Kitob va Hikmat tushunchasi
Musulmonlar > Hikmat > Qur'oni Karim > Qur'onsiz din tushunchasi Tarix: 30 Iyul 2018 Email This Post Email This Post

Qur’on va an’anaviy dinga ko’ra Kitob va Hikmat tushunchasi

Alloh taolo barcha vahiy olgan payg’ambarlarga Kitob va Hikmat bergan. An’om 6/83 va davomidagi oyatlarda, Nuhdan Isogacha 18 ta nabiy sanab o’tgan[1] va shunday marhamat qilgan: Bularning otalaridan, nasllaridan va aka-ukalaridan ham tanlab oldik va ularga to’g’ri yo’lni ko’rsatdik.”

Shunday qilib, barcha nabiylarga ishorat qilganidan so’ng shunday marhamat qildi:

“Tanlab olinganlarning barchasi – biz ularga kitob, hikmat va nabiylik bergan kishilardir.” (An’om 6/89)

An’anaga ko’ra, Alloh taolo tarafidan 4 dona ilohiy kitob yuborilgani aytiladi. Bular: Tavrot, Injil, Zabur va Qur’on. nabiyimizga nisbat berilgan bir rivoyatda, Odamga 10 sahifa, Shisga 50 sahifa, Idrisga 30 sahifa va Ibrohimga (barchasiga Allohni salomi bo’lsin) 10 sahifa nozil qilingani aytiladi[2]. Umumiy olib qarasak, hammasi bo’lib sakkizta nabiygagina kitob berilgan bo’lib qolmoqda. Holbuki, yuqoridagi oyatlarda, barcha nabiylarga kitob va hikmat berilgani bayon qilinmoqda. Ularga berilgan hukmga mana bu oyatda hikmat deb tatif berilgan:

“Alloh nabiylaridan qat’iy so’z olganda shunda dedi: “Sizlarga kitob va hikmat berganimda, agar qo’lingizdagini tasdiqlovchi boshqa bir kitob kelsa, kesinlik bilan unga ishonasizlar va yordam berasizlar. Buni qabul qildilaringmi?” Ular: “Qabul qildik”, dedilar. Alloh: “Sizlar bunga guvoh bo’linglar, sizlar bilan birga men ham guvohman”, degan edi.” (Oli Imron 3/81)

Quyidagi oyatga ko’ra nabiylarning vazifalari, o’zlariga nozil qilingan kitoblarni o’z xalqiga hokim qilish edi.

“Insonlar bir millat edi. Alloh ularga xushxabar beradigan va ogohlantiradigan nabiylar yubordi. Ular bilan birgalikda haqiqatlarni o’z ichiga olgan kitoblar ham nozil qildiki, ixtilofga tushgan mavzulargda insonlar orasida o’sha kitob hukm qilsin. O’zlariga kitob berilganlardan boshqalar ixtilofga tushmadi.[3] Ochiq-oydin dalillar kelganidan keyin, bir-birlari ustidan hokimiyat qurishni istaganlari uchun shunday bo’ldi. So’ngra kelisha olmagan xususlarda, Alloh mo’minlarni o’z tanlovi bilan to’g’rilikka ulashtirdi.[4] Alloh – to’g’rilikni tanlaganlarni to’g’ri yo’lga yo’naltiradi. (Baqara 2/213)

Alloh taolo tarafidan berilgan kitobga ega bo’lgan xalqning yetakchi va yo’lboshchilari, o’sha kitob bilan hukm qilishga majburdir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Ichida bir rahbar va nur bo’lgan Tavrotni Biz nozil qildik. Allohga taslim bo’lgan nabiylar Yahudilar orasida u bilan hukm qilishar edi. Bilimdonlar va olimlardan Allohning kitobini muhofaza qilinishi talab qilingani sababli, u bilan hukm qilishar va unga guvoh bo’lishar edi. Sizlar insonlardan qo’rqmanglar, Mendan qo’rqinglar. Mening oyatlarimni o’tkinchi[5] bir matoga almashtirmanglar. Allohning nozil qilganlari bilan hukm qilmaganlar (oyatlarni ko’rmaganga olgan) kofirlardir.” (Moida 5/44)

Hikmat – to’g’ri hukmdir.[6] Nabiyimiz alayhissalom Qur’ondan to’g’ri hukmlar chiqarib hayotda tadbiq qildilar va bizlarga ham o’sha qoida va ilmni o’rgati. Qur’oni Karimda bu ilmning barcha qoidalari bilan yer olgan o’sha hikmatga asosan harakat qilinsa, Qur’on va Sunnat o’rtasidagi to’liq bir moslik va mujassamlik o’rtaga chiqadi.

Alloh taoloning ikki turli oyati bordir, birinchi yaratgan oyatlar-ki, barcha ilmlarning manba’sidir. Fan olimlar, agar tabiatdagi bor bo’lgan ma’lumotlarni yaxshilab tekshirib-o’rganib, to’g’ri bir sistema asosida va sog’lom fikrga ega bo’lgan holda ish olib borsalar, yaratilgan oyatlardagi hikmatlarga ega bo’ladilar va ko’plab kashfiyotlar o’rtaga chiqarishga muyassar bo’ladilar.

Yuqoridagi oyatda bilimdonlar deb tarjima qilingan kalima hibr kalimasining ko’plik shakli bo’lgan “ahbor”dir.  Hibr – o’zidan bir asar qoldirgan kishiga aytiladi[7]. Agar bular, tabiatdagi oyatlar bilan birga nozil qilingan oyatlarni birgalikda ilmiy izlanishlar olib borsalar, ma’naviy va moddiy ko’plab hikmatlarga ulashadilar. Chunki hikmat – din bilan bilim o’rtasidagi sheriklik zaminidir. Alloh taolo o’z dinini fitrat ya’ni, tabiiy din deb tarif bergan va shunday marhamat qiladi:

فَأَقِمْ وَجْهَكَ لِلدِّينِ حَنِيفًا فِطْرَةَ اللَّهِ الَّتِي فَطَرَ النَّاسَ عَلَيْهَا لَا تَبْدِيلَ لِخَلْقِ اللَّهِ ذٰلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

“Sen yuzingni to’g’ridan-to’g’ri bu dinga; Alloh insonlarni yaratgan fitratga bur. Allohni yaratganini o’rnini bosadigan narsa yo’q. Sog’lom din mana shudir. Lekin insonlarning ko’pchiligi bularni bilmaydilar.” (Rum 30/30)

Ilk nozil qilingan oyatlar fitratga ya’ni, yaratilish qonuniga diqqatni jalb qilishi ham juda muhim bir mas’aladir.

“Rabbingning nomi bilan (borliqlarni/tabiatni) o’qi, yaratgan Udir! U, insonlarni bir-biri bilan bog’liq/aloqador qilib yaratdi. O’qi! Rabbing cheksiz ne’mat egasidir. U qalam bilan o’rgatdi. Insonga bilmagan narsasini o’rgatdi.” (Alaq 96/1-5)

Qur’onning katta bir qismi tabiatdagi borliqlarga diqqatni jalb qiladi. Qur’onni, Arabchani va o’z muataxassisligi borasida fitrat oyatlaridan xabardor bo’lganlar bilan birgalkda ko’plab ilmiy izlanishlar olib bordik. Shunga amin bo’ldikki; bu sistema, mavjud bilimlar tomon olg’a qadam bosishga dalda bo’lmoqda.

Alloh taolo, avvalo Odam alayhissalomga fitratni, borliqlarning ichida yashirilgan ma;lumot va ilmlarni o’rgatdi. Chunki “وَعَلَّمَ آدَمَ الأَسْمَاء كُلَّهَا – odamga o’sha ismlarning barchasini o’rgatdi” jumlasidagi ismlarga ishorat qilguvchi zamir, aqlsiz borliqlar uchun qo’laniladigan  ها zamiridir. Hazrati Odam, tabiatda bor bo’lgan ammo farishtalarni xabari bo’lmagan ilmlarni o’rganishi natijasida ها zamirining o’rniga aqili borliqlar uchun qo’llaniladigan   هم zamiri ishlatildi va jumla: ثُمَّ عَرَضَهُمْ عَلَى الْمَلاَئِكَةِ...-so’ngra ularni (o’sha ilm manba’larini) farishtalarga ko’rsatdi” shakliga aylantirildi. Chunki aql, insonning foydalanadigan ma’lumot ma’nosida ham[8] ishlatiladi. Farishtalarning – aqlsiz deb bilgan borliqlarda ular bilmagan ilm bor edi. U ilm, tashqaridan qaralganda ko’rilmagani uchun, Alloh taolo uni “g’oyb” dedi va farishtalarga shunday dedi: “Men osmonlaru yerdagi g’oybni (yashirilganini/berkitilganini) bilaman.” (Baqara 2/33)

Alloh taolo Odamni, mana shu ilm orqali ustun qildi, farishtalar shuning uchun Odamga sajda qildilar. Bu ilm, insonni bilim va madaniyat ijod etguvchi bir borliq qildi. Eng bilimdon inson Odam alayhissalomdir. O’sha ilm unga yozilgan holatda o’rgatilgan. “U, qalam bilan o’rgatkandir, insonga bilmagan narsasini o’rgatdi.” (Alaq 96/4-5)

 

To’g’ri hukm berish qobiliyati

To’g’ri hukm berish qobiliyatiga ham hikmat deyiladi. Bir oyatda shunday deyiladi:

يُؤتِي الْحِكْمَةَ مَن يَشَاء وَمَن يُؤْتَ الْحِكْمَةَ فَقَدْ أُوتِيَ خَيْرًا كَثِيرًا وَمَا يَذَّكَّرُ إِلاَّ أُوْلُواْ الأَلْبَابِ

“U, to’g’ri tanlovda bo’lganlarga hikmat beradi. Kimga hikmat berilgan bo’lsa, demak unga ko’plab yaxshiliklar berilgan bo’ladi. Bu bilimga – sog’lom fikrli (ulul albab) bo’lganlardan boshqasi ega bo’la olmaydi.[9](Baqara 2/269)

Nabiy alayhissalom shunday degani rivoyat qilinadi:

لاَ حَسَدَ إِلَّا فِي اثْنَتَيْنِ: رَجُلٌ آتَاهُ اللَّهُ مَالًا فَسُلِّطَ عَلَى هَلَكَتِهِ فِي الحَقِّ، وَرَجُلٌ آتَاهُ اللَّهُ الحِكْمَةَ فَهُوَ يَقْضِي بِهَا وَيُعَلِّمُهَا

“Ikki toifa insondan boshqasiga hasad qilinmaydi. Ulardan biri – Alloh unga bergan rizqni o’z o’rnida sarflaydi, ikkinchisi esa, Alloh unga hikmat bergan kishiki – qarorini unga ko’ra beradi va uni o’rgatadi.”[10]

Ibn Abbos aytadiki: Nabiy alayhissalom meni bag’riba bosdi va shunday dedi: Allohim, bunga hikmat ber.[11]

Bu oyat va hadislar, hikmat ya’ni, to’g’ri hukum berish qobiliyatini o’rganib olinishi mumkin bo’lgan narsa ekanini bildiradi. Ibrohim alayhissalom Ka’bani bino qilganlaridan keyin, Makka axolisi haqida Allohga qilga iltijosi ham huddi shu narsani anglatmoqda:

“Robbimiz! Bularni o’zlarini ichidan – ularga Sening oyatlaringni o’qiydigan, Kitob va Hikmatni o’rgatadigan va ularni yetishtiradigan bir elchi chiqar! Ustun bo’lgan, to’g’ri qaror bergan Sensan!” (Baqara 2/129)

Ibrohim layhissalomni duosini qabul bo’lganini ko’rsatgan oyat shu:

 لَقَدْ مَنَّ اللَّـهُ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ إِذْ بَعَثَ فِيهِمْ رَسُولًا مِّنْ أَنفُسِهِمْ يَتْلُو عَلَيْهِمْ آيَاتِهِ وَيُزَكِّيهِمْ وَيُعَلِّمُهُمُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَإِن كَانُوا مِن قَبْلُ لَفِي ضَلَالٍ مُّبِينٍ

“Alloh – ichlaridan bir elchi chiqarib, bu mo’minlarga yaxshilik qildi. Bu elchi, ularga Allohning oyatlarini o’qiydi, ularni kelishtiradi, ularga Kitob va hikmatni o’rgatadi. Ular avvallari ochiq bir zalolatda edilar.” (Oli Imron 3/164)

Qur’ondan to’g’ri hukm chiqarish haqida, Alloh taolo nabiyimizga shunday buyurgan:

إِنَّا أَنزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ لِتَحْكُمَ بَيْنَ النَّاسِ بِمَا أَرَاكَ اللّهُ وَلاَ تَكُن لِّلْخَآئِنِينَ خَصِيمًا

“Haqiqat/to’g’riliklarni o’z ichiga olgan bu Kitobni senga – insonlar orasida senga Alloh ko’rsatgan usulga ko’ra hukm qilishing uchun nozil qildik. Aslo xoinlarning tarafdori bo’lma.” (Niso 4/105)

Vazifasiga aloqador bo’lgan har bir gapi, har bir harakati va tasdiqlagan har bir holat, u kishining Qur’ondan chiqargan hikmatidir. Nabiy alayhissalom shunday degani rivoyat qilinadi:

Ogoh bo’linglar! Menga Qur’on va u bilan birgalikda unign misli berildi[12].

Sizlardan birontangiz, suyanchig’iga suyanib olib, men aytgan buyruq yoki man qilgan taqiqim haqida shunday deganini aslo ko’rmay: “Biz bilmaymiz, biz Allohning Kitobida ko’rgan narsamizga ergashamiz.”[13]

Qur’onning ichidagi Hikmat, tuproqning ichidagi vitamin-o’g’it va kon kabidir. Bir-biri bilan biriktirilgandir. Tuproqdan konni ajratib olish uchun, qanday bir ilm odamlariga, asbob-uskunaga, aniq tashxis va bu sohada ishlaydigan butun boshlik bir tashkilotga ehtiyoj tuyulsa, huddi shunday, Qur’ondagi Hikmatga erishish uchun ham huddi shu sohadagi mutaxassislar va izlanishlarga ehtiyoj tuyuladi. Qur’onda ochiqlab berilgan bu Hikmat, Nabiy alayhissalomdan so’ng tez vaqt ichida unutilib ketganini guvohi bo’lmoqdamiz. Chunki barcha muammolarni hal qilgan, borgan joylariga o’zlari bilan birga ilm va madaniyat olib borgan va insonlarning vatanlari va yurtlarini emas, balki ularning qaqlblarini fath qilgan musulmonlarning o’rnini, ulardan keyin, muammolarning ini bo’lgan va hal etib bo’lmas bir g’alva-tashvishlar keltirib chiqargan musulmonlar egalladi. Nabiyimiz hikmat o’rgatkan sahobalar borib hukm surgan joylarning barchasida hozirgacha musulmon xalq yashayotgani shu sabablidir. Ammo sahobalardan keyin borilgan yerlarda faqatgina o’tkinchi hukimdorlik va yuzaki saltanat qurila olingan xolos. Chunki u yerlarga Hikmat olib borilmagan.

 

Hikmat – Sunnat va Sunnat – Vahiy aloqadorligi 

Imom Shofeiy Sunnatni Hikmat deb aytgan. Uning so’zlaridan ba’zilari shulardir:

“Qur’on ilmiga ega bo’lgan ishonchli bir zotdan shuni eshitdim: Hikmat – Allohning Elchisining Sunnatidir. Hikmat – Qur’onga tobe qilingan, Kitob va Hikmat ilmini o’rganishni Alloh O’z qullariga bergan buyuk bir ne’mati hisoblangan holda, to’g’risini Alloh biladi, lekin bu yerdagi Hikmatga Allohning Elchisini Sunnatidan boshqa narsa deb bo’lmaydi.[14]

Imom Shofeiyning bu gaplariga qo’shilmaslikni aslo ilojisi yo’qdir. Nabiyimiz ummatiga o’rgatkan narsasining biri Qur’on va ikkinchisi esa Sunnat ekaniga ittifor etilganiga ko’ra, Sunnatni Hikmatdan boshqa narsa bo’lishi aslo mumkin bo’lmagan narsadir. Ammo Imom Shofeiyni quyidagi so’zlariga qo’shilishni ilojisi yo’q:

“Alloh Elchisining Sunnati – Alloh tarafidan uning om va xos hukmlaridagi murodini ochiqlaydi. Undagi hikmatni O’z Kitobi bilan barobar qilgan va uni Kitobga aloqador qilgan. Buni, yaratgan narsalari ichida Elchisidan boshqasi uchun ravo  ko’rmagan.[15]

Oli Imron sirasining 81- oyatida, kitob va hikmatni barcha nabiylarga berilgani ochiq ifoda qilingani uchun, Imom Shofeiyning yuqoridagi fikrining oxirgi jumlasi aslo qabul qilinishi mumkin emas. Chunki bu oyat uning fikriga mutlaqo zid kelmoqda. Bundan tashqari, agar Sunnat Alohning murodini ochiqlaydigan bo’lsa edi, Nabiy alayhissalom Qur’onni uyg’ulayotgan vaqtlarida aslo va aslo xatoga qo’l urmasliklari kerak edi. Chunki, Alloh taolo avval unga bir xato ishni qildirib, keyin uni tuzattirishga amr qilgan emas.

Bir kuni, Abu Sufyon boshchiligidagi bir karvon Shomdan kelayotgani eshitildi. Nabiyimiz bir qism Musulmonlar bilan karonni qo’lga kiritish uchun (Makkadan surgun qilingan va qochib chiqqan Madinadagi Musulmonlar, Abu Sufyon va boshqa Makkali mushriklardan haqlarini talab qilish uchun) yo’lga chiqtilar. Bundan xabar topgan Makkaliklar ham karvonni himoya qilish uchun askar yuborishdi. Alloh taolo, yo karvonni yoki Makkalik askarlarni Musulmonlarga berishini va’da qildi. Aloqador oyat shunday:

“Alloh so’z bergan edi-ki, u ikki guruhdan biri albatta sizlarniki bo’lishi aniqdir. Sizlar qurolsiz bo’lganni (karvonni)” istar edingiz. Alloh esa, (sizlarga ham bildirgan) so’zlari bilan bergan va’dasini ro’yobga chiqarmoqchi va o’sha kofirlarni yo’q qilishni istar edi. Va’dasini amalga oshirish va o’sha botilni (kirgan yo’llari noto’g’ri ekanini) o’rtaga chiqarish uchun shunday qilgan edi. Bu narsa o’sha gunohkorlarga yoqmasa-yoqmasin.” (Anfol 8/7-8)

Musulmonlar karvonni qo’ldan chiqardilar va kutilmagan holda Badrda Makka askarlari bilan yuzma-yuz kelib qolishdi, ammo qonli urush haqidagi Alloh bildirgan qonun-qoidalariga rioya qilmadilar. Qonun-qoidalar shulardan iborat edi:

“Kofirlar bilan jangda yuzma-yuz kelganingizda, ularni qirib tashlanglar. Ularni samarasiz holga keltirguningizcha qattiq muhofazali nazorat ostiga olinglar. So’ngra, asirlarni yo tekin/evazsiz yoki fidya evaziga ozod qilinglar-ki, urushning og’ir asorati qolmasin.” (Muhammad 47/4)

“Uurshda ustunlikni qo’lga kirgizsang, ularni shunday parchalab tashlagin-ki, ularni orqalaridagilar ham tarqalib ketsinlar. Balki aqillari kirar.” (Anfol 8/57)

“Dushmanni orqasidan quvlashda sustkashlik qilmanglar. Sizlar alam/og’riq his etayotgan bo’lsangizlar – ular ham siz abi alam/og’riq his qilishmoqda. Hamda sizlarni Alloh tarafidan kutgan narsalaringiz bor, ularni esa bundan kutgan narsasi yo’q. Alloh – har narsani bilguvchi va to’g’ri qaror berguvchidir.” (Niso 4/104)

Badrda Musulmonlar butun kuchlari bilan urishib, dushmanga og’ir bir zarba berdilar. Ammo orqaga chekinib qochgan dushmanni orqasidan borib kuchsiz va samarasiz holga keltirmadilar, orqasidan quvimadilar. Aksincha, ulardan qolgan g’animatlarni va bir oz asirlarni olib Madinaga qaytishdi. Alloh taolo, bunday harakat gunoh ekanini bildirdi:

“Jang maydonida dushmanni samarasiz holga olib kelmay turib, hech bir nabiyning asir olishga haqqi yo’qdir. Sizlar dunyo molini hoxlayapsizlar, Alloh esa keyingilikni hoxlayapti. Ustun kelguvchi va to’g’ri qaror berguvchi Allohdir. (Rumlilar yengilgan kuni sizlarni hursand qilishini) Alloh avvaldan yozib qo’ymaganda edi, olgan asirlaringiz tufayli, boshingizga katta bir talofat kelishi aniq edi.” (Anfol 8/67-68)

Nabiyimizning bu harakati hikmatga uyg’un emasdi. “Allloh, haqiqatni o’rtaga chiqarishni va o’sha kofirlarni yo’q qilishni[16]” hoxlar edi ammo Musulmonlar, hikmatga ko’ra harakat qilmaganlari uchun, Makkagacha borib, u yerni fath qilish imkoniyatini qo’ldan chiqardilar.

Hijrating 6-yilida, Hudaybiya kelishuvi bilan bu fursatga yana bir bor ega bo’lishgan edi. Makkadan qaytayotjanda nozil qilingan “Fath Surasi”da shunday boshlanadi:

“(Makka) Fathining oldidagi qarshiliklarni sen uchun mutlaqo olib tashladik. Alloh buni – avvalgi va keyingi gunohlaringni kechirish uchun, senga bo’lgan yaxshiligini tamomlash va seni to’g’ri yo’lga yo’llash uchun qildi. (Fath 48/1-2)

 

Nabiyimizning Abasa Surasidagi shu oyatlarda bildirilgan bir xatosi ham bor edi:

“O’sha ko’r[17] sening yoninga kelganda[18] yuzingni burushtirding va orqaga o’girilding. Nima deb o’ylaysan, balki u o’zini kelishtirar edi yoki biron eslatmaga ega bo’lib[19], o’sha eslatma unga asqotib qolarmidi? Senga ehtiyoji bo’lmagan kishiga kelsak, go’yoki sen unga emas, balki devorga gapiryapsan! U o’zini kelishtirishidan senga nima! Shunday qilib, sening yoninga g’ayrat qilib kelgan kishi Allohdan qo’rqqan biri edi. Ammo sen u bilan umuman qiziqmading.” (Abasa 80/1-10)

Alloh taolo: “”Biron narsa istagan va so’ragan kishiga e’tiborsiz bo’lma![20]” amriga ko’ra, bu harakatini taqiqlagan edi. Bundan boshqa yana shunday bir buyrug’i bor edi:

وَلاَ تَطْرُدِ الَّذِينَ يَدْعُونَ رَبَّهُم بِالْغَدَاةِ وَالْعَشِيِّ يُرِيدُونَ وَجْهَهُ مَا عَلَيْكَ مِنْ حِسَابِهِم مِّن شَيْءٍ وَمَا مِنْ حِسَابِكَ عَلَيْهِم مِّن شَيْءٍ فَتَطْرُدَهُمْ فَتَكُونَ مِنَ الظَّالِمِينَ

“Kecha-kunduz duo qilib Robbisidan e’tibor istaganlarni yoningdan quvma/uzoqlashtirma! Ularning hisobi sendan so’ralmaydi. Sening hisobing ham ulardan so’ralmaydi. Ularni yoningdan uzoqlashtirsang xatoga qo’l urganlardan bo’lasan.” (An’om 6/52)

“Alloh sening avvalgi va keyingi gunohlaringni kechirsin” oyatidagi gunohlar mana shular bo’lishi mumkin.

Fathga aloqador bo’lgan istig’forning  vaqti, Makkaning fathidan oldin nozil bo’lgan[21] shu oyatlarda ochiqlangan:

‘Allohning yordami kelib fath ro’yobga chiqqanda insonlarning to’p-to’p bo’lib Allohning diniga kirayotkanlarini ko’rganingda, har narsani chiroyli qilgan Robbinga yo’nal va kechirim so’ra! U – Unga yo’nalganni qabul qiladi.” (Nasr 110/1-3)

“Aval qilgan xatoyingni tuzat, keyin kechirim so’ra;” bu juda ham muhim bir masaladir. Bu oyatlar, musulmonlarning hayotida keskin o’zgarishlarga asos bo’ladigan bir jihatdir. Ammo, aloqador oyatlar bir oraga keltirib, ulardan to’g’ri qaror chiqarish ilmi hisoblangan hikmat usuli o’rtadan olib tashlangani uchun, yuqoridagi oyatlarga juda zid va ters ma’nolar va tarjimalar berilishga olib borgan. Masalan, ham Saudiya Arabiston va hamda Turkiya diniy idora fondi tarafidan millionlarcha nusxasi bosilgan Qur’oni Karim va ochiqlamali Qur’on tarjimalarida, Fath surasining ilk oyatlariga aloqador bir ochiqlama qilingan. Ochiqlamalar yaxshiroq tushunilishi uchun, avval oyatlarga berilgan ma’nolarni  keltiramiz:

“(Makka) Fathining oldidagi qarshiliklarni sen uchun mutlaqo olib tashladik. Alloh buni – avvalgi va keyingi gunohlaringni kechirish uchun, senga bo’lgan yaxshiligini tamomlash va seni to’g’ri yo’lga yo’llash uchun qildi. Buning yana bir sababi esa, Allohni senga kuchli bir yordam berishidir. (Fath 48/1-3)

Ochiqlama shundaydir:

“O’tmishda va kelajakda gunohdan uzoq qilingan Nabiyga tamomlangan Ilohiy ne’mat, Makka va Toifning fathi, dunyoda sharafini yuksaltirish uchun, zafar va yordamga erishishi uchun qarshi chiqqanlarni bo’yin egishi shaklida tajalliy etkandir…[22]

Alloh taolo uning gunohini kechirishi haqida ochiqcha aytib turganda, ular uning avvalda va oxirda gunohdan uzoqlashtirilganini tafsir qilishmoqda. Bular bu ifodalari bilan, hosho, Allohni bilmagan narsalarini Allohga eslatib, Uni xatosini tuzatmoqchi bo’lishyaptimi?

Nabiyimizning kelajakdagi gunohini kechirilish haqidagi oyatga ma’no berayotib, nahotki mana bu oyatga bergan ma’nolarini unutib qo’ydilarmi?

“Aytingki: ‘Ilk elchi men emasman. Menga ham sizlarga ham nima bo’lishini bilmayman. Men faqatgina – menga vahiy qilingan narsaga ergashaman. Men faqatgina – to’g’rilarni ochiqlab beruvchi bir elchiman xolos.” (Ahqof 46/9)

Eng achinarlisi, bularni bu zotlarga maxsus bir xato deb hisoblanmasligidir.

 

Kitob-Sunnat burtunligi nuqtai nazaridan, Safo bilan Marvo orasidagi sa’y.

Imom Shofeiy shunday deydi:

“Nabiyimizning sunnatlarini uch jihati borligi haqida farqli fikrga borgan bironta olimni bilmayman. Uni ittifoqan ikkiga tushurdilar. Chuki avvalgi ikkisi huddi bir nuqtada birlashgan ikki olt dolga o’xshaydi:

  1. Qur’onda dalil bo’lgan bir xususda, Alloh Elchisining Qur’on dalili kabi ochiqlashi.
  2. Qur’onda qisqa keltirilgan mavzularda Allohdan olgan holda Uning murodini ochiqlab berishi.

Bu ikki masalada ixtilof yo’qdir.

3- Alloh Elchisining, Qur’onda dalili bo’lmagan masalalarda keltirgan sunnat. (Ixtilof bu yerdadir.)

Ba’zilarga ko’ra, Alloh O’z Elchisiga itoat qilishni farz qilishi va rizosiga mos harakat qilishini bilgani sababli, Kitobda dalili bo’lmagan narsalarda Nbaiyga sunnat qo’yish haqqi berilganidir…

Boshqa bir insonlarga ko’ra esa, bu masalada unga Allohning amri (risolati) kelgan va Allohni farz qilishi bilan uning sunnati sobit qilingandir.

Yana kimlargadir ko’ra, uning sunnati, Alloh taolo tarafidan uning qalbiga qo’yilgan hikmatdir[23].”

Allohning Elchisi, Qur’onda dalili bo’lmagan masalalarda sunnat keltiradigan bo’lsa, Kitob-Sunnat butunligi degan gapga aslo o’rin qolmaydi. An’anaviy davom etib kelgan dinga ko’ra mana shu qoidalrga ko’ra usullar yozilgan, ba’zan-ba’zan ochiq oyatlar bir chekkaga olib qo’yilib, unga mutlaqo zid bo’lgan hadisdan foydalanilgan. B’zan esa, ham oyat va ham hadis bir chekkaga surib qo’yilib, boshqa bir yo’l ochilgan. Izlanishlarimizni tekshirib chiqqanlar bunga o’nlab misollar ko’rishi mumkin. Safo bilan Marvo orasidagi sa’yni misol qilib keltirib, hikmatdan bexabar bo’lishlik faqihlarni ne ahvolga solib qo’yganini ko’rishga urinamiz. Alloh taolo shunday buyuradi:

“Safo bilan Marvo – Allohga qullik qilishning ramziy bir belgilaridandir. Kimki, haj yoki umra qilish niyyatida Ka’bani tavof qilsa, u ikkisini sa’y qilishida bir gunoh yo’qdir. Kimki bir yaxshilikni o’z ixtiyori bilan qilsa, bilsinki, har narsani bilguvchi va qilingan yaxshilikni mukofotini to’la qilib beruvchi Allohdir.” (Baqara 2/158)

“Sa’y qilishida bir gunoh yo’qdir” so’zi, hech kimga sa’y vazifasini yuklamaydi, ammo Alloh Elchisidan shunday rivoyat qilingani aytiladi;

 اسْعَوْا فَإِنَّ اللَّهَ كَتَبَ عَلَيْكُمْ السَّعْي

“Sa’y qilinglar, chunki Alloh sizlarga sa’y qilishni farz qilgandir.”[24]

Imom Navaviy Muslimning sharhida mavzuga aloqador shunday yozadi:

“Sahobadan, Tobeindan va keyingi ulamolardan katta bir qismiga ko’ra Safo bilan Marvo orasida sa’y qilish hajning tayanchlaridandir; u bo’lmasa haj bo’lmaydi. Uning cholasi qon bilan (qo’y  yoki echki) yoki boshqa bir narsa bilan to’ldiriladi. Imom Molik, Shofeiy, Ahmad, Ishaq va Abu Savr bu fikrda bo’lganlardan. Salafi solihinlardan ba’zilari esa, bu narsa nofila/tavattu’ bir ibodat ekanini bildirishgan. Abu Hanifaga ko’ra esa sa’y vojibdir, tark qilgan ishi gunohkor bo’ladi, ammo uni o’rniga bir qon (qo’y yoki echki) so’ysa haji komil hisoblanadi.[25]

 

Navaviy o’zining al-Majmuida shu ilovalarni qoldirgan:

Ibn Mas’ud, Ubayy b. Ka’b, Ibn Abbos, Ibn az-Zubayr, Anas va Ibn Sirinlar sa’yni tavattu’/nafl ekanini, rukn/tayanch yko vojib emasligini, sa’y qilmagan kishi bironta jonli so’yishi kerak emasligini aytishgan. Mazhabimizga ko’ra sa’y – haj va umraning tayanchlaridan biridir, u bo’lmasa bular ham tamomlanmaydi. Qon (qo’y yoki echki so’yish) uning kamchiligini to’ldirmaydi. Bitta qadam kam bo’lsa ham haj hisoblanmaydi va ehromdan chiqa olmaydi. Oisha, Molik, Ishoq, Abu Savr, Dovud va bir rivoyatga ko’ra Ahmad bu fikrdadir.

Ibn al-Munzir ayttiki: Abu Tijrohning qizi qilgan rivoyat agar sobit bo’lsa – sa’y rukndir. Hadis shunday: “Sa’y qilinglar, chunki Alloh sizlarga sa’yni yozdi.” Shofeiy dediki:Agar bu hadis bo’lmasa edi, sa’y nofila bo’lar edi. Sa’yni nofila deganlar oyatga asoslanganlardir. Chinki “sa’yning gunoh bo’lmasligi” farz ekanligini emas, balki muboh ekanini ko’rsatadi.[26]

Hanafiylarning bu masaladagi fikrlarini Saraxsiy shunday tushuntiradi:

“Shofeiyga ko’ra sa’y – haj va umraning rukn/tayanchlaridandir, usiz haj bo’lmaydi, hech kimning haj yoki umrasi to’liq hisoblanmaydi. Uning dalili, Nabiy alayhissalomning Safo bilan Marvo o’rtasida sa’y qilganidan so’ng, sahobalariga aytgan shu gaplaridir: “إن الله كتب عليكم السعي فاسعوا” Aloh sizlarga sa’yni yozdi, sa;y qilinglar.” Yozilgan narsa rukndir. Nabiyimiz bir safar shunday deganlar: ما أتم الله تعالى لامرئ حجة ولا عمرة لا يطوف لها بين الصفا والمروة  = Alloh taolo, Safo bilan Marvo orasida sa’y qilmagan kishining na hajini va na umrasini to’liq deb hisoblamaydi.”

Dalilimiz Alloh taoloning ushbu oyatidir: “Kimki haj yoki umra niyyati bilan Ka’bani tavof qilsa, u ikkisi orasida sa’y qilishida biron gunoh yo’qdir.” Bunday bir oyat vojib uchun emas, balki muboh uchundir. Shu sababli, oyatning zohiri sa’yni vojib emasligini bildiradi. Ammo biz, sa’yning vojib degan hukmni –  oyatning zohirini tark qilib, ijmo daliliga suyanib chiqardik.[27]

Keltirgan misolimizda ko’rilganidek to’rtala mazhab ham sa’y masalasida, oyat va hadislar orasida ziddiyat ko’rgan va oyat bilan hadislar bir biriga ixtilofli deb bilishgan. Shofeiy va Imom Molik mazhablari, bir rivoyatga ko’ra Hanbaliylar ham oyatni qo’yib hadisni olishgan. Hanafiylar esa, hadisni qo’yib oyatga amal qilganini aytishgan, ammo u vaziyatda barqaror qola olmasdan, oyatni ham asoslikdan chiqarib, bo’lmagan bir ijmoga asoslanib sa’yni vojib degan to’xtamga borishgan. Hanafiylar vojib deb bergan hukmlari boshqa mazhablarda bo’lmagani uchun, bunday bir holatda aslo va aslo ijmo bo’lishi mumkin emas. Demak, ularning ta’rifiga ko’ra bor deb bilingan ijmo aslida yo’q narsadir, balki aksincha, barcha bu mazhablar foydalangan usul va qoidalar yo’qdir.

Bu masalaga Qur’on va Sunnat butunligi nuqtai nazaridan qaraladigan bo’lsa, shu narsa o’rtaga chiqadiki; Johiliyat davrida Safo bilan Marvo tepaliklarida Qurayshliklarga tegishli Isaf va Nila nomli ikki put bo’lgan[28], ularning orasida sa’y qilishar edi. “Johiliyat odamlari sa’yni putlari uchun qilishmoqda.” deb Musulmonlar sa’yni tark qilishdi[29]. Yuqoridagi oyat, sa’yni putlar uchun  emas balki Alloh uchun qilinishini, Safo bilan Marvo Allohga ibodat qilishning ramziy belgilaridan biri ekanini bildirdi.

“Sa’y qilinglar, chunki Alloh sizlarga sa’yni farz qilgan”[30] hadisini, Qur’ondan chiqarilgan bir hikmat ekanini bilish uchun, yuqoridagi oyatni ochiqlagan huddi shunga o’xshash yana bir oyatni topish kerak. Chunki, hikmatga ega bo’lishning bittayu bitta yo’li mana shudir. Alloh taoloshunday marhamat qiladi:

“Alif! Lam! Ro! Bu shunday bir kitobdirki, uning oyatlari muhkam qilingandir hamda to’g’ri qaror berguchi va har narsaning ich tarafini ham bilguvchi Alloh tarafidan ochiqlangandir. Bunday bo’lishi – Allohdan boshqasiga qullik qilmasliklaringiz uchundir. (Ayringki:) Men esa o’sha kitob bilan sizlarni ogohlantiruvchi va hushxabar berguvchi kishiman.” (Hud 11/1-3)

Shu maqsatda Qur’onga murojaat qiladigan bo’lsak, bu oyat yuqoriadagi oyatni ochiqlab berganini bilib olamiz:

“Haj va umrani Alloh uchun tamomlanglar.” (Baqara 2/196)

Haj va umraing barobar tayanchlari tavof va sa’ydir. Oyatdagi “Har kim haj yoki umra niyyati bilan Ka’bani tavof etsa…”deb keltirilishga ko’ra tavof etish xususida biron bir kamchilik bo’lmaganiga guvoh bo’lamiz. Unday bo’lsa, bitta kamchilik – gunohkor bo’lmash uchun tark qilingan sa’ydir. O’sha kamchilikni to’ldirish buyrug’i berilgani uchunNabiyimizni shu so’zlari o’sha buyruqning natijasidir:

ما أتم الله تعالى لامرئ حجة ولا عمرة لا يطوف لها بين الصفا والمروة

“Alloh taolo, Safo bilan Marvo orasida sa’y qilmagan kishining na hajini va na umrasini to’liq deb hisoblamaydi.”

“Alloh sizlarga sa’yni farz qildi, sa’y qilinglar.”

Oisha onamizning shu so’zlari, bu masala ular tarafidan to’liq yechilganini ko’rsatadi:

 لعمري ما أتم الله حج من لم يسع بين الصفا والمروة ولا عمرته

“Hayotimga qasam ichaman, Safo bilan Marvo o’rasida sa’y qilmagan kishining na haji va na umrasi Alloh to’liq deb hisoblamaydi.[31]

Shunday qilib, Qur’on bilan Sunnat orasida ham, Qur’on bilan sahoba so’zi o’rtasida ham to’liq bir bog’liqlik va bir-biriga uyg’unlik bor ekani o’rtaga chiqmoqda. Demak, Qur’ondagi va Nabiyimizni sahobalarga o’rgatkan hikmatning bir misoli shudir.

Qur’ondagi hikmatga Qur’on ko’rsatgan yo’l orqali ulashish usuli sahobalardan keyin unutilgani sababli, tafsirlarda Baqara surasidagi 196- oyatning “وَأَتِمُّواْ الْحَجَّ وَالْعُمْرَةَ لِلّه” bo’limi ochiqlana olinmagan.

Qur’on bilan Sunnat butunligi o’rtadan chiqqani – dinni tushunish va hayotga tatbiq qilishda so’ni ko’rinmas darajadagi xatolarga va muammolarga sabab bo’ldi. Sunnatni g’oyri matluv bir vahiydir deb hisoblanishi, Qur’on bilan Sunnat alohida ikki bir manba deb qabul qilinishi va Sunnatni Kitob uzra so’ngi so’zni aytguvchi hokim (السنة قاضية على الكتاب) deb bilinishi, o’sha xatolarning eng asosiylaridandir.

 

Nabiy alayhissalomning chiqargan Hikmati bilan insonlarning chiqargan hikmatini farqi     

Badr jangiga aloqador bo’lgan oyatlarda ko’rilgandek, Nabiyimizning chiqargan hukmlari to’g’ri bo’lgani Alloha taolo taraidan tasdiqlanmoqda, xato bir ishga qo’l urilganda esa, oyat bilan ogohlantirilib tuzatilmoqda. Demak, uning harakati va Alloh taoloning qarshi chiqmagani sobit bo’lgan hukmlarning barchasi hikmatdir, Musulmonlar ham unga ko’ra harakat qilishlari kerak. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Yo’q! Robbinga qasamki, bular ishonib suyanmaydilar. Ammo o’rtalarida ixtilofga tushgan narsalarida seni hakam qilib saylab, so’ngra bergan qaroringni ichlarida biron-bir siqilishsiz qabul qilib va to’liq taslimiyat ko’rsatsalar bu boshqa.” (Niso 4/65)

Musulmonlarda bunday bir nazorat bo’lmagani sababli, musulmonlar chiqargan hukmlarni Qr’on va Sunnat butunligi nuqtai nazaridan nazorat/kontrol ostiga olinishi kerak. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Ey mo’minlar, Allohga itoat qilinglar, bu Elchi olib kelgan kitobga itoat qilinglar va sizlardan bo’lgan o’z ishining ustasi/egasi bo’lganlarga ham. Agar ular bilan biron-bir masalada kelishmovchilikka tushib qolsalaring, uni Alloh va Elchisiga qarshilashtiring. Allohga va oxirat kuniga ishonsangizlar shunday qilasizlar. Shunday qilinishi yaxshiroq bo’ladi va juda chiroyli natija beradi.” (Niso 4/59)

Xulosa qilib shuni aytamizki, har qanday ishga qo’l urar ekanmiz, avvalo bu ishga Alloh taolo nima degan, Nabiy alayhissalom bu haqda qanday harakat qilgan, so’ngra esa musulmon bo’lgan va o’sha ishni ustasi va mutaxassisining ko’rsatmasiga ko’ra amalga oshirish kerak.

 

    Prof. Dr. Abdulaziz Bayindir. Sulaymoniya Vaqfi, Kitob va Hikmat Ilmiy-tadqiqot markazi. 

 

[1] Oyatdagi tartibi shunday: “Ibrohim, Isʼhoq, Yaʼqub, Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso, Horun, Nuh, Zakariyo, Yahyo, Iso, Ilyos, Ismoil, Alyasaʼ, Yunus va Lut (Alayhimussalom).

[2] Abu Ja’far Muhammad b. Jarir at-Tobariy (310-hj.), Tarixul Umam va valmuluk (Tarix at-Tobariy) Bayrut 1407, 1-jl, 187- sf, Az-Zamaxshariy (467-538hj.), al-Kashshof, A’lo surasining tafsiri.

[3] Har qanday inson o’z holatini Allohning Kitobi bilan yuzlashtirib ko’rmaguncha, to’g’ri yoki xato yo’lda ekanini aniqlay olmaydi. Buni o’rganganlardan kimlardir o’zini tuzatib oladilar, kimlardir bilib turib xato ishlarida davom etadilar. Bu narsa esa, ularga nabiy va kitob yuborilgan xalq orasidagi ko’plab ixtiloflarga sabab bo’ladi.

[4] Oyatdagi  من يشاء = man yasha’ kalimasiga  “kerakli ishni qilish”, ‘talab qilinganidek harakat qilish” ma’nolarni berdik. Chunki “sha’a” qildi, bajardi deganidir. Har qanday holat va har bir Alloh yaratgan borliq shay’ ta’siri ostiga kiradi va har bir borliq bir qonun-qoidaga ko’ra yaratiladi va paydo bo’ladi. Qonun-qoidasiz va tartibsiz yaratilgan narsaning o’zi yo’q. Yaxshilikning qonun-quroli bo’lganidek, yaxshilikni ham qonun-quroli bor. Namoz o’qish uchun uning qurollari ya’ni shartlariga amal qilish kerak. O’g’rilik qilishning ham shart-sharoiti bor. Alloh namozga buyurgan, o’g’rilikdan man’ qilib harom qilgan. Yaxshilikni ham yomonlikni ham o’lchilarini belgilab qo’ygan, bulardan qaysidir birini qilmoqchi bo’lganlar uchun kerakli  shart va imkoniyatlarni yaratib bergan Allohdir. Shu sababli “sha’a ” fe’li inson uchun qo’llanilganda “o’lchilarga ko’ra harakat qildi” degani bo’ladi. Yaxshini ham yomonni ham yaratkan Alloh bo’lgani uchun, foili Aloh bo’lgan sha’a fe’lining ma’nosi “narsa yoki narsaning o’lchisini paydo qildi” bo’ladi. Alloh taolo “Bir narsani paydo qilishni xohlaganda faqatgina  “bo’l” deydi, so’ngra o’sha narsa paydo bo’ladi.” (Yasin 36/82) Shu sababli, foili Alloh bo’lgan sha’a fe’li, o’sha masalada Allohning bo’l degan buyrug’ini chiqqanini bildiradi. Natijada o’sha narsa paydo bo’ladi.

[5] قليلا  Kalimasining ikkita asosiy ma’nosi bo’lib; birinchisi ozlik, ikkinchisi esa davomsiz, o’tkinchi beqarordir. Bir yerda davomli qolmagan kishiga تَقَلقلَ الرَّجُل deyiladi. (Ahmad b. Foris b. Zakariyo al-Kazvini, ar-Roziy (vf. 395-hj. ) Mu’jamu maqoyis al-lug’a, tahqiq Abdussalom Muhammad Horun, 1399/1979, 5-jl, 3-sf.

[6]   (الحِكْمَةُ), hukum (حكم) o’zagidan masdari nav’i bo’lib; hukmning to’g’ri bo’lgani ma’nosidadir.

[7] Tarjimon Osim, Qomus حبر moddasi.

[8] (علق), alaqoning ko’plik qolipidir (علقة); ozuqalanib ona rahmiga (bachadoniga) yapishkan tuhumdir.

[9] ألَبَّ بالمكان، أي أقام به ولزِمه. Ismoil b. Hammod al-Javhariy, as-Sihoh, tahqiq Ahmad Abdulg’ofur Attor, 3- nashr, Bayrut. (لب). أصلٌ صحيح يدلُّ على لزومٍ وثبات، وعلى خلوص وجَوْدة  O’zak ma’nosi – yopishib qolish, sof va yaxshi bo’lishdir. (Maqoyisullug’a)

[10] Buxoriy, ilm 15.

[11] Buxoriy, Fazoil al-Ashob, 24.

[12] Abu Dovud, Sunah 6, luzumussunnah. Hadisning rovilaridan Amr b. Kasir b. Dinorga aloqador bo’lgan Xalil Ahmad shunday deydi: “Bu shaxsning qachon yashagani noma’lum. Qo’limdagi barcha hadis kitoblarini va rijol kitoblarini barchasidan qidirdim, qanchalik izlansamda, topa olmadim.” (Mrj. Xalil Ahmad as-Sahoranfuriy, Bazlulmajhud fi halli Abi Davud, 18-jld, 126-sf. Darul kutubul ilmiyya Bayrut.)

[13] Abu Dovud, Sunnah 6 (4605).

[14] Imom Shofeiy (150-204 hj), ar-Risola, tahqiq va sharh; Ahmad Muhammad Shokir, Bayrut, paragraf 252, 254, 78-sf.

[15] Imom Shofeiy (150-204 hj), ar-Risola, oaragraf 257, 79-sf.

[16] Anfol 8/7.

[17] Suraning nozil bo’lish sababi bilan bog’liq bo’lgan rivoyat shunday: Abdulloh b. Ummu Maktum Allohning Elchisi alayhissalomgab kelib: “Ya Muhammad, meni yoninga ol ava ilm ber” dedi. Nabiyning yonida mushriklar orasidagi obro’li hisoblangan biri bor edi. Nabiyimiz undan yuzini burib, mushrikka sshunday deyayotgan edi: “Ey falonchining otasi, so’zlarimda bironbir muammo ko’ryapsanmi? U esa, (butlarga oqizilgan) qonlar haqqi uchun yo’q, so’zingda bir muammo ko’rmayapman deyayotgan edi.” (Muvatto, Qur’on, 8, Termiziy Tafsir al-Qur’an 72, (Menga o’rgat) ifodasi Termiziyda keltirilgan.

[18] :Biz” kalimasining o’rniga “men”, “u” ning o’rniga “ular” deb keltirilishi – Arab adabiyotidagi iltifot va so’z go’zalligini ifodalaydi. Turkiy tillarda so’z iltifoti yo’qligi sababli, noto’g’ri tushunchaga borib qolinmasin deb, tarjimaga iltifot ma’nosi berilmadi.

[19] Bilim/ma’lumot deb tarjima qilingan kalima

[20] Zuho 93/10

[21] Bu – ko’pchilikning ko’rishidir. Mrj. Abussuud al-Imodiy (v 982 hj) Irshodul Aqlis Salim ila mazaya al-Qur’an al-Karim, Bayrut, 9-j, 208-sf.

[22] Hayreddin Karaman, Ali O’zbek, Ibrohim Kofiy Do’nmaz, Mustafo Chag’irli, Sadruddin Kumush, Ali Turg’ut, Qur’oni Karimning ochiqlamali ma’nosi, TDV nashriyoti, Ankara 2005.

[23] Imom Shofeiy, ar-Risola paragraf 299-305, 91-93-sf.

[24] Ahmad b. Hanbal,6-jl, 421-sf, Ibn Huzayma 2765.

[25] Abu Zakariyo Muhyiddin b. Sharaf an-Navaviy, Sahihi Muslim bi sharhi an-Navaviy, Bayrut tarixsiz, Haj 43, 9-jl, 20-21- sf.

[26] An-Navaviy, Kitabul Majmu’ tahqiqchisi va ilovalar qo’shgan Muhammad Najib al-Muti’, Bayrut, tarixsiz, 8-jl, 65-66- sf.

[27] Saraxsiy, Shamsuddin, al-Mabsut, Misr 1324/1906 4-jl, 50- sf, Hanafiylarning ko’rishini shuinday tushuntiradi:

وحجتنا في ذلك قوله تعالى فمن حج البيت أو اعتمر فلا جناح عليه ان يطوف بهما ومثل هذا اللفظ للاباحة لا للايجاب فيقتضى ظاهر الآية ان لا يكون واجبا ولكنا تركنا هذا الظاهر في حكم الايجاب بدليل الاجماع …

[28] Ismouil b. Hammod al-Javhariy (v.393 hj.) as-Sihoh, tahqiq Ahmad abdulg’ofur Atto 4-bisma, Bayrut 1404/1984, اسف moddasi.

[29] Ahmad b. Ali b. Hajar al-Asqaloniy, (73-852 h.) Fathulboriy Sharhi Sahih al-Buxoriy Bayrut tarixsiz, 3-jl, 500-sf, Haj 79, Vujub as-Safo va al-Marvo.

[30] Ahmad b. Hanbal, 6-jl, 421-sf, Ibn Huzayma 2765.

[31] Muslim, Haj 260 (1277).

 

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
306 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Kitob va Hikmat tushunchasi 30.07.2018 306
2 Imon keltirishimiz farz bo’lgan Ilohiy Kitoblar 25.06.2018 178
3 Ahli kitobga muvofiqlashib borayotgan Musulmonlar 12.06.2018 107