Hikmat va Sunnat tushunchalarini buzilishi va yo’qqa chiqarilishi
Musulmonlar > Din > Hikmat > Sunnat > Tadqiqotlar Tarix: 12 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Hikmat va Sunnat tushunchalarini o’ldirilishi

Umaviylar davrida boshlanib Abbosiylarda tomir otgan tuzumda, Hikmatga – Allohni o’zgarmas qonuni, Sunnatga esa – Nabiyyimizning so’z va harakatlari deb ta’rif berilgan. Nabiy bilan rosul bir deb bilingani uchun, rosulga itoat qilish degan buyruqdan oyatlarga asoslanib shunday xulosaga kelingan:

“Alloh Rosulining Sunnati – Allohning nomidan Uning om va xos hukmlaridagi murodini (maqsadini) ochiqlaydi. Alloh, Sunnat bilan hukm qilishni Kitobi bilan bir o’ringa qo’ygan va Sunnatni Kitobga bog’liq qilgan.”[1]

Sunnatni Allohning maqsadini ochiqlaydi deb ta’rif berilgani sababli, Sunnat Qur’ondan ham muhimroq deb qabul qilingan. Natijada bu iddao Nabiyyimizning so’z va harakatlarini Qur’ondan chiqargan Hikmat ekanligini unuttirgan. Un mahsulotidan tayyorlangan hech bir narsa un bo’lmaganidek, Qur’ondan chiqarilgan hukmlar ham Qur’on emasdir degan bo’lib qoldilar. Xamrni undan tayyorlanganini bilmaganlar, xamr bilan un orasida ziddiyat ko’rganidek, hikmatni nima ekanini bilmaganlar ham, Sunnat bilan Qur’on o’rtasida ziddiyat ko’rishni boshladilar, ikkisidan birini fido qilish ya’ni birini boshqasi bilan nasx qilish masalasi tortishuvi boshlanib ketdi. Imom Shofe’ning bu mavzuga aloqador maxsus so’zlari bor:

“Qur’on Sunnatni, Sunnat ham Qur’onni nasx qilib hukmini to’xtatib qo’ya olmaydi. Sunnat – faqatgina boshqa bir sunnat bilan nasx qilinadi.[2] Sunnat Qur’on bilan nasx qiinadi deyilsa, rajm jazosini – “Zino qilgan xotin bilan zino qilgan erkakni har biriga yuz qamchidan uring…” (Nur 24/2) oyati bilan – nasx qilish mumkin degan ehtimol o’rtaga chiqar edi.”[3]
Imom Shofe’, Sunnat Qur’onni nasx qilolmaydi degan edi, ammo rajm jasosini saqlab qolish uchun, Niso 15-16 bilan Nur 2- oyatlarning hukmlarini – Uboda b. As- Somit yo’li orqali kelgan shu hadisga asoslanib nasx qilib o’zgartirgan.

 Mendan oling, mendan oling. Alloh ular uchun bir yo’l ochdi: Bokira bo’ydog’ bilan zino qilsa 100 qamchi va bir yil surgun, oilali oilali bilan zino qilsa 100 qamchi va rajm qilinadi.”

Imom Shofe’ning bu mavzudagi so’zlari asosan shulardir:

“Bu hadis bilan oyatdagi qamoq va aziyat jazosi to’xtatildi.” “Zino qilgan xotin bilan zino qilgan erkakni har biriga 100 qamchidan uring…” (Nur 24/2) oyatidagi 100 qamchi jazosi hur bo’lgan oilali xotinlar uchun ham joriy qilingan hukmi to’xtatilib, rajm jazosiga aylantirilgan.”[4]
Qur’on Sunnatni nasx qil a olmaydi degan Imom Shofeiyni o’zi bir dona hadis bilan bir qancha oyatni  birdaniga nasx qila olgan.

Alloh taolo so’ngi Kitobini o’z himoyasiga olganligi uchun, oyat uydurilib to’qib chiqarilib bo’lmaydi, ammo hadis to’qib uydurilishi mumkin. Shi’i va Sunniy butun mazhablar, Qur’onga qarshi ekani aniq bo’lgan hadislarga asoslanib, rajm jazosini, dindan qaytganni o’ldirishni, go’daklarni uylantirib erga berishni va yana qanchadan – qancha amallarni ittifoqan qabul qilishgan.
Uylantirishlikda har ikki tarafga berilgan vakolat, er-xotinning imoni farqli bo’lmasligi, ajrashish, shartli ajrashish, ayollarning guvohligi, ayollarga ajrashish huquqi berilmasligi, g’ayrimuslimlar bilan munosabat kabi ko’plab masalalarda, Qur’onga va hadisga zid bo’lgan bir yo’l tutilgan.
Foiz masalasida ham so’z o’yini o’ynalib, tijoratning yo’llari to’silib foizning yo’llari oxirigacha ochib berilgan.
Bunday holatlar tafsir va iymon masalalarida ham bor. Masalan. Qur’onning eng asosiy va muhim mavzunaridan bo’lgan shirk, kalom ilmining asosiy bo’limiga kiritilmagan. Shirkka aloqador bo’lgan asosiy kalimalarning ma’nolari o’zgartirilib, tafsir va tarjima o’qiganlarni shirk haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish imkoniyatlari chegaralab to’sib qo’yilgan, natijada turli – turli tariqatlarning yo’li ochilgan.
Taqdir masalasi ham Qur’ondagi asl ma’nosidan boshqa ma’noga o’zgartirilgani natijasida, Musulmonlarni o’zlariga bo’lgan ishonchi yo’qolgan, biron bir muammo yoki mashaqqatga tushub qolsa, “taqdirimda nima bo’lsa shuni ko’raman” deb, muammolarga qarshi kurashish, oldinga intilish va taraqqiy etish, muammolarga yechim topish kabi ishlarni tark qilgan robort misol bir insoniyatga aylantirilgan.
Bu holatni Ali Bardoqo’g’lining shu so’zlari qisman ochiqlamoqda:

“Islom olamidagi huquq tafakkurining va bularning o’zagi bo’lgan manba’larni joriy qilinishidagi Qur’on, sunnat, ijmo’ va qiyosni yozuvdagi darajalantirilishi to’g’ri, lekin hayotga tabbiq qilinishda esa mutlaqo to’g’ri emas, balki buning aksi to’g’ridur. Boshqacha qilib aytganda: Shakllanishdagi asosiy hal qiluvchi omil ra’ydir. Butun fiqh kulliyotining ra’y ustida, shaxsiy harakat va shaxsiy ko’rishga asoslangan ekanini so’zlashimiz aslo mubolag’a bo’lmaydi. Bularning orasida eng oz tilga olingan narsa bu sunnatdir, eng pastda esa Qur’on o’rin olgan. Buni so’zlashimiz natijasida, Musulmonlarning iymon – ishonch tuyg’ularini, dinga bo’lgan munosabatlari bilan tavhid aqiydasi o’rtasida ziddiyat paydo bo’lishi mumkinligi nazarda tutilgan holda, yozilishda Qur’on, sunnat, ijmo’ va qiyos deb ifoda etilgan.”[5]

2014-yili Iroq va Suriyada uzoq davom etgan qonli urush jarayonida bu ikki mamlakatning ba’zi qismlarini qo’lga kirgizib davlat qurganini e’lon qilgan Ishid (Iroq-Shom Islom davlati) nomli tashkilot, qo’lga tushgan asirlarni o’ldirib tashlagani xaqida xabar tarqaldi. Bularga qarshi Shi’i va Sunniy olimlarining birontasi ham gap gapira olmadi. Chunki, Islomni dunyo hamjamiyati oldidagi obro’sini to’kishni xohlaganlar ham ularning kitoblarida bundan boshqa narsa yo’qligini juda yaxshi bilishar edi. Umar Nasuhiy Bilmen bu xususda shunday deydi:
“Harbiy asirlarga nisbatan vakolatli hokimiyat tanlov huquqiga ega. Musulmonlarning manfaatlariga muvofiq harakat qilgan holda jangchilarini o’ldirishi mumkin, yoki ularni qul va kanizak (cho’ri) qilib o’lish bilan kifoyalanadilar…”[6] Bular Rum va Yunon huquqlaridan olingan bo’lib, aslida Islom huquqi deb ko’rsatilgan narsalarning kichik bir bo’limidir. Bu mazhablarga ko’ra (ya’ni Qur’onga asoslanmagan holda) barpo qilinadigan har qanday davlat, Ishiddan farqli bo’lmaydi.
Harbiy asirlar haqida Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“Jangda kofirlar bilan yuzlashganizda, bo’yinlariga uringlar, ularni kuchsiz (samarasiz) holga keltirganingizda mustahkam-ishonchli bir doira ichida ushlang. So’ngra bepul (evaziga hech narsa olmasdan) yoki fidya olgan holda ularni ozod qilinglar…” (Muhammad 47/4)
Nabiyyimizning harakatlari bu oyatga mos ravishda bo’lgan. Umar Nasuhiy Bilmenning naql qilgan ma’lumotlarini qisqacha mazmuni shuni anglatadiki, tushurilgan dinning o’rniga uyushtirilgan (soxta) din qanday qilib kirib kelganini va nimalarga asoslanganini yanada yaqindan bilib olasiz.
“Hanafiy, Molikiy va Hanbaliy mazhablariga ko’ra, asirlarni ozod qilish joiz emas. Asirlarni pul evaziga ozod qilish uchun Hanafiy mazhabidagi mashxur ko’rishga ko’ra yo’l qo’yilmaydi.”[7]
Alloh taolo buyuradi-yu ammo mazhablar uni joiz deb bilmaydilar. Mana sizga soxta din!
Hikmatning asl ma’nosi Islom olamidan olib tashlanganidan so’ng, Musulmonlar muammolarga yechim topa olmay qoldilar, natijada Qur’on va Sunnatga bo’lgan ishonch yo’qola boshladi. Tahsin GO’RGUNning shu so’zlari ishonchsizlikning o’lchovi qay darajada ekanini ko’rsatib beradi:
“Bugungi kundagi eng muhim muammo – vaqt o’tishi bilan bekor qilingan sunnatni o’rniga nimani qo’yishimiz, yoki sunnatni qanday qilib yangidan barpo qilishimizdir. Chunki Qur’on, boshida sunnat orqali amalga kiritilgani sababli, (tatbiq qilingani uchun) bugungi kunda ham sunnat yoki sunnatni o’rnini to’ldiradigan boshqa biron narsa bilan amalga kirgiziladi (amalda qo’llaniladi). Asosiy masala – bu ishni amirmi, (davlatmi), jamiyatmi, (ummat yoki millatmi), shaxsmi, muayyan sinfmi (masalan, ulamomi), yoki bulardan boshqa biron narsami, masalan, kitoblarmikin degan nuqtada to’xtalib qolinmoqda.”[8]
Ko’rib turganingizdek, Nabiyyimiz Musulmonlar haqida qilgan xavotirlari yuz berdi va Musulmonlarning katta qismi Yahudiy va Hristianlar kabi mana shu oyatda qasd qilinganlar toifasiga kirib qoldi:

اتَّخَذُواْ أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِّن دُونِ اللّهِ وَالْمَسِيحَ ابْنَ مَرْيَمَ وَمَا أُمِرُواْ إِلاَّ لِيَعْبُدُواْ إِلَهًا وَاحِدًا لاَّ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ سُبْحَانَهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ

“Bilimdonlarini, dindorlarini va Maryam o’g’li Masihni Allohdan oldin birin-ketin rob qilib olib ularga osildilar. Aslida ularga berilgan buyruq – faqatgina yagona bir Tangriga qul bo’lishlari edi. Undan boshqa tangri yo’qdir. Alloh ularning shirkidan uzoqdir.”  (Tavba 9/31)
Elmalılı Hamdi Yazirning bu oyat haqida qilgan ochiqlamalari ustida biroz to’xtalib o’tamiz:
“…Allohning buyruqlarini bir chekaga surib, olimlariga biroz bo’lsada hukm berish vakolatiga ega deb bilishi, Allohdan boshqasiga qullik qilish darajasiga chiqarish deganidir.
Shaytonlarga, tog’utlarga, Namrudlarga, Fir’avnlarga, butlarga va haykallarga sig’inish qanday shirk bo’lsa – Allohga qullik qilishlari uzra olimlarga biron bir qadr-qiymat qo’yishlari ham shirk va ham kufrdir…”[9]
Kitob va Hikmatga muvofiq olib borgan tadqiqotlarimiz natijasida, mazkur tashkilotning xatolarini ochiqlab, to’g’ri yo’l nima ekanini o’rtaga qo’yishga harakat qilgan holda, hech bir mavzuda muzokaraga yondoshmagan an’anachi va dinga innovatsion g’oya kirituvchi firqalarga qarab Iso alayhissalomni shu so’zlari bilan murojaat qilmoqchiman:
“O’z an’analaringizni davom ettirish uchun Tangri buyrug’ini bir chekkaga tashlab qo’yishni qoyillatyapsizlar!”[10]

[1]      Imom Shofe’iy, ar-Risola, c. I, s. 79.

[2]      Imom Shofe’iy, ar-Risola, c. I, s. 107.

[3]     Imom Shofe’iy, ar-Risola, c. I, s. 111.

[4]      Imom Shofe’iy, ar-Risola, c. I, s. 129-131.

[5]     Ali Bardako’g’li, Qur’on va Fıqh: Muzokara, Qur’on va Tafsir Ilmiyb tadqiqotlari II, Istanbul, 2000, s:

120-121.

[6]     Ömer Nasuhi BİLMEN, Hukuki İslamiyye ve Istılahatı Fıkhiyye Kamusu, c. III, s. 403, paragraf 491, tarix va yer yo’q.

[7]     Umar Nasuhi BİLMEN a.g.e. c. III, s. 399, paragraf 501-502.

[8]     159 Tahsin Go’rgun, “Qur’on va Fıkqh”, Qur’on va Tafsir Ilmiy tadqiqotlari II, s: 119.

[9]     Elmalılı Muhammed Hamdi Yazır, Haq Dini Kur’on Tili Yangi Ma’noli Turkcha Tafsiri, j. III, s. 2514, Istanbul 1939.

[10]     Markos Injil 7- bo’lim, 9- jumla.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
169 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Tafsilotlari Bilan Ro’za Ibodati 11.05.2019 87
2 Tashahhuddagi salom va duolarning ma’no va mohiyatlari 13.02.2019 228
3 Qur’onni tushunishda ijtihodning ahamiyati qanday? 16.01.2019 159
4 Nasx kalimasi Qur’onda qaysi ma’nolarda qo’llanilgan? 10.01.2019 150
5 Afv etish bilan Mag’firat qilishni farqi 08.01.2019 203
6 Hanafiylikda musofirlik muddati qaysi qiyos bilan belgilangan? 08.01.2019 146
7 Namozda hushu qanday bo’ladi? 03.01.2019 199
8 Islom jang-u jadal dinimi, yoki tinchlik dinimi? 29.12.2018 164
9 Qur’on va Musulmonlarning ahvoli 25.12.2018 241
10 Qur’onni tushunishdagi usul va qoidaning ahamiyati 22.12.2018 191
11  Qur’onda barcha narsaning tili   19.12.2018 190
12 Kitob va Sunnatda foiz (kredit) 11.12.2018 176
13 Ayollarni guvohligi 29.11.2018 181
14 Isro va Meroj 19.11.2018 370
15 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 319
16 Hamma bilgan o’sha namoz 18.10.2018 280
17 Qur’onda namoz vaqtlari 17.10.2018 751
18 Islomda Halol va Harom 16.10.2018 791
19 Ruh va uning xususiyati 10.10.2018 291
20 Qur’onga ko’ra 3 qoidani buzmaguncha hech kimga adovat qilib bo’lmaydi 10.09.2018 245
21 Iso alayhissalom dunyoga qaytib keladimi? 10.09.2018 663
22 G’ayridinlar o’rtasidagi munosabatlar 18.08.2018 334
23 Ajalning qisqarishi 18.08.2018 243
24 Qur’on va Sunnatda yoshlarni nikohlash bormi? 13.08.2018 619
25 Qur’on va Sunnatga ko’ra taloq 09.08.2018 2 622
26 Kitob va Sunnatga ko’ra Haj va qurbonlik 03.08.2018 278
27 Kitob va Hikmat tushunchasi 30.07.2018 348
28 Ayollarga qo’l ko’tarishga kim ruxsat berdi? 22.07.2018 386
29 Hikmat va Sunnat tushunchalarini buzilishi va yo’qqa chiqarilishi 12.06.2018 169
30 Namoz vaqtlari (Qur’onga ko’ra) 08.06.2018 180