Musulmonlar > Fatvolar > O'liklar > Odob-axloq Tarix: 25 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Oʻlik chiqarilgan xonadonda 3, 7, 40, yil va maraka marosimlariga borib ovqat yeyishning hukmi nima?

Javob: Dinimizda oʻlik chiqarilgan honadonga taʼziya uchun borganlar u yerga borib ovqatlanishi emas, balki borgan qarindosh-urugʻlari, qoʻni-qoʻshnilari va doʻstlari oʻzlari bilan birga mayyit chiqargan xonadonga yemoq-ichmoq olib borishlari tavsiya qilingan.

Paygʻambar alayhissalomdan rivoyat qilingan bir hadis quyidagicha:

Abdulloh b. Jaʼfardan… Ayttilarki: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedi: “Jaʼfarning xonadoniga ovqat tayyorlanglar. Chunki ularning boshiga oʻzlarini mashgʻul qilib qoʻygan bir ish tushdi.” (Abu Dovud, Janoiz 25-26, Termiziy, Janoiz 21, İbn Moja, Janoiz 59, Ahmad b. Hanbal, 6/380)

Ushbu hadis tufayli, janoza chiqargan uy egalari kelgan mehmonlar uchun dasturxon yozib ovqat berishi haromga yaqin bir amal deb qabul qilingan. U ovqatdan uyatmasdan yeb-ichish va ayniqsa, norasida goʻdaklari bor va ularni boquvchilari boʻlmagan xonadonlarga yeb-ichish uchun borib qorin toʻygʻazish qaysi dinga toʻgʻri kelishi mumkin? Hatto Jarir b. Abdulloh al-Bajaliy roziyallohu anhu tarafidan aytilgan “Biz oʻlik egalarining uylarida toʻplanib, ular bizga ovqat tayyorlashini – oʻlik ustida faryodu figʻon qilib dod solib yigʻlashdek bir (gunoh) deb bilar edik.” (Ibn Moja, Janoiz 60) rivoyati ham diqqatni jalb qilmoqda.

Faqat uzoq bir joydan taʼziyaga kelib, kechasi oʻsha xonadonda qolishga majbur boʻlgan mehmon-gina xonadon egalari tarafidan tayyorlangan ovqatdan yeyishiga qarshi chiqqan olimlar boʻlmagan.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
258 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Islomiy Libos (Tariqatchilikka Nazar 25- bo’lim) 29.05.2019 210
2 Boshqalarni ayblarini aytib kelishsa nima qilishimiz kerak? 20.03.2019 240
3 Afv bilan Mag’firatni farqi 08.01.2019 368
4 Qarzga narsa oldi-berdi qilingandagi Qur’ondagi tavsiya 01.10.2018 449
5 Musulmonni Musulmonga moli, joni va sharafi haromdir 22.07.2018 658
6 Mo’min va musulmonning hikmatli ta’rifi 22.07.2018 376
7 La havla vala quvvata illa billah 09.07.2018 2 626
8 Musulmonning oiladagi odob-axloqi 29.06.2018 219
9 Qur’onda Musulmonni kimlar bilan birga o’tirishi taqiqlangan ? 26.06.2018 228
10 To’y-marosimlarni o’tkazish jarayonida nimalarga e’tibor berish kerak? 25.06.2018 199
11 Dinimiz narda o’ynashga qanday qaraydi? 25.06.2018 235
12 Ramazon kechasida er-xotinlik muomalasiga ruxsat bormi? 25.06.2018 3 796
13 25.06.2018 258
14 Tahoratsiz holda bola emizish mumkinmi? 10.06.2018 1 103
15 Salom-alik 08.06.2018 227