Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi
Musulmonlar > E'tiqod > Maqolalar > Qur'on va Musulmonlar > Shirk > Tavhid Tarix: 29 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Tavhid kalimasi va uning tushunchasining ziddi bo’lgan shirk/mushriklik Qur’oni Karimda 168 o’rinda takroran keltirilishiga qaramasdan, aqoid kitoblarida bu shirk mavzusiga yetarlicha e’tibor berilmagan va ochiqcha tushuntirilmagan. Shu sababdan, ko’pchilik Musulmonlar tavhid va shirk masalalarida juda ham orqada qolgan va 10 foiz ham tushunchaga emaslar. Bu xususda Muhammad alayhissalom va butun o’tmishdagi Nabiylar ham qattiq ogohlantirilgan. Zotan insonni abadiy jahannamlik qilib mangu baxti-qaro qiladigan va Allohning avfiga noloyiq deb tamg’a bostiradigan narsa shirkdir. Alloh taolo bu haqda shunday buyuradi:

وَلَقَدْ أُوحِيَ إِلَيْكَ وَإِلَى الَّذِينَ مِن قَبْلِكَ لَئِنْ أَشْرَكْتَ لَيَحْبَطَنَّ عَمَلُكَ وَلَتَكُونَنَّ مِنَ الْخَاسِرِينَ    بَلِ اللَّـهَ فَاعْبُدْ وَكُن مِّنَ الشَّاكِرِينَ

“(Ey Muhammad) Senga va sendan oldingi Nabiylarga ham shu narsa qat’iy bildirildiki: “Agar shirkka kirsang qilgan ishlaring bekor bo’ladi va bor butini yo’qotganlardan bo’lasan. Ehtiyot bo’l!  Yolg’iz Allohga qullik qil va shukr qilganlardan bo’l.” (Zumar 39/65-66)

Bu bahs orqali, har bir Musulmon, tavhid haqida oz bo’lsada tushunchaga ega bo’lsa ajab emas.

– Do’stim, eshitishimcha siz “Allohni bor va bir deb bilish tavhiddir” deb o’rgatar emishsiz, shu gaplar to’g’rimi?

– Ha, to’g’ri. Allohni bor va bir deb bilishlik Islom dinining tavhid asosidir.

– Bunday bo’lishi mumkin emas, Chunki Allohni bor va bir deb bilmagan va buni qabul qilmagan inson zoti yo’q yer yuzida. Agar sizni gapingizga qarab hukm chiqaradigan bo’lsak, yer yuzidagi barcha insoniyat muvahhid deb hisoblanadi.

– Adashyapsiz, chunki mushriklar, kofirlar, yahudilar, majusilar, xristianlar va bular kabi boshqa dindagilar qanday qilib muvahhid bo’lishio mumkin?

– Aynan siz aytgan gap va usulga ko’ra muvahhid deb hisoblanadilar. Chunki bularning barchasi Allohni borligini va birligini qabul qiladilar. Butlarga sig’inayotganlar ham, qabrlarga borib iltijo qilayotganlar ham Allohga ishonadi va uni bir deb biladi, lekin sig’inayotgan butlarini Alloh deb bilmaydilar, butlarini ularini Allohga yaqinlashtiruvchi bir vosita deb biladilar.

أَلَا لِلَّـهِ الدِّينُ الْخَالِصُ ۚ وَالَّذِينَ اتَّخَذُوا مِن دُونِهِ أَوْلِيَاءَ مَا نَعْبُدُهُمْ إِلَّا لِيُقَرِّبُونَا إِلَى اللَّـهِ زُلْفَىٰ إِنَّ اللَّـهَ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ فِي مَا هُمْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ ۗ إِنَّ اللَّـهَ لَا يَهْدِي مَنْ هُوَ كَاذِبٌ كَفَّارٌ

“(Ey insonlar), shuni yaxshi bilinki, xolis din yolg‘iz Allohnikidir (ya’ni, yolg‘iz Allohgina chin ixlos bilan ibodat qilinishga loyiqdir). Undan o‘zga “avliyolarni”ni (“xudo”) qilib olgan kimsalar: “Biz ularga – faqat ular bizni Allohga yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz”, (deyishadi). Aniqki, Alloh (qiyomat kunida) ular ixtilof qilayotgan narsalar xususida ularning o‘rtasida hukm qiladi. Shubhasiz, Alloh – yolg‘onchi va ko‘rnamak kimsalarni hidoyat qilmaydi.” (Zumar 39/3)

Axir shirk Allohning xususiyatlari va sifatlarini boshqa bir borliqqa ham nisbat berishdir. Agar ular Allohga ishonmaganida, qanday qilib mushrik deb nomlanar edi?
Alloh taolo bu haqda shunday marhamat qiladi:

وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَسَخَّرَ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ لَيَقُولُنَّ اللَّـهُ ۖ فَأَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ    اللَّـهُ يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَن يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ وَيَقْدِرُ لَهُ ۚ إِنَّ اللَّـهَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ     وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّن نَّزَّلَ مِنَ السَّمَاءِ مَاءً فَأَحْيَا بِهِ الْأَرْضَ مِن بَعْدِ مَوْتِهَا لَيَقُولُنَّ اللَّـهُ ۚ قُلِ الْحَمْدُ لِلَّـهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْقِلُونَ

Osmonlar-u yerni yaratgan, quyosh va oyni xizmatga qo’ygan kim?” deb (mushriklardan)so’rasangiz, albatta ular: “Allohdir” deyishadi. Bunday bo’lsa qaysi tomondan adashtirilyapsilar? Alloh rizqni, to’g’ri tanlovda bo’lgan va kerakli kuchga ega bo’lgan insonga yoyib beradi. Alloh har narsani biladi. Ularga: “Osmondan suv tushirib o’lik tuproqni jonlantirgan kimdir?” deb so’rasangiz, ular: “Allohdir” deydilar. Aytingki: “Har narsani chiroyli etish Allohga xosdir.” Ammo ularning ko’pchiligi aqllarini ishlatmaydilar.” (Ankabut 29/61-63)

قُلْ مَن يَرْزُقُكُم مِّنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ أَمَّن يَمْلِكُ السَّمْعَ وَالْأَبْصَارَ وَمَن يُخْرِجُ الْحَيَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ الْمَيِّتَ مِنَ الْحَيِّ وَمَن يُدَبِّرُ الْأَمْرَ ۚ فَسَيَقُولُونَ اللَّـهُ ۚ فَقُلْ أَفَلَا تَتَّقُونَ    فَذَٰلِكُمُ اللَّـهُ رَبُّكُمُ الْحَقُّ ۖ فَمَاذَا بَعْدَ الْحَقِّ إِلَّا الضَّلَالُ ۖ فَأَنَّىٰ تُصْرَفُونَ

Aytingki: “Osmondan va yerdan sizga rizqni kim berdi? Yoki eshitish va ko’rishlikni ta’minlagan kim? O’likdan tirikni chiqargan, tirikdan o’likni chiqargan kim? Yoki har narsani tuzatib nazorat qilgan kim?” (Deb so’rasangiz, Shunda ular (mushriklar):  “Alloh” deb javob beradilar. Aytingki: “Unday bo’lsa hech andisha qilmaysizlarmi?” Demak, sizni haqiqiy egangiz Allohdir. Haqiqat bo’lmagan narsa zalolat (Xato) bo’lmay nima ham bo’lar edi? Qanday qilib orqaga o’girilyapsizlar?” (Yunus 10/31-32)

Xulosa shuki, siz aytayotgan tavhid asosini o’rtaga qo’yish uchun “Ashhadu anla ilaha illalloh” deb emas, balki “Ashhadu anna Alloha mavjudun va vohidun” deb imon keltirish kerak bo’ladi. Axir biz Musulmonlar Allohga qanday imon keltirganmiz? Mana bunday: “Ashhadu anla ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluhu” Ma’nosi: “Alloh – shartsiz va qaytsiz toat qilinib qullik qilinishga loyiq yagona Iloh ekaniga, Undan boshqa iloh yo’q ekaniga guvohman. Muhammad alayhissalom esa, Allohning (Allohning qullaridan bir) qulidir va Uning (elchilaridan bir) elchisidir.” Demak Allohni bor va bir deb bilishni o’zi yetarli emas, balki Allohning sifatlarini boshqa bir borliqqa nisbat bermaslik va Uning sifatlari faqatgina Allohga xosdir deb bilish tavhiddir.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
295 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Allohni Ko’rinishi (Tajalli) (Tariqatchilikka Nazar 24- bo’lim) 29.05.2019 135
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 111
3 Farosat va Sezgi (Tariqatchilikka nazar 19- bo’lim) 08.05.2019 154
4 Mo’jiza va Karomat (Tariqatchlikka Nazar 16- bo’lim) 22.04.2019 202
5 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 171
6 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 178
7 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 295