O’lib bo’lgan kishiga imon talqin qilinadimi?
Musulmonlar > Fatvolar > O'liklar > Qabr Tarix: 25 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Bazi joylarda janoza namozi o’qilishidan oldin, janozaga to’plangan kishilarning qo’llariga mayda-mayda toshlar va qurigan makka donlari tarqatilib, bir qancha muddat o’tkanidan keyin yana yig’ib olinadi. Bu qanday amal? Bunday amal Qur’on va Sunnatda bormi?

Javob: Janoza namozi o’qilishidan oldin o’likka talqin o’qish maqsadida tosh tarqatilishi umuman Qur’on va Sunnatda bo’lmagan ishdir. Imon kalimasini talqin qilish, faqatgina o’lim oniga yaqinlashib qolgan kishiga talqini qilinishi haqida hadis bor. Buni qilganlar, o’lishidan oldin imon kalimasini aytib o’lsin degan maqsadda qiladilar. Ammo o’lgandan keyin o’likka aslo imon kalimasini talqin qilishni foydasi yo’q, chunki o’lgan inson yana tirilib imon keltira olmaydi va o’lgandan keyingi imon-ishonch hech kimga foyda keltirmaydi. Bu haqda Nabi alayhissalomdan keltirilgan hadisi sharif shunday
“O’lim oni yaqinlashib qolhganlarga “La ilaha illalloh” deyishni talqin qilinglar!” (Muslim, Janoiz 1,2)

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
66 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Qabristonga savob uchun borib, gunoh bilan qaytkanlar (Ruhlardan madad so’rash) 04.08.2018 172
2 O’lib bo’lgan kishiga imon talqin qilinadimi? 25.06.2018 66
3 Janozadan keyin qabristonda yoki mayitni uyida qilinadigan ishlar haqida ma’lumot bormi? 25.06.2018 120