“Sizlar uchun Rosulullohda o’rnak bordir” oyatni qanday tushunamiz?
Musulmonlar > Fatvolar > Muhammad alayhissalom > Qur'on va Musulmonlar Tarix: 26 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Ahzob 33/21-oyatda shunday marhamat qilingan:

لَّقَدْ كَانَ لَكُمْ فِي رَسُولِ اللَّـهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِّمَن كَانَ يَرْجُو اللَّـهَ وَالْيَوْمَ الْآخِرَ وَذَكَرَ اللَّـهَ كَثِيرًا

“Sizlar uchun – Allohga va oxirat kuniga umidi bo’lganlar va Allohni ko’p-ko’p zikr qilganlar[1](Allohning kitobini tushunib ko’p o’qiguvchilar) uchun Allohning Elchisida chiroyli o’rnak bordir.” (Ahzob 33/21)

Muhammad alayhissalom, Allohning Rosuli sifatida bizga Kitobni va Hikmatni o’rgatkandir (Baqara 2/151). Bu oyat ham, uning har bir mavzuda bizlarga o’rnak ekanligini bayon qilib bermoqda. Xossatan. Qur’oni Karimni o’rganishda, o’rgatishda, uni tablig’ qilish jarayonida shartli ravishda hech narsa tama’ qilmaslikda, Qur’onni va dinni da’vati uchun birovdan biron narsa ham talab qilmaslikda, Allohning diniga eng chiroyli gaplar va hikmat bilan chaqirishda, bu yo’lda sabrli va bardoshli bo’lishda, kechasiyu kunduzi Allohdan avf va mag’firat so’rashda, axloqi Qur’on ekanligida va Rosullik sifati asnosida qilib o’tkan barcha ishlarida bizlarga chiroylik o’rnak bo’lib o’tkanini ko’ramiz. Chunki Nabiy alayhissalomning eng asosiy vazifasi Allohning Kitobini tablig’ qilish bo’lgan. Bu ishlar esa, faqatgina Alloh va oxirat kuniga umidi bo’lgan, Allohga ich-ichidan ishongan va unga suyanib yashagan va Allohning Kitobini tushungan holda ko’p-ko’p o’qigan kishilargina bo’la oladilar.

[1] Bir narsani unga aloqador bo’lgan bog’liqliklari bilan birga tushunib o’rganishni ma’rifat deyiladi, o’sha ma’rifatni kerakli vaqtda foydalana olish uchun zehnda saqlab qolishni yoki o’sha ma’rifatni til bilan ifoda etishni zikr deyiladi. (Mufradot عرف va ذكر md.)

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
212 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Maxfiy Ilmlar, Ilmi Ladun (Tariqatchilikka Nazar 18- bo’lim) 26.04.2019 240
2 Assalomu alaykum… 03.02.2019 372
3 Qur’onni tushunishda ijtihodning ahamiyati qanday? 16.01.2019 298
4 Isro va Meroj 19.11.2018 546
5 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 679
6 Qur’onga ko’ra 3 qoidani buzmaguncha hech kimga adovat qilib bo’lmaydi 10.09.2018 391
7 G’ayridinlar o’rtasidagi munosabatlar 18.08.2018 499
8 Qur’ondagi namozga aloqador oyatlar 12.08.2018 361
9 Musulmonga musulmondan boshqasi yaqin va ishonchli do’st bo’la oladimi? 28.07.2018 304
10 Diniy javobgarlik qachon boshlanadi? ​(lotin/кирил)​ 23.07.2018 308
11 Muhammad alayhissalomning ummatiga qoldirgan merosi 22.07.2018 267
12 Qur’onni o’rganish va uni o’rgatish 22.07.2018 244
13 Nafs tarbiyasi uchun halol narsalardan voz kechish shartmi? 21.07.2018 219
14 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 295
15 Musulmonning oiladagi odob-axloqi 29.06.2018 219
16 “Sizlar uchun Rosulullohda o’rnak bordir” oyatni qanday tushunamiz? 26.06.2018 212
17 Qur’onda Musulmonni kimlar bilan birga o’tirishi taqiqlangan ? 26.06.2018 228
18 Din aql ishi emas degan gapga Qur’on nima deydi? 25.06.2018 341
19 Qur’onga ko’ra “avliyo” 25.06.2018 316
20 Alloh uchun yaxshi ko’rish va Alloh uchun yomon ko’rish nima degani? 25.06.2018 707
21 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 304
22 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 1 200
23 Allohga noto’g’ri tavakkal qilish (To’g’ri deb bilingan xatolarimizdan biri) 09.06.2018 599
24 Dinda firqalanmaslik va bir bo’lib Qur’onni mahkam ushlashlik 09.06.2018 323
25 “Men Musulmonman!” deyish yetmaydimi? 08.06.2018 213
26 Hikmat nima o’zi? 08.06.2018 270