Dindorlarni Xudolashtirish (Nurchilardagi soxta avliyolik, muridlarini ma’naviy boshqaruv ostiga olishga urinishi)
Musulmonlar > Din > Kufr > Maqolalar > Shirk Tarix: 12 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

a) Din buyuklarini tangrilashtirish (Soxta avtoritet paydo qilish va o’sha yolg’on yo’l orqali insonlarni aldab ma’naviy boshqaruv ostiga olish va ongini zaharlash)   

Shayton va uning yordamchilari, nabiyni tangrilashtirganidan so’ng dindorlarni ham tangrilashtirishga jur’at qilishdi. Buning eng uyg’un usuli – o’zlarini payg’ambarning vakili deb da’vo qilishlaridir. Hristianlar buni – Cherkovni bir shaxsi-ma’naviy, ya’ni komil inson holatiga olib kelish bilan erishdilar, orqasidan ba’zi Musulmonlar ham ularga ergashdilar.

Quyidagilar orqali Hristianlik bilan Tariqatlarning ba’zisidagi insonni ilohlashtirikdagi o’xshashliklarini ochiqlashga harakat qilamiz. Hristianlarning Isoni tangrilashtirishining ilk pog’onalari:
Katolik Cherkoviga ko’ra Iso Masih haqiqiy Tangri va haqiqiy insondir. Aynan shuning uchun ham u, Alloh bilan insonlar o’rtasida vositachidir.[1] Hozirda u Otaning yonida Hristianlarga advokatlik (oqlovchilik maqomida) qilmoqda. Ularning foydasiga vositachilik qilishi uchun doimo tirikdir. Alloh yonida doimo hozirdir.[2] O’zining vositachiligi orqali Allohga yaqin bo’lmoqchi bo’lganlarni qutqarib qolishga mutlaqo kuchi yetadi.”[3]
Tangrilashtirilgan din odamlariga nisbat berilgan ilohiy xususiyatlarni, quyidagi tartibda ifodalashimiz mumkin:

1- Koinotning bosh imomi (Sarvari olam) – Shaxsi ma’naviyning boshi (Jamoat liderlari yoki tariqat shayxlari)
Isoni tangrilashtirishdan maqsadlari – bir diniy tashkilot ya’ni shaxsi-ma’naviy tashkiloti barpo qilib, avvalo eng boshidagi shaxsni, orqasidan shaxsi-ma’naviyga qo’shilgan insonlarni tangrilashganini aytib,- insonlarni Allohning nomidan gapirib, ularni itoatgo’y qul qilib olishdir. Katoliklarga ko’ra I’soni Kilisa tamsil qiladi. Kilisa  ierarxik organlardan va Masihning sirli tanasidan paydo bo’lgan bir jamiyatdir. Cherkov ikki xil tuzilishga ega: ulardan biri insoniy, ikkinchisi esa ilohiydir.[4] Cherkov insoniyat va Alloh o’rtasidagi ittifoqning belgisi va vositasidir.[5] Papa – butun cherkov ustidan to’la va buyuk hokimiyatga ega. Papa yengilmas, beqiyos bir hokimiyatdir.[6]
Papa – Italiyan tilida ota ma’nosini bildiradi. Ular Allohni ham ota deyishadi. Cherkov boshlig’ini ham Papa deyishlari – uni Allohning o’rniga qo’yish uchundir. Papaga shunday ta’rif beradilar:
“Papa yengilmasdir;[7] Papa aql bovar qilmas maqomdadir. Papa ruhlar ustidan ilohiy tayinlanish orqali oliy, to’liq, bevosita vakolat va hokimiyatga egadir.[8] Shu kabi tuzilmalar ba’zi soxta diniy jamoalarda ham mavjud. Ular ham eng boshidagi insonni, Allohning do’sti va butun avliyolarning eng kattasidir deb, Allohning egn yaqiniga joylashtiradilar. Insonlarni uning atrofiga to’plash uchun, ularning madaniyatida katta o’rin tutgan va keng tarqalgan atamalardan biri bo’lmish “qutbi-zamon, valiyyulloh, aqtob, shayx, Alloh do’sti, avtod, g’ovs, insoni-komil va shu kabi atamalarning biridan foydalanishadi. Ularning tushunchasiga ko’ra, ular Allohning izni bilan butun koinotni boshqaradilar.
Aqlini ishlatmagan yoki o’sha jamoatda biron bir g’oyri tabiiy karomat ko’rgandek his qilganlar – tuzoqqa tushishni boshlabdi demak. Ularning eng kattasi Allohning xalifasi deb hisoblanish boshlanadi. Xalifa degani esa – birovning o’rnini egallagan va uni ishini davom ettirgan degan ma’noni anglatadi. Agar bu narsani qabul qilsak, go’yoki “Alloh nafaqaga chiqqan-u o’rniga boshqasi o’tirgan “degan tushuncha paydo bo’lmaydimi?!
Agarda yuqoridagi bosqichga ilk qadam tashlangan bo’lsa, undan keyingi xurofotlargaolib kirishi xamrdan qil sug’irgandek osonlashib boradi. Jamoat boshlig’iga Qutbi-zamon deyilish boshlanadi. Ong va chap taraflarida ikkita xalifasi ya’ni ikkita imom borligi, ulardan biri qutbning qarorlarini, ikkinchisi esa u qarorni asl ma’nosidan xabardor ekani tushuntiriladi. Bular uchlik paydo qilishadi.[9] Qutb – g’ovslik vakolatiga ham egalik qilgani uchun, boshiga tashvish tushganlarga (dunyoning qaysi nuqtasida bo’lishidan qat’iy nazar) yordam bera olishi aytiladi.[10] U kishi endi koinotning bosh imomi va bir buyuk qutqaruvchi deya tanila boshlaydi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَيَجْعَلُ الرِّجْسَ عَلَى الَّذِينَ لاَ يَعْقِلُونَ

“Alloh, aqlini ishlatmaganlar ustida, Allohga ishonmaslik kirini paydo qiladi…” (Yunus 10/100)
Barcha tariqatlarda bunday tuzilma bor. Masalan, Fathulloh Gulenga ko’ra Qutb yanada ilohiy sifatlar bilan uyg’unlashib ketadi va Allohni fazlu mahramati va ikromining bulog’i degan darajaga olib chiqiladi. Maxsus jihatlar nuqtai nazaridan u, huddi Qutb yulduzi kabi yagonadir, yeru ko’kning ko’z o’ngidadir. Uning fayzi ma’rifatga, ma’rifati Haqqning ilmiga,  u esa “na ayni va na g’ayri” ramkasi (shamoili) bilan Allohga tegishlidir.[11] Ya’ni: Alloh emas, ammo undan boshqa narsa ham emasdir.
Jabroil farishtasining maqomi Koinot Imomining maqomidan pastda deb bilgani uchun, bir muzokarada Fathulloh Gulen: “Agar Jabroil bir partiya qursa unga ovoz bermayman” degan edi.[12]

b) Bir pog’ona pastda bo’lgan shaxsni tangrilashtirish 

Bir pog’ona pastda bo’lgan kadroni, bular xos-xavos kishilar deyishadi. Katoliklar Isoni ilohlashtirgandan so’ng, Papani ham ilohlashtirdilar. Ularga ko’ra: “Papazlar – Allohga aloqador masalalarda insonlarni tamsil qilish uchun tayinlanadilr.[13]
Fathulloh Gulen ham o’zini Alloh bilan ayni maqomga olib chiqqanidan so’ng, past tabaqadagi xalifalarini ham papazlar kabi ilohlashtirdi. Qutb va ikki imomdan keyingi tabaqadagilarga – olamning to’rt tomonida vazifalanganiga ishonilgan bu to’rt avliyoga – to’rtta Avtod deyiladi. Gulenga ko’ra bular Idris, Ilyos, Iso va Hizr alayhimussalomning vazifalarini davom ettiradilar.[14] Xalqqa aloqador bo’lgan ishlarda esa Jabroil, Mikoil, Isrofil va Azroilning nazorati ostida yurgiziladi. Bulargacha bo’lganlarga esa yettilar deb ta’rif beriladi. Quyi tabaqadan o’rin olgan bu “yetti zottan har biri alohida bittadan kitob olib, u yerdagi ilohiy boshqaruvni nazorat qilib turadi.”[15] Gulenga ko’ra, bulardan tashqari, xalqni islohoti bilan mashg’ul bo’lgan, qalblari yaxshilik tuyg’ulari ila ruhlantirilgan va fonilikka qarshi ma’naviy silsilaga asos solganqirq kishilik Nujabo guruhi bor. Ular o’z hayotlarini boshqalarning saodatiga fido qilganliklari uchun, go’yoki: boshqalarning g’am anduhlari bilan birga doimiy qiyinchiliklariga duch keladigan muammoviy yashash tarziga aylanishadi.[16]
Buning orqasidan Alloh taoloning botiniy ismini tajalliylari deb hisoblangan 300 kishilik Nuqabo guruhi keltiriladi.[17] Gulenga ko’ra bular – insonlardan aslo ayrilmagan va ularning xatolarini tuzatadigan va nozik did bilan insonlarni yaxshilikka yo’naltiradigan, – insonlarning sirlaridan xabardor bo’lgan nafislardur. Moddiy va ma’naviy olam orasida alohida bir tarjimonlik vazifasini bajaradilar.”[18]
Ko’rib turganingizdek, Hosho na’uvzu billahi Alloh taolo nafaqaga chiqqandek munosabatda bo’lishmoqda va olam ichra barcha narsani – insonlarning hidoyatu zalolati, yeru osmonlarning tadbiri va hukmlarni – endi ular boshqarar emish.
Said Nursi bu xususlarda Fathuloh Gulendan ham oldinroqda. U, quyi tabaqadagi shaxslarni bunday mayda chuyda ishlar bilan mashg’ul qilmagan. Chunki u va uni tamsilchilari bo’lgan xos shogirdlari, Allohga bo’lgan birlik maqomidadurlar. Uni bu haqdagi so’zlari shulardan iborat:
“Risolai Nurning ma’naviy shaxsiyati va uni tamsil qilgan xos shogitlarining ma’naviy shaxsiyatlari “Fard-yagona, yolg’iz bo’lishlik” maqomi bilan sharaflantirilgani uchun, endi ularning tepasida na bir ulkaning qutbini va zamonning buyuk bir qismini Hijozga olib borgan qutbi a’zamini hokimiyati bor. Bu sababdan, hatto qutbi a’zamni tasarrufi ostiga kirishga ham majbur emaslar. Har davrda bo’lgan ikki imomdek – uni tanishga majbur emaslar. Men eskidan Risolai Nurni ma’naviy shaxsiyatini (o’zimni), o’sha imomlardan biri deb o’ylardim. Endi tushunib yetdimki – Govsi A’zam, qutb, va g’ovs ham fardiyat-birlik maqomida ekani tufayli, oxir zamonda shogirtlari bog’langan Risolai Nurnig o’sha fardiyat-birlik maqomi bilan sharaflangan ekanlar.”[19]
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

إِذْ تَبَرَّأَ الَّذِينَ اتُّبِعُواْ مِنَ الَّذِينَ اتَّبَعُواْ وَرَأَوُاْ الْعَذَابَ وَتَقَطَّعَتْ بِهِمُ الأَسْبَابُ. وَقَالَ الَّذِينَ اتَّبَعُواْ لَوْ أَنَّ لَنَا كَرَّةً فَنَتَبَرَّأَ مِنْهُمْ كَمَا تَبَرَّؤُواْ مِنَّا كَذَلِكَ يُرِيهِمُ اللّهُ أَعْمَالَهُمْ حَسَرَاتٍ عَلَيْهِمْ وَمَا هُم بِخَارِجِينَ مِنَ النَّارِ

“U kunda, yetakchi deb ergashilgan kishilar, o’zlariga ergashkanlardan ayrilib uzoqlashadilar. Endi u azobni ko’rdilar va o’rtalaridagi butun munosabatlar uzildi.
“Ularga ergashkanlar shunday deyishadi: “Qaniydi – bizda yana bir fursat bo’lganda edi, ular bizdan uzoqlashgani kabi bizlar ham dunyoda ulardan shunday uzoqlasharmidik!” Alloh ularning qilmishlarini, o’zlarini ich-etini yeydigan qilib ko’rsatadi. Endi ular u otashdan chiqmaydilar.” (Baqara 2/166-167)
G’avs, qutb va imom kabi tushunchalar kelgusi sahifalarda takroran ochiqlanadi.
Insonlarni ishontira olish uchun, bunday kishilarga g’oyri insoniy karomatlar egasi deb ta’rif beriladi. Risolai Nurlarga ko’ra Sai’d Nursi – “yigirma yil davomida uzluksiz o’qib o’rganish mumkin bo’lgan ilmlarni barchasini, atiga uch oyda egallab olgan, qaysi fandan savol berilmasin, aslo shubha qilmasdan darhol javob bergan.”[20] “Tushida Nabiyyimizdan ilm so’ragan ekan – ummatlardan savol so’ramsalik sharti bilan, Nabiyyimiz unga Qur’on ilmi berilishini bashorat bergan. Shu sababli, to yoshlik davridayoq, zamonasining bilimdoni deb tanilgan va hech kimdan savol so’ramagan, ammo berilgan barcha savollarga mutlaqo javob bergan.”[21]
Said Nursi bundan ham chuqurlashgan holda shunday deydi: “Mening maxsus ustozim bo’lmish Imomi Rabboniy, Abdulqodir Giyloniy hamda Javshan al-Kabir munojotini shaxsan o’zidan o’rgangan Imomi G’azzoliy va Zaynulobidiyn (r. a.) va o’ttiz yildan beri Hazrati Husayn va Imomi Alidan (Karramallohu vajhahu) olgan dars va xususan Javshan al-Kabir vositaligida, ular bilan o’tgan ma’naviy aloqalar soyasida, o’tmishdagi haqiqatlarni va kunimizdagi Risolai Nurdan bizga kelgan mashrabni oldim.”[22]
Shi’ilar ham o’z imomlari haqida huddi shu da’voni olg’a suradilar. Ularga ko’ra… “Imomlardan hech biri o’qituvchiga bormagan, hech biri bironta ham maktab yoki madrasaga bormagan. Bunga qaramay, ulardan so’ralgan barcha savollarga, darhol eng to’g’ri javob bilan javob bergan. Tillari “bilmiman” so’zinini aytmaganidek – javob berish uchun o’ylanib olishi yoki javobni biroz muddatga kechiktirish degan narsa yuz bermagan…”[23]
Imom – ilohiy hukumlarga, ilohiy ma’rifatga va butun ilmlarga ega bo’lishi, payg’ambar yoki o’zidan oldingi imomning vositasi orqali bo’ladi…”[24]
Bu kabi da’volarni to’g’ri bo’lishini ehtimoli ham yo’q. Masalan, Said Nursini o’zining o’tmishi haqida yozgan qo’lyozmalariga ko’ra; boshlang’ich maktabdan so’ng, Shayx Muhammad Jalolining dars halasiga qo’shilgani, odatta hamma o’qiydigan kitoblarni o’qigani va keyinchalik Van’da 15 yil davomida o’quvchi va o’qituvchilik bilan mashg’ul bo’lgani yozilgan.[25]
Tarixcha-i Hayotda keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra ham, avval sarf va nahv ilmi bilan mashg’ul bo’lgan, Izhar kitobigacha o’qigan, so’ng Mehmed Jaloliyning oldiga borgan, turli ilmlarga oid asarlarni o’rganib chiqishga tayinlangan va Islomiy ilmlarga oid bo’lgan qirqqa yaqin kitobni yodlab chiqqan. Shuni alohida aytib o’tamizki: Sayyid Nur Mahmed, Shayx Abdurrohman Tog’iy, Shayx Fahim, Shayx Mahmed Kufraviy, Shayx Emin Afandi, Mulla Fathulloh va Shayx Fathullohdan darslar olgan.”[26]
Bunga ko’ra, butun ilm hayotini uch oyda tamomlagani, har qanday savolga ikkilanmay darhol va to’g’ri javob bergani va bu xususiyatni tushida Nabiy alayhissalom tarafidan berilganini da’vo qilish – uni g’oyri insoniy deb ko’rsatish rejasidan boshqa narsa bo’lmaganini o’rtaga chiqarmoqda.
Sai’d Nursi, 70 yoshidan so’ng ham shu so’zlarni ayta olgan edi: “O’n to’rt yoshda edim. O’sha vaqtlar diplomga ega bo’lish belgisi sifatida ustoz tarafidan menga salla kiydirilishi va to’n kiydirilishining oldiga to’siqlar chiqqan edi. Yoshim kichik bo’lgani uchun, katta ustozlarga xos bo’lgan kiyimlari menga mos kelmas edi. Boshqa bir tarafdan katta olimlar menga ustoz emas, yo raqib bo’lardi yoki meni oldimda gapira olmasdi. Meni qarshimga, o’zini ustoz deb biladigan hech kim chiqmagan. Men bu haqni ellik olti yildan so’ng qo’llana oldim. Bundan yuz yil avval vafot etgan Mavlono Zuljanohayn Xolid Ziyovuddin menga shaxsiy to’ni bilan birga bitta salla yubordi, hozir o’sha to’nni kiyib yuribman. Bu muborak omonatni, Risolai Nur talabalaridan va qiyomatli aka-ukalarimizdan Osiyo nomli bir muhtarama honimning qo’li bilan oldim.”[27]
Said Nursi 14 yoshidayoq raqibsiz bir ilm odami pog’onasiga yetishganini da’vo qilsa-da, “Tarixcha-i Hayatin” kitobi, u 15-16 yoshga yetguncha butun o’rgangan bilimlariga sunuhat yo’li orqali erishganini[28] ifoda qilmoqda. (Sunuhat; insonning ko’ngliga va xotirasiga kelgan narsadir. Agar bu narsaga ilm deyilsa, yer yuzida ilmli bo’lmagan biron kishi qolmas edi)

Avvalgi maqolalarimizda aytib o’tganimizdek, Said Nursi kabi yana boshqa soxta jamoalar va tariqatlar barpo qilinib, insonlarni imon-e’tiqodini suiiste’mol qilib kelishgan. Said Nursi o’z davrining Usmonli sultoniga qarshi fitna uyushtirgani nurchilar tomonidan yashirib kelishga urinilgan. Lekin, oyni etak bilan to’sib bo’lmaydi. Na Qur’on-hadis ilmidan va na dunyoviy fanlardan xabari bo’lmagan Sadi Nursi, o’z davrida tashkillashtirgan fitnalari yetmaganidek, u qoldirgan yolg’on to’la asarlari hozirgacha Islomga va Islom ummatiga katta zarar yetkazib kelmoqda. Ushbu maqolada ko’rsatib o’tilganidek, uning kitoblari quruq afsonaviy narsalar, yolg’on hikoyalar va na Allohning Kitobiga va na Rasulullohdan kelgan hikmat to’la hadislarga to’g’ri kelmaydigan hukmlarg bilan to’ldirilgan.

 

[1]    Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 480.

[2]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 519.

[3]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori , par. 2634.

[4]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 771.

[5]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 775.

[6]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 877, 880, 883.

[7]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 891.

[8]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 937.

[9]     Hasan Kamil YILMAZ, Altınoluk Mecmuası, Aralık 1995

[10]     Fethullah GÜLEN, Kalbin Zümrüt Tepeleri, İstanbul 2011, c. III, s. 57.

[11]     Fethullah GÜLEN, a.g.e. c. III, s. 59-61.

[12]     http://www.youtube.com/watch?v=kXc3pea0a3Q

[13]     İncil, İbranilere Mektup, 5/1.

[14]     Fethullah GÜLEN, a.g.e. c. III, s. 55-56.

[15]     Fethullah GÜLEN, a.g.e. c. III, s. 51.

[16]     Fethullah GÜLEN, a.g.e. c. III, s. 54.

[17]     Sulaymon Uludog’, Rijalul-g’oyb, TDV Islom Ensiklopediyasi.

[18]     Fathulloh GULAN, a.g.e. c. III, s. 54-55.

[19]     Kastamonu Lahikası Maktub No: 121, a.g.e, c. II, s. 1644.

[20]   Said Nursi, Nomli-Indeksli Risolai Nur Kulliyotı, Yangi Osiyo Nahrlari, Istanbul

1995, Tarixchai Hayot, j. II, s. 2124.

[21]     182 Said Nursi, Tarixchai Hayot, Ilk Hayoti, Hoshiya 2, a.g.e, j. II, s. 2123.

[22]     Emirdog’ Lahikası, j. II, i n xususi ‘diaS ineY” : Asli shunday

[23]     184 Muhammad Rızo al-Muzaffar, Aqoidi Imomiyya, Shia Ishonchi (Tarjimon: Abdulboqi

GULPINORLI) Istanbul 1978, s. 52-53.

[24]     Muhammad Rızo al-Muzaffar, Shia Ishonchi, s. 52.

[25]     So’gni Davr, Usmonli Ulamosi, Istanbul. 1996, c. IV, s. 271.

[26]     Tarixcha-i Hayot, Ilk Hayot, s. 2129.

[27]     Kastamonu Lahikası, 27-Maktub, j. II, s.1609.

[28]     Tarihcha-i Hayot, Ilk Hayotı, j. II, s.2128.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
184 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ibodat va Shirk (Tariqatchilikka Nazar 23- bo’lim) 20.05.2019 41
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 30
3 Shayxlarga vahiy kelishi (Tariqatchilikka Nazar 14- bo’lim) 20.04.2019 79
4 Musulmonlarni cho’ktirgan shirk (Tariqatchilikka Nazar 9- bo’lim) 12.04.2019 75
5 Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim) 30.03.2019 98
6 G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim ) 30.03.2019 73
7 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 87
8 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 85
9 Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim) 28.03.2019 99
10 O’rtakashlik, Vasila va Vosita (Tariqatchilikka Nazar Solish 2- bo’lim ) 28.03.2019 89
11 Islomga kirgizilmoqchi bo’lgan renkarnatsion (ruh ko’chish) tushunchasi 09.07.2018 215
12 G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos 09.07.2018 162
13 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 192
14 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 210
15 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 211
16 O’likdan yordam so’rash 13.06.2018 164
17 G’oyb haqidagi noto’g’ri tushunchalar (katolik va soxta diniy jamoalardan o’rnaklar) 13.06.2018 157
18 Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar 13.06.2018 222
19 Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar) 12.06.2018 170
20 Dindorlarni Xudolashtirish (Nurchilardagi soxta avliyolik, muridlarini ma’naviy boshqaruv ostiga olishga urinishi) 12.06.2018 184
21 Taoizmga ko’ra vositachilik 11.06.2018 145
22 Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil) 11.06.2018 222
23 Vositachilik e’tiqodi 11.06.2018 221
24 Aql shirkni, Qur’on esa aqlsizlikni qabul qilmaydi 11.06.2018 348
25 Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli 11.06.2018 134
26 Mushrik o’zini mushrik deb tan olmaydi 11.06.2018 150
27 Mushrik – vositachilarning shafoatiga ishonadi 11.06.2018 143
28 Vositachilarga ishonish mushrikning asosiy ishidir 11.06.2018 154
29 Mushrik ham Allohga ibodat qiladi 11.06.2018 163
30 Allohga ishongan mushriklar 11.06.2018 139
31 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 160
32 O’zlarini tangri qilib olganlar 11.06.2018 135
33 Alloh va elchilarini o’rtasini ajratish 10.06.2018 150
34 Kofirlik va itoatsizlik sababini Allohga to’ngash 09.06.2018 150
35 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 210
36 Kufr va shirk 09.06.2018 219