G’oyb haqidagi noto’g’ri tushunchalar (katolik va soxta diniy jamoalardan o’rnaklar)
Musulmonlar > Din > Kufr > Maqolalar > Shirk Tarix: 13 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Vositachi qilib olingan shaxslarni g’oybdan xabardor deb e’tiqod qilish

G’oyb – Kishining his-tuyg’ularidan uzoq va u haqda biron bir ma’lumotga ega bo’lmagan narsasiga aytiladi.[1] U haqda bironta ham bilimga ega bo’lmagan narsasiga g’oyb deyiladi. Qiyomatning vaqti kabi Allohdan boshqa hech kim bilmaydigan narsalar g’oybi mutloqdir. U haqda umuman bir xabar keltirilmagan o’tmishdagi tarix ham g’oybga aylanadi. Biron kishiga ma’lum bo’lgan narsa esa, g’oybi xosdir. Masalan, Sizning qalbingizdan o’tkan narsa men uchun g’oyb, ammo siz uchun g’oyb emas. Chunki siz ichizdagidan xabardorsiz. G’oybni inson ham, malak ham, jinlar ham, hatto Allohning Elchilari ham bilmaslar. Alloh Taolo shunday marhamat qiladi :

قُل لَّا يَعْلَمُ مَن فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ الْغَيْبَ إِلَّا اللَّهُ وَمَا يَشْعُرُونَ أَيَّانَ يُبْعَثُونَ

“Aytingki: Na ko’klarda va na yerda g’oybni hech kim bilmaydi, faqat Alloh biladi…” (Naml 27/65) Manabu oyatlar esa, asosan farishtalarga aloqadordir. Alloh Taolo shunday marhamat qiladi :

وَلَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنسَانَ وَنَعْلَمُ مَا تُوَسْوِسُ بِهِ نَفْسُهُ وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ   إِذْ يَتَلَقَّى الْمُتَلَقِّيَانِ عَنِ الْيَمِينِ وَعَنِ الشِّمَالِ قَعِيدٌ  مَا يَلْفِظُ مِن قَوْلٍ إِلَّا لَدَيْهِ رَقِيبٌ عَتِيدٌ

“ Insonni yaratgan bizmiz. Unga shoh tomiridan ham yaqinmiz, ichini unga nimani fisirlaganini bilamiz. O’ngida va chapida ikkita yozuvchi muvakkal bordir. Og’zidan chiqqan har so’zni yozishga tayyor bo’lib turgan mutlaqo bir qo’riqchi bordir. “ (Qof 50/16-18) Demak-ki, Alloh insonning ichini bilgani holda farishtalar faqatgina insonning og’zidan chiqqan so’zni biladilar xolos. Jinlarning ham g’oybni bilmasliklari haqidagi oyat Saba’ 34/12-17 oyatlarda bildirilgan. Nabiylar esa, faqatgina Allohni ularga vahiy qilgan narsanigina biladilar. Alloh Taolo shunday marhamat qiladi:

قُل لاَّ أَقُولُ لَكُمْ عِندِي خَزَآئِنُ اللّهِ وَلا أَعْلَمُ الْغَيْبَ وَلا أَقُولُ لَكُمْ إِنِّي مَلَكٌ إِنْ أَتَّبِعُ إِلاَّ مَا يُوحَى إِلَيَّ قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الأَعْمَى وَالْبَصِيرُ أَفَلاَ تَتَفَكَّرُونَ

“(Ey Muhammad) Aytingki: Sizlarga “Allohning xazinalari yonimdadir demayapman. Goybni ham bilmayman. Sizlarga “men bir malakman” ham demayapman. Menga nima vahiy qilinsa, men o’shanga ergashaman. Aytinki, ko’radigan bilan ko’r teng bo’ladimi? Hech xam tushunmaysizlarmi?” (An’om 6/50)

وَلَوْ كُنتُ أَعْلَمُ الْغَيْبَ لاَسْتَكْثَرْتُ مِنَ الْخَيْرِ وَمَا مَسَّنِيَ السُّوءُ إِنْ أَنَاْ إِلاَّ نَذِيرٌ وَبَشِيرٌ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُون

“Aytingki: …Agar g’oybni bilganimda edi, molu davlatim ko’p bo’lar edi, menga yomonlik xam tegmas edi. Men – ishongan bir qavm uchun faqatgina ogohlantiruvchi va hushxabar beruvchiman xolos.”( A’rof 7/188)
Xulosa shuki: G’oybga aloqador bo’lgan ba’zi narsalar, Alloh Taolo tarafidan elcilariga vahiy yo’li bilan bildirilari. Biz esa ularni shu shaklda o’rgana olamiz. Lekin ming afsuski, Hristianlar va ba’zibir tariqat va ba’zi jamoalar g’oybni bilishini ddao qilishadi.

1-Katoloklarga ko’ra g’oyb ilmi

Xabaribgiz bor, Katoliklar Iso Masihni va Muqaddas Ruhni Tangri deydilar.Ularga ko’ra Episkoplik maqomini olgan kishi, Masihning o’rnini bosadi va uning barcha vazifalarini oladi. Bunday bir shaxsni, g’oybni bilishiga to’liq ishonch hosil qiladilar. Papalar esa Episkoplarning yordamchilaridir, ular ham g’oybni biladilar. Bu haqda Katoliklarning fikri va e’tiqodi shunday: “Iso Masihning havorilarga omonat qilib qoldirgan missiyasini Cherkov – Ruhbonlilik siri bilan davom ettiradi.[2]
Episkoplik – ruhbonilik sirining eng yuqori darajasidir.[3]
Episkoplik maqomini olgan kishi – ijozatli va ochiq holda Rahbar, Cho’pon va Rohib bo’lgan Iso Masihning o’rnini egallaydi va uning vazifasiga o’rnatilgan bo’ladi. Unga berilgan muqaddas ruh soyasida episkoplar manaviy qirollik yoki cho’ponlik va nabiylik maqomiga ega bo’ladilar.[4]
Papalar episkoplarning yordamchilari bo’lgan holda, Masihning omonat qilib qoldirgan vazifasini bajarishga harakat qiladilar.[5]
Muqaddas ruhning maxsus lutfi – ruhbonlik sirini olgan kishini rohib, o’rgatuvchi va cho’pon deb to’liq bir ma’noda Isoga o’xshatadi.[6]

2 – Ba’zi tariqatlar va ba’zi jamoatlardagi g’oyb Ilmi

Ba’zi tariqat va jamolar – Allohning avliyo qullari deb da’vo qilgan bazi kishilarni g’oyb ilmiga ega ekanliklarini da’vo qiladilar. Masalan, Bir tariqat shayxi o’zining barcha muridlarini birdek ko’rib turishi, ularga yuzlanishi mumkin bo’lgan balo-ofatlarni ko’rib ulardan daf etishi, yer yuzini kaftida ko’rib turgandek bilishi, muridining qalbidagi g’oybni aniq bilishi, muridiga Alloh tarafidan kelayotgan manaviy nur faqatgina shayxi orqali kelishi, jon chiqar vaqtida muridining oldiga – uni shaytondan saqlab qolish uchun qayerdan bo’lsa ham yetib kelishi, o’tmishda va kelajakdagi g’oyb narsalardan xabar berishi vh ilmlarga ega ekanini qabul qiladilar. Bu esa, Allohga maxsus bo’lgan sifatlarning ba’zisida insonlarni unga sherik qilish bo’ladi. Bu ochiqchasiga shirkdir. Alloh Taolo shunday marhamat qiladi:

وَمَا كَانَ اللّهُ لِيُطْلِعَكُمْ عَلَى الْغَيْبِ

“Alloh Taolo sizlarga g’oybni bildirguvchi emasdir.”
( Oli Imron 3/179) Va yana Jin surasi 26-28, Naml surasi 65, Hud surasi 49, Oli Imron 44, A’rof 101, Hud 120, Yusuf 102- oyatlarning barchasi g’oyb haqidagi oyatlardir. Allohning shuncha ochiq oyatlari bo’la turib,qanday qilib bu kasallikka yengilish mumkin?! Kasallik deganimizni sababai shuki: Noto’g’ri e’tiqod va ishonch yuqumli kasallikka o’xshaydi, insonlarga tez yuqadi. Imon va e’tiqod qalb ishidir, qalblardagi kasallikning davosi esa Qur’oni Karimdir. Qur’on rahbaringiz bo’lsin.
Bu da’vo uch jihatdan noto’g’ridir:

    a) G’oybni hech kim bilmaydi

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَمَا كَانَ اللّهُ لِيُطْلِعَكُمْ عَلَى الْغَيْبِ

“Alloh sizlarga g’oybni oshkor qilmaydi.” (Oli Imron 3/179)
Alloh taolo oshiqlamoqchi bo’lgan g’oybni faqatgina elchilari orqaqli ochiqlaydi. Buni alohida uslubi bor. U shunday marhamat qiladi:

عَالِمُ الْغَيْبِ فَلَا يُظْهِرُ عَلَى غَيْبِهِ أَحَدًا  إِلَّا مَنِ ارْتَضَى مِن رَّسُولٍ فَإِنَّهُ يَسْلُكُ مِن بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِ رَصَدًا   لِيَعْلَمَ أَن قَدْ أَبْلَغُوا رِسَالَاتِ رَبِّهِمْ وَأَحَاطَ بِمَا لَدَيْهِمْ وَأَحْصَى كُلَّ شَيْءٍ عَدَدًا

“Barcha maxfiy narsalarni (g’oydni) bilguvchu Udir. U – o’z g’oybini o’zi rozi bo’lgan elchidan tashqari hech kimga ochmaydi.
Uning (elchining) oldiga va orqasiga kuzatuvchilar qo’yadi. Bu – (elchi), ular (farishtalar) Alloh yuborgan narsalarni to’laligicha ulashtirganini, (o’ziham) ularning yonidagini qamram olganini (barcha jo’natmalarga ega bo’lganini) va har bir narsani birma bir idrok etib tushunib olganini bilshi uchundir.” (Jin 72/26-28)
Vahiydan kegin endi u ma’lumotlar g’oyb hisoblanmaydi. Alloh taolo qo’riqchi farishtalarni birga tushurishini sababi – keltirilgan ma’lumotlar Alloh taolo tarafidan ekaniga elchi shubha sezmasin. Chunki Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَمَا أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ مِن رَّسُولٍ وَلَا نَبِيٍّ إِلَّا إِذَا تَمَنَّى أَلْقَى الشَّيْطَانُ فِي أُمْنِيَّتِهِ

فَيَنسَخُ اللَّهُ مَا يُلْقِي الشَّيْطَانُ ثُمَّ يُحْكِمُ اللَّهُ آيَاتِهِ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

“Sendan oldin ham elchi yoki nabiy qilib yuborgan kishilarimizdan qaysi biri (tablig’ga aloqador) biron bir reja tuzsa, shaytonlar uning rejasiga nimadir kirgizgan. Undan so’ng Alloh, shaytonlar kirgizgan narsani ketkazib, (o’chirib) so’ngra oyatlarini ularning zehniga yaxshilab joylab qo’ygan. Alloh bilguvchi va to’g’ri qaror berguvchidir.” (Haj 22/52)
B’azi tafsirlarda, An’om surasini nozil bo’lishi bilan aloqador bo’lgan – Anas bin Molikdandan rivoyat qilingan – shu hadis keltiriladi: “Allohning Elchisi shunday dedi: “Qur’onda An’om surasidan boshqa bironta sura ham menga birdaniga to’liq qilib tushurilmadi. Shaytonlar bu sura uchun to’planganichalik boshqa suralarga aslo bunday to’planmagan edilar. Bu sura, menga Jabroi lbilan birgalikda ellik mingta farishta orqali nozil bo’ldi. U suranu o’rab qurshab olib, huddi bir to’y marosimidek olib keldilar.”[7] Shunday qilib u Elchi, unga kelgan narsa vahiy farishtasi ekani va vahiyga shayton vasvasasi aralashmaganiga ishonch hosil qilgan bo’ladi.
Said Nursi, Elchilarga vahiy qanday keltirilgani haqidagi yuqoridagi oyatni – avliyolar g’oybdan qanday qilib xabardor bo’lishiga dalil qilib keltirgan. Bu narsa insonni sarosimaga tushurib qo’yuvchi  da’vodan boshqa narsa emas.

    b) O’tmishdagi g’oybni hech kim bilmaydi

Said Nursi shunday deydi: “Abdulqodir Geyloniydek buyuk avliyolar, ba’zi zamonlarda – o’tmishni va kelajakni bugungidek ko’rib bilib turgan holda…”[8]
Bunday bir da’vo qanday qilib qabul qilinishi mumkin? Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
قُل لَّا يَعْلَمُ مَن فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ الْغَيْبَ إِلَّا اللَّهُ وَمَا يَشْعُرُونَ أَيَّانَ يُبْعَثُونَ

“Ayting-ki: Osmonlaru yerdagilarning hech biri g’oybni bilmayd,faqat Alloh biladi…” (Naml 27/65)
Alloh taolo, Nuh alayhissalom boshidan kechirgan narsalar haqida tushuntirganidan so’ng, Nabiyyimiz alayhissalomga shunday buyurdi:

تِلْكَ مِنْ أَنبَاء الْغَيْبِ نُوحِيهَا إِلَيْكَ مَا كُنتَ تَعْلَمُهَا أَنتَ وَلاَ قَوْمُكَ مِن قَبْلِ هَذَا فَاصْبِرْ إِنَّ الْعَاقِبَةَ لِلْمُتَّقِينَ

“Bular – senga vahiy qilgan g’oyb xabarlardir. Avvallari buni na sen va na qavming bilar edi…” (Hud 11/49)
Bu haqda juda ko’p oyat bor. Shu oyatlarga ham murojaat qilinishi mumkin: Oli Imron 3/44, A’rof 7/101, Hud 11/120-123, Yunus 12/102

    c- Qudsiy taqiq da’vosi

Said Nursı, Allohdan boshqa hech kim g’oybni bilmasligini “qudsiy taqiq” deb tarif bergan. Go’yoki: Alloh taolo “g’oybni hech kim bilmaydi” deyishni o’rniga “Hech kim, kelajak haqida bilgan narsalaridan birontasini ham ochiqlamasin.” Degan gap chiqib qolmaydimi? Bu da’vo insonni Allohga qarshi juda yomon bir holatga olib keladi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَمَا كَانَ اللّهُ لِيُطْلِعَكُمْ عَلَى الْغَيْبِ

“Alloh sizlarga g’oybni oshkor qilmaydi.” (Oli Imron 3/179)
Said Nursiga ko’ra, Abdulqodir Geyloni kabi buyuk avliyolar g’oybni bilishi, “o’z ixtiyorlari va niyyatlari bilan emas, Allohning o’rgatishi orqali” emish (!) “Aks holda, o’z ixtiyorlari bilan g’oybni o’rganishga kirishi itoatsizlik hoyu havasi berar” emish (!).”
Demak Alloh, ham “g’oybni hech kim bilmaydi, uni hech kimga ochiqlamayman” deydi, hamda ba’zi kishilarni ushlab ularga g’oybni ochiqlab beradi!  U kishilar ham kelajak haqidagi g’oyb xabarini ochiqlashda biron bir muammoga yo’liqmaydilar, ammo kelajak haqidagi g’oyblarni, tushungan tushunib olsin deb qog’ozga o’rab ishoratlab o’tkazib yuboradilar! Buni – Allohga qarshi biron bir itoatsizlik tushunchasi paydo bo’lmasin deb shunday qiladilar!!!…

Bunday e’tiqotdan Allohga sig’inish kerak.
[1]     Rog’ıb al-Isfahoni, Mufradot, ( غيب ) moddasi.

[2]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 1536

[3]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 1555

[4]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 1558

[5]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 1562

[6]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 1585

[7]     Elmalılı Muhammad Hamdi YAZIR, Haq Dini Qur’on Tili, Istanbul 1936, c. III, s. 1861–1862.

[8]     Said Nursi, Siqqai Tasdiqi G’oybi, 8- Lam’a, a.g.e, c. II, 2091.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
236 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ibodat va Shirk (Tariqatchilikka Nazar 23- bo’lim) 20.05.2019 124
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 110
3 Shayxlarga vahiy kelishi (Tariqatchilikka Nazar 14- bo’lim) 20.04.2019 165
4 Musulmonlarni cho’ktirgan shirk (Tariqatchilikka Nazar 9- bo’lim) 12.04.2019 174
5 Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim) 30.03.2019 209
6 G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim ) 30.03.2019 158
7 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 170
8 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 178
9 Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim) 28.03.2019 193
10 O’rtakashlik, Vasila va Vosita (Tariqatchilikka Nazar Solish 2- bo’lim ) 28.03.2019 192
11 Islomga kirgizilmoqchi bo’lgan renkarnatsion (ruh ko’chish) tushunchasi 09.07.2018 316
12 G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos 09.07.2018 252
13 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 294
14 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 297
15 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 304
16 O’likdan yordam so’rash 13.06.2018 243
17 G’oyb haqidagi noto’g’ri tushunchalar (katolik va soxta diniy jamoalardan o’rnaklar) 13.06.2018 236
18 Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar 13.06.2018 380
19 Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar) 12.06.2018 252
20 Dindorlarni Xudolashtirish (Nurchilardagi soxta avliyolik, muridlarini ma’naviy boshqaruv ostiga olishga urinishi) 12.06.2018 285
21 Taoizmga ko’ra vositachilik 11.06.2018 227
22 Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil) 11.06.2018 320
23 Vositachilik e’tiqodi 11.06.2018 308
24 Aql shirkni, Qur’on esa aqlsizlikni qabul qilmaydi 11.06.2018 431
25 Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli 11.06.2018 214
26 Mushrik o’zini mushrik deb tan olmaydi 11.06.2018 273
27 Mushrik – vositachilarning shafoatiga ishonadi 11.06.2018 226
28 Vositachilarga ishonish mushrikning asosiy ishidir 11.06.2018 221
29 Mushrik ham Allohga ibodat qiladi 11.06.2018 236
30 Allohga ishongan mushriklar 11.06.2018 190
31 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 235
32 O’zlarini tangri qilib olganlar 11.06.2018 218
33 Alloh va elchilarini o’rtasini ajratish 10.06.2018 212
34 Kofirlik va itoatsizlik sababini Allohga to’ngash 09.06.2018 244
35 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 296
36 Kufr va shirk 09.06.2018 349