Musofir kishi namozlarini 4 rak’at qilib o’qisa bo’ladimi?
Musulmonlar > Fatvolar > Namoz Tarix: 18 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Muqimlik holatida 4 rak’atlik namozlar, safarda bo’lgan vaqtda aslida 2 rak’at bo’lib farz qilingan. Ya’ni musofir kishi namozini qisqartirishi degani bu – 4 dan 2 ga ozaytirishi emas, chunki aslida  safardagi namozlar o’zi aslida 2 rak’atlidir.

Niso surasi 4/101-103- oyatlarda, musofir kishi 2 rak’atlik namozni, qarshisidan dushman chiqib, dushmanning fitnasidan qo’rqqan vaqtda, namozini 2 rak’atdan 1 rak’atga ozaytirishini qasr ya’ni  namozni qisqartirilishi ekanini bayon qiladi. Bu haqdagi oyati karima shunday”

“Safar qilib boshqa yerlarga borganingizda agar kofirlar fitnasidan qo‘rqsangiz, namozingizni qisqa qilib o‘qishingizda gunoh yo‘q. Chunki kofirlar sizlarga ochiq dushmandir. (Ey Muhammad), qachon siz (jang maydonida) mo‘minlar orasida bo‘lib, ularga imom bo‘lgan holda namoz o‘qimoqchi bo‘lsangiz, ulardan bir toifasi qurollangan hollarida siz bilan namozga tursinlar. Bas, qachon sajda qilishgach (ya’ni namozning bir rakaatini o‘qib bo‘lishgach), orqalaringga borib, (sizlarni qo‘riqlab) tursinlar va hali namoz o‘qimagan boshqa toifa kelib siz bilan birga namoz o‘qisinlar. Ular ham ehtiyot choralarini ko‘rib, qurollanib olsinlar.
Kofirlar sizlar qurol-yarog‘ va asbob-anjomlaringizdan g‘aflatda bo‘lgan paytingizda ustingizga birdaniga hamla qilishni istaydilar. Agar yog‘ingarchilik tufayli aziyat cheksangizlar yoki bemor bo‘lsangizlar, qurollaringizni yechib qo‘yishingiz gunoh emas. Ammo ehtiyot chorangizni ko‘rib qo‘yinglar. Albatta Alloh, kofirlar uchun xor qilguvchi azobni tayyorlab qo‘ygan. Namozni ado qilarkan turgan, o‘tirgan va yon taraflaringiz uzra Allohni yod etingiz! Qachonki xotirjam bo‘lgach, namozni to’la-to‘kis ado etingiz! Chunki namoz – mo‘minlarga vaqti chegaralangan qilib farz bo‘ldi.” (Niso 4/102-103)

Bu oyatlarga ko’ra, Muhammad alayhissalom 2 rak’at qilib to’liq o’qigan, sahobalar esa, 1 rak’atdan o’qishgan. Mana shu 1 rak’at o’qish namozni qisqartirish bo’ladi.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
224 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Sunnat namozlarni masjidda o’qish yaxshimi yoki uydami? 06.07.2019 101
2 Uzrsiz holda namozlarni yolg’iz o’qisam bo’ladimi? 05.07.2019 100
3 Namozni buzadigan amallar 01.07.2019 117
4 Azon aytilganda nima qilish kerak? 02.06.2019 125
5 Bosh yalang namoz o’qish gunohmi? 19.03.2019 664
6 Masjidga kirganda ikki rakaat namoz o’qimasdan o’tirib bo’lmaydimi? 03.03.2019 492
7 Tahajjud namozi qachon o’qiladi? 03.03.2019 4 328
8 Tashahhuddagi salom va duolarning ma’no va mohiyatlari 13.02.2019 299
9 Namozda niyat tilda bo’ladimi yoki dildami? 11.02.2019 430
10 Namozda hushu qanday bo’ladi? 03.01.2019 261
11 Hamma bilgan o’sha namoz 18.10.2018 333
12 Qur’onda namoz vaqtlari 17.10.2018 929
13 Avtobus, poyezd, samolyot va shu kabi ulovlarda namoz oʻqisa boʻladimi? 04.09.2018 280
14 Qur’ondagi namozga aloqador oyatlar 12.08.2018 265
15 Namoz avvalgi ummatlarga ham farz qilinganmidi? 25.06.2018 199
16 Musofir kishi namozlarini 4 rak’at qilib o’qisa bo’ladimi? 18.06.2018 224
17 Ramazon va Qurbon bayramlari farzmi yoki sunnatmi? 18.06.2018 209
18 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 246
19 Musulmonlarni jahannamga kirishiga asosan nima sabab bo’ladi? 08.06.2018 214
20 Xufton namozining vaqti qachon tugaydi? 08.06.2018 823
21 Qur’onda tahajjud namozi haqida aytilganmi? 08.06.2018 1 635
22 Namoz vaqtlari (Qur’onga ko’ra) 08.06.2018 246
23 Jum’a namozi Qur’onda aytilganmi? U ayollarga ham farzmi? 08.06.2018 196
24 Azon haqida Qur’onda aytilganmi? 08.06.2018 227