Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik
Musulmonlar > Din > Duo > Maqolalar > Qur'on va Musulmonlar > Shirk Tarix: 13 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Alloh taolo qattiq taqiqlagan va aslo kechirilmaydigan gunoh deb aytilgan shirk amali qanday qilib Islom diniga bunchalik kirib qolgani, nega bunchalik keng tarqab ketgani va bunga nimalar sabab bo’lgani haqida ochiqlab o’tishga harakat qilamiz.

Qur’oni Karimda duo kalimasi 212 joyda keltirilgan bo’lib; “duo qilish, yordamga chaqirish” ma’nolarini anglatadi, ibodat kalimalari esa 273 ta joyda keltirilgan bo’lib; “qullik qilish, sig’inish, topinish” ma’nolarda keltirilgan. Tafsir va tarjimalarning aksariyatida duo kalimasiga “ ibodat” ma’nosi berilishi oqibatida, asl ma’niosi yo’q bo’lib buzilishga yo’l ochilgan. Ibodat – qilingan duoning qabul bo’lish maqsadida qilingani uchun, bu ikki kalimaning o’rtasida mahkam bir bog’liklik bor. Shu sababli Nabiyyimiz alayhissalom “Duo ibodatning iligidir, o’zidir.”[1] degan edilar. Agar, duoga ibodat deb ma’no beriladigan bo’lsa, bir kishini g’oyri tabiiy yo’llar orqali yordamga chaqirilishiga ham ibodat ma’nosini berish kerak bo’ladi. Shunday qilib duo kalimasining asl ma’nosi yo’qolib boradi. Bu esa, Allohning kitobini tahrif (oyatlarni ma’nosini buzish) qilish deb hisoblanadi.

Tahrif – harf o’zagidan turagan so’zdir. Harf – so’zlikda uch, oxir, qiyshiq, qirg’oq va o’tkir taraf ma’nolarida ishlatiladi.[2] Bir so’zni tahrif qilish – ikkita ma’noga ega bo’lgan kalimani faqatgina bitta ma’noda foydalanish degani.[3]
Shu oyat tahrifni misollari bilan ochiqlab bermoqda:

مِّنَ الَّذِينَ هَادُواْ يُحَرِّفُونَ الْكَلِمَ عَن مَّوَاضِعِهِ وَيَقُولُونَ سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا وَاسْمَعْ غَيْرَ مُسْمَعٍ وَرَاعِنَا لَيًّا بِأَلْسِنَتِهِمْ وَطَعْنًا فِي الدِّينِ وَلَوْ أَنَّهُمْ قَالُواْ سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا وَاسْمَعْ وَانظُرْنَا لَكَانَ خَيْرًا لَّهُمْ وَأَقْوَمَ وَلَكِن لَّعَنَهُمُ اللّهُ بِكُفْرِهِمْ فَلاَ يُؤْمِنُونَ إِلاَّ قَلِيلاً

“Yahudilardan birqanchasi kalimalarni o’rnini o’zgartirdilar سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا, وَاسْمَعْ غَيْرَ مُسْمَعٍ ,hamda  وَرَاعِنَا deydilar. Buni tillarini bukib (burib), dinga tajovuz qilish maqsadida qiladilar. Agar buni o’rnnia وَاسْمَعْ , سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا hamda انظُرْنَا  desalar edi, yaxshiroq va to’g’riroq bo’lar edi. Ammo, to’g’rilarga o’zlarini to’skanliklari tufayli Alloh ularni la’natladi. Endi ularni ozginasigina ishonadilar.” (Niso 4/46)

Oyatdagi uchta jumlani har birida ikkitadan ma’nosi bor.

1 – سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا (sami’na va asoyna) jumlasining birinchi ma’nosi “eshitdik va mahkam ushladik” bo’ladi, ikkinchi ma’nosi esa “eshitdik va isyon etdik” shaklida keladi. Chunki “aso” kalimasi ham isyon etdik va hamda mahkam ushlab quchoqlash kabi ma’nolarda ham keladi.[4] Agar “sami’na va ato’na” “Eshitdik va bo’yin egdik” desalar edi, so’zni boshqa ma’noga burish, ya’ni tahrifga imkon qolmas edi va yaxshiroq va to’g’riroq bo’lar edi.

2 – “vasma’ g’oyro musma’in” jumlasining birinchi ma’nosi, “iltimos eshit, sizga gap gapirish bizga emas-u lekin…” ma’nolarni bildirsa, ikkinchi ma’nosi “eshit, gapga quloq solmaydigan odam”[5] ma’nolarni bildiradi. Agar, faqatgina “eshit’ ma’nosida kelgan “isma’” kalimasi qo’llanilganda edi, boshqa ma’noga burishni imkoni bo’lmas edi.

3 – “ro’ina” jumlasining ma’nolaridan birinchisi: “Bizni boq, bizga qara”, ikkinchisi esa “bizga qarab tur, bizni nazorat qilib tur” shaklida bo’ladi. “Bizni boq” so’zida istehzoli hazl toifa ma’no bor. Ya’ni, “sen bizni hayvon boqqandek boqishni istasang, mayli unda boqaver” degan bo’ladilar. Tillarini biroz burib ‘ro’iyna” desalar “bizning cho’ponimiz” degan bo’ladilar. Agar buning o’rniga “unzurna” deganlarida edi “bizni nazorat qilib tur” degan ma’nodan boshqa ma’no hosil bo’lmas edi.

Qur’on faqatgina shu yo’l bilan tahrif qilinishi mumkin. Chunki u millionlarcha insonning xotirasida yodda sasqlanib kelinayotgan va son-sanoqsiz nusxalarda yozilgandir. Uni boshqa bir yo’l bilan tahrif qilib o’zgaritirb bo’lmaydi.

Oyatda keltirilgan  “…buni tillarini bukib va dinga hujum qilish maqsadida bajaradilar.” jumlasi, tahrif uchun yomon bir niyyatni shart qilib keltirmoqda. Shu bois, bittadan ortiqcha ma’nolarni o’z ichiga olgan biron bir so’zda yo’l qo’yilgan noto’g’ri harakat tahrif deyilmaydi.
Duo kalimalariga bironta ham dalilga asoslanmay “ibodat’ ma’nosini berganlar, bu qilgan ishlarini dinga hujum qilish maqsadida qilmagan bo’lishlari mumkin. Ammo, ularni qilgan xatolari, dinga hujum qilmoqchi bo’lganlarga qo’llanma va sabab bo’lib qolgani aniq. Ahqof surasining 4, 5, va 6- oyatlarini misol qilib keltirib, duoga ibodat ma’nosi berilishi oqibatida oyatning ma’nosi qayerlarga burilib ketilganini o’rtaga chiqarishga urinib ko’ramiz:
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

قُلْ أَرَأَيْتُم مَّا تَدْعُونَ مِن دُونِ اللَّهِ أَرُونِي مَاذَا خَلَقُوا مِنَ الْأَرْضِ أَمْ لَهُمْ شِرْكٌ فِي السَّمَاوَاتِ اِئْتُونِي بِكِتَابٍ مِّن قَبْلِ هَذَا أَوْ أَثَارَةٍ مِّنْ عِلْمٍ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ  وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّن يَدْعُو مِن دُونِ اللَّهِ مَن لَّا يَسْتَجِيبُ لَهُ إِلَى يَومِ الْقِيَامَةِ وَهُمْ عَن دُعَائِهِمْ غَافِلُونَ   وَإِذَا حُشِرَ النَّاسُ كَانُوا لَهُمْ أَعْدَاء وَكَانُوا بِعِبَادَتِهِمْ كَافِرِينَ

“Ayting: “Alloh bilan o’rtangizga qo’yib chaqirganlarizni nima bo’lganini ko’rdingizmi? Menga ko’rsatingchi qani: Yerda nimani yaratib qo’yishibti? Yoki osmonlarda bironta ulushi bormi? Agar gapingizda rost bo’lsangizlar,  menga bu haqda avvalda kelgan bironta kitob yoki bironta ma’lumot belgisi keltiring.

Alloh bilan orasiga qo’yib, qiyomat kunigacha javob bera olmaydigan kishilarga duo qilib (yordamga) chaqirgan kishidan ham adashganroq kim bor? Bular, ularni chaqirganini farqiga bormaydilar.

Insonlar bir joyga to’plangan kuni ularga dushman bo’ladilar va qilgan qulliklarini qabul qilmaydilar…” (Ahqof 46/4-6)

Qur’onni ko’plab  tarjima va tafsirlarida shunday ma’no berilgan:

(Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: “Sizlar Allohni qo’yib iltijo qilayotgan narsa (butlaringiz) haqida xabar beringiz – menga ko’rsatinglarchi, ular yerdan nimani yaratganlar?! Yoki ular uchun osmonlar(ni yaratish)da sheriklik bormi?! Agar rostgo’y bo’lsangizlar, menga ushbu (Qur’on)dan ilgari (nozil bo’lgan) biror kitobni yoki biror ilmiy asarni (hujjatni) keltiringlar!” Allohni qo’yib, Qiyomat kunigacha ham (duoni) mustajob qila olmaydiganlarga iltijo qiladigan kimsadan kim ham adashganroqdir?! Holbuki, u (jonsiz but)lar o’sha (mushrik)larning duolaridan g’ofildirlar. (Qiyomat kuni) insonlar (hisobot uchun) jam qilinganda, o’sha (butlar) ularga (mushriklargadushman va ularning ibodat qilganlarini ham inkor etuvchi bo’lurlar!”  (Ahqof 46/4-6)

Duoga ibodat ma’nosi berilishi natijasida, unga aloqador bo’lgan yangicha ma’no burilishlari tuzatib bo’lmas holga kelib qolgan. Xato xatoni keltirib chiqargan, yuqoridagi uch oyatdagi xato beshtaga chiqqan. Bu xatolar shulardir:

1) Duoga ibodat ma’nosini berish         

Duo- chaqiruv ma’nosidagi o’zakdir. Keyinchalik kichik yoshlilardan katta yoshlilarga, pastdan yuqoriga uzatilgan istak va ehtiyoj ma’nolarida ishlatilish urf bo’lgan va ism bo’lib ham foydalanilgan. Duo eshitdim, duo o’qidim deyilishi ham shundandir.”[6] Ibodat esa toat ma’nosini bildiradi. Toat – bo’yin egish degani bo’lib, ko’pincha birovning buyrug’ini so’ssiz bajarish va izidan borish ma’nolarda ham keladi.[7] Turkiy tillarda bunga qullik deyiladi.  Kunlik qo’llanishlarimizda esa ibodat, – Allohning buyruqlarini bajo qilish uchun samimiy niyyat bilan namoz o’qish, zakot berish va ro’za tutish kabi harakatlarga berilgan nomdir.

Duo bilan ibodat o’rtasida ajralmas bir aloqa bor. Ibodatning asl maqsadi duodir. Ya’ni, inson Allohga ibodat qilib ba’zi istaklariga ega chiqmoqchi bo’ladi. Alloh taol duolarimizni qabul bo’lishi uchun namoz o’qishimizni hamda chidamli va bardoshli bo’lishimizga buyurib shunday deydi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَعِينُواْ بِالصَّبْرِ وَالصَّلاَةِ إِنَّ اللّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ

“Ey mo’milar! Sabr-bardosh ko’rsatib va namoz o’qib yordam so’rang.  Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.” (Baqara 2/153)
Boshqa bir oyatda shunday deydi:

وَإِذَا سَأَلَكَ عِبَادِي عَنِّي فَإِنِّي قَرِيبٌ أُجِيبُ دَعْوَةَ الدَّاعِ إِذَا دَعَانِ فَلْيَسْتَجِيبُواْ لِي وَلْيُؤْمِنُواْ بِي لَعَلَّهُمْ يَرْشُدُونَ

    “Qullarim sizdan meni so’rashsa – Men yaqinman. Menga duo qilganida, duo qilganning duosiga qarshi javob beraman. Ular ham menga qarshi javob bersinlar, menga ishonsinlar. Balki yetuklashishar.” (Baqara 2 186)

Bir inson, Allohdan biron narsa so’rayotgan vaqtida, Unga  yaxshi qul bo’lishga urinadi. Shuning uchun ham, Ibodat po’st, duo uning ichidagi mang’iziga o’xshatilgan. Muhammad alayhissalom shunday deganlar: “Duo ibodatdir.[8] Duo ibodatning iligidir, asl mohiyatidir.”[9] Asl maqsad ham, Allohga istaklarimizni qabul qildira olishdir. Duo kalimasini o’rniga ibodat so’zidan foydalanadigan bo’lsak, har ikki kalima o’rtasidagi bog’liqliklar uzilib qoladi. Ana o’shanda insonlar, vositachilardan madad kuta boshlaydilar.

Istaklarini bironta avliyo, yoki bironta dindorni vositachiligi orqali Allohga yo’nalgan kishi, avval Uni rozi qilishni xohlaydi. Unga sovg’a-salomlar beradi, qurbonliklar so’yadi, ma’naviy huzurida ta’zim qiladi. Bunday harakatlar, Allohdan boshqasiga qulliq qilish ekanini Ahqof surasining 6- oyati bayon qilib beradi:

“Insonlar bir joyga to’plangan kuni, ularga dushman bo’ladilar va qilgan qulliklarini qabul qilmaydilar…” (Ahqof 46/4-6)

Shu oyat ham bu ishni shirk ekanligi haqida hukm qilmoqda. Alloh taolo marhamat qiladi:

قُلْ إِنَّمَا أَدْعُو رَبِّي وَلَا أُشْرِكُ بِهِ أَحَدًا

“Aytingki: Men faqatgina Robbimga duo qilaman, Unga hech kimni sherik qilmayman.” (Jin 72/20) Ya’ni, duoda Allohga hech kimni sherik qilmayman degan ma’no ifodalaydi.

Xulosa qilib aytganda, duo kalimasidan ibodat ma’nosida foydalanish, birqancha oyatlarni Qur’ondan chiqarib yuborishdek katta xato hisoblanadi. Yuqorida aytilgan oyatdagi duo kalimasiga ibodat ma’nosini ishlatilishi ham buning bir misolidir. Ya’ni, Allohdan boshqasiga duo qilmaslik haqidagi oyatlarni, butlarga sig’inish deb tarjima qilingan. Natijada Allohdan boshqasiga duo qilish shirk ekani haqidagi oyatlar yo’qqa chiqarilgan. Qur’oni Karimni tarjima va tafsir qilayotgan insonlar, bu kabi tahrifga olib boruvchi xatolarni farqiga borishlari kerak edi.

2) “Man” kalimasiga “ma” kalimasi ma’nosini berish

Arab tilida “Man” biron kishi yoki ba’zi kimsalar degan ma’noni anglatadi va aqilli borliqlarga nisbatan ishlatiladi. “Ma” kalimasi esa,  biron narsa yoki ba’zi narsalar degan ma’noni anglatadi. Ahqof surasining 5- oyatida, “man’ kalimasi uch bora takrorlangan. Duo kalimasidan ibodat ma’nosida foydalanganlar, oyatning uchta joyida takrorlangan “man” kalimasining ikkitasiga “kishilar”, uchinchisiga esa “narsa” manosini berishga majbur bo’lib qolganliklari uchun, oyatning boshidan oxirigacha butunlay ma’nosini o’zgartirib yuborishgan, natijada oyatning ma’nosi shu ahvolga keltirilgan:

وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّن يَدْعُو مِن دُونِ اللَّـهِ مَن لَّا يَسْتَجِيبُ لَهُ إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ وَهُمْ عَن دُعَائِهِمْ غَافِلُونَ 

“Allohni qo’yib, to qiyoma kunigacha unga javob berolmaydigan narsaga sig’ingandan ham adashganroq kim bor?” (“Allohni qo‘yib, Qiyomat kunigacha ham (duoni) mustajob qila olmaydigan butlarga duo-iltijo qiladigan kimsadan ham yo‘ldan ozganroq kim bor?! Holbuki u (jonsiz but)lar o‘sha (mushrik)larning duolaridan g‘ofildirlar!”)

Bu tarjimaga ko’ra, yordamga chaqirilganlar butlar bo’lib qolgan va bironta ruhoniydan yoki avliyo deb tanitilgan shaxslardan yordam so’rab duo qilgan shaxs esa, oyatning hukmi ostidan chiqarib yuborilgan. Agar ma’nolarni buzmasdan “man” kalimasiga o’zining “biron kishi” yoki “ba’zi kishilar” ma’nosini berib tarjima qilinganda, ma’no shunday bo’lar edi:

“Allohdan boshqa, qiyomatgacha unga javob berolmaydigan kimsani yordamga chaqirgandan (duo qilgandan) ham adashganroq kim bor? Holbuki ular duo qiluvchilarning duosidan bexabardir.” (Ahqof 46/5) 

Manabu to’g’ri berilgan ma’no, Allohdan boshqasiga duo qilib yordam so’rash yo’llarini to’sadi. Mana shundagina Fotiha surasidagi “Yolg’iz sening amringni so’zsiz va shartsiz bajaramiz va yolg’iz sendan yordam so’raymiz” oyatining mazmun- mohiyati o’rtaga chiqadi.

Yuqoridagi tarjimada yo’l qo’yilgan bitta xato, mana bunday bir necha xatolarni keltirib chiqargan:

3) “Hum” zamiriga “hiya” ma’nosini berish

“Bular” deb tarjima qilinadigan “hum” kalimasi, Arab tilida aqilli erkaklarga ishlatiladi. Ammo, “man” kalimasiga “narsalar” deb ma’no berilgani uchun, “hum” zamiriga, yo “man” lafziga ishorat qiluvchi “huva” yoki, uning ma’nosini bildiruvchi “hiya” ma’nosini berishga majbur bo’lishgan. Bu narsa, e’tibordan chetda qoldirilishi mumkin bo’lmagan xatodir.

4) Jam’i muzakkar solimga noto’g’ri ma’no berish

“Bexabardirlar, g’ofildirlar, farqiga bormaydilar” deb tarjima qilinishi kerak bo’lgan “g’ofilun” kalimasi, “jam’i muzakkar solim”dur, ya’ni, aqilli kishilarga nisbatan aytiladi. “Man” kalimasiga “narsalar” deb tarjima qilingani uchun, uning asl ma’nosi buzilib o’zgarib ketgan. Bu ham katta xatodir.

5) Ahqof surasining 6- oyatiga e’tibor bermaslik

“Man” kalimasi “narsalar” deb tarjima qilingani uchun, 5 va 6- oyatlarni o’rtasidagi bog’liqlik uzib tashlangan. Bu bog’liqlikni uzilmashining bittayu bitta yo’li – o’sha kalimaga “kishilar” deb ma’no berishdir. Oyat shundaydir:

وَإِذَا حُشِرَ النَّاسُ كَانُوا لَهُمْ أَعْدَاءً وَكَانُوا بِعِبَادَتِهِمْ كَافِرِينَ 

“Insonlar oxiratda bir joyga yig’ilgan kun, ularga dushman bo’ladilar va ularning (qilgan) qulliklarini qabul qilmaydilar.” (Ahqof 46/6)

Butlar oxiratda qayta tirilib, insonlar bilan bir joyga yig’ilmaganligi uchun, oyatda zikr qilinganlar hisob-kitobga tortiladigan aqilli borliqlardir.  Ana o’shalar – ruhoniyatlaridan yordam so’ralgan Allohga yaqin deb hisoblangan avliyolar yoki pirlardir.

Oyatlarda yo’l qo’yilgan bu xatolar, qabrlarni ziyorat qilishga aloqador bo’lgan mana bunday bir qancha noto’g’ri yo’l ochib bergan:

“Alloh bu suyukli qullariga bizda bo’lmagan ba’zi karomatlar bergan, bizdan ko’ra ular Allohga yaqindir, bizdan ko’ra ularning imkoniyatlari ko’proqdir. Bular qiyomatda bizga shafoat qiladigan buyuk kishilardir, bizni gunohlarimiz ko’pligi tufayli, Allohga to’g’ridan-to’g’ri yuzlana olmaymiz, bunga jur’atimiz ham yetmaydi, balki bu buyuklarning hurmatidan Alloh bizni kechirar va duolarimizni qabul qilar.”[10]

Bu kabi xatolarga yo’l qo’yilishi oqibatida, o’lib ketgan bir dindor insonni Allohning yaqin do’sti deb bilib, unga hayoliy vakolatlar berib, uning ruhoniyatini hayolida jonlantirib namoyon qilgan holda qabri yoki haykali oldida bo’yin egishi, Allohga uning vositachiligi orqali yetishishga ishonishi, duolarini uning hurmatidan qabul bo’lishiga ishonishi kelib chiqdi. Hhu maqsadlarda qabrlarni ziyorat qilish Islom dinidagi eng katta va tez rivojlanadigan shirk kasalligiga aylandi. Ahqof surasining 4- oyatiga agar to’g’ri ma’no berilsa, bunday razil shirkning yo’li to’siladi qoladi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Aytingki: Aloh bilan o’rtangizga qo’yib yordamga chaqirganlariz nima ekanini ko’rdingizmi? Qani menga ko’rsatinglarchi, ular yerda nimani yaratib qo’yishdi? Yoki ularni osmonlarda ulushi bormikan? Agar gaplaringiz rost bo’lsa, bu xususda menga, avvalda kelgan bironta kitob yoki bir ma’lumot asarini olib kelinglarchi.” (Ahqof 46/4)

Bu tanqidlar, yuqoridagi uchta oyatni asos qilib olinib aytilgan. Ayni xatolar, ichida duo o’zagidan tarqagan ko’plab oyatlarni Turkiy tillardagi tarjimalarida ham ko’rish mumkin. Eng achinarlisi esa, bir yoki ikkita tafsirdan boshqa barcha tarjima va tafsirlarda, ayni xato takrorlanishidir. Bu xatolar, Alloh aslo kechirmaydigan shirk gunohlarini Musulmonlar bemalol, qo’rqmasdan qilishiga yo’l ochib bergan.

Qur’oni Karimni tarjima va tafsir qilganlar, bu xatolarni bilib va atayin qilgan deb aytish mimkin emas albatta. Ammo ularning ko’pchiligi, Alloh nima deganiga e’tibor qilishni o’rniga, o’zlaridan oldingi olimlar bu oyatlarga qanday ma’no berganiga qaraydilar. Bu ham, bir vaqtlar yo’l qo’yilgan xatolarni tomir otishiga yo’l qo’yib berishdir.

[1]      Termizi, Duo,1, hadis no; 3371.

[2]      Tarjimon Osim, Qomus,( حرف ) moddasi.

[3]      Rog’ıb al-Isfahoni, Mufradot, ( حرف ) moddasi.

[4]     as- Sıhoh, Tojul- Arus, Lisonul-Arab.

[5]     Elmalılı Muhammad Hamdi Yazır, Haq Dini Qur’on Tili. Niso 46. oyatining tafsiri.

[6]     Elmalılı Muhammad Hamdi Yazir, Haq Dini Qur’on Tili, j. I, s. 662, (Baqara 186. Oyatning tafsiri) Istanbul 1935.

[7]     Ibn Manzur, Lisonul-Arab.

[8]     Termizi, Duo, 1, Hadis no; 3372.

[9]     Termizi, Duo,1, Hadis no; 3371.

[10]     Hayrettin KARAMAN, “Ramazonda Qabr Ziyoratlari” 10. 12. 2000 tarixli Yangi Shafaq Gazetasi, Fıqh bo’limi.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
304 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ibodat va Shirk (Tariqatchilikka Nazar 23- bo’lim) 20.05.2019 124
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 110
3 Shayxlarga vahiy kelishi (Tariqatchilikka Nazar 14- bo’lim) 20.04.2019 165
4 Musulmonlarni cho’ktirgan shirk (Tariqatchilikka Nazar 9- bo’lim) 12.04.2019 174
5 Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim) 30.03.2019 209
6 G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim ) 30.03.2019 158
7 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 170
8 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 177
9 Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim) 28.03.2019 193
10 O’rtakashlik, Vasila va Vosita (Tariqatchilikka Nazar Solish 2- bo’lim ) 28.03.2019 192
11 Islomga kirgizilmoqchi bo’lgan renkarnatsion (ruh ko’chish) tushunchasi 09.07.2018 316
12 G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos 09.07.2018 252
13 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 294
14 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 297
15 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 304
16 O’likdan yordam so’rash 13.06.2018 243
17 G’oyb haqidagi noto’g’ri tushunchalar (katolik va soxta diniy jamoalardan o’rnaklar) 13.06.2018 235
18 Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar 13.06.2018 380
19 Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar) 12.06.2018 252
20 Dindorlarni Xudolashtirish (Nurchilardagi soxta avliyolik, muridlarini ma’naviy boshqaruv ostiga olishga urinishi) 12.06.2018 284
21 Taoizmga ko’ra vositachilik 11.06.2018 227
22 Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil) 11.06.2018 320
23 Vositachilik e’tiqodi 11.06.2018 308
24 Aql shirkni, Qur’on esa aqlsizlikni qabul qilmaydi 11.06.2018 431
25 Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli 11.06.2018 214
26 Mushrik o’zini mushrik deb tan olmaydi 11.06.2018 273
27 Mushrik – vositachilarning shafoatiga ishonadi 11.06.2018 226
28 Vositachilarga ishonish mushrikning asosiy ishidir 11.06.2018 221
29 Mushrik ham Allohga ibodat qiladi 11.06.2018 236
30 Allohga ishongan mushriklar 11.06.2018 190
31 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 235
32 O’zlarini tangri qilib olganlar 11.06.2018 218
33 Alloh va elchilarini o’rtasini ajratish 10.06.2018 212
34 Kofirlik va itoatsizlik sababini Allohga to’ngash 09.06.2018 243
35 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 296
36 Kufr va shirk 09.06.2018 349