Ilohiy kitoblar 4 ta va 100 sahifa deb bilamiz, shu to’g’rimi?
Musulmonlar > Fatvolar > Savol-javoblar Tarix: 21 Iyul 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Eshitishimizga ko’ra ilohiy kitoblar 4 dona emish va yana 100 ta sahifa nozil qilingan emish, shu to’g’rimi?

Javob: Yo’q, aslo bunday emas. Alloh taolo, Odamdan to Muhammad alayhimussalomgacha qancha nabiy/payg’ambar yuborgan bo’lsa, ularning barchasiga kitob bergan. Biz bularning barchasiga birdek ishonishimiz kerak. Payg’ambarlarning asosiy ishi zotan Allohdan kelgan buyruqlarni insonlarga yetkazishdir, agar Allohdan bironta kitob olmagan bo’lsa, nimani yetkazadi insonlarga? Alloh taolo Qur’oni Karimda bu haqda shunday marhamat qiladi:

قُولُوا آمَنَّا بِاللَّهِ وَمَا أُنْزِلَ إِلَيْنَا وَمَا أُنْزِلَ إِلَىٰ إِبْرَاهِيمَ وَإِسْمَاعِيلَ وَإِسْحَاقَ وَيَعْقُوبَ وَالْأَسْبَاطِ وَمَا أُوتِيَ مُوسَىٰ وَعِيسَىٰ وَمَا أُوتِيَ النَّبِيُّونَ مِنْ رَبِّهِمْ لَا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِنْهُمْ وَنَحْنُ لَهُ مُسْلِمُونَ

Sizlar shunday denglar: “Biz Allohga ishonib suyandik, bizlarga nozil qilinganga, Ibrohimga, Ismoilga, Ishoqga, Ya’qubga va Ya’qubning zurriyotlariga nozil qilinganlarga, Musoga va Isoga berilganga, Robbisi tarafidan barcha nabiylarga nimaiki berilgan bo’lsa barchasiga ishondik. Hech qaysisini boshqasidan ajratmaymiz. Bizlar Allohga taslim bo’lgan kishilarmiz.” (Baqara 2/136)

وَوَهَبْنَا لَهُ إِسْحَاقَ وَيَعْقُوبَ ۚ كُلًّا هَدَيْنَا ۚ وَنُوحًا هَدَيْنَا مِن قَبْلُ ۖ وَمِن ذُرِّيَّتِهِ دَاوُودَ وَسُلَيْمَانَ وَأَيُّوبَ وَيُوسُفَ وَمُوسَىٰ وَهَارُونَ ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ   وَزَكَرِيَّا وَيَحْيَىٰ وَعِيسَىٰ وَإِلْيَاسَ ۖ كُلٌّ مِّنَ الصَّالِحِينَ   وَإِسْمَاعِيلَ وَالْيَسَعَ وَيُونُسَ وَلُوطًا ۚ وَكُلًّا فَضَّلْنَا عَلَى الْعَالَمِينَ   وَمِنْ آبَائِهِمْ وَذُرِّيَّاتِهِمْ وَإِخْوَانِهِمْ ۖ وَاجْتَبَيْنَاهُمْ وَهَدَيْنَاهُمْ إِلَىٰ صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ   ذَٰلِكَ هُدَى اللَّـهِ يَهْدِي بِهِ مَن يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ ۚ وَلَوْ أَشْرَكُوا لَحَبِطَ عَنْهُم مَّا كَانُوا يَعْمَلُونَ   أُولَـٰئِكَ الَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ وَالْحُكْمَ وَالنُّبُوَّةَ ۚ فَإِن يَكْفُرْ بِهَا هَـٰؤُلَاءِ فَقَدْ وَكَّلْنَا بِهَا قَوْمًا لَّيْسُوا بِهَا بِكَافِرِينَ

Unga (Ibrohimga) Ishoq va Ya’qubni berdik. Bularning barchasini hidoyat qildik. Avvalda Nuhni ham hidoyat qilgan edik. Uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso va Horunni ham. Chiroyli ish qilguvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.  Zakariyo, Yahyo, Iso va Ilyosni (ham hidoyat qildik). Barchalari solih qullardandir. Ismoil, al-Yasa’, Yunus va Lutni (ham hidoyat qildik) va barchalarini zamondoshlaridan ustun qildik. Ularning ota-bobolaridan, zurriyotlaridan va birodarlaridan… Ularni ham tanladik va ularni ham to’g’ri yo’lga yo’lladik. Mana shu Allohning yo’li bo‘lib, u bilan bandalaridan to’g’ri yo’lni tanlagan kishilarni yo’lga keltiradi. Agar ular (Nabiylar) Allohga (sherik) shirk qo’shganlarida, qilgan ishlari behuda ketgan bo‘lar edi. Ana o‘sha (yuqorida nomi zikr qilingan va ularni aka-ukalari va zurriyotlardan bo’lmish nabiy) zotlarga Kitob, Hikmat va payg‘ambarlik berganmiz. Bas, agar bu kishilar, bu oyatlarni ko’rmaslikka olsalar, Biz ularni, oyatlarni ko’rmaslikka olmaydigan bir qavmning vakolati ostida qilib qo’yamiz. (An’om 6/84)

وَإِذْ أَخَذَ اللَّـهُ مِيثَاقَ النَّبِيِّينَ لَمَا آتَيْتُكُم مِّن كِتَابٍ وَحِكْمَةٍ ثُمَّ جَاءَكُمْ رَسُولٌ مُّصَدِّقٌ لِّمَا مَعَكُمْ لَتُؤْمِنُنَّ بِهِ وَلَتَنصُرُنَّهُ ۚ قَالَ أَأَقْرَرْتُمْ وَأَخَذْتُمْ عَلَىٰ ذَٰلِكُمْ إِصْرِي ۖ قَالُوا أَقْرَرْنَا ۚقَالَ فَاشْهَدُوا وَأَنَا مَعَكُم مِّنَ الشَّاهِدِينَ

O’z vaqtida, Alloh barcha nabiylardan: “Men sizlarga Kitob va Hikmat beraman-da, sizlardagi Kitobni tasdiq etuvchi bir elchi kelganda, albatta, unga ishonasizlar va yordam berasizlar!” deb so’z oldi va: “Qabul qildinglarmi? Yuklatilgan og’ir yukni olasizlarmi?” – deganida, ular: “Qabul qildik”,- deb javob berdilar. Shunda Alloh: “Guvoh bo’linglar! Men ham sizlar bilan birga guvohman” dedi. (Oli Imron 3/81)

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
224 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Sidratul Muntaho nima? 21.06.2019 14
2 Aslida halol bo’lgan bir ishni farqli shakllarda amalga oshirsam bo’ladimi? 20.06.2019 24
3 Maqsad bilan niyatni farqi nima? 18.06.2019 17
4 Faqir kim? 11.06.2019 50
5 Miskin kim? Kimlarga miskin deyiladi? 11.06.2019 36
6 Balog’at yoshi, junublik va g’usl 03.06.2019 90
7 Ramazonda soch oldirsa bo’ladimi? 25.05.2019 108
8 Ramazon oyida xatna qildirsa bo’ladimi? 15.05.2019 90
9 Odat qoni tugagan ayol g’usl qilishidan avval eri bilan qo’shilishi mumkinmi? 12.05.2019 300
10 Homiladorlik vaqtida jinsiy aloqa 11.05.2019 320
11 Ramazon oyida ayoli bilan jinsiy aloqa qilish mumkinmi? 03.05.2019 4 348
12 Ayollarni sochini qisqartirishi 27.03.2019 210
13 Isro va Meroj (tafsilotlari bilan) 26.03.2019 190
14 Boshqalarni ayblarini aytib kelishsa nima qilishimiz kerak? 20.03.2019 141
15 Bosh yalang namoz o’qish gunohmi? 19.03.2019 446
16 Homilador ayollarni iddasi 19.03.2019 142
17 Ayollarni mahramsiz safarga chiqishi 15.03.2019 214
18 Masjidga kirganda ikki rakaat namoz o’qimasdan o’tirib bo’lmaydimi? 03.03.2019 316
19 Tahajjud namozi qachon o’qiladi? 03.03.2019 1 809
20 Guvohsiz taloq hisobga o’tadimi? 01.03.2019 185
21 Nikohi buziladimi? 28.02.2019 207
22 Chaqaloqlarni albatta ikki yil to’liq emizish Allohni amrimi? 28.02.2019 213
23 Hz. Alini nechta ayoli bo’lgan? Nasli kimlardan davom etgan? 18.02.2019 185
24 Nos tahoratni buzadimi? 15.02.2019 299
25 Nafl (ixtiyoriy) ro’zani qanday amallar buzadi? 13.02.2019 225
26 Nazrini ado etish va nazr qilib so’yilgan hayvon go’shtidan iste’mol qilish. 12.02.2019 148
27 Namozda niyat tilda bo’ladimi yoki dildami? 11.02.2019 314
28 Yel tahoratni buzadimi? 09.02.2019 516
29 Assalomu alaykum… 03.02.2019 218
30       Rasulullohga so’ngi oyat nozil bo’lmay turib hukm berish taqiqlanganmi? 11.01.2019 143
31 Nasx kalimasi Qur’onda qaysi ma’nolarda qo’llanilgan? 10.01.2019 152
32 Tijorat mollaridan zakot berishga dalil bormi?   09.01.2019 171
33 Hanafiylikda musofirlik muddati qaysi qiyos bilan belgilangan? 08.01.2019 148
34 Payg’ambarimizning har bir xatti-harakati biz uchun sunnatmi? 07.01.2019 153
35 Qiyin ahvolga tushib qolgan kishi kredit olsa bo’ladimi? 04.01.2019 364
36 Qur’on nima uchun Arabcha? 26.12.2018 213
37 Homilani oldirish mumkinmi? 23.07.2018 1 661
38 Ilohiy kitoblar 4 ta va 100 sahifa deb bilamiz, shu to’g’rimi? 21.07.2018 224
39 Avvalgi ummatlarga ham zakot farz qilinganmi? 18.06.2018 86
40 Ota-onasi va farzandlariga nega zakot berib bo’lmaydi? 18.06.2018 114
41 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 677
42 Ramazon ro’zasiga yolg’onchilik, dilozorlik va so’kinish qanday ta’sir o’tkazadi? 09.06.2018 244