Islomga kirgizilmoqchi bo’lgan renkarnatsion (ruh ko’chish) tushunchasi
Musulmonlar > Din > E'lonlar > Firqalanish > Shirk Tarix: 09 Iyul 2018 Email This Post Email This Post

Said Nursi, har davrda turli qiyofada o’rtaga chiqishi haqidagi Buddizm diniga aloqador bo’lgan soxta iddaosi

Hinduizm, Buddizm, Taoizm, Brahmanizm, Meniheizm dinlariga aloqador bo’lgan ruh ko’chishi/renkarnatsion bir tushunchani Islom diniga ham olib kirishga uringan Said Nursi haqida quyidagilarni o’rtaga qo’yamiz:

“Haqiqati Muhammadiyya, Muhammad alayhissalomning shaxsiy tarixi emasdir. Ya’ni, o’z shaxsiyati bilan tug’ilib, yashab va vafot etgan jismoniy shaxs emasdir. Bu e’tiqodga ishonganlarga ko’ra u haqiqat, har bir davrda turli ism va farqli qiyofalarda nabiy yoki avliyo bo’lib o’rtaga chiqadi.[1]

Said Nursi o’zini shunday bir shaxs ekaniga ishonib bu so’zlarni aytgan:

“Men shu onda saksonta Saidning asli bo’lgan holatda o’rtaga chiqdim. O’sha sakson Said zanjirsimon shaxsiy qiyomatlari va zanjirsimon tanosuxlar bilan, ya’mi ruhning ko’chishlari bilan to’lqinlanib meni bu davrga yubordi.”

“Ko’rib turgan Saidingiz, yetmish to’qqizta jonsiz va bitta gaplashib turgan jonli Saiddan vujudga keltirilgan. Agar zamonning suvi to’xtab qolib, turli qiyofada o’rtaga chiqqan Saidlar bir-birlarini ko’rsalar, jiddiy farqliklar sababli bir-birlarini tanimaydilar. Men o’sha badanlar uzra o’girilganman-ki – yaxshiliklari va lazatlari tarqalib ketdi, g’am anduhlar yig’ildi qoldi. Men bu maskanlarning har birida men o’zim edim. Vafotimdan so’ng keladigan maskanlarda ham men o’zim bo’laman.Bu maskanda, ya’ni vujutdagi hujayralar bir yilda ikki marta qanday qilib vujutdan ayrilsa, men ham huddi shunday kiyim almashtiraman, yirtilgan Saidni tashlab yuborib yangi Saidni kiyib olaman.”[2]

“Men shu onda saksonta Saidning asli bo’gan holda o’rtaga chiqdim” degan gapi juda katta masala. Chunki, Tavrotga ko’ra Odam alayhissalomdan Yaqub alayhissalomning vafotigacha 2413 yil o’tgan. Yusuf alayhissalom 110 yoshida, Muso alayhissalom esa 120 yoshida vafot etgan.[3] Yaqubdan Iso alayhissalomning tug’ilishigacha hamasi bo’lib 1600 yil o’tgan bo’lsa taqriban 4.000 yil bo’ladi. Said Nursi 1960- yili vafot etganda, Tavrotga ko’ra ilk insondan uning o’limigacha 5960 yil o’tgan bo’ladi. Buni saksonga bo’lsak, u kirganini da’vo qilgan har bir badanning o’rtacha umri 75 yilga to’g’ri keladi. Bu sababli ham, saksoninchi degan gap juda ko’p o’ylanib so’ng gapirilgan bir gapdir.

Bu renkarnatsion bir ishonchdir. Ya’ni, inson o’lgandan keyin, boshqa bir badanda o’z ruhi bilan yangidan bu dunyoga kelish degani. Said Nursi o’zini bu badanlarning eng yuqorisida ekanini va qiyomatgacha shunday qolishini da’vo qilmoqda. Demak, ularning iddaolari bo’yicha, kelgan barcha buyuk nabiylar bilan har davrda kelgan murshid, mujaddid, mahdi va kutilgan Iso Said Nursi ekan-da. Bu narsa, Hinduizm va Buddizmdagi diniy tushunchani Islom diniga asta-sekinlik bilan olib kirish degan narsa bo’ladi. Risolai Nurlarning bu mavzudagi so’zlari shulardan iborat:

  “O’sha nur tufayli baliq Yunus alayhissalomni saqlab qoldi,
Lut alayhissalom qavmini o’sha nur bilan yo’q qildi.
“(…) Ko’plab avliyolar bu nur bilan qanoat qildi,
Ko’plab xor insonlar u nur bilan karomatga erishdi.
Darhol osmon ochildi va u nurdan kelgan Risolai Nur porladi,
Ikromi mo’l bo’lmish yaratguvchi, yaratgan narsalarini shu shaklda hushnud qildi.
U yangi quyosh ulkaga berganida nurlar,
Shavq ila hushnud bo’ladi qalbi mahzunlar.
Ey Payg’ambarlik nuridan kelgan Qur’on dalili,
Ey Allohning siridan chiqqan imon dalili.
Sendan bizga matlab, sendan bizga va’da,
Soyangda bugun shod bo’lar har bir banda.
Har on seni kutar va hayol etardi bu dunyo,
Haq o’zinin ko’rsatdi va tugadi u ro’yo.
Ming uch yuz yil tuproqqa kirdi necha milyard,
Mo’min va muvahhid seni kutardi ey yor.
Sen haqingda bo’lardi har bir aytgan kalomi,
Har biri har zamonda senga aytar salomi.
Valloh azaldan beri yodimda bo’lgan shudir,
Valloh buyuk mujaddid bu Risolai Nurdir.
Af et meni ey avfi, lutfi buyuk Nur Elchisi,
Ey Robbimiz! Etma meni bir on ham – sendan mahrum birisi.
Nur ishqiga, Haq ishqiga, do’st ishqiga Ey Nur,
Nuring va siring bilan bugun qil bizni masrur.”[4]
– Ojiz va bechora talabangiz Hasan Fayziy.

[1]     Hasan Komil YILMAZ, “Insonı Komil, Altınoluk Majmuası”, 1996, No: 125, s. 31.

[2]     Said Nursi, Isoot, a.g.e, c. II, s. 2340.

[3]     Tavrot, Yaratilish, Bop 646.

[4]     Amirdog’iy Lahikası (1), Qator No: 72, a.g.e, j. II, s.1725.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
189 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ibodat va Shirk (Tariqatchilikka Nazar 23- bo’lim) 20.05.2019 10
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 5
3 Shayxlarga vahiy kelishi (Tariqatchilikka Nazar 14- bo’lim) 20.04.2019 56
4 Musulmonlarni cho’ktirgan shirk (Tariqatchilikka Nazar 9- bo’lim) 12.04.2019 48
5 Ruhonilar hayoti, uyqu va o’lim (Tariqatchilikka Nazar 8- bo’lim) 30.03.2019 90
6 Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim) 30.03.2019 78
7 G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim ) 30.03.2019 57
8 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 61
9 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 58
10 Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim) 28.03.2019 83
11 O’rtakashlik, Vasila va Vosita (Tariqatchilikka Nazar Solish 2- bo’lim ) 28.03.2019 67
12 Islomga kirgizilmoqchi bo’lgan renkarnatsion (ruh ko’chish) tushunchasi 09.07.2018 189
13 G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos 09.07.2018 145
14 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 173
15 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 183
16 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 189
17 O’likdan yordam so’rash 13.06.2018 141
18 G’oyb haqidagi noto’g’ri tushunchalar (katolik va soxta diniy jamoalardan o’rnaklar) 13.06.2018 137
19 Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar 13.06.2018 185
20 Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar) 12.06.2018 145
21 Dindorlarni Xudolashtirish (Nurchilardagi soxta avliyolik, muridlarini ma’naviy boshqaruv ostiga olishga urinishi) 12.06.2018 157
22 Taoizmga ko’ra vositachilik 11.06.2018 126
23 Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil) 11.06.2018 199
24 Vositachilik e’tiqodi 11.06.2018 201
25 Aql shirkni, Qur’on esa aqlsizlikni qabul qilmaydi 11.06.2018 328
26 Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli 11.06.2018 118
27 Mushrik o’zini mushrik deb tan olmaydi 11.06.2018 129
28 Mushrik – vositachilarning shafoatiga ishonadi 11.06.2018 119
29 Vositachilarga ishonish mushrikning asosiy ishidir 11.06.2018 142
30 Mushrik ham Allohga ibodat qiladi 11.06.2018 133
31 Allohga ishongan mushriklar 11.06.2018 126
32 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 139
33 O’zlarini tangri qilib olganlar 11.06.2018 116
34 Allohni avfi bilan aldanish 10.06.2018 127
35 Alloh va elchilarini o’rtasini ajratish 10.06.2018 133
36 Kofirlik va itoatsizlik sababini Allohga to’ngash 09.06.2018 131
37 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 185
38 Kufr va shirk 09.06.2018 164