Taqvoning tabaqalari
Musulmonlar > Imon > Maqolalar > Taqvo Tarix: 25 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Hujurot 49/13- oyatida “Sizlardan eng mukarramlaringiz –
eng taqvolilaringizdir” deb buyurilgan. Demak taqvoning ham darajalari bormi?
Javob: Ha, albatta bor. Taqvo – saqlanish, himoyalanish degan ma’nolarda ham keladi. Insonning eng asosiy va oxirgi darajadagi saqlanishi kerak bo’lgan narsa – bu jahannamda abadiy qolishdan saqlanishdir. Buning uchun Musulmon kishi shirkdan saqlanib, undan uzoq bo’lishi kerak. Bu esa taqvoning eng past tabaqasidir. Jahannamga aslo kirmaslik uchun esa, savob ishlari gunoh ishlaridan ko’p bo’lishi kerak, demak gunohlardan saqlanib, savoblarini ko’payishiga urinish, bu taqvoning keyingi tabaqasidir. Agar katta gunohlarni aslo qilmasa, yoki qilgan bo’lsa ham tavba qilib, o’zini tuzatib imoni bilan o’lgan bo’lsa, Allohning va’dasiga ko’ra, uning kichik gunohlari to’sib berkitiladi va gunoh qilmagandek to’g’ri jannatga kirib oladi, bu esa taqvoning eng yuqori tabaqalaridandir.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
180 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Qalbdagi Ilhom (Tariqatchilikka Nazar 20- bo’lim) 12.05.2019 174
2 Qur’onda Musulmonni kimlar bilan birga o’tirishi taqiqlangan ? 26.06.2018 228
3 Dinimiz narda o’ynashga qanday qaraydi? 25.06.2018 235
4 Qur’onga ko’ra “avliyo” 25.06.2018 316
5 Taqvoning tabaqalari 25.06.2018 180