Tavhidning muhim 3 jihatlari
Musulmonlar > Din > Imon > Maqolalar Tarix: 25 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Insonni faqatgina Allohga qullik qilishi nimani ifodalaydi? 

Javob: Islomda insonning Allohga qullik qilishi quyidagi uch narsani ifodalaydi: Inson o’z nafsiga, o’zidan boshqa bir insonga va molu dunoga qul va mute’ bo’lib qolmasligini ifodalayi va o’sha narsalardan qaytaradi.   

1. Inson o’z nafsiga qul bo’lib qolmasligini ifodalaydi. Islom – insonning ichidagi yovuz hissiy shaxsiyatchilikiga va o’z nafsiga asir bo’lib qolishiga qarshidir. Chunki bu narsa insonni aqli, irodasi va vijdonini qul qilib oladi. Qur’oni Karim bunday holatni “O’z orzu-istaklarini o’zlariga iloh qilib olganlar” deb tushuntiradi. Oyati Karima shunday:

أَرَأَيْتَ مَنِ اتَّخَذَ إِلَـٰهَهُ هَوَاهُ أَفَأَنتَ تَكُونُ عَلَيْهِ وَكِيلًا

“O’z orzu-istaklarini o’ziga iloh qilib olganni ko’rdizmi? Siz unga vakil-qo‘riqchi bo’lasizmi?!” (Yo‘q, sizning vazifangiz havoi nafsiga qullik qiladigan kimsalarni bu qilmishlaridan saqlash – qo‘riqlash emas, balki faqat Biz sizga yuborgan vahiyni bandalarimizga yetkazmoqdir). (Furqon  25/43) Allohga qul bo’lishlik nafsiy orzu-istaklarga asir bo’lib qul bo’lishga qarshi chiqadi.

2. Insonni insonga qul bo’lmasligini ifodalaydi. Islom dini, insonni insonga qul bo’lishini mutlaqo man qildi. Insonni xoh ixtiyoriy xoh majburiy qul qilib olganlar, qiyomatta Alloh huzurida javobgarlikka tortiladilar. Aloqador oyatlardan biri shunday:

قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ تَعَالَوْا إِلَىٰ كَلِمَةٍ سَوَاءٍ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ أَلَّا نَعْبُدَ إِلَّا اللَّـهَ وَلَا نُشْرِكَ بِهِ شَيْئًا وَلَا يَتَّخِذَ بَعْضُنَا بَعْضًا أَرْبَابًا مِّن دُونِ اللَّـهِ ۚ فَإِن تَوَلَّوْا فَقُولُوا اشْهَدُوا بِأَنَّا مُسْلِمُونَ

“Ayting ey Muhammad: “Ey ahli kitob, bizga ham sizga ham bab-barobar bo‘lgan bir so‘zga kelinglar – yolg‘iz Allohgagina ibodat-qullik qilaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va bir-birovlarimizni Allohdan o‘zga xudo qilib olmaylik. Agar ular yuz o‘girsalar, unda sizlar: “Guvoh bo‘linglar, biz musulmonlar – yagona Allohga taslim bo’lguvchilarmiz (ya’ni, so’ssiz va shartsiz aytganini) qilguvchilarmiz” deb aytinglar!  ” (Oli Imron 3/64)

3. Insonni dunyoparast bo’lib qolmasligini ifodalaydi. Islom- insonni dunyoga, mol-mulkka, pul-mablag’, maqom (huquq) va bunga o’xshagan har qanday narsaga qul bo’lib qolishini cheklaydi. Inson, faqatgina dunyoligini o’ylab, dunyoni oxiratdan ustun qo’yishi natijasida, ochiq va aniq kufrga kirib qolishi mumkin va orqasidan asta sekin Allohning diniga qarshi harakatlari ham boshlanib boraveradi. Bu haqdagi oyatlardan biri shunday:

للَّـهِ الَّذِي لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۗ وَوَيْلٌ لِّلْكَافِرِينَ مِنْ عَذَابٍ شَدِيدٍ  الَّذِينَ يَسْتَحِبُّونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا عَلَى الْآخِرَةِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ اللَّـهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا ۚ أُولَـٰئِكَ فِي ضَلَالٍ بَعِيدٍ

“Alloh – osmonlar va yerdagi bor narsa O’ziniki bo‘lgan zotdir. Kofirlar uchun qattiq azob-halokat bo‘ladi. Ular hayoti dunyoni oxiratdan afzal biladilar va (odamlarni) Allohning yo‘lidan to‘sadigan va uni (egishni-buzishni istaydigan) kimsalardir. Ular (haq yo‘ldan) yiroq bo‘lgan gumrohlikdadirlar.”  (Ibrohim 14/2-3)
Demak Allohgagina qullik qilish mana shu uch narsani oldini oladi, ya’ni inson o’z nafsiga qul bo’lib qolishini, o’zi kabi boshqa bir insonga qul bo’lib qolaishini va mol-dunyoga qul bo’lib qolishini oldini oladi. Agar buning aksi bo’lsa-chi, inson aynan o’zi kabi yoki o’zidan ham past tabaqadagi mavjudotlarga qul va mute’ bo’lib qolgan hisoblanadi.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
170 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Islomiy Libos (Tariqatchilikka Nazar 25- bo’lim) 29.05.2019 80
2 Allohni Ko’rinishi (Tajalli) (Tariqatchilikka Nazar 24- bo’lim) 29.05.2019 38
3 E’tikof 25.05.2019 76
4 Ibodat va Shirk (Tariqatchilikka Nazar 23- bo’lim) 20.05.2019 41
5 Robita (Tariqatchilikka Nazar 22- bo’lim) 16.05.2019 49
6 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 31
7 Qalbdagi Ilhom (Tariqatchilikka Nazar 20- bo’lim) 12.05.2019 92
8 Farosat va Sezgi (Tariqatchilikka nazar 19- bo’lim) 08.05.2019 60
9 Maxfiy Ilmlar, Ilmi Ladun (Tariqatchilikka Nazar 18- bo’lim) 26.04.2019 120
10 Istidroj (Tariqatchilikka Nazar 17- bo’lim) 23.04.2019 61
11 Mo’jiza va Karomat (Tariqatchlikka Nazar 16- bo’lim) 22.04.2019 103
12 Payg’ambarga merosxo’r bo’lish (Tariqatchilikka Nazar 15- bo’lim) 21.04.2019 81
13 Shayxlarga vahiy kelishi (Tariqatchilikka Nazar 14- bo’lim) 20.04.2019 79
14 G’aybni bilish (Tariqatchilikka Nazar 13- bo’lim) 16.04.2019 67
15 Rasululloh va uning vazifalari (Tariqatchilikka Nazar 12- bo’lim ) 13.04.2019 89
16 Yaxshi va yomon ruhlar (Tariqatchilikka Nazar 12- bo’lim) 13.04.2019 72
17 Ko’rinmas Eranlar (Tariqatchilikka Nazar 11- bo’lim) 12.04.2019 104
18 Shahidlar jangi (Tariqatchilikka Nazar 10- bo’lim) 12.04.2019 73
19 Musulmonlarni cho’ktirgan shirk (Tariqatchilikka Nazar 9- bo’lim) 12.04.2019 75
20 Ruhonilar hayoti, uyqu va o’lim (Tariqatchilikka Nazar 8- bo’lim) 30.03.2019 117
21 Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim) 30.03.2019 98
22 G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim ) 30.03.2019 73
23 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 88
24 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 85
25 Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim) 28.03.2019 99
26 O’rtakashlik, Vasila va Vosita (Tariqatchilikka Nazar Solish 2- bo’lim ) 28.03.2019 89
27 Муҳаммад алайҳиссаломнинг умматига қолдирган мероси 10.09.2018 148
28 Qur’onda farishta haqida 05.09.2018 310
29 Qorniga olov to’ldirilib azoblanadiganlar 01.09.2018 375
30 Nikohda e’tibor berilishi kerak bo’lgan eng muhim jihatlar 25.08.2018 259
31 Qur’ondagi namozga aloqador oyatlar 12.08.2018 225
32 Xalqni adolatga va yaxshilikka tashviq qilguvchilar bor muddatcha, u xalq halokatga uchramaydi. 05.08.2018 136
33 Qabristonga savob uchun borib, gunoh bilan qaytkanlar (Ruhlardan madad so’rash) 04.08.2018 172
34 Qur’ondan ko’r, kar va o’lik bo’lib olganlarga so’z hayf 26.07.2018 185
35 Musulmonni Musulmonga moli, joni va sharafi haromdir 22.07.2018 560
36 Firqalanmasdan birlashishlik va birodarlik rahmatdir 22.07.2018 208
37 Muhammad alayhissalomning ummatiga qoldirgan merosi 22.07.2018 179
38 Qur’onni o’rganish va uni o’rgatish 22.07.2018 164
39 Mo’min va musulmonning hikmatli ta’rifi 22.07.2018 237
40 Diniy idoraning sobiq bosh kotibi bilan olib borilgan suhbat 09.07.2018 393
41 Soxta dindorlik 09.07.2018 197
42 Soxta Iso-Masihlik 09.07.2018 231
43 Yillar so’ngra yolg’onlari fosh bo’lgan soxta mahdi 09.07.2018 199
44 Islomga kirgizilmoqchi bo’lgan renkarnatsion (ruh ko’chish) tushunchasi 09.07.2018 215
45 G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos 09.07.2018 162
46 Said Nursini ”Olamlarga rahmatman” degan soxta iddaosi (Diniy jamoa tashkil qilish) 09.07.2018 124
47 Islom niqobi ostida soxta jamoat-firqa tashkil qilish 09.07.2018 128
48 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 192
49 Tavhidning muhim 3 jihatlari 25.06.2018 170
50 Qur’onga ko’ra “avliyo” 25.06.2018 217
51 Taqvoning tabaqalari 25.06.2018 110
52 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 211
53 O’likdan yordam so’rash 13.06.2018 164
54 Noto’g’ri shafoat ishonchi 13.06.2018 127
55 G’oyb haqidagi noto’g’ri tushunchalar (katolik va soxta diniy jamoalardan o’rnaklar) 13.06.2018 158
56 Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar 13.06.2018 223
57 Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar) 12.06.2018 170
58 Dindorlarni Xudolashtirish (Nurchilardagi soxta avliyolik, muridlarini ma’naviy boshqaruv ostiga olishga urinishi) 12.06.2018 184
59 Hadislarni Qur’on oyatlari darajasiga chiqarilishi 12.06.2018 187
60 Qur’onga ko’ra nabiy bo’lmagan rosul 12.06.2018 121
61 Hikmat va nabiylikdagi harakat 12.06.2018 178
62 Qur’onga ko’ra nabiy va nabiy bo’lgan rosul 12.06.2018 273
63 Ahli kitobga muvofiqlashib borayotgan Musulmonlar 12.06.2018 128
64 Taoizmga ko’ra vositachilik 11.06.2018 145
65 Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil) 11.06.2018 222
66 Vositachilik e’tiqodi 11.06.2018 221
67 Aql shirkni, Qur’on esa aqlsizlikni qabul qilmaydi 11.06.2018 348
68 Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli 11.06.2018 134
69 Mushrik o’zini mushrik deb tan olmaydi 11.06.2018 150
70 Mushrik – vositachilarning shafoatiga ishonadi 11.06.2018 144
71 O’zlarini tangri qilib olganlar 11.06.2018 135
72 Allohga noto’g’ri tavakkal qilish (To’g’ri deb bilingan xatolarimizdan biri) 09.06.2018 480
73 Alloh taolo qiyomat kuni, Muhammad alayhissalom va uning ummatidan Qur’on haqida savolga tutadi 09.06.2018 156
74 Dinda firqalanmaslik va bir bo’lib Qur’onni mahkam ushlashlik 09.06.2018 218
75 Qur’on o’rganamiz 08.06.2018 162
76 Muhammad alayhissalomning shikoyati 08.06.2018 153
77 Salom-alik 08.06.2018 131