Din aql ishi emas degan gapga Qur’on nima deydi?
Musulmonlar > Din > Fatvolar > Qur'on va Musulmonlar > Qur'oni Karim Tarix: 25 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Ba’zi insonlar din haqida gapirganlarida, bu aql ishi emas, din ishi deyishadi. Bu haqda Qur’on nima deydi?

Javob: Qur’oni Karimning 49 ta joyida “aql” kalimasi joy olgan. Zotan Allohning borligi va birligiga guvohlik keltirib shahodat kalimasini ongli va ixtiyoriy racishda qabul qilishi uchun eng avvalo aql lozim, aqlsiz inson na Allohni borligi va birligini va na dinu diyonatni biladi. Tabiat va borliq Alloh taoloning yaratkan oyatlaridir, Qur’oni Karim esa Uning nozil qilgan oyatlaridir. Har ikkisining egasi bir bo’lgani uchun, bu ikki oyat orasida qarama-qarshilik aslo yo’q. Dindagi aqlni o’rni, tabiattagi va yon-atrofiidagi borliqlardan ko’rib o’rgangan narsalarini Qur’oni Karimdagi oyatlar bilan solishtirib, aql tarozisi orqali tortib, tafakkur qilgan holda asl insoniy va odamiylik sifatlari va xilqatini yo’totmagan shaklda yashashga davom etishda katta ro’l o’ynaydi,  Allohning Kitobi bu xususda katta yordam beradi. Bu haqdagi ba’zi oyatlarni misol qilib keltiramiz:

وَقَالُوا لَوْ كُنَّا نَسْمَعُ أَوْ نَعْقِلُ مَا كُنَّا فِي أَصْحَابِ السَّعِيرِ

“Ular yana: “Agar bizlar (ogohlantiruvchining so‘zlarini) tinglaganimizda, yoki aqlimizni ishlatkanimizda, do‘zax egalari qatorida bo‘lmas edik” derlar. (Mulk 67/10)

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَّخِذُوا بِطَانَةً مِّن دُونِكُمْ لَا يَأْلُونَكُمْ خَبَالًا وَدُّوا مَا عَنِتُّمْ قَدْ بَدَتِ الْبَغْضَاءُ مِنْ أَفْوَاهِهِمْ وَمَا تُخْفِي صُدُورُهُمْ أَكْبَرُ ۚ قَدْ بَيَّنَّا لَكُمُ الْآيَاتِ ۖ إِن كُنتُمْ تَعْقِلُونَ

“Ey mo‘minlar, o‘zlaringizdan bo’lmagan (mo’min-musulmon bo’lmagan) larni sirdosh do‘st tutmanglar! Ular sizlarga zarar yetkazishda kuchlarini ayamaydi va yomon holga tushishingizni orzu qilishadi. Ular sizlarni yomon ko‘rishlari og‘izlaridan oshkor bo‘ladi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir. Aqillaringizni ishlatasizlar deb ular haqdagi oyatlarni (barcha xususiyatlarini) ochiqcha o’rtaga qo’ydik.” (Oli Imron 3/118)

إِنَّا أَنزَلْنَاهُ قُرْآنًا عَرَبِيًّا لَّعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ

“Shubhasiz, Biz uni (bu oyatlarni) aqllaringizni yurgizishingiz uchun arabcha Qur’on holida nozil qildik.” (Yusuf 12/2)

وَمَا كَانَ لِنَفْسٍ أَن تُؤْمِنَ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّـهِ ۚ وَيَجْعَلُ الرِّجْسَ عَلَى الَّذِينَ لَا يَعْقِلُونَ

“Allohning iznisiz hech bir jon mo‘min bo’lmas. (mo’min hisoblanmas) Alloh, aqlini ishlatmaganlar uzra (aqlini ishlatmagani uchun, Allohga ishonmaslik) kirini paydo qilib qo’yadi.” (Yunus 10/100) 

Hech birimizni aqlimizdan imonimizdan ayirib qo’ymasligini, aqilli va taqvodor musulmon bo’lishni hammamizga nasib qilsishini Allohdan so’rab qolamiz.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
305 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Qorniga olov to’ldirilib azoblanadiganlar 01.09.2018 447
2 Kitob va Hikmat (Qur’on va Hikmat) tushunchasi 30.07.2018 456
3 Qur’ondan ko’r, kar va o’lik bo’lib olganlarga so’z hayf 26.07.2018 255
4 Din aql ishi emas degan gapga Qur’on nima deydi? 25.06.2018 305
5 Qur’onga ko’ra nabiy va nabiy bo’lgan rosul 12.06.2018 341
6 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 213
7 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 274
8 Qur’on o’qishni bilmaganlar qiyomatda Qur’ondan javobgarlikka tortilmaydimi? 09.06.2018 385
9 Alloh taolo qiyomat kuni Muhammad alayhissalom va uning ummatidan Qur’on haqida savolga tutadi 09.06.2018 221
10 Qur’on o’rganamiz 08.06.2018 247
11 Qur’onni o’zgartirishga Rasulullohni vakolati va haqqi bo’lganmi? 08.06.2018 209
12 Qur’onni mahkam ushlang! 08.06.2018 168
13 O’liklar Qur’onni eshitishmaydi 08.06.2018 203
14 O’lganlarga Qur’on o’qish 08.06.2018 244