Janozadan keyin qabristonda yoki mayitni uyida qilinadigan ishlar haqida ma’lumot bormi?
Musulmonlar > Duo > Fatvolar > Qabr Tarix: 25 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Oʻlik koʻmilganidan keyin, qabr ustida yoki mayyitning xonadonida qilinishi kerak boʻlgan amallar haqida maʼlumot bormi?

Javob: Har ulkaning oʻziga xos urf-odatlari bor. Kimlardir oʻlik koʻmilganidan keyin qabr ustida imom yoki qorilari qolib oʻlikka imon kalimasini talqin qilishadi, kimlardur qabr ustida qolib oʻlikka Yasin surasi yoki Mulk surasini oʻqib qolishadi. Ammo bunday ishlar na Muhammad alayhissalomdan va na sahobalarning birortasidan naql qilinmagan, rivoyat etilmagan. Chunkı imon kalimasi ham Qurʼon tilovati ham faqat va faqat tiriklar uchun talqin qilinadi va tiriklar uchun oʻqib eshittirilib tushuntiriladi. Oʻliklar oyatni yoki imon kalimasini eshitgani bilan, endi unga amal ham qilolmaydi, imon ham keltirolmaydi.

Oʻlik koʻmilganidan keyin nima qilinishi haqida Muhammad alayhissalom shunday tavsiya qilganlar:

Abu Amr Usmon b. Affon roziyalohu anhudan rivoyat qilinishiga koʻra: Nabiy alayhissalom bir oʻlik koʻmilganidan keyin, qabr boshida tik turib shunday dedi: “Birodaringizni kechirilishini soʻrang, Allohdan unga muvaffaqiyatlar talab qiling. Chunkı u shu onda savolga tutilmoqda.” (Abu Dovud, Janoiz 69)

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
170 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Qabristonga savob uchun borib, gunoh bilan qaytkanlar (Ruhlardan madad so’rash) 04.08.2018 231
2 O’lib bo’lgan kishiga imon talqin qilinadimi? 25.06.2018 95
3 Janozadan keyin qabristonda yoki mayitni uyida qilinadigan ishlar haqida ma’lumot bormi? 25.06.2018 170