Noto’g’ri shafoat ishonchi
Musulmonlar > Din > Maqolalar > Qiyomat kuni > Shafoat Tarix: 13 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Vositachilarni shafoat qilishiga ishonish

1- Katolıklardagı shafoat ishonchi

Katoliklarga ko’ra shafoa – Isoning duosiga mos ravishda qilingan umitli duosidir.[1] Ular shafoat kalimasini o’rniga “qutqaruvchi” kalimasidan foydalanadilar. Katoliklarga k’ora, “Iso Masih – Otaning yonida Hristianlarning oqlovchilik vazifasini bajaradi. Ularga foyda keltirish uchun doimo tirikdir. Allohning yonida hozirdir.[2] O’zi orqali Allohga yaqinlashmoqchi bo’lganlarni tamoman qutqarib qolishga kuchi yetadi.[3]
“Muqaddas Ruh bo’lmasa Tangrining O’g’lini ko’rishni ilojisi yo’q. O’g’il bo’lmasa Tangriga yaqinlashishni ilojisi bo’lmaydi. Chunki, Tangrini tanimoq Og’ilni tanimoq ila bo’ladi. Tangri O’g’lini tanish esa, Muqaddas Ruhning vositaligi orqali hosil bo’ladi.”[4]
“Maryam Ona oqlovchi va yordamchidir. “Maryam Onaning onaligi yakun topmagandir. Ingragan holida vositachi izlaraganlarni, abadiy osudalik bahsh etgan armug’onlarni kafolati (garantiya) ostida ushlab qolishda davom etmoqda.”[5]
Katoliklarga ko’ra papaz, “Allohga aloqador bo’lgan ishlarda insonlarni tamsil qilish uchun tayinlangandir.”[6] U,- kishilik vakolati bilan insonlarga -“Otaning nomidan seni kechiryapman deya oladi.”[7]

2 – Soxta diniy tashkilotlarda shafoat ishonchi

Ko’rib chiqqan tariqatlarimizda ham Katoliklarga o’xshash bir hil ishonch va e’tiqod bor. Ular, qutqaruvchi” so’zini o’rniga “shafoatchi” kalimasidan foydalanishadi. Bir Shayx hazrati va tariqat yetuklari deb tanilgan ba’zi kishilar bilan qurgan suhbatimiz shunday kechgan:
Murit:  Biz Shayx hazratlariga bo’lgan e’tiborimiz, u kishi bizga yordamchi bo’lishi tufaylidir. Masalan, hozirda sud jarayonida oqlovchiga ko’pincha ehtiyoj sezilmaydi. Ammo, oqlovchisi borlar aksariyat hollarda yutib chiqishadi. Shayx hazratlari ham bizning oqlovchimizdir.
Bayindir:  Sizlar, oshkorayu maxfiy bo’lgan har narsadan xabardor bo’lmish Allohni sudya bilan teng ko’ryapsizlarmi? Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

يَوْمَ يَفِرُّ الْمَرْءُ مِنْ أَخِيهِ   وَأُمِّهِ وَأَبِيهِ  وَصَاحِبَتِهِ وَبَنِيهِ  لِكُلِّ امْرِئٍ مِّنْهُمْ يَوْمَئِذٍ شَأْنٌ يُغْنِيهِ

“U kunda kishi aka-ukasidan, onasidan, otasidan, ayolidan va o’g’illaridan qochadi. U kunda hammani ishi boshidan oshib yotadi.” (Abasa 80/33-36)
Holat bu darajada ekan, sizlarning Shayxlaringiz bunday imkoniyatni qayerdan olib sizlarni qutqarib qoladi?
Ansorlardan bo’lmish Ummul A’lo aytadiki: Muhojirlarga qur’a tashlanganda bizga Usmon bin Maz’un tushdi. Uni uylarimizga joylashtirdik. Keyinchalik, o’limiga sabab bo’lgan kasallikka duchor bo’ldi. Vafot etganida yuvulib o’z liboslariga kafanlandi. Muhammad alayhissalom ichkariga kirdi. O’sha vaqt men shunday dedim: “Abu as-Sa’id! (253 Usmon bin Maz’un roziyallohu anhuning laqabi. Alloh seni rahmat qilsin. Haqiqatta Alloh senga ikrom aylaganiga guvohman.” Buni eshitgan Muhammad alayhissalom shunday dedi: “Alloh unga ikrom aylaganini qayerdan bilyapsan?” Ayttimki: “Otam sizga qurbon ey Allohning Elchisi! Alloh yana kimga ikrom qilsin?” Muhammad alayhissalom ayttiki: “Ha to’g’ri, unga qochib bo’lmas bir haqiqat keldi. Vallohi, men u uchun faqat yaxshiliklar kutaman. Ammo, men Allohning Elchisi bo’lganim bilan, menga qanday muomala qilinishini vallohi bilmayman.”
Ummul A’lo aytdiki: Vallohi bundan keyin hech kimni oqlamayman.” (Buxoriy, Janoiz, 3.)
Ammo, sizlar shayxingizni jannatga aniq kirishiga aslo shubha qilmaganizdek,  Allohning huzurida sizni oqlab qolishiga da’vo qilishga ham jasorat qilibsizlar.

Bizga shoh tomirimizdan ham yaqin bo’lgan Allohning e’tiboridan chetda qolgan biron narsa bormiki – sizlarga advokatlik qiladigan shayx, hosho Alloh unutib qoldirgan yoki sizlar haqqingizda bilmagan narsa bo’lsa uni Allohga esatsin, shundaymi? Yoki hosho Alloh sizga nisbatan noto’g’ri qaror beradigan bo’lsa, sizni shayxingiz unga qarshilik qiladimi? Qanchalik xato va noto’g’ri yo’lda ekaningizni bilasizlarmi?
Murit: Muftilik idorasida muftiy bilan ko’rishmoqchi bo’lsangiz,[8] qabulxonadagi bir inson o’rtaga tushib, sizni muftiga olib kirishi kerak. O’rtaga biron kishi kirmay turib, mansabdor bo’lgan kishilar yoki vazirlikdagi shaxslarni oldiga “top” etib kirib ko’rishish mumkinmi? Huddi shunday shayx hazratlari ham, biz bilan Alloh o’rtamizda vositachimiz va vasiylamizdir.
Bayindir: Bizga shoh tormirimizdan ham yaqin bo’lgan Allohga nisbatan qanday qilib bu fikrga borish mumkin!?..

Bunday e’tiqod insonni shirkka olib boradi. Shirk – aslida Alloh bilan qul orasiiga vosita qo’yishdir. Zumar surasi aynan shu narsaga e’tiborimizni tortmoqda:

أَلَا لِلَّهِ الدِّينُ الْخَالِصُ وَالَّذِينَ اتَّخَذُوا مِن دُونِهِ أَوْلِيَاء مَا نَعْبُدُهُمْ إِلَّا لِيُقَرِّبُونَا إِلَى اللَّهِ زُلْفَى إِنَّ اللَّهَ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ فِي مَا هُمْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي مَنْ هُوَ كَاذِبٌ كَفَّارٌ

“Bilinki, Alohning dini sof dindur. Allohdan oldin avliyolarga osilganlar aytishadiki: “Biz bularga qullik qilishimiz – bular bizni Allohga yanaham yaqinlashtirishi uchun xolos.” Alloh, ular tortishib turgan har mavzudagi hukmini ularni yuziga soladi. Alloh, yolg’onchi va nonko’r bo’lib olganni yo’liga qabul qilmaydi.” (Zumar 39/3)
Bunday insonlardan mutlaqo voz keching. Chunki inson turidan bo’lgan shaytonlar, aynan shu usulda musulmonlarni adashtirmoqda.
Marhamat qilib aytolmaysizmi – yaratgan,  ta’minlagan, sizni katta qilgan va sizga shoh tormirizdan ham yaqinroq bo’lgan Alloh – sizni yaxshiroq biladimi yoki shsayx hazratlarimi?
Murit: Albatta Alloh yaxshiroq biladi.
Bayındır: Unday bo’lsa shayx hazratlari sizni nimangizni Allohga tanitadi?
Murit- ? !
Bu uchrashuv uning shayxi yonida amalga oshirilgan va u bu holatdan habardor edi. Murit nomi ostida suhbatni davom etkazgan va tariqatda yetakchi bo’lgan deb yozilganlar, ichlarida olimlari bo’lgan kishilar nazarda tutilmoqda.[9]
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ اللّهِ مَا لاَ يَضُرُّهُمْ وَلاَ يَنفَعُهُمْ وَيَقُولُونَ هَؤُلاء شُفَعَاؤُنَا عِندَ اللّهِ قُلْ أَتُنَبِّئُونَ اللّهَ بِمَا لاَ يَعْلَمُ فِي السَّمَاوَاتِ وَلاَ فِي الأَرْضِ سُبْحَانَهُ وَتَعَالَى عَمَّا يُشْرِكُونَ

“Allohdan oldin shunday narsaga qul bo’ladilarki, ularga na foydasi va na zarari tegadi. Aytadilarki: “Bular Alloh huzuridagi bizni shafoatchilarimizdir.”  Aytingki: “Osmonlaru yerda Alloh bilmagan narsa bor ekan-u – sizlar undan habar beryapsizlarmi?” Bunday bo’lishi mumkinmi? ! Alloh ularning shirkidan uzoqdir.” (Yunus 10/18)
Alloh taolo kimga shafoat vakolatini bersa, ular faqatgina Allohning o’zi xohlagan kishilarnigina shafoat qilishlari mumkin, o’zlari kimni xohlasa shafoat qilib ketavermaydi.

قُل لِّلَّهِ الشَّفَاعَةُ جَمِيعًا لَّهُ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ثُمَّ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

 “Aytingki: Shafoat qilish vakolati tamomiyla Allohnikidir.” (Zumar 39/44)

      يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَلَا يَشْفَعُونَ إِلَّا لِمَنِ ارْتَضَى وَهُم مِّنْ خَشْيَتِهِ مُشْفِقُونَ  وَمَن يَقُلْ مِنْهُمْ إِنِّي إِلَهٌ مِّن دُونِهِ فَذَلِكَ نَجْزِيهِ جَهَنَّمَ كَذَلِكَ نَجْزِي الظَّالِمِينَ

“Alloh ularning oldilaridagini ham, orqadagilarini ham biladi. Alloh rozi bo’lgan kimsalardan boshqasini foydasiga shafoat qilolmaydilar. Ularni o’zlari ham Undan (Allohdan) qo’rqqanidan titraydilar. Ulardan qaysi biri “Alloh bilan o’rtangizda iloh menman” desa, uni jahannam bilan azoblaymiz. Zolimlarni huddi shunday jazolaymiz.” (Anbiyo 21/28-29)

Abu Hurayra roziyallohu anhudan shunday rivoyat qilinadi:
“Qavmingdan senga eng yaqin bo’lganlarni ogohlantir.” (Shuaro 26/214) … oyati nozil bo’lganda, Nabiy alayhissalom tik turib shunday dedi:
“Ey quraysh jamoasi! O’zingizni qutqarib qolish chorasini ko’ringlar, Allohning huzurida sizlarga aslo foydam tegmaydi. Ey Abdulmanof o’g’illari! Allohning yonida sizlarga hech qanday foydam tegmaydi. Ey Abdulmuttalib o’gli Abbos![10] Allohning yonida senga hech bir foydam tegmaydi. Ey Safiyya (Rosulullohning holasi)! Allohning yonida senga hech bir foydam tegmaydi. Ey Muhammadning qizi Fotima! Allohning yonida senga hech bir foydam tegmaydi.”[11]

Prof. Dr. Abdulaziz Bayindır. Qur’on Nuri Ostida Vositachilik va Shirk Kitobi

[1]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 2634.

[2]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 519.

[3]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 2634.

[4]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 683.

[5]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 969.

[6]     INJIL. Ibroniylarga Maktub, 5/1.

[7]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 878.

[8]     Bu uchrashuv bo’lib o’tgan vaqtda men Muftilikda ishlar edim. (Abdulaziz BAYINDIR)

[9]     Uchrashuv haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lmoqchi bo’lganlar, Abdulaziz Bayindir, Qur’on nuri ostida Tariqatchilikka nazar, 4- nashr, Istanbul, 2005, 126-131- s.

[10]     Nabiyyimizning amakisi.

[11]     Buxoriy, Vasoya, 11.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
163 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 71
2 “Shafoat Yo Rasulalloh” nima degani? 24.12.2018 310
3 Noto’g’ri shafoat ishonchi 13.06.2018 163