Diniy javobgarlik qachon boshlanadi? ​(lotin/кирил)​
Musulmonlar > E'lonlar > Fatvolar > Qur'on va Musulmonlar Tarix: 23 Iyul 2018 Email This Post Email This Post

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi:

وَإِذْ أَخَذَ رَبُّكَ مِن بَنِي آدَمَ مِن ظُهُورِهِمْ ذُرِّيَّتَهُمْ وَأَشْهَدَهُمْ عَلَىٰ أَنفُسِهِمْ أَلَسْتُ بِرَبِّكُمْ ۖ قَالُوا بَلَىٰ ۛ شَهِدْنَا ۛ أَن تَقُولُوا يَوْمَ الْقِيَامَةِ إِنَّا كُنَّا عَنْ هَـٰذَا غَافِلِينَ ﴿١٧٢﴾ أَوْ تَقُولُوا إِنَّمَا أَشْرَكَ آبَاؤُنَا مِن قَبْلُ وَكُنَّا ذُرِّيَّةً مِّن بَعْدِهِمْ ۖ أَفَتُهْلِكُنَا بِمَا فَعَللَ الْمُبْطِلُونَ ﴿١٧٣﴾ وَكَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ الْآيَاتِ وَلَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ ﴿١٧٤﴾

Robbing, Odam o’g’illarining bellaridan nasllarini olgan(1) vaqtda, ularni o’zlarini o’zlariga guvoh qilib: “Men sizlarning Robbingiz/Egangiz emasmanmi?” dedi. Ular esa: “Ha, huddi shunday! Robbimizsan, biz bunga guvohmiz.” dedilar. Endi qiyomat kuni: “Biz bundan be xabar edik” deya olmaysizlar. Mana shuni ham ayta olmaysizlar: “Avvallari shirk qilganlar otalarimiz edi, bizlar esa, ulardan keyin kelgan bir nasl edik. O’sha botil ishga botganlarning qilmishlari tufayli bizlarni halok qilasanmi?” Mana shunday qilib oyatlarimizni op-ochiq qilib tushuntirib beramiz-ki, balki qaytarlar. (A’rof 7/172-174)

(1) “Bellaridan nasllarini olish” degani, naslga sabab bo’lgan tuhumni olish deganidir. Bu narsa, ayol kishilardagi ilk odat ko’radigan vaqtlarida, erkaklarda esa, ilk sperma ajraladigan vaqtlarda yuz beradi. Boshqacha qilib tushuntirganda, yigit va qizlarning jinsiy yetuklik va balog’at yoshiga kirishlik jarayonida, Alloh taolo ularning har birini o’ziga o’zini guvoh qilib keltiradi, shundan song u insonning diniy javobgarligi boshlanadi. Ana o’sha vaqtdan boshlab halol-harom va imon-e’tiqod masalalari haqida javobgarligi boshlanadi.

Har qanday aqli noqis bo’lmagan inson, olti yetti yoshidan boshlab yon-atrofidagi tabiat borliqlarini, o’z vujudida bo’lib o’tayotgan voqea va hodisalarni, osmonlaru yerni va undagi harakatlarni ko’rib, ongli ravishda ich-ichidan bu borliqlarning egasi borligini tushunib yetishni boshlaydi. Natijada, inson egalik qila olmagan narsalarga boshqa kimdur egalik qilib turadi, aks holda bir hil davom etarmidi bu olam deb ich ichidan bu olamning bir yaratguvchisi borligiga ishonch hosil qila boshlaydi. Shuning uchun, Allohning bironta ham nabiysi insonlarga; “Alloh bordir” deb emas, balki: “Allohdan boshqasiga qullik qilmanglar” deb da’vat qilishgan, chunki Allohning borligini inkor qiladigan odamning o’zi yo’q dunyoda.


Аллоҳ таоло Қуръони Каримда шундай марҳамат қилади:

Роббинг, Одам ўғилларининг белларидан наслларини олган(1) вақтда, уларни ўзларини ўзларига гувоҳ қилиб: “Мен сизларнинг Роббингиз/Эгангиз эмасманми?” деди. Улар эса: “Ҳа, ҳудди шундай! Роббимизсан, биз бунга гувоҳмиз.” дедилар. Энди қиёмат куни: “Биз бундан бе хабар эдик” дея олмайсизлар. Мана шуни ҳам айта олмайсизлар: “Авваллари ширк қилганлар оталаримиз эди, бизлар эса, улардан кейин келган бир насл эдик. Ўша ботил ишга ботганларнинг қилмишлари туфайли бизларни ҳалок қиласанми?” Мана шундай қилиб оятларимизни оп-очиқ қилиб тушунтириб берамиз-ки, балки қайтарлар. (Аъроф 7/172-174)

(1) “Белларидан наслларини олиш” дегани, наслга сабаб бўлган туҳумни олиш деганидир. Бу нарса, аёл кишилардаги илк одат кўрадиган вақтларида, эркакларда эса, илк сперма ажраладиган вақтларда юз беради. Бошқача қилиб тушунтирганда, йигит ва қизларнинг жинсий етуклик ва балоғат ёшига киришлик жараёнида, Аллоҳ таоло уларнинг ҳар бирини ўзига ўзини гувоҳ қилиб келтиради, шундан сонг у инсоннинг диний жавобгарлиги бошланади. Ана ўша вақтдан бошлаб ҳалол-ҳаром ва имон-э’тиқод масалалари ҳақида жавобгарлиги бошланади.

Ҳар қандай ақли ноқис бўлмаган инсон, олти етти ёшидан бошлаб ён-атрофидаги табиат борлиқларини, ўз вужудида бўлиб ўтаётган воқеа ва ҳодисаларни, осмонлару ерни ва ундаги ҳаракатларни кўриб, онгли равишда ич-ичидан бу борлиқларнинг эгаси борлигини тушуниб етишни бошлайди. Натижада, инсон эгалик қила олмаган нарсаларга бошқа кимдур эгалик қилиб туради, акс ҳолда бир ҳил давом этармиди бу олам деб ич ичидан бу оламнинг бир яратгувчиси борлигига ишонч ҳосил қила бошлайди. Шунинг учун, Аллоҳнинг биронта ҳам набийси инсонларга; “Аллоҳ бордир” деб эмас, балки: “Аллоҳдан бошқасига қуллик қилманглар” деб даъват қилишган, чунки Аллоҳнинг борлигини инкор қиладиган одамнинг ўзи йўқ дунёда.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
259 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Maxfiy Ilmlar, Ilmi Ladun (Tariqatchilikka Nazar 18- bo’lim) 26.04.2019 175
2 Assalomu alaykum… 03.02.2019 286
3 Qur’onni tushunishda ijtihodning ahamiyati qanday? 16.01.2019 223
4 Isro va Meroj 19.11.2018 447
5 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 589
6 Qur’onga ko’ra 3 qoidani buzmaguncha hech kimga adovat qilib bo’lmaydi 10.09.2018 308
7 G’ayridinlar o’rtasidagi munosabatlar 18.08.2018 390
8 Qur’ondagi namozga aloqador oyatlar 12.08.2018 267
9 Musulmonga musulmondan boshqasi yaqin va ishonchli do’st bo’la oladimi? 28.07.2018 244
10 Diniy javobgarlik qachon boshlanadi? ​(lotin/кирил)​ 23.07.2018 259
11 Muhammad alayhissalomning ummatiga qoldirgan merosi 22.07.2018 214
12 Qur’onni o’rganish va uni o’rgatish 22.07.2018 198
13 Nafs tarbiyasi uchun halol narsalardan voz kechish shartmi? 21.07.2018 184
14 Diniy idoraning sobiq bosh kotibi bilan olib borilgan suhbat 09.07.2018 440
15 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 238
16 Musulmonning oiladagi odob-axloqi 29.06.2018 184
17 “Sizlar uchun Rosulullohda o’rnak bordir” oyatni qanday tushunamiz? 26.06.2018 178
18 Qur’onda Musulmonni kimlar bilan birga o’tirishi taqiqlangan ? 26.06.2018 200
19 Din aql ishi emas degan gapga Qur’on nima deydi? 25.06.2018 282
20 Qur’onga ko’ra “avliyo” 25.06.2018 262
21 Alloh uchun yaxshi ko’rish va Alloh uchun yomon ko’rish nima degani? 25.06.2018 551
22 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 257
23 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 883
24 Allohga noto’g’ri tavakkal qilish (To’g’ri deb bilingan xatolarimizdan biri) 09.06.2018 534
25 Dinda firqalanmaslik va bir bo’lib Qur’onni mahkam ushlashlik 09.06.2018 264
26 “Men Musulmonman!” deyish yetmaydimi? 08.06.2018 174
27 Hikmat nima o’zi? 08.06.2018 175