Dinimiz narda o’ynashga qanday qaraydi?
Musulmonlar > Din > Fatvolar > Odob-axloq > Taqvo Tarix: 25 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Dinimizda narda o’ynashga qanday munosabat bildirilgan?
Narda o’yini haromga yaqin bir o’yindir. Agar o’rtada biron bir moddiy manfaat so’z olsa, hech shubhasiz harom hukmiga kiradi. Haromga yaqin (makruh amal) deyishimizga sabab quyidagi oyatdir:

فَإِذَا فَرَغْتَ فَانصَبْ وَإِلَىٰ رَبِّكَ فَارْغَب

“Qachonki forig’ bo’lsang (bir ishdan bo’shasang) tur (va harakat qil) va Robbinga yo’nal.” (Sharh 94/7-8) Bu oyatning aksariyat tafsirlarida keltirilgan hadis va ochiqlamalar, Nabiy alayhissalom bir dunyo ishidan bo’shaganida oxirat ishiga mashg’ul bo’lishi va qachonki oxirat ishidan bo’shaganida oila ishi bilan mashg’ul bo’lishi haqida ochiqlangan deb keltirilgan. Demakki inson dunyoviy manfaat keltiradigan ishdan bo’shaganida, oxirati uchun harakat qilishi, oxirat ishidan bo’shaganida esa dunyoligi uchun harakat qilishi va aslo bo’shvaqtlarini bekorchilik bilan o’tkazmaslikka buyuradi.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
147 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Qalbdagi Ilhom (Tariqatchilikka Nazar 20- bo’lim) 12.05.2019 92
2 Qur’onda Musulmonni kimlar bilan birga o’tirishi taqiqlangan ? 26.06.2018 170
3 Dinimiz narda o’ynashga qanday qaraydi? 25.06.2018 147
4 Qur’onga ko’ra “avliyo” 25.06.2018 217
5 Taqvoning tabaqalari 25.06.2018 110