Avvalgi ummatlarga ham zakot farz qilinganmi?
Musulmonlar > Fatvolar > Savol-javoblar > Zakot Tarix: 18 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Zakot avvalgi ummatlarga ham farz qilinganmidi?

Javob: Ha, albatta. Muhammad alayhissalom va ummatlariga farz qilinganidek, avvalgi ummatlarga ham farz qilingan. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Faqatgina Allohga qullik qilasizlar, ota-ona, qarindosh-urug‘, yetim va
chorasizlarga yaxshilik qilasizlar. Kishilarga chiroyli so‘zlar so‘zlang va
namozni to‘kis ado qiling, zakotni bering”, deb Banu Isroildan ahdu paymon
olganimizni eslanglar. Keyin esa (ey Banu Isroil) ozgina kishidan tashqari
hammangiz yuz o‘girgan holda ketdingiz.” (Baqara 2/83)

“Go’dak shunday dedi: “Men Allohning quliman. U menga Kitob beradi va meni Nabiy etib saylaydi. Qayerda bo’lmayin; meni barakotli qiladi. Tiriklik muddatimcha menga namoz va zakot vazifalarini yuklaydi.” (Maryam 19/30-31)

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
151 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Faqir kim? 11.06.2019 184
2 Tijorat mollaridan zakot berishga dalil bormi?   09.01.2019 279
3 Miskin kim? 25.06.2018 453
4 Avvalgi ummatlarga ham zakot farz qilinganmi? 18.06.2018 151
5 Ota-onasi va farzandlariga nega zakot berib bo’lmaydi? 18.06.2018 193