Qur’onda harom qilingan “mayta” nima?
Musulmonlar > Fatvolar > Halol va harom Tarix: 25 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Moida surasida keltirilgan “mayta/o’limtik” nimani ifoda qiladi? O’lik baliqlar ham bu hukm ichiga kiradimi? Ya’ni baliqning o’ligi yeyiladimi?

Javob: Baqara 173, Moida 3, An’om 145 va Nahl 115- oyatlarda aytib o’tilgan mayta; “so’yilmay o’lgan hayvon”, “o’z ajali bilan o’lgan hayvon” yoki so’yilmay o’ldirilgan hayvon” xoh uy hayvoni bo’lsin, xoh yovvoyi bo’lsin, yeyilishi muboh bo’lgan yer hayvonlari va oqib chiqadigan qoni bo’lgan va kesilmasdan, o’z-o’zidan o’lib qolgan hayvonlardir.
Mayta kalimasining o’zbekcha tarjimasi “harom o’lgan”, “o’limtik”dir.
Alloh taolo, yer hayvonlarini aksicha, suv hayvonlarini halol ekani haqida bironta ham istisno qo’shmasdan shunday marhamat qilgan:
“Sizlar va yo’lchilar foydalansin deb, dengiz ovi va yemishlari sizlarga halol qilindi.

…“ أُحِلَّ لَكُمۡ صَيۡدُ ٱلۡبَحۡرِ وَطَعَامُهُ ۥ مَتَـٰعً۬ا لَّكُمۡ وَلِلسَّيَّارَةِ‌ۖ ” ”(Moida 5/96)

Bu oyatga ko’ra, dengiz hayvonlarining, ya’ni suv ostidan boshqa joyda yashay olmaydigan jonzotlarning barchasi, qayerda va qanday holatda topilmasin; haloldir. Bu jonlilarning ismi qanday bo’lmasin, uni qo’lga kiritkan xoh Musulmon bo’lsin xoh g’ayrimuslim bo’lsin, tirik yoki o’lik ekaniga e’tibor qilinmasdan mutloq hukm berilgandir; haloldir.

“Alloh taolo, ma’lum bir qismini harom qilmasdan va boshqa hayvonlar kabi so’yish shartini qo’shmasdan, dengiz hayvonlarini mutlaqo halol qilib berishi bilan birgalikda qullarini qulaylik va kenglik bilan ta’minlagan.” (Yusuf al-Qarzoviy, Islomda Halol va Harom, Tarj” Mustafo Vorli, Hilol Nashriyoti, 3. Nashr, Anqara 1971, 64-s.)

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
179 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Islomda Halol va Harom 16.10.2018 998
2 Qur’onda harom qilingan “mayta” nima? 25.06.2018 179