Hadislarni Qur’on oyatlari darajasiga chiqarilishi
Musulmonlar > Din > Maqolalar > Nabiy va Rosul Tarix: 12 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Hadislarni Qur’on oyatlari darajasiga chiqarilishi

Nabiyyimiz, oyatlarni tablig’ qilish jarayonidan boshqa holatlarda, so’z va uyg’ulamalarda biron bir xatoga yo’l qo’yib qo’yishi mumkinligi sababli, nabiyga itoat qilish degan bironta ham buyruq berilgan oyat yo’qdir.
Alloh Taolo shunday marhamat qiladi:

يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ إِذَا جَاءكَ الْمُؤْمِنَاتُ يُبَايِعْنَكَ عَلَى أَن لَّا يُشْرِكْنَ بِاللَّهِ شَيْئًا وَلَا يَسْرِقْنَ وَلَا يَزْنِينَ وَلَا يَقْتُلْنَ أَوْلَادَهُنَّ وَلَا يَأْتِينَ بِبُهْتَانٍ يَفْتَرِينَهُ بَيْنَ أَيْدِيهِنَّ وَأَرْجُلِهِنَّ وَلَا يَعْصِينَكَ فِي مَعْرُوفٍ فَبَايِعْهُنَّ وَاسْتَغْفِرْ لَهُنَّ اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

    “Ey Nabiy! Mo’min xotinlar senga bay’at qilish uchun kelganda, hech narsani Allohga sherik qilmasliklari, o’g’rilik qilmasliklari, zino etmasliklari, farzandlarini o’ldirmasliklari, boshqasidan orttirgan bolani yolg’on bo’hton qilib erlariga xarajat qilmasliklari va ma’rufda senga isyon qilmasliklari sharti bilan ularga bay’at ber, ularga Allohdan kechirim so’ra. Alloh kechirimlidir, ne’matu ikromi mo’l-ko’ldir.” (Mumtahina 60/12)
“Ma’rufda senga isyon qilmasliklariga” sharti – nabiylik sifatiga asoslangan holda aytishi mumkin bo’lgan so’zlar nazarda tutilgan bo’lishini ko’rsatmoqda. Badr Jangida asir olinishiga qarshi bir og’iz ham gap gapirmagan sahobalarni ayblangani haqida biroz avval ko’rib chiqqan edik.
Nabiylarni, rosullik sifati bilan so’zlagan so’zlariga aslo e’tiroz etish mumkin emas. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

 وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ وَلَا مُؤْمِنَةٍ إِذَا قَضَى اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَمْرًا أَن يَكُونَ لَهُمُ الْخِيَرَةُ مِنْ أَمْرِهِمْ وَمَن يَعْصِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَالًا مُّبِينًا

“Alloh va Rosuli bir ishga kesin qaror berganida, na bir mo’min erkakni va na bir mo’mina ayolni o’z ishlarida tanlash haqqi qolmaydi. Kimki Alloh va Rosuliga isyon qilsa, ochiqchasiga adashgan bo’ladi.” (Ahzob 33/36)
Butun bu oyatlar ochiqcha bayon qilingan ekan, nabiy va rosul tushunchalarini o’rnini almashtirib, Muhammad alayhissalomni nabiylik sifati bilan aytgan gaplari va qilgan ishlarini rosullik sifati bilan tablig’ qilgan oyatlar darajasiga olib chiqilishi aslo kechirib bo’lmas bir xato ekani o’rtaga chiqmoqda. Bu mavzuga ilk qadam bosgan Imom Shofe’ining rosulga itoat qilish buyurilgan oyatlarni dalil qilib keltirganligi tufayli xatoga qo’l urganini shunday izohlaymiz:
“Alloh Rosulining sunnati- Alloh nomidan, Uning umumiy va xususiy hukmlaridagi murodini ochiqlaydi. Alloh sunnat bilan hukm qilishni Kitobi bilan barobar qilgan va Sunnatni Kitobga bog’lagan.[1] Qur’on Sunnatni, Sunnat ham Qur’onni nasx qilib hukmini to’xtata olmaydi. Sunnat faqatgina boshqa bir Sunnat bilan nasx qilinishi mumkin.[2] “Sunnat Qur’on bilan nasx qilinadi deyilsa, rajm jazosini- “ Zino qilgan xotin bilan zino qilgan erkakning har biriga yuz qamchidan uringlar…” (Nur 24/2) oyati bilan nasx bo’lgan degan ehtimol o’rtaga chiqib qoladi.”[3]

Bu so’zlar haqiqatlarni ochiqlamayapti (haqiqatni berkityapti).    “Nabiyyimizni Allohni nomidan, Uning xos va o’m bo’lgan hukmlaridagi murodini (maqsadini) ochiqlab beradi” deb gapirish- uni Allohni o’rniga qo’yish degan bilan bap-barobardir. Chunki Alloh taolo, Kitobini ochiqlash haqida hech kimga vakolat bermagan. Bunga aloqadir oyatlar shulardir:

   الَر كِتَابٌ أُحْكِمَتْ آيَاتُهُ ثُمَّ فُصِّلَتْ مِن لَّدُنْ حَكِيمٍ خَبِيرٍ  أَلاَّ تَعْبُدُواْ إِلاَّ اللّهَ إِنَّنِي لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌ وَبَشِيرٌ

“Alif, Lam, Ro. Bu shunday bir kitobdurki- oyatlari muhkam (hukm ifodalovchi) qilingandir, so’ngra Hakiym (to’g’ri hukm qiluvchi) va har narsani ichini ham biluvchi Alloh tarafidan ochiqlangandir. Bu- Allohdan boshqasiga qullik qilmashingiz (ibodat qilib qo’ymashingiz) uchundir. Men U (Alloh) tarafidan yuborilgan ogohlantiruvchi va hushxabar berguvchiman.” (Hud 11/1-2)
Demak Nabiyyimiz Qur’onni ochiqlamaganlar, ammo oyatlarni tablig’ qilish barobarida, Alloh o’rgatkan uslubga ko’ra harakat qilib, Allohning o’zi ochiqlagan tafsilotlariga erishgan va hushxabarini bergan.
Abdul’aziz b. Abdulloh b. Baz’ning (1911-1999 m) shu so’zlari; Nabiyyimizning so’z va harakatlariga Sunnat degan holda Sunnatni Qur’ondan yuqori o’ringa qanday qilib chiqarganini ko’rsatmoqda:
Avzo’iy[4] shunday degan:
“Sunnat – Kitob uzra so’ngi so’zni so’ylaydi.”  “Sunnat – Qur’on mujmal qilib qoldirgan mavzularni chegaralaydi yoki unda bo’lmagan hukmlarni o’rtaga qo’yadi.”
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
     
                       وَأَنزَلْنَا إِلَيْكَ الذِّكْرَ لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ مَا نُزِّلَ إِلَيْهِمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ

“Bu Zikrni senga nozil qildik-ki, – insonlarga nozil qilingan narsa nima ekanini ochiqcha o’zlariga tushuntirasan, balki tushunishar.” (Nahl 16/44)[5]
“Yana bir jihatdan – Allohning Elchisi (sav) shunday deganlar:
“Meni eshiting, menga Kitob bilan birgalikda unga o’xshash yana bir narsa berildi.”
Bayhaqiy,[6] Amir ash-Sha’biyning ba’zi insonlarga shunday deganini naql qilganlar:
“Sizlar, asarlarni tark qilgan vaqtingizda tugab bittingiz.”
Bayhaqiy – asarlar deganda sahih hadislarni nazarda tutgan.
Bayhaqiy – Avzo’iyning bir do’stiga shunday deganini rivoyat qiladi”
“Rosulullohdan senga bir hadis kelganqa, aslo unga qarshi biron bir gap gapirma. Chunki, Rosululloh uni Allohdan olib gapirgandir.”[7]
Dalil qilib keltirgan oyatni undan oldingi oyat bilan birgalikda o’qisak, uni bu oyatga aloqasi yo’qligi o’rtaga chiqadi.

 وَمَا أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ إِلاَّ رِجَالاً نُّوحِي إِلَيْهِمْ فَاسْأَلُواْ أَهْلَ الذِّكْرِ إِن كُنتُمْ لاَ تَعْلَمُونَ  بِالْبَيِّنَاتِ وَالزُّبُرِ وَأَنزَلْنَا إِلَيْكَ الذِّكْرَ لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ مَا نُزِّلَ إِلَيْهِمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ

“Sendan oldin biz yuborgan elchilar – faqatgina biz ularga vahiy qilgan erkaklar edi. Bilmasangizlar, o’sha Zikrni bilganlardan so’rang. Rosullar mo’jizalar va kitoblar bilan kelishgan. Bu Zikrni senga ham nozil qildik-ki, – u insonlarga o’zlari uchun nima nozil qilingani haqida bayon qilib berasan, balki tushunishar.” (Nahl 16/43-44)
Oyatda birinchi keltirilgan “Zikr” – Tavrot va Injil ma’nosidadir. Ikkinchi “Zikr” esa Qur’on ekani ma’lum bo’ldi. Rosululloh kimdan so’rashi kerakligi shu oyatlarda ochiqlangan:

 فَإِن كُنتَ فِي شَكٍّ مِّمَّا أَنزَلْنَا إِلَيْكَ فَاسْأَلِ الَّذِينَ يَقْرَؤُونَ الْكِتَابَ مِن قَبْلِكَ لَقَدْ جَاءكَ الْحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَلاَ تَكُونَنَّ مِنَ الْمُمْتَرِينَ

“Senga nozil qilgan narsamiz tufayli shubhang bo’lsa, bu Kitobni sendan oldin o’qiganlardan so’ra. To’g’risi, senga Robbingdan ayni haqiqat keldi. Aslo shubhalanganlardan bo’lma.” (Yunus 10/94)
Rosulullohning vazifalaridan biri – Qur’oni Karimni ahli kitoblarga tushuntirib, bu Kitob ularni qo’lidagi kitoblarini tasdiqlovchi ekanini bildirish edi. Bunga aloqador oyatlar shulardir:

يَا أَهْلَ الْكِتَابِ قَدْ جَاءكُمْ رَسُولُنَا يُبَيِّنُ لَكُمْ كَثِيرًا مِّمَّا كُنتُمْ تُخْفُونَ مِنَ الْكِتَابِ وَيَعْفُو عَن كَثِيرٍ قَدْ جَاءكُم مِّنَ اللّهِ نُورٌ وَكِتَابٌ مُّبِينٌ

“Ey Kitob ahli, Kitobdan yashirgan narsalarizdan ko’pini sizlarga bayon qilib beradigan va ko’pini kechirguvchi Elchimiz keldi. Sizlarga Allohdan bir Nur va bir Kitob keldi.” (Moida 5/15)
Bu oyatlar shuni ko’rsatmoqdaki, Nahl 44 da ochiqlangan bayon – Kitobni tablig’ qilishdan boshqa narsa emas. Bunday vazifa nabiy bo’lmagan rosullarga ham berilganini avvalgi oyatlarda ko’rgan edik. O’sha oyatlar va quyidagi oyatlar – Qur’onni bayon qilib berish ya’ni Qur’on oyatlarini insonlarga tushuntirib berish va undagi bironta ham oyatni yashirmaslik vazifasi va mas’uliyati har bir musulmonga yuklatilganini ma’lum qiladi:

 وَإِذَ أَخَذَ اللّهُ مِيثَاقَ الَّذِينَ أُوتُواْ الْكِتَابَ لَتُبَيِّنُنَّهُ لِلنَّاسِ وَلاَ تَكْتُمُونَهُ فَنَبَذُوهُ وَرَاء ظُهُورِهِمْ وَاشْتَرَوْاْ بِهِ ثَمَناً قَلِيلاً فَبِئْسَ مَا يَشْتَرُونَ

“Alloh, kitob berilganlardan qat’iy so’z oldi: uni insonlarga kesinlikla bayon qilasizlar, aslo yashirmaysizlar. Ammo ular Kitobni orqalariga tashladilar va evaziga ozgina (o’tkinchi, qiymatsiz, arzon) bir matoh oldilar. Olgan narsalari qanday yomon narsa.” (Oli Imron 3/187)
Nahl 44-oyatdagi Nabiyyimiz muxotob bo’lgan “لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ   (litubayyina linnas) = insonlarga bayon qilishingiz uchun” ifodasi bu oyatda  ”لَتُبَيِّنُنَّهُ لِلنَّاس (latubayyinunnahu linnas)= uni insonlarga kesinlikla bayon qilasizlar” shaklida butun mo’minlarga xitob bo’lgan. Demak u oyat, Nabiyyimiz Qur’onni ochiqlaganligi haqidagi da’voga dalil bo’lmaydi.
Yuqoridagi ko’rish tarafdorlarining ikkinchi dalili – Allohning Elchini shu so’zlaridir”:
“Albatta menga Kitob va unga o’xshash yana bir narsa berildi”
Nabiyyimizga Qur’on bilan birgalikda berilgan narsa Hikmat ekani – boshidan beri tushuntirishga harakat qilayotgan narsamizdir. Bu hadis – Kitob va Hikmatga aloqador bo’lgan barcha oyatlarning umumiy xulosasidir.
Bugun ko’pchilik insonlar quyidagi oyat qarshisida taraddudga tushib qolmoqdalar:

قُلْ إِنَّمَا أَنَا بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ يُوحَى إِلَيَّ أَنَّمَا إِلَهُكُمْ إِلَهٌ وَاحِدٌ فَمَن كَانَ يَرْجُو لِقَاء رَبِّهِ فَلْيَعْمَلْ عَمَلًا صَالِحًا وَلَا يُشْرِكْ بِعِبَادَةِ رَبِّهِ أَحَدًا

“Aytingki: “Men ham siz kabi bir insonman. Menga tangringiz yagona bir tangri ekani vahiy qilinmoqda”…” (Kahf 18/110)
Chunki an’anabiy dinga ko’ra Nabiyyimiz, g’oyri insoniy, g’oyri tabi’iy bir borliq deb tariflanib kelingan edi.
Hristianlar Iso alayhissalomni tangrilashtirdilar. Bu mavzuga avvalroq to’xtaldik. Yana bir misol, Katoliklarga ko’ra Iso bo’lmaganda edi koinot yaratilmas edi. Osmonlaru yerda ko’ringan va ko’rinmagan narsalar, taxtlar, maqomlar, boshqaruvlar va hukumdorliklar… Hamma narsa uning vositaligida va u uchun yaratilgandir.[8]
Bunday noto’g’ri ishonch, Musulmonlarning ham ishonchiga aralashib ketgan. Xalq orasida mashxur bo’lgan bir uydurma to’qima hadisda Alloh taolo, Nabiyyimiz uchun shunday degani da’vo qilinadi: “Sen bo’lmaganingda koinotni yaratmagan bo’lar edim”[9] Qaysidir tariyqatlarga ko’ra, Muhammad alayhissalom mavjudlik va borliqning boshlanishidir. Allohdan boshqa hech narsa yo’qligida, eng birinchi haqiyqati – Muhammadiyya yaratilgan va boshqa barcha yaratilgan narsalar undan va u uchun yaratilgan emish. Haqiyqati – Muhammadiyya nur bo’lganligi tufayli, olamlarni yaratilish ilkasi va uning aslidir. Bu nur o’limsiz va abadiy bo’lgani uchun, Nabiy uchun “o’ldi” deyilmaydi. Alloh – bor yoki yo’q, azaliy va hodis (so’ngra paydo bo’lgan) deb tekshirilmagani holda haqiyqati – Muhammadiyya bor va azaliy deb muhokama qilindi. Haqiyqati-Muhammadiyya – butun payg’ambarlar avliyolarning laduniy va botiniy ilmlar olgan manba’asidir. Bu haqiqat, Haqdan kelgan fayzni xalqqa ulashishida vosita bo’ladi.[10]
Katoliklarga ko’ra “Iso Masih, haqiqiy Alloh va haqiqiy insondir. Manashu sababli u, Alloh va insonlar orasida yagona vositachidir.[11]
Ba’zi tariyqatlarga ko’ra esa, Alloh bilan haqiqati – Muhammadıyya ayni haqiyqatni oldi va orqa tomonlaridir.[12] Bu haqda shunday bir sher o’qiydilar:

“Ahad Ahmaddur – kim, mim etar farq,
Butun olam u mim ichra bo’lur g’arq.
Ahad ya’ni Allohdir.”[13]

Ahmad – Muhammad alayhissalomning Qur’onda zikr qilingan nomidir. “Ahad Ahmaddir,” “Ahad Allohdir” so’zining xulosaviy natijasidir. Alloh Ahmaddir ya’ni Muhammaddir” bo’lib chiqadi. Bu she’rga ko’ra, Ahad bilan Ahmad orasida farq jihatidan bir dona mim harfi bor. Bu farq esa, yozilishdadir va bu ham Ahmadning foydasigadir. Chunki ularga ko’ra butun olam o’sha mimning ichidadir!… Bu ishonchni Islomga aloqasi yo’qligi aniq va ochiqdir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
وَمَا مُحَمَّدٌ إِلاَّ رَسُولٌ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِ الرُّسُلُ أَفَإِن مَّاتَ أَوْ قُتِلَ انقَلَبْتُمْ عَلَى أَعْقَابِكُمْ وَمَن يَنقَلِبْ عَلَىَ عَقِبَيْهِ فَلَن يَضُرَّ اللّهَ شَيْئًا وَسَيَجْزِي اللّهُ الشَّاكِرِينَ

“Muhammad faqatgina Elchidir. Undan oldin ham Elchilar keldi, ketdi…” (Oli Imron 3/144)

 قُلْ إِنَّمَا أَنَا بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ يُوحَى إِلَيَّ أَنَّمَا إِلَهُكُمْ إِلَهٌ وَاحِدٌ فَاسْتَقِيمُوا إِلَيْهِ وَاسْتَغْفِرُوهُ وَوَيْلٌ لِّلْمُشْرِكِينَ


“Aytingki: “Men ham sizlardek bir insonman. Menga bildirilgan narsa shu: Ilohingiz bir Ilohdir. To’g’ridan to’g’ri unga yo’naling va gunohlaringizga kechirim so’rang. Mushriklarni holiga voy” (Fussilat 41/6)

   قُلْ إِنِّي لَا أَمْلِكُ لَكُمْ ضَرًّا وَلَا رَشَدًا   قُلْ إِنِّي لَن يُجِيرَنِي مِنَ اللَّهِ أَحَدٌ وَلَنْ أَجِدَ مِن دُونِهِ مُلْتَحَدًا
إِلَّا بَلَاغًا مِّنَ اللَّهِ وَرِسَالَاتِهِ وَمَن يَعْصِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَإِنَّ لَهُ نَارَ جَهَنَّمَ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا

“Aytingki: “Sizlarga na zarar bergani kuchim yetadi, na yetishtira olaman.”
“Aytingki: “Meni Allohning azobidan hech kim qutqarib qololmaydi. Men undan boshqa panoh topolmayman.
Menga tegishli narsa faqat Allohdan kelgani va U yuborgan narsani tablig’ qilishdir, shu xolos.” (Jin 72/21-23)

 

 Abdulaziz Bayindir. Vositachilik va Shirk kitobidan olindi. Sulaymoniya Fondi Istanbul.

[1]     Muhammad b. Idris ash-Shofeiy (o’l. 204 h), ar-Risola, tahqiq Ahmad Shokir, Mısr 1358 h./1940 m. c. I, 79.

[2]     Imom Shofeiy, ar-Risola, c. I, s. 107.

[3]     Imam Shofeiy, ar-Risola, c. I, s. 111.

[4]     Ebu Amr Abdurrohman b. Amr b. Yuhmid al-Avzoiy (o’. 157/774). Imam Shofeutdan oldin yashagan fiqh va hadis olimi bo’lgan Avzoiy, mansubi qolmagan Avzoiyya mazhabibning asoschisidir.

[5]     Bu ayatnii Imom shopfeiy ham  Sunnat masalasida dalil qilib olgan. Mrj. al-Umm, Bayrut 1410 h. 1990 m. Al-istihson, c. VII, s. 309.

[6]     Abu Bakr Ahmad b. Husayn b. Ali al-Bayhaqiy (v. 458/1066), hadis bilimdoni va Shofeiy faqihidir.

[7]     Abdulaziz b. Abdulloh b. Boz (1911-1999 m.) Vujubul-amal bi Sunnati Rosulillahi sollallohu alayhi va sallam va kufru man ankaroha, Saudiya Arabiston 1420 h. c. I, s. 24-25.

[8]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 331.

[9]     Ismoil b. Muhammad al-Ajluniy, Kashful-Xafo, Bayrut 1988/1408, c. II s. 164 Ajluni bu asarini, xalq orasida hadis deb bilingan so’zlarni, to’g’risi va noto’g’risini o’rtaga chiqarish uchun yozgan. Shu boisdan bu kitobda juda ko’plab uydirma hadislar bor. Bu hadis ham uydirmadır.

[10]     Mehmet DEMİRCİ, “Hakikati Muhammediye”, DİA, c. XV, s. 179-180.

[11]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 480.

[12]     Mehmet DEMİRCİ, “Haqiqati Muhammadiyya”, DİA, c. XV, s. 179-180.

[13]     Ali Ramazon DİNCH, Ikki Cahan Sarvari Payg’ambari Zishanımız, Yangi Dunyo Jurnali, 58-59 sonlar.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
187 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Hadislarni Qur’on oyatlari darajasiga chiqarilishi 12.06.2018 187
2 Qur’onga ko’ra nabiy bo’lmagan rosul 12.06.2018 120
3 Hikmat va nabiylikdagi harakat 12.06.2018 178
4 Qur’onga ko’ra nabiy va nabiy bo’lgan rosul 12.06.2018 273
5 Nabiy, hech narsani Allohning iznisiz halol yoki harom qilolmaydi 09.06.2018 114