Kitob va Sunnatga ko’ra Haj va qurbonlik
Musulmonlar > Haj > Qur'on va Sunnat butunligi > Tadqiqotlar Tarix: 03 Avgust 2018 Email This Post Email This Post

1.  Hajning farz bo’lishi

Imkoni bo’lgan har bir musulmon haj ibodatini bajarishi – Qur’oni Karimning ochiq buyrug’idir:

اِنَّ اَوَّلَ بَيْتٍ وُضِعَ لِلنَّاسِ لَلَّذي بِبَكَّةَ مُبَارَكًا وَهُدًى لِلْعَالَمينَ فيهِ اٰيَاتٌ بَيِّنَاتٌ مَقَامُ اِبْرٰهيمَ وَمَنْ دَخَلَهُ كَانَ اٰمِنًا وَلِلّٰهِ عَلَى النَّاسِ حِجُّ الْبَيْتِ مَنِ اسْتَطَاعَ اِلَيْهِ سَبيلًا وَمَنْ كَفَرَ فَاِنَّ اللّٰهَ غَنِيٌّ عَنِ الْعَالَمينَ

“Insonlar uchun barpo qilingan ilk ibodatxona Bakkadagi ekani aniqdir.[1] Barakatli bo’lishi uchun va bu olamlar uchun yo’nalish/tarafni belgilab beruvchi (qibla) bo’lishi uchun qurilgandir. U yerda ochiq oyatlar – Ibrohim (ibodat uchun) turgan yerlar bor. U yerga kirgan kishi ishonchtadir. Bir yo’lini topib u yerga borib o’sha ibodatxonani haj qilishlari – Allohni insonlar ustidagi haqqidir. Kim buni ko’rmaganga olsa, bilsinki, Allohni hech kimga ehtiyoji yo’qdir.” (Oli Imron 3/96/97)

 

2.  Hajning tarixi

Yer yuzidagi birinchi ibodatxonani ilk inson bo’lgan hazrati Odam qurgan bo’lishi va ilk bor o’zi haj qilgan bo’lishi kerak. Chunki, Ibrohim alayhissalom Nuh to’fonidan keyin Ka’bani eski asosining ustiga qurgan. Bu haqdagi oyat:

  وَاِذْ يَرْفَعُ اِبْرٰهيمُ الْقَوَاعِدَ مِنَ الْبَيْتِ وَاِسْمٰعيلُ رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّا اِنَّكَ اَنْتَ السَّميعُ الْعَليمُ

“O’z vaqtida, Ibrohim Ismoil bilan birga Ka’bani asoslarini ko’tarayotgan edi, Ibrohim aytdiki: “Robbimiz, buni bizdan qabul qil, eshituvchi ham biluvchi ham Sensan.” (Baqara 2/127)

So’ngra, Alloh taolodan haj ibodati bajariladigan yerlarini bildirishini so’rashgan edi:

رَبَّنَا وَاجْعَلْنَا مُسْلِمَيْنِ لَكَ وَمِن ذُرِّيَّتِنَا أُمَّةً مُّسْلِمَةً لَّكَ وَأَرِنَا مَنَاسِكَنَا وَتُبْ عَلَيْنَآإِنَّكَ أَنتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ

“Robbimiz, bizlarni – Senga taslim bo’lguvchi  kisilar ayla. Nasllarimizdan ham Senga taslim bo’lguvchi ummatlar paydo qil. Bizlarga haj ibodatini bajaradigan yerlarni ko’rsat va tavbamizni qabul qil. Sen – tavbalarni qabul qilguvchisan, ne’matu ikromi mo’l-ko’lsan.” (Baqara 2/128)

Ibrohim alayhissalomning ilk bajargan haj ibodatidan keyin, unga berilgan mana shu buyruq juda muhim edi:

وَاَذِّنْ فِي النَّاسِ بِالْحَجِّ يَاْتُوكَ رِجَالًا وَعَلٰى كُلِّ ضَامِرٍ يَاْتينَ مِنْ كُلِّ فَجٍّ عَميقٍ

“Insonlar orasida hajni e’lon qilki, senga – yurgan hollarida va holdan toygan ulovlar uzra kelsinlar; barcha chuqur vodiylardan o’tib kelsinlar.” (Haj 22/27)

Oyatdagi haj kalimasi alif-lomli keltirilishi – u haj bilingan bir haj ekanini ko’rsatadi. Makka – Ummul qurodir, ya’ni dunyoning ona poytaxtidir. Ibrohim alayhissalom u yerga Falastindan bir yo’l orqali kelgandir. Oyatdagi “barcha chuqur vodiylardan” ifodasi – insonlar u yerga har tarafdan kelishini ko’rsatadi. Bu esa, nomini bilmagan qanchadan-qancha nabiylarning ummatlarini u yerga kelishini ko’rsatadi. Demak, ular ham hajni nima ekanini bilishar edi, lekin Ka’baning o’rni yo’qolgani uchun haj qilisha olmas edi.

Alloh taolo hajni “bilingan kunlarda[2]” bajarilishini buyurganiga ko’ra, haj qilinadigan kunlar ham hammaga ma’lum bo’lganini ko’rsatadi.  O’sha kunlar, ayni vaqtda qurbon kesish ibodatining kunlari ham edi. Aloqador oyatlar shunday:

“Biz, har bir ummat uchun bir qurbon vaqtini belgiladik.” (Haj 22/34)

وَلِكُلِّ اُمَّةٍ جَعَلْنَا مَنْسَكًا لِيَذْكُرُوا اسْمَ اللّٰهِ عَلٰى مَا رَزَقَهُمْ مِنْ بَهيمَةِ الْاَنْعَامِ فَاِلٰهُكُمْ اِلٰهٌ وَاحِدٌ فَلَهُۤ اَسْلِمُوا وَبَشِّرِ الْمُخْبِتينَ

Hajga aloqador bo’lgan bu oyatdagi qurbonlik – qurbon bayrami qurbonidir.

لِيَشْهَدُوا مَنَافِعَ لَهُمْ وَيَذْكُرُوا اسْمَ اللّٰهِ فيۤ اَيَّامٍ مَعْلُومَاتٍ عَلٰى مَا رَزَقَهُمْ مِنْ بَهيمَةِ الْاَنْعَامِ فَكُلُوا مِنْهَا وَاَطْعِمُوا الْبَاۤئِسَ الْفَقيرَ

“Kelib o’z manfaatlarini ko’rsinlar[3], ma’lum kunlarda Alloh ularga rizq qilib bergan hayvonlardan an’om (qo’y, echki, mol, tuya) uzra Allohning ismini keltirsinlar. Ulardan o’zlaringiz ham yeyinglar, qiyin ahvolda qolgan yo’qsilga ham yediringlar.” (Haj 22/28)

Demak, haj va qurbon – Odam alayhissalomdan bizgacha davom etib kelgan va ayni vaqtda bajarilib kelingan ibodatlardir.

Arablar Ibrohim alayhissalomning naslidan kelgani uchun, haj amalini yaxshi bilishar va uni har yili bajarishar edi.

 

3.  Tushunchalar

A. Maqomi Ibrohim

Maqomi Ibrohim – to’g’ri deb bilgan xatolarimizdan biridir. U – Ka’baning yonida himoyaga va nazoratka olingan tosh deb bilinadi.   Lekin aslida bunday emas. Aloqador oyat shundaydir:

وَاتَّخِذُوا مِنْ مَقَامِ اِبْرٰهيمَ مُصَلًّى

“Maqomi Ibrohimni duo yeri qilinglar.” (Baqara 2/125)

Agar maqomi Ibrohim o’sha tosh bo’lganda, har bir hoji o’sha yerda duo qilishi farz bo’lar edi. Oyatning to’g’ri ma’nosi shundaydir:

“Ibrohim turgan yerlarni duo yeri qilinglar.”

Maqom kalimasi ham birlik va ham ko’plik uchun bir hil qo’llanilgani uchun, unga ko’plik ma’nosini berdik.

Oyatga “Maqomi Ibrohimni namozgoh qilib olinglar” deb tarjimaqilib bo’lmaydi. Aks holda, barcha hojilar u yerda namoz o’qishi farz bo’lar edi, shu paytgacha bunday degan kishi zotan bo’lmadi.

Quyidagi oyat maqomi Ibrohimni ochiqlab beradi:

فيهِ اٰيَاتٌ بَيِّنَاتٌ مَقَامُ اِبْرٰهيمَ

“U yerda ochiq ko’rsatmalar[4], Ibrohim turgan yerlar bor.” (Oli Imron 3/97)

Bu yerdagi مَقَامُ إِبْرَاهِيمَ – بَيِّنَات آيَاتٌ ning badali kullisi bo’lib, مَقَامُ kalimasiga ko’plik ma’nosi berilganda jumla to’g’ri tushuniladi. O’shanda oyatning ma’nosi shunday bo’ladi: “U yerda Ibrohim ibodat uchun turgan yerlarning ochiq ko’rsatmalari bordir.” Ular: Arafot, Muzdalifa, Mino, Kaba, Safo va Marvodir. Haj ibodatlari ana o’sha joylarda bajariladi.

 

B. Tafas

To’g’ri deb bilingan xatolardan yana biri tafasdir. Bu kalima shu oyatda yer olgan:

ثُمَّ لْيَقْضُوا تَفَثَهُمْ وَلْيُوفُوا نُذُورَهُمْ وَلْيَطَّوَّفُوا بِالْبَيْتِ الْعَتيقٌِ

“Ayni vaqtda[5] tafaslarini tamomlasinlar, bergan so’zlarini o’rniga keltirsinlar va o’sha sharafli baytni (Ka’bani) tavof qilsinlar.” (Haj 22/29)

Tafasni nima ekanini shu hadisdan o’rganamiz:

Tay qabilasidan Urva b. Mudarris, Muzdalifada Rasulullohga yetib oldi va shunday dedi: “Tay tog’idan keldim, ulovim parishon bo’ldi, o’zimni ham qiynadim. Vallohi, tepasiga kelib dam olmagan bironta qum tepaligi qolmadi, men hoji bo’la olamanmi?

Rasululloh shunday der edi: “Kimki biz bilan birga shu (tong) namozini o’qisa va avvalroq – kechasi yoki kunduzi Arafotga kelgan bo’lsa, demak u kishi hajini tamomlagan va tafasini yeriga keltirgan bo’ladi.[6]

Tafas – hadisga ko’ra Arafot va Muzdalifadagi to’xtalishdir. “Tafaslarini ado qilsinlar” buyrug’i ularni farz ekanini ko’rsatadi.

 

C.  Berilgan so’zlar         

Haj surasi 28- oyatda keltirilgan “so’zlaringizni yeriga keltiringlar” buyrug’iga ko’pincha e’tibor etilmay kelingan. Oyatdan avval qurbon haqida to’liq tushuntirib o’tilgani uchun, bu buyruq qurbonga aloqador emas. Zotan har bir hoji qurbonlik kesmaydi. Ular faqatgina ehrom orqali vazifa qilinib yuklatilgan amallardir. Aloqador oyatlar shulardir:

اَلْحَجُّ اَشْهُرٌ مَعْلُومَاتٌ فَمَنْ فَرَضَ فيهِنَّ الْحَجَّ فَلَا رَفَثَ وَلَا فُسُوقَ وَلَا جِدَالَ فِي الْحَجِّ …

“Haj ma’lum oylardadir. Kimki o’sha oylarda hajni boshlasa, endi haj asnosida na beodoblik qiladi, na bir gunohga kiradi va na urush-janjal qiladi.” (Baqara 2/197)

Bu oyatga asoslangan holda, ehromli kishi o’z ayoli bilan (jinsiy) aloqaga kirmasligi, bu mavzuga aloqador gaplar gaplashmasligi, insonlar bilan urush-janjal qilmasligi va ehtiyot bo’lishi kerak bo’ladi.

 

4. Hajda tijorat va turli hodisalar 

Ibrohim alayhissalomga berilgan ushbu buyruqni yana bir bor ko’zdan kechiraylik:

وَاَذِّنْ فِي النَّاسِ بِالْحَجِّ يَاْتُوكَ رِجَالًا وَعَلٰى كُلِّ ضَامِرٍ يَاْتينَ مِنْ كُلِّ فَجٍّ عَميقٍ  لِيَشْهَدُوا مَنَافِعَ لَهُمْ وَيَذْكُرُوا اسْمَ اللّٰهِ فيۤ اَيَّامٍ مَعْلُومَاتٍ عَلٰى مَا رَزَقَهُمْ مِنْ بَهيمَةِ الْاَنْعَامِ فَكُلُوا مِنْهَا وَاَطْعِمُوا الْبَاۤئِسَ الْفَقيرَ

“Insonlar orasida hajni e’lon qilki, senga yurgan hollarida va holdan toygan ulovlar uzra – barcha chuqur vodiylardan o’tib kelsinlar. Kelib, o’zlari uchun bir qancha manfaatlarni ko’rsinlar va ularga rizq qilib bergan kichik va katta boshli hayvonlar uzra – ma’lum kunlarda Allohning ismini keltirsinlar. Ulardan yeyinglar, qiyin ahvolda qolgan yo’qsillarga ham yediringlar. So’ngra tafaslarini ado qilsinlar, nazrlarini (bergan so’zlarini) bajarsinlar va Bayti Atiqni (Ka’bani) tavof etsinlar.” (Haj 22/27-28)

Oyatlar ikkita farqli narsaga ishorat qilmoqda, ulardan biri; qo’lga kirgiziladigan manfaat, boshqasi esa bajariladigan ibodatlardir. Quyidagi oyatda esa, faqatgina manfaatlarga turtki berilgan:

 لَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ اَنْ تَبْتَغُوا فَضْلًا مِنْ رَبِّكُمْ فَاِذَاۤ اَفَضْتُمْ مِنْ عَرَفَاتٍ فَاذْكُرُوا اللّٰهَ عِنْدَ الْمَشْعَرِ الْحَرَامِ …

“(Hajda) Rabbingizning fazl-u ikromini izlashingizda hech qanday muammo yo’qdir. Arafotdan pastga oqib-oqib tushganingizda Mash’ari Harom yonida Allohni zikr qilinglar.” (Baqara 2/198)

Sahobalardan Abdulloh b. Abbos shunday deydi:

“Haj ibodati boshlanishidan oldin, insonlar Minoda, Arafotda, Zilmajozdagi jahon bozorlarida (katta maydonlarda) va boshqa jahon bozorlarda oldi-sotdi bilan mashg’ul bo’lishar edi. Keyinchalik, ehromli vaqtlarida oldi-sottidan cho’chib qolishdi. Bu holat asnosida Alloh taolo yuqoridagi oyatni nozil qildi.”[7]

Bu jahon bozorlar Rosulullohdan keyin ham barpo qilinishda davom etib keldi. Ilk bor tark etilib talofatga uchragan Uqoz bozori bo’ldi. Xorijiylar zamonida (hijriy 129-yili) amalga oshirilmadi va undan keyin tamoman tark etildi.[8]

Haj ibodati – insonlarning joni va moli xavsizligi muhofaza qilingan harom oylarning o’rtasida bajariladi. Bular: Zulqa’da, Zulhijja va Muharramdir. Arafotga Zulhijjaning 9-kuni chiqiladi va haj ibodati shu oyning 13-kuni tamomlanadi. Bulardan tashqari yana bir oy, ya’ni Rajab oyi ham bo’lib; harom oylar 4 oydan tashkil topadi. Bu haqda Alloh taolo shunday buyuradi:

“اِنَّ عِدَّةَ الشُّهُورِ عِنْدَ اللّٰهِ اثْنَا عَشَرَ شَهْرًا في كِتَابِ اللّٰهِ يَوْمَ خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ مِنْهَاۤ اَرْبَعَةٌ حُرُمٌ ذٰلِكَ الدّينُ الْقَيِّمُ فَلَا تَظْلِمُوا فيهِنَّ اَنْفُسَكُمْ …

“Osmonlar va yerni rayatgan kundan boshlab Allohning nazdida – Allohning Kitobida oylar soni o’n ikkitadir. Bulardan to’rttasi harom oylardir. Mana shu to’g’ri hisobdir. Bu oylarda aslo o’zingizga nisbatan haqsizlik qilib qo’ymang.” (Tavba 9/36)

Nuh to’fonidan keyin ilk haj ibodatini Ibrohim alayhissalom boshladi. Uning naslidan bo’lgan Qurayshliklarning[9] sa’y-harakatlari natijasida Ka’ba doimo ibodat uchun ochib qo’yildi. Hojilarga turli hizmatlar tashkillashtirildi[10] va hajning ekonomik va siyosiy tarafi suiistemol qilinmadi. Oyatlarga mos o’laroq, Zulqa’daning birinchi kunidan yigirmanchisigacha[11] Arafotga yaqin yerlarda Uqoz[12] jahon bozori, Zulhijjaning birinchi kunidan to’qqizinchisigacha esa, Minoga yaqin bo’lgan yerlarda Zulmajoz bozorlari barpo qilinar edi. Keyin esa Minoga borib haj ibodatini boshlashar edi.[13] Bozorlarda oldi-sotdi ishlari yo’lga qo’yilar, she’rlar o’qilar va turli shaxarlardan kelganlar o’zaro majlislar qurishar edi.

Muhammad alayhissalom ham o’sha bozor ishlarida qatnashgan va Allohga Elchi qilib tayinlangandan keyin ham qatnashishda davom etgan. Yon-atrofdagi qabilalardan kelgan musofirlarga Allohning dinini yetkazish va o’rgatish uchun o’sha bozorlarda ular bilan yuzma-yuz qolib suhbatlashar edi.[14] Bir qism Madinaliklar u kishi bilan Aqobada bay’at berishlari ham aynan shu mavsumda bo’lib o’tgan. Musulmonlar bilan tuzgan kelishuvni buzgan mushriklarni haj va umra qilishlari hijriy 9-yili taqiqlangandan keyin, iqtisodiy rivojlanish to’xtab qolishi va moliyaviy inqiroz kelib chiqishidan andisha qilinishiga qarshi mana bu oyat nozil bo’ldi:

يَاۤ اَيُّهَا الَّذينَ اٰمَنُوۤا اِنَّمَا الْمُشْرِكُونَ نَجَسٌ فَلَا يَقْرَبُوا الْمَسْجِدَ الْحَرَامَ بَعْدَ عَامِهِمْ هٰذَا وَاِنْ خِفْتُمْ عَيْلَةً فَسَوْفَ يُغْنيكُمُ اللّٰهُ مِنْ فَضْلِهۤ اِنْ شَاۤءَ اِنَّ اللّٰهَ عَليمٌ حَكيمٌ

“Ey mo’minlar! Shubhasizki, mushriklar najasdir. Shuning uchun ham bu yildan keyin ular Masjidi Haromga yaqinlashmasin. Agar faqirlikdan qo’rqsangiz, bilinglarki, Alloh  xohlasa O’z fazli bilan sizlarni behojat qilib qo’yadi. Shubhasizki, Alloh biluvchidur, hikmat bilan ish qiluvchidur.” (Tavba 9/28)

Xalifa Umar bu mavsumda hokimlarni Masjidi Haromda to’plar, xalq orasidagi masalalarni muhokama qilar, arz-u shikoyatlari borlardan arzini tinglar va kerak bo’lsa ana shu joyni o’zida ishni hal qilar edi.[15]

Harom oylariga aloqador bo’lgan hukmlar qiyomatgacha o’z kuchida qoladi.[16] Bu oylarda bizga qarshi urush holatida bo’lmagan har qanday insonni moli va jonini xavfsizligiga kafolat berilishi Allohning bizlarga yuklagan vazifasidir. Buni e’lon qilishimiz va har qanday insonni qatnasha oladigan – Harom qoidalariga zid bo’lmagan holatdagi – bozorlar tashkil qilishimiz kerak.

Alloh taolo mushriklarni Harom hududlariga kirishini taqiqlaganidan keyin, bizga shuni buyurdi:

  وَاِنْ اَحَدٌ مِنَ الْمُشْرِكينَ اسْتَجَارَكَ فَاَجِرْهُ حَتّٰى يَسْمَعَ كَلَامَ اللّٰهِ ثُمَّ اَبْلِغْهُ مَاْمَنَهُ ذٰلِكَ بِاَنَّهُمْ قَوْمٌ لَا يَعْلَمُونَ

“Mushriklardan birontasi seni yoningda qolishni istasa, unga bu imkonni beraver, mayli kelsin, Qur’onni tinglasin. So’ngra uni o’zi uchun xavfsiz bo’lgan yergacha yetkazib qo’y. Shunday ish tut, chunki, ular (Qur’onni) bilmagan bir qavmdir.” (Tavba 9/6)

Mushriklar Qur’onni tinglash uchun Masjidi Haromga kira olishlariga ko’ra, Masjidi Haromning ichida o’z tillarida Qur’onni eshitib tinglay oladigan yerlar tashkillashtirilgan bo’lishi kerak. Shunday qilib ular, Qur’onni birinchi shaxsdan to’g’ridan-to’g’ri eshitishga erishgan bo’ladi.

Shu qatorda, boshqa turli diniy musobaqalar tashkil etilib, “Makka sovrini” diplomi yoki boshqa nom ostida turli musobaqalar tashkil qilinishi va Makkani dunyoning eng jozibali bir shaxar holatiga olib chiqish ham mumkin.

Musulmon bo’lish insoning shaxsiy qaroridir. Hammaning ham o’z shaxsiy fikri va shaxsiy qarori bor. Bizning vazifamiz faqatgina tablig’ (Qur’ondan xabardor qilish va uni beminnat yetkazish)dan iboratdir. Dunyoviy ishlarga kelsak, biz – insoniyatning taraqqiyoti, rivoji va manfaati uchun bo’lgan xayrli ishlarda musobaqalashishimiz mumkin. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَلِكُلٍّ وِجْهَةٌ هُوَ مُوَلّيهَا فَاسْتَبِقُوا الْخَيْرَاتِ اَيْنَ مَا تَكُونُوا يَاْتِ بِكُمُ اللّٰهُ جَميعًا اِنَّ اللّٰهَ عَلٰى كُلِّ شَيْءٍ قَديرٌ

“Har kimni – unga ko’ra harakat qiladigan o’z yo’nalishi bor. Shunday ekan, sizlar yaxshi ishlarda musobaqalashinglar. Qayerda bo’lishingizdan qat’iy nazar, Alloh hammangizni bir yerga to’playdi. Chunki, Alloh hamma narsaga o’lchov qo’ygan.” (Baqara 2/148)

 

5.  Haj oylari

Dunyo miqyosida musulmonlarni son jihatidan  kundan-kun ortishi, o’zi bilan birga haj masalalaridagi ba’zi bir iddaolarni ham olib keldi. Qur’onda haj qilish vaqtiga aloqador kesin bir oyat va hukm bo’lmagani – yilning har oyida yoki haj oylaridan har qanday bir oyda bu ibodatlarni bajarilishi mumkin ekanini ko’rsatadi degan iddaolar o’rtaga chiqdi. Bu iddaolarga asoslangan holda, umra vaqtida bira to’la haj ibodatini ham bajarib olganlar bo’ldi. Bular aslsiz iddaolardir. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

 اَلْحَجُّ اَشْهُرٌ مَعْلُومَاتٌ فَمَنْ فَرَضَ فيهِنَّ الْحَجَّ فَلَا رَفَثَ وَلَا فُسُوقَ وَلَا جِدَالَ فِي الْحَجِّ وَمَا تَفْعَلُوا مِنْ خَRيْرٍ يَعْلَمْهُ اللّٰهُ وَتَزَوَّدُوا فَاِنَّ خَيْرَ الزَّادِ التَّقْوٰى وَاتَّقُونِ يَاۤ اُوۨلِي الْاَلْبَابِ

“Haj qilish mashhur oylardadir. Kimki u oylarda hajni boshlasa, haj davomida er-xotin bir yerda qolishi, gunoh qilish va urush-janjal qilish qat’iy taqiqdir. Qilgan har bir yaxshiligingizni Alloh bilib turadi. Sizlar zaxira to’planglar, eng yaxshi zaxira taqvodir. Ey sof aql egalari, Mendan qo’rqib o’zingizni himoya qilinglar.” (Baqara 2/197)

Oyatdagi “bilingan kunlar” ifodasi, hajning vaqtlari aniq ekanini bildiradi. Bular: “Zulqa’da, Zulhijja va Muharram” oylardir. Zulhijjaning so’zlik tarjimasi “hajni o’z ichiga olgan oy” deganidir. Bu oy to avvaldan shunday nomlanib kelingan. Bu esa, haj amallari to Ibrohim alayhissalomdan beri mana shu oylarda bajarilib kelinganini ko’rsatadi.

 

A.  Hajning kunlari

Haj oylari kabi hajning kunlari ham aniq bilinar edi. Aloqador oyatlar  shunday:

وَاَذِّنْ فِي النَّاسِ بِالْحَجِّ يَاْتُوكَ رِجَالًا وَعَلٰى كُلِّ ضَامِرٍ يَاْتينَ مِنْ كُلِّ فَجٍّ عَميقٍ لِيَشْهَدُوا مَنَافِعَ لَهُمْ وَيَذْكُرُوا اسْمَ اللّٰهِ فيۤ اَيَّامٍ مَعْلُومَاتٍ عَلٰى مَا رَزَقَهُمْ مِنْ بَهيمَةِ الْاَنْعَامِ فَكُلُوا مِنْهَا وَاَطْعِمُوا الْبَاۤئِسَ الْفَقيرَ

“Insonlar ichida hajni e’lon qilki, piyoda va holdan toygan tuyalar ustida, chuqur vodiylardan kechib kelsinalr. Kelib o’z manfaatlarini ko’rsinlar, ma’lum kunlarda esa, Alloh ularga rizq qilib bergan – an’om (tuya, mol, qo’y, echki) uzra Allohning ismini keltirsinlar. Ulardan sizlar ham yenglar, qiyin ahvolda bo’lgan yo’qsillarga ham yediringlar.” (Haj 22/27-28)

Bu yerdagi “bilingan kunlar” ifodasi, haj qilinadigan kunlarni ko’rsatadi. Chunki, bilinmagan narsaga ma’lum deyilmaydi.

 

B.  Arafiot va Muzdalifa kunlari

Avvalroq tafas kalimasi – Arafot va Muzdalifadagi to’xtab turish amalini ifoda etkanini aytib o’tkan edik. Arafotdan forig’ bo’lib oqin-oqin bo’lib Muzdalifaga kelib, uni yonida namoz qilish va Allohni zikr qilish ibodatlarini, barcha hojilar bir vaqtni o’zida bajaradilar. Bularni quyidagi oyatlar ko’rsatib beradi:

لَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ اَنْ تَبْتَغُوا فَضْلًا مِنْ رَبِّكُمْ فَاِذَاۤ اَفَضْتُمْ مِنْ عَرَفَاتٍ فَاذْكُرُوا اللّٰهَ عِنْدَ الْمَشْعَرِ الْحَرَامِ وَاذْكُرُوهُ كَمَا هَدٰيكُمْ وَاِنْ كُنْتُمْ مِنْ قَبْلِه لَمِنَ الضّاَۤلّينَ

“Arafotdan forig’ bo’lib oqin-oqin bo’lib tushganingizda, Mash’ari Haromda[17] Allohni zikr qilinglar. U sizlarga qanday o’rgatkan bo’lsa, ana o’shanday zikr qilinglar. To’g’risi, bundan avval xatolar ichida edilaring.” (Baqara 2/198)

Mash’ari Haromda Allohni zikr qiling amrining asl ma’nosi – Muzdalifada namoz o’qing deganidir. Chunki Qur’ondagi “Uzkurulloha ” jumlasi – namoz o’qing deganidir. Shu sababli ham, u yerga o’z vaqtida yetib kelganlar shom va xufton namozlarini birgalikda qo’shib o’qishadi, agar kech qolib kelgan bo’lsa, toki quyosh chiqquncha kutadi va bomdod namozini o’qib, keyin u yerdan ayriladi.

Zulhijjaning 9-kuni peshindan keyin Arafotda to’xtalib turish vazifasini bajargan hojilar, quyosh botishi bilanoq Muzdalifaga oqin-oqin holda keladilar. U kechasi to quyosh chiqqunigacha to’xtalib turish vaqtidir.

Quyosh chiqishi bilanoq Qurbon bayramining birinchi kunini nishonlashni boshlashadi. 2, 3 va 4-kunlar ham Qurbon bayram kunlaridir. U kunlar ham bilingan kunlar bo’lgani uchun, Haj surasining 28- oyatida ularga ishora qilib o’tilgan.

 

S. Shaytonni toshlash

Shu oyat shaytonni toshlashga aloqadordir:

وَاذْكُرُوا اللّٰهَ فيۤ اَيَّامٍ مَعْدُودَاتٍ

“Sanoqli kunlarda Allohni zikr qilinglar.” (Baqara 2/203)

Ayyom kalimasi ko’plikni ifoda qilgani uchun, Arafotdan tushgandan keyin yana eng oz uch kun Allohni zikr qiladigan kunlar bor ekanini bildiradi. Bu yerdagi “ayyomi ma’dudat” kalimalariga Haj surasi 28- oyatdagi “ayyomi ma’lumot” bilan oydinlik kiritilgan. Ayyomi ma’lumot Qurbon bayramining to’rt kunidir. Ma’dudot esa eng oz uchni bildiradi. Shu sababli Arafotdan keyingi ilk kun – nahr kuni va keyingi uch kun bayram kunlari (Ayyomi ma’dudot) hisoblanadi. Oyatning tamomi shunday:

وَاذْكُرُوا اللّٰهَ فيۤ اَيَّامٍ مَعْدُودَاتٍ فَمَنْ تَعَجَّلَ في يَوْمَيْنِ فَلَاۤ اِثْمَ عَلَيْهِ وَمَنْ تَاَخَّرَ فَلَاۤ اِثْمَ عَلَيْهِ لِمَنِ اتَّقٰى وَاتَّقُوا اللّٰهَ وَاعْلَمُوۤا اَنَّكُمْ اِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

“Allohni ma’lim kunlarda zikr qilinglar. Kimki shoshilib (Minodan) ikki kunda qaytadigan bo’lsa, unga bir gunoh yo’q. Kechiktirgan kishiga ham gunoh bo’lmaydi. Bu ish taqvodorlar uhun shundaydir. Allohdan qo’rqib saqlaninglar va bilinglarki, sizlar uning huzuriga to’planasizlar.” (Baqara 2/203)

Bu oyatga ko’ra ayyomi ma’dudatning birinchi kuni – Qurbon bayramining ikkinchi kunidir. Kimki shashilib, bu so’ngi uch kunning ikkinchi kuni Minodan ayrilsa unga gunoh yo’qdir. Bu oyat Rosulullohning quyidagi hadisi bilan ketma-ket kelmoqda:

“Kimki rofas va fusuqqa kirmasdan Alloh uchun haj qilsa, onasidan tug’ilgan kunidek u yerdan ayriladi.” (Buxoriy, Haj 4)

 

6. Ehrom

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

اَلْحَجُّ اَشْهُرٌ مَعْلُومَاتٌ فَمَنْ فَرَضَ فيهِنَّ الْحَجَّ فَلَا رَفَثَ وَلَا فُسُوقَ وَلَا جِدَالَ فِي الْحَجِّ

“Haj – bilingan oylardadir. Kimki u oylarda hajni boshlasa, haj qilish jarayonida beadabsizlik, gunohga kirish va urush-janjal qilish yo’qdir.” (Baqara 2/197)

Haj ibodatini boshlash – ehromga kirishdir. Buni huddi namozga kirishga o’xshatish mumkin. Namozga kirayotib takbir keltirgandan keyin, aloqasiz so’zlarni so’zlash, namozga bog’liq bo’lmagan holda qadam tashlab yurish vh. kz. lar harom bo’lganidek, hajni boshlagandan keyin, hajga niyyat qilgan bo’ladi va ehromga kirgan hisoblanadi. Shuning uchun ham haj ehromi bilan namoz ehromi o’rtasi unchalik katta farq yo’q. Ularning har ikkisi ham, musulmonlarga odatda halol bo’lgan ba’zi narsalarni vaqtinchalik harom qiladi.

Ehrom – libos kiyish degani emas, balki niyyat qilib va talbiya keltirib haj ibodatini boshlashdir. Ehrom taqiqlari ana o’sha vaqtdan boshlanadi.

 

7. Haj ibodati vaqtidagi duolar

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

فَاِذَا قَضَيْتُمْ مَنَاسِكَكُمْ فَاذْكُرُوا اللّٰهَ كَذِكْرِكُمْ اٰبَاۤءَكُمْ اَوْ اَشَدَّ ذِكْرًا فَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَقُولُ رَبَّنَاۤ اٰتِنَا فِي الدُّنْيَا وَمَا لَهُ فِي الْاٰخِرَةِ مِنْ خَلَاقٍ

“Haj ibodatlaringizni ado etar ekansiz – aqllaringizda otalaringizdan qolgan zikrlar bilan[18] Allohni zikr qilinglar, hatto bundan ham kuchliroq zikr qilinglar. …” (Baqara 2/200)

Haj masalasida ko’proq tarixga e’tibor beriladi. Duo masalasida ham shunday qilingan. Makkaliklar, Ibrohim alayhissalomning zurriyotidan bo’lganliklari uchun, ular – o’zlariga Ibrohim alayhissalomdan yetib kelgan duolar bilan duo qilishlari, hatto undanda kuchliroq duo qilishlari kerak.

 

8. Qurbon

Qurbonlik qilish avvalgi barcha ummatlarga farz qilingan. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَلِكُلِّ اُمَّةٍ جَعَلْنَا مَنْسَكًا لِيَذْكُرُوا اسْمَ اللّٰهِ عَلٰى مَا رَزَقَهُمْ مِنْ بَهيمَةِ الْاَنْعَامِ فَاِلٰهُكُمْ اِلٰهٌ وَاحِدٌ فَلَهُۤ اَسْلِمُوا وَبَشِّرِ الْمُخْبِتينَ

“Har ummatga qurbon kesish vazifasini yukladikki, ularga rizq bilib bergan an’om (qo’y, echki, tuya, mol[19]) jinsidan bo’lgan hayvonlar uzra Allohning nomini keltirsinlar. Ilohingiz yagona bir Ilohdir, sizlar yolg’iz Unga taslim bo’linglar. Sen ko’ngli o’ksiklarga hush xabar ber.” (Haj 22/34)

Muhammad (s.a.v.) ummati haqida shunday buyurilgan:

 وَالْبُدْنَ جَعَلْنَاهَا لَكُمْ مِنْ شَعَاۤئِرِ اللّٰهِ لَكُمْ فيهَا خَيْرٌ فَاذْكُرُوا اسْمَ اللّٰهِ عَلَيْهَا صَوَاۤفَّ فَاِذَا وَجَبَتْ جُنُوبُهَا فَكُلُوا مِنْهَا وَاَطْعِمُوا الْقَانِعَ وَالْمُعْتَرَّ كَذٰلِكَ سَخَّرْنَاهَا لَكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

“Biz sizlarga – qurbonlik qiladigan badani yetishkan hayvonlaringizni Allohga nisbatan qullik nishonalaridan qilib berdik. Sizlar uchun u hayvonlarda yaxshilik bor. O’sha hayvonlarni qurbonlik uchun qator qilib tergan vaqtingizda – “bismillah” deb bo’g’izlanglar. Ularni yon taraflari yerga tegib joni chiqqanida, sizlar ham ulardan yenglar, qanoatchan muhtojlarga ham va ehtiyojini bildirgan muhtojlarga ham yediringlar. Mana shunday qilib u hayvonlarni sizlarga boy’sundirib qo’ydikki, shoyad vazifalaringizni ado qilasizlar.” (Haj 22/36)

“Badani kelishkan” deb tarjima qilingan kalima (الْبُدْنَ) “albudn”dir. Budn badananing ko’plik shakli bo’lib, vujudi kelishishligi tamomlangan degan ma’noni bildiradi.[20] Nabiy alayhissalom buni “almusinn” (المسن)  deb ochiqlagan va “Musinn bo’lmaganini kesmanglar. Agar sizlarga og’ir kelsa qo’ydan jaza’ani kesinglar.”[21]degan. Musin – sut tishlari to’kilgan hayvonga aytiladi.[22] Bu yoshga to’lmaganini jaza’a deyiladi. Qo’y va echkini bir yoshga, mollar ikki yoshga va tuya besh yoshga to’lgan bo’slihi kerak degan shart, mana shu hadisdan olingan. Ba’zi tafsir va tarjimalarda budn kalimasiga “qoramol va chorva hayvonlari” deb tafsir va tarjima berilgan. Bu esa, o’sha tarjimonlar Qur’on va Sunnat butunligini e’tiborga olmaganini ko’rsatadi. Tuya va molga badana deyiladi, ammo buning sharti – gavdasi yetuk bo’lishidir. Nabiy alayhissalom chorva hayvonlarni ham qurbonlikka so’ygani sababli, oyatdagi “budn” ga bu ma’noni berish to’g’ri bo’lmaydi.

 

A. Qurbonlik kesish joyi

Oyatdagi: “qator qilib tergan vaqtingizda” deb tarjima qilingan jumlaning ifodasi, qurbon kesadigan joy bo’lishi kerakligini ko’rsatadi. Agar har bir kishi o’z qurbonligini o’zi xohlagan yerda kesib ketaversa, qator-qator bo’lib terilib turishi imkonsizdir. Rosulullohning qurbonlik kesadigan bir joyi bor edi va qurbonlarini o’sha yerda kesar edi.[23]

 “qator qilib tergan vaqtingizda – “bismillah” deb bo’g’izlanglar” amri – hayvonlarni yerga yotkizmasdan kesishni talab qiladi. Agar so’yiladigan joyini aniq bilib, u yerga o’tkir va keskin maxsus pichoq tortilsa, kesilayotgan hayvon sezmagan holda tomirlari tez uziladi va sezmagan holda o’zi yerga tushadi. Bunday kesishga “nahr” deyiladi. Tuyalarni shunday kesishgani uchun, faqatgina tuyalar shunday kesiladi deb o’ylanadi. Aslida, oyatda barcha hayvonlar qurbonlikda shunday kesilishi ko’rsatilgan.

 

B.  Qurbonlik go’shtini tarqatish

Oyatdagi; “Ularni yon taraflari yerga tegib joni chiqqanida, sizlar ham ulardan yenglar, qanoatchan muhtojlarga ham va ehtiyojini bildirgan muhtojlarga ham yediringlar.” buyrug’i sababli, qurbonlik go’shti uchga bo’linadi. Bir qismini qurbon kesuvchi yeydi, bir qismini ahli ayoliga va do’stu birodariga yediradi va bir qismini esa yo’qsillarga yediradi.

 

C.  Qurbon kesish hammaga farzmi?

Qurbon kesish ibodati boshqa ibodatlarga o’xshamaydi, chunki u shaxsiy ibodat emas, balki ummatga buyurilgan ibodatdir. Ba’zida bir kishi butun ummat nomidan qurbonlik kesishi ham mumkin. Allohning Elchisi (s.a.v.) bir qurbon bayramida bir dona qo’chqor kesdilar va shunday dedilar:

“Men – Ibrohim amal qilib o’tgan dinga ko’ra, yuzimni to’ppa-to’g’ri osmonlaru yerni yaratkan zotga burdim. Men mushriklardan emasman. Mening duoyim, qurbonim, hayotim va o’limim – borliqlarning Egasi Alloh uchundir. Men musulmonlardanman. Allohim! Bu Sendandir va Sengadir; Muhammad va ummatidan, bismillahi vallohu akbar.”[24]

Allohning Elchisi bir safar ikkita yaxshi boqilgan va shohli qo’chqor oldi. Ulardan birini: “Allohim, bu ummatimdan Sening birliginga va meni tablig’imga guvohlik keltirgan har bir kishining nomidandir”, ikkinchisini esa: “Bu Muhammad va uning oilasi nomidandir” deb kestilar.[25] Nabiy alayhissalom Madinada qolgan 10 yil davomida doimo qurbonlik keskan edi.[26]

Bundan boshqa hech qanday ibodatni boshqasining nomidan bajarib bo’lmaydi.

 

D.  Tuya va mol qanday taqsimotga ko’ra kesiladi? 

Tuya va molni yetti kishi tarafidan kesilishiga fatvo berganlar, Jobir b. Abdullohdan kelgan quyidagi rivoyatga asoslanishgan:

“Mol yetti kishi uchundir, tuya ham yetti kishi uchundir.”[27]

 

E. Boshqasini nomidan qurbon kesish

Allohning Elchisi sollallohu alayhi va sallam Vado Hajida bitta qora molni barcha ayollari uchun qurbonlik qilgan edi. Uning go’shtidan Oisha onamizga olib kelishganida, “Bu nima?” deb so’radi. Shunda go’sht olib kelgan kishi: “Nabiy alayhissalomning qurbon bayramidagi o’z ayollari uchun qurbonlik qilgan qora molning go’shtidan” deb aytishdi.[28]

Nabiy alayhissalom, har bir oilaga har yili bitta qurbon kesilish kerakligini[29] aytkan edi.

 

F. Safardagi inson qurbonlik qiladimi?

Nabiyimiz ayollari bilan Vado Hajida safarda ekanliklarida, namozlarini ikki rak’atdan o’qishar edi. U yerda qurbon bayramida qurbonlik qilishlari – musofir inson ham qurbonlik kesishga buyurilganini ko’rsatadi. Nabiy alayhissalom Vado Hajida qilgan qurbonliklari, bayram qurbonligi edi. Zotan Alloh taolo hojilarga – qurbon bayramidagi qurbonliklarini o’sha yerda kesishga buyurgan. Aloqador oyat shunday:

لِيَشْهَدُوا مَنَافِعَ لَهُمْ وَيَذْكُرُوا اسْمَ اللّٰهِ فيۤ اَيَّامٍ مَعْلُومَاتٍ عَلٰى مَا رَزَقَهُمْ مِنْ بَهيمَةِ الْاَنْعَامِ فَكُلُوا مِنْهَا وَاَطْعِمُوا الْبَاۤئِسَ الْفَقيرَ

“Kelib o’z manfaatlarini ko’rsinlar , ma’lum kunlarda Alloh ularga rizq qilib bergan hayvonlardan an’om (qo’y, echki, mol, tuya) uzra Allohning ismini keltirsinlar. Ulardan o’zlaringiz ham yeyinglar, qiyin ahvolda qolgan yo’qsilga ham yediringlar.” (Haj 22/28)  

 

G. Haj qurboni

Haj qurboni degan narsa yo’q. Kimki haj qilsa, qilgan haji uchun qurbonlik kesadi degan gap bironta ham mazhabda aytilmagan.            Makkali bo’lmagan bir kishi, hajdan avval umra qilib olsa, ana o’sha kishigina qurbonlik qilishi kerak. Agar qurbonlik qilmasa, Makkada uch kun va uyiga qaytkanidan keyin esa yana yetti kun ro’za tutib beradi. Bundan boshqa bironta ham haj qurboni degan narsa yoqdir. Aloqador oyatlar:

فَمَنْ تَمَتَّعَ بِالْعُمْرَةِ اِلَى الْحَجِّ فَمَا اسْتَيْسَرَ مِنَ الْهَدْىِ فَمَنْ لَمْ يَجِدْ فَصِيَامُ ثَلٰثَةِ أَيَّامٍ فِي الْحَجِّ وَسَبْعَةٍ اِذَا رَجَعْتُمْ تِلْكَ عَشَرَةٌ كَامِلَةٌ ذٰلِكَ لِمَنْ لَمْ يَكُنْ اَهْلُهُ حَاضِرِي الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ

“… Hajdan oldinroq umra imkoniyatidan foydalangan inson, o’ziga qulay ravishda bitta hady (qurbonlik) kesadi. Agar topa olmasa hajda uch kun, hajdan qaytkanida esa yana yetti kun ro’za tutadi. Buni hammasi bo’lib o’n kun bo’ladi. Bu – oilasi Masjidi Harom hududida bo’lmaganlar uchundir.” (Baqara 2/196)

Haj surasining 28-oyatiga ko’ra, hojilar qurbonliklarini ana o’sha yerda kesadilar. Hanafiylarning manbalaridagi; musofirlarga qurbonlik qilish vojib emasdir degan fatvo, ham Qur’oni Karim oyatlariga va hamda Rosulullohni hayotidagi bir umrlik amaliyotiga ham ziddir.

 

H. Soch va tirnoq masalasi

Allohning Elchisidan:

“Kimni qo’lida kesiladigan qurbonligi bo’lsa, Zilhijjaning hiloli ko’ringanidan boshlab to qurbonini kesgunigacha na sochi va na tirnog’idan biron narsa olmasin.”[30]

Qurbonlik hayvonini oldindan olib qo’ymaganlar uchun, bunday bir vazifa yuklatilmagan.

 

Manba: Abdulaziz Bayindir, “Haj va Qurbon”, Kitob va Hikmat jurnali, Oktyabr-Dekabr 2014-yil, 3, 3-12- sf.

 

[1] Makkada.

[2] Haj 22/28.

[3] Tijorat qilsinlar.

[4] Ko’rsatma deb tarjima qilingan kalima oyatdir. (Rog’ib al-Isfaxoniy, (vf. 425 hj.) أي md).

[5] Bu yerdagi ثُمَّ kalimasi –barobarlikni ifodalaydi, tafsiriy ma’no esa juftni bildiradi.

[6] Abu Dovud, Manosik, 69.

[7] Abu Dovud, Sunan, Manosik 7, 1734-hadis.

[8] Ibrohim Janon, Kutubi Sitta tarjima va sharhi, Oqchog’ nashriyoti: 3/288-289.

[9] Ibn Hishom, Siyrat an-Nabiy, thq: M. Muhyiddin Abdulhamid, Bayrut, 1401/1998, 1-jl, 216-sf.  an-ti: 3/288-289.. arlikni a oyatdir.

[10] Ular bu xizmatlari bilan faxrlanganlari uchun, Alloh taolo shunday marhamat qildi: “Sizlar, hojilarga suv berishni va Masjidi Haromni ibodat uchun ochiq tutishni – Allohga va oxirat kuniga ishongan va Alloh yo’lida bor kuchi bilan harakat qilganlar bilan bir xil/teng qilyapsizlarmi? Ular Allohning nazdida bir xil bo’lmaydi. Alloh, zolimlar qavmini hidoyat qilmaydi.” (tavba 9/19)

[11] Javod Ali, Tarixul Arab qoblal Islam, 70jl, 377-vr. Bag’dot Universitetining yordami bilan nashr qilingan, tarix va yer yo’q.

[12] Muhammad ahamidulloh, Islom Payg’ambari, 2-jl. 946-sf, paragraf 1593, Ankara 2003.

[13] Javod Ali, 7-jl, 375-sf.

[14] Javod Ali, 7-jl, 382-sf.

[15] Tursun Haqqiy Yulduz boshchiligidagi bir hay’at, Buyuk Islom Tarixi, 2-jl, 179-vr. Istanbul 1992.

[16] Mrj. Moida 5/2.

[17] Shior bilan mash’ar bir o’zakdn turagan shakllardir. Biri masdari mimiy, boshqasi esa, shaaro fe’lining masdaridir. Bu oyat, Muzdalifani shior ekanini bildiradi.

[18] كَذِكْرِكُمْ اٰبَاۤءَكُمْ  يذكرون الله

[19] An’om surasining 143 va 144- oyatiga ko’ra, an’om – qo’y, echki, tuya va molning ham erkagi va hamda xunajinidir.

[20] Xalil b. Ahmad, Kitabul Ayn, b-d-n moddasi;Javhariy, as-Sihoh b-d-n moddasi.

[21] Muslim,Azohiy-2, (13/1963).

[22] Ibn Manzur Lisonul Arab, s-n-n- moddasi.

[23] Buxoriy, Azohiy 6.

[24] Ahmad b. Hanbal, Musnad 3, 356, 362. Abu Dovud, Zahaya 8.

[25] Ahmad b. Hanbal, Musnad 6, 391,392.

[26] Termiziy, Azohiy 11.

[27] Abu Dovud, Zahoyo 7.

 

[28] Buxoriy, Azohiy 3.

[29] Termiziy, Azohiy 19.

[30] Abu Dovud, Zahoyo 3.

 

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
280 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Tafsilotlari Bilan Ro’za Ibodati 11.05.2019 90
2 Tashahhuddagi salom va duolarning ma’no va mohiyatlari 13.02.2019 229
3 Qur’onni tushunishda ijtihodning ahamiyati qanday? 16.01.2019 161
4 Nasx kalimasi Qur’onda qaysi ma’nolarda qo’llanilgan? 10.01.2019 152
5 Afv bilan Mag’firatni farqi 08.01.2019 207
6 Hanafiylikda musofirlik muddati qaysi qiyos bilan belgilangan? 08.01.2019 148
7 Namozda hushu qanday bo’ladi? 03.01.2019 202
8 Islom jang-u jadal dinimi, yoki tinchlik dinimi? 29.12.2018 166
9 Qur’on va Musulmonlarning ahvoli 25.12.2018 243
10 Qur’onni tushunishdagi usul va qoidaning ahamiyati 22.12.2018 192
11  Qur’onda barcha narsaning tili   19.12.2018 192
12 Kitob va Sunnatda foiz (kredit) 11.12.2018 179
13 Ayollarni guvohligi 29.11.2018 182
14 Isro va Meroj 19.11.2018 372
15 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 321
16 Hamma bilgan o’sha namoz 18.10.2018 283
17 Qur’onda namoz vaqtlari 17.10.2018 758
18 Islomda Halol va Harom 16.10.2018 804
19 Ruh va uning xususiyati 10.10.2018 293
20 Qur’onga ko’ra 3 qoidani buzmaguncha hech kimga adovat qilib bo’lmaydi 10.09.2018 247
21 Iso alayhissalom dunyoga qaytib keladimi? 10.09.2018 667
22 G’ayridinlar o’rtasidagi munosabatlar 18.08.2018 337
23 Ajalning qisqarishi 18.08.2018 244
24 Qur’on va Sunnatda yoshlarni nikohlash bormi? 13.08.2018 624
25 Qur’on va Sunnatga ko’ra taloq 09.08.2018 2 666
26 Kitob va Sunnatga ko’ra Haj va qurbonlik 03.08.2018 280
27 Kitob va Hikmat tushunchasi 30.07.2018 351
28 Ayollarga qo’l ko’tarishga kim ruxsat berdi? 22.07.2018 389
29 Hikmat va Sunnat tushunchalarini buzilishi va yo’qqa chiqarilishi 12.06.2018 172
30 Namoz vaqtlari (Qur’onga ko’ra) 08.06.2018 182