch taloq hosil bo’ladi va oila butunlay barbod bo’lib nikoh yakuniga yetadi.    

Ba’zi bir mazhablarga ko’ra, har qanday shartga yoki ma’lum bir vaqtga bog’liq bo’lgan taloq ham hisobga olinadi. Taloq bergan vaqtda ham, ayoliga qaytish vaqtida ham, idda so’ngidagi ajrashish jarayonida ham aslo guvoh keltirish sharti yo’qdir. Ayoliga qaytishdagi erining yaxshi niyatli bo’lishi yoki bo’lmasligiga  ham qaralmaydi. Bu holatlarning barchasi Qur’oni Karimga mutlaqo zid ekani juda ochiqdir. Endi bu mazhablarni bu holatga olib kelgan uch taloq masalasiga to’xtalib o’tamiz. 

 

  1. Nabiyimizning davri

Ibn Abbosni bildirishiga ko’ra, Abdu Yazid o’z ayoli Ummu Ruqonani taloq qilib, Muzayna qabilasidan bo’lgan bir ayolga uylandi. Qisqa bir muddatdan keyin ayol Allohning Elchisining yoniga keldi va Abdu Yazid iqtidorsiz ekanini imo-ishorat qilish uchun boshidan olgan bir soch tolasini ko’rsatib: “Uni menga mana shu soch tolasichalik foydasi tegishi mumkin. Men bilan uni ajrashtirgizib bering” degan edi. Allohning elchisi bunga achchig’i chiqib Ruqoyani va aka-ukalarini chaqirtirdi. Kelganlarida o’sha yerdagi ikkita bolani ko’rsatib: “Buni shu va shu jihatlardan, boshqa birini shu va shui jihatlardan Abdu Yazidga o’xshatyapsizlarmi?” deb so’radi. Ular “Ha” deyishdi. Allohning Elchisi Abdu Yazidga: “Uni taloq qil” deb buyurdi. U, aytilgan ishni bajardi. So’ngra Rasululloh: “Avvalgi ayolingga – Ruqonaning onasiga qayt” dedi.  Abdu Yazid: “Ey Allohning Elchisi, men uni uch taloq qildim” dedi.   “Bilaman, sen unga qayt” dedi va ushbu oyatni o’qidi:Ey Nabiy! Ayollarni taloq qilganingizda, ularni iddalari ichida taloq qilinglar va iddani hisoblanglar.” (Taloq 65/1)[18]

Ibn Abbosni aytishiga ko’ra Abdu Yazidning o’g’li Ruqona ham otasidek o’z ayolini uch taloq bilan taloq qildi, keyin bu qilgan ishiga juda achindi. Allohning Elchisi undan ayolini qanday taloq qilganini so’radi. U: “Uch taloq bilan” dedi. Rasululloh undan “bir majlisdami?” deb so’radi. U, Ha deb javob berdi. Shunda Rasululloh: “Bu bir taloqdir, agar xohlasang unga qayt” dedi. U, o’sha zahotiyoq ayoliga qaytdi.[19]

 

  1. Sahobalar davri

  Ibn Abbosni bildirishiga ko’ra, Rasululloh davrida, Abu Bakr davrida va Umar xalifaligining ilk ikki yilida, uch taloq bir taloq hisoblanar edi. Xattobning o’g’li Umar: “Insonlar juda ehtiyot bo’lishi kerak bo’lgan masalada aksiga olib juda shoshqaloqlik bilan harakat qilishmoqda. Ajabo, bu narsani ularni o’zlarini zarariga bo’ladigan qilib uch taloqni hisobga o’tadigan qilaylikmikin?” – dedi va uch taloq hisobga o’tishini joriy qildi.[20]  

Manbalar, bu tarixdan e’tiboran taloq masalasidagi fatvolar ishonilmas holda o’zgarganini ko’rsatmoqda. Yuqoridagi hadislarni rivoyat qilgan Abdulloh b. Abbos fikrini o’zgartirgan ekan. Mujohid aytadiki: “Ibn Abbosni yonida edim, bir odam kelib, ayolini uch taloq bilan taloq qilganini aytdi. Ibn Abbos bir muddat sukut saqladi. Ayolini unga qaytaradi deb o’yladim. Shunda Ibn Abbos so’zini shunday davom etdi: “Kimki Allohdan taqvo qilsa, U – unga bir chiqish yo’lini paydo qilib qo’yadi.” (Taloq 65/2)  Sen Allohdan taqvo qilmading. Men ham senga bironta chiqish yo’lini ko’rmadim. Rabbingga isyon qilibsan. Ayoling ham sendan mutlaqo ajrashibdi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Ey Nabiy! Ayollarni taloq qilganingizda, iddalari ichida taloq qilinglar.” (Taloq 65/2) [21]   

Abdulloh b. Umar, Abdulloh b. Mas’ud, Umar b. Abdulaziz va Marvon b. Al-Hakamlar ham bunga ko’ra fatvo berganlari bildiriladi.[22]

 

  1. Fuqaholar davri

Hanafiy, Shofeiy, Molikiy va Hanbaliy mazhablari ham, bir lafzda berilgan uch taloqni uch taloq deb hisobga olishkan. Ya’ni, agar eri ayolini bir so’z bilan uch taloq qilganda xoh hayzli xoh pok holatida, xoh poklik jarayonida jinsiy aloqaga kirgan bo’lsin xoh kirmagan bo’lsin, har qanday holatda ham uch taloq tushgan hisoblashgan.     

Bulardan bir qismi Baqara 2/229-oyatidagi “ الطلاق مرتان O’sha taloq ikki martadir” oyatidagi ال qo’shimchasini jins uchun deb iddao qilishgan. Bu  – “erkak ayolini eng ko’pi ikki marta taloq qilishi mumkin” degani bo’ladi. Faqat taloqning uch marta bo’lishida aslo ixtilof yo’qdir. Shu sababli, kalimadagi alif-lomni jins uchun deganlar, jumlaning ma’no-mohiyatining tubdan o’zgartirishga majbur bo’lib qolishgan. Saraxsiy shunday deydi: “Muboh taloqlarning soni ikki martadir va uch martadir.”[23] “Uchinchi martadir” ilovasi, Baqara surasining 230-oyatidagi “Erkak kishi ayolini takroran taloq qilsa…” hukmidan olingandir. Agar bu hukmni qo’shish majburiyati bo’lsaydi, الni jins uchun bo’lish ehtimoli aslo mumkin bo’lmas edi. Chuki, الطلاق مرتان ismiy jumladir. Davomilik va sobitlik talab qiladi. Arab tilidan xabardor bo’lgan har bir shaxs, bu masalada yo’l qo’yilgan xatoni osongina tushunib yetadi.         

Ibn Humom[24]ga ko’ra, bu oyat – sunnatga uyg’un bo’lgan taloq ikki marta ekanini bildiradi. Chunki, bir lafz bilan uch taloq hosil bo’lishida ittifoq bordir.[25] Bu ko’rish ham qabul qilinmaydi. Oyatlarga qarshi bo’lgan ittifoq, oyatlarga aslo ta’sir o’tkaza olmaydi.

Faqihlarning ko’pchiligi, الطلاق مرتان oyatidagi مرة marro kalimasini bir zamon bilan bog’liq ekanini bildirishgan. Hanafiylarda al-Kosonining so’zlari shundaydir: Alloh taoloning “O’sha taloq ikki martadir” so’zi, ikki marta takrorlanish deganini ifoda etib, quyidagi misldagi ma’noni bildiradi: Bir inson boshqa bir kishiga ikki dirham bersa va u dirhamni bir martani o’zida bir-a to’la berib qo’ygan bo’lsa, unga ikki  marta berdi deyilmaydi. Oyatning zohiriy xbar jumlasi bo’lishi bilan bir qatorda buyruq jumlasi ma’nosidadir. Chunki unga zohiriy ma’nosini yuklash, xabarini oyatga zid kelish ehtimoli bo’lmagan (zotni) unga zid kelishiga yo’l ochib beradi. Xabar jumlasini buyruq o’rnida qo’llanilishi ham mumkin.[26] Masalan, “Ajrashgan ayollar o’zlari kutadilar…”[27] oyati, “…kutsinlar”, “Onalar farzandlarini ikki yil to’liq emizadilar”[28] oyat esa, “…emizsinlar” ma’nosaida bo’ladi. Bu kabi boshqa oyatlar ham bordir. Bu oyatda ham shundaydir. Go’yoki Alloh taolo ‘ularni taloq qilmoqchi bo’lganingizda, ikki marta taloq qilinglar” degan bo’ladi. Har bir taloq alohida-alohida bo’lishini talab qilinishi, birdaniga uch taloq qilishni man’ qilinganini ko’rsatadi. Chunki, har ikkisi bir-biriga ziddir. Demak, taloqlarni birlashtirish harom yoki makruh deb hisoblanadi.[29]       

Bu masala bo’yicha Nabiyimizga asos qilingan yagona so’z, uning taloqlarni alohida-alohida bo’lishiga buyurganidir. Aytadilarki, alohida taloq qilishga buyurishi, birdaniga taloq qilishdan man’ qilishi – harom yoki makruh ekanini bildiradi.[30] Ya’ni, harom yoki makruh bo’lishligi bilan bir qatorda hisobga ham o’tadi.      

Taloqlarni birlashtirishni Alloh va Rasuli man’ qilgan, faqihlar esa, “taqiqlangan-u, lekin hisobga o’tadi” deyishgan. Bu usul va qoidaning qabul qilinishi mumkin bo’lgan biron bir ochiqlamali tarafi va asosi yo’qdir.

Tafsirlarda ham, na (marro) kalimasi ustida ochiqlama qilishmagan va na Baqara 229-oyat bilan Taloq surasi orasida aloqa bog’lashmagan.[31]

Endi, mazhablardagi ko’rishlarni asossiz ekanini boshqa bir tarafdan ko’rib chiqishga harakat qilamiz:

  “الطلاق مرتان O’sha taloq ikki martadir” (Baqara 2/229) oyatida marta deb ma’no berilgan مرة  kalimasi vaqt oralig’ini جزء من الزمان =juz’un minazzamon ma’nosini o’z ichiga oladi.[32] Taloq. 1- oyat, o’sha vaqt oralig’i idda mudddaticha ekanini ochiqlab beradi. Eri ayolini o’sha vaq oralig’ida faqatgina bir marta taloq qilishi mumkin. Ikkinchi oyat shundaydir:

“Ayollar iddalarini oxiriga borganlarida, ularni yo yaxshilik bilan olib qolinglar yoki chiroyli holatta ajrashinglar…”

Bundan bilinadiki, bir idda ichida ayolini ikki marta taloq qilish aslo mumkin emas.     

Xulosa qilib shuni aytib o’tmoqchimizki, fiqh kitoblarida o’rin olgan taloq bilan Qur’oni Karim va Rasululloh tarafidan uyg’ulangan taloqni o’rtasida bir-biriga uzoq-yaqindan aloqasi va bog’liqligi yo’q.    

 

Prof. Dr. Abdulaziz Bayindir. Qur’on Yog’dusida To’g’ri Deb Bilingan Xatolarimiz, Sulaymoniya Vaqfi Nashriyoti, 2. Istanbul, 2007, 206-221-sf.  

 

[1] Ma’ruf – bilingan va ma’lum bo’lgan narsa degani. O’sha bilingan narsa, yo an’ana va urf-odatlardan yoki Kitob va Sunnatdan olinadi. Agar an’ana va urf-odatdan olingan bo’lsa, Kitob va Sunnatga zid bo’lmashi kerak. Bunday bir ma’lumotni aql ham din ham go’zal va to’g’ri deb biladi.  

[2] Buxoriy, Taloq 1, 3, 44, 45. Tafsiri Taloq surasi 1. Muslim, Sahih, Taloq 1, 14. Nasoiy, Sunan, Taloq 13, 15, 19. Ibn Moja, Sunan, Taloq 1, 3. Doramiy, Sunan, Taloq 1, 2. Imom Molik, Muvatto, Taloq 53. Abu Dovud, Sunan, Taloq 4. Termiziy, Sunan, Taloq. (Yuqoridagi matn, Buxoriydagi Taloq 1-oyatning tarjimasidir.)

[3] Abu Dovud, Sunan, Taloq 4.

[4] Alloh taolo shunday buyuradi: “Sendan ayollarning odat holini so’rashmoqda. Aytki, u bir aziyatdir, odat kunlarida ularni o’z holiga qo’yinglar. Poklanmagunlarigacaha ularga yaqinlashmanglar.” (Baqara 2/222)

[5] Buxoriy, Ahkom 13.

[6] Baqara 228 oyatidagi quru’ قُرُوَءٍ kalimasining mos kelishi natijasida, Molikiy va Hanafiylar iddatni uch odat davri ekanini aytishgan. Bu holatda, jami muddat ikki  poklik, uch odat bo’ladi. Yuqorida ko’rilganidek, bu ko’rish xatodir. Tog’risi esa uch poklik va ikki odat bo’lishi kerak.   

[7] Baqara 231 va 232 bilan Taloq 2- oyat, erkak kishi ayoliga qaytish muddatini idda tugash vaqti deb ko’rsatmoqda. Bu oyat esa, iddasi tugamay turib ayoliga qaytishga yanada haqliroq ekanini bildirmoqda.

[8]  Ma’ruf – bilingan va ma’lum bo’lgan narsa degani. O’sha bilingan narsa, yo an’ana va urf-odatlardan yoki Kitob va Sunnatdan olinadi. Agar an’ana va urf-odatdan olingan bo’lsa, Kitob va Sunnatga zid bo’lmashi kerak. Bunday bir ma’lumotni aql ham din ham go’zal va to’g’ri deb biladi.    

[9] Oilani davom ettirishni xohlamagan holatingizda, shunchaki ular o’z xohishlariga ko’ra harakat qilishlariga qarshi chiqish maqsadida uyda ushlab qolmanglar.

[10] Majalla 1705, (Odil – yaxshiligi yomonligidan ustun keluvchi, yaxshiligi yomonligidan ko’p.)

11.  Nur 24/4.

12. Kosoniy, 6- jild, 267-272 sahifalar.

13. Bizga ko’ra to’g’ri tarjima shunday.

14.  Taloq 65/3.

15. bir oila bo’lib yashasa ham, yoki ajrashishib ketsa ham mahr sifatida bergan narsasini eri aslo qaytarib olishga haqi yo’q. Aloqador oyat Niso 4/19.

16.  Bu oyat ayollarga o’z ixtiyorlari bilan ajrashish huquqini beradi.

17. Bu holatda erkak kishi o’ziga tegishli uchinchi ya’ni, so’ngi haqini qo’llanib bo’lgan hisoblanadi.

18. Abu Dovud, Sunan, Taloq 10.

19. Ahmad b. Hanbal, musna 1/265.

20. Muslim, sahih, taloq 2 (15, 16 va 17 (1472) raqamli hadislar. Nasoiy, Sunan, taloq 8. Abu Dovud, Sunan, Taloq 10.)

21. Abu Dovud, Sunan, Taloq 10.

22.  Muvatto, Taloq 1.

23. Shamsuddin Saraxsiy, al-Mabsut 6- j, 5- s.

24. Kamol b. al-Humom, as-Sivasiy, 6- j, 70- s.

25.  Imom Kosoniyni iborasi aynan shundaydir:  (وقد يخرج اللفظ مخرج الخبرعلى إرادة الجمع) Aslida shunday bo’lishi kerak:  (وقد يخرج الخبر مخرج الأمر)

26. Baqara 2/228.

27. Baqara 2/233.

28. Kosoniy, Badoye’, 3- j, 94- s.

29. Kosoniy, Badoye’, 3- j, 94- s.

30. Aksariyat tafsirlardagi matn va tarjimalar tadqiqot va izlanishlar olib borilmasdan avvalgisini takrorlab yozilavergan.

31.  Mufradot, مر – modasi. Basoir, 4- j, 490- s.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
1 859 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Homiladorlik vaqtida jinsiy aloqa 11.05.2019 212
2 Nikohi buziladimi? 28.02.2019 180
3 Chaqaloqlarni albatta ikki yil to’liq emizish Allohni amrimi? 28.02.2019 182
4 Hz. Alini nechta ayoli bo’lgan? Nasli kimlardan davom etgan? 18.02.2019 149
5 Nikoҳda эъtibor beriliši kerak bўlgan эng muҳim žiҳatlar 10.09.2018 210
6 Qur’on va Sunnatda yoshlarni nikohlash bormi? 13.08.2018 595
7 Qur’on va Sunnatga ko’ra taloq 09.08.2018 1 859
8 Ayollarga qo’l ko’tarishga kim ruxsat berdi? 22.07.2018 324
9 Otasi qilgan gunohning kasri (kasifati) bolasiga uradimi? 25.06.2018 121
10 Musulmonlar oila qurishdan oldin nimalarga e’tibor berishlari kerak 09.06.2018 169