Qur’onga ko’ra nabiy bo’lmagan rosul
Musulmonlar > Din > Imon > Maqolalar > Nabiy va Rosul Tarix: 12 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

a) Qur’onga ko’ra nabiy bo’lmagan rosul

Rosul – o’zidan hech narsa qo’shmasdan birovning gapini boshqa biriga yetkazib berish vazifasini olgan kishi[1] bo’lgani uchun Allohning so’zlarini yetkazgan kishi Allohning rosuli bo’ladi, boshqasini so’zlarini yetkazgan kishi esa ana o’sha kishining elchisi bo’ladi. Masalan, Misrning podshohi Yusuf alayhissalomga bir elchi jo’natgan edi. Bunga aloqador oyatlar shulardan iborat:

    وَقَالَ الْمَلِكُ ائْتُونِي بِهِ فَلَمَّا جَاءهُ الرَّسُولُ قَالَ ارْجِعْ إِلَى رَبِّكَ فَاسْأَلْهُ مَا بَالُ النِّسْوَةِ اللاَّتِي قَطَّعْنَ أَيْدِيَهُنَّ إِنَّ رَبِّي بِكَيْدِهِنَّ عَلِيمٌ

“Podshohning elchisi kelganda, Yusuf shunday dedi: “Xo’jayininga qaytub borib so’rachi, qo’llarini kesgan xotinlarning dardi nima emish? …”
Nabiyga nozil qilingan oyatlarni, Nabiydan boshqalari ham tablig’ qilish bilan vaziyfalangan elchilar ham bor. Shu oyatlar ular haqida bayon qiladi:

كَذَّبَتْ قَوْمُ نُوحٍ الْمُرْسَلِينَ

“Nuhning qovmi rosullarni yolg’onga chiqardi” (Shu’aro 26/105))

كَذَّبَتْ عَادٌ الْمُرْسَلِينَ

“Od qavmi rosullarni yolg’onchiga chiqardi.” (Shu’aro 26/123)
Nuh qavmiga faqatgina Nuh alayhissalom, Od qavmiga Hud alayhissalom nabiy-rosul bo’lib yuboruilgan edi. Boshqa rosullar, o’sha ikki nabiyga nozil qilingan oyatlarni tablig’ qilganlardan boshqasi emasdir.
Rivoyatlarga ko’ra shu oyatlar ham Iso alayhissalomni Antakiyaga yuborgan elchilari (rosullari) haqidadir:[2]
وَاضْرِبْ لَهُم مَّثَلاً أَصْحَابَ الْقَرْيَةِ إِذْ جَاءهَا الْمُرْسَلُون   إِذْ أَرْسَلْنَا إِلَيْهِمُ اثْنَيْنِ فَكَذَّبُوهُمَا فَعَزَّزْنَا بِثَالِثٍ فَقَالُوا إِنَّا إِلَيْكُم مُّرْسَلُون  قَالُوا مَا أَنتُمْ إِلاَّ بَشَرٌ مِّثْلُنَا وَمَا أَنزَلَ الرَّحْمن مِن شَيْءٍ إِنْ أَنتُمْ إِلاَّ تَكْذِبُونَ  قَالُوا رَبُّنَا يَعْلَمُ إِنَّا إِلَيْكُمْ لَمُرْسَلُونَ  وَمَا عَلَيْنَا إِلاَّ الْبَلاَغُ الْمُبِينُ

“Ularga u shaxarni misol qilib keltir. U yerga rosullar kelgan edi. ikki rosul jo’natdik, ularni yolg’onchiga chiqardilar. Ularni uchunchi rosul bilan dastakladik, (ular) : “Biz, sizlarga rosul qilib jo’natilgan kishilarmiz” dedilar.
Ularning javoblari shu bo’ldi: “Sizlar ham huddi bizlar kabi insonsizlar. Rahmon, biron narsa jo’natgan emas. Sizlar shunchaki yolg’on gapiryapsizlar.”
Rosullar ayttiki: “Robbimiz biladi, biz haqiqatda sizlarga rosul bo’lib jo’natilganlarmiz. Vazifamiz – ochiq bir tab’ig’dan iboratdir”…” (Yasin 36/13-17)
Bizlar ham insonlarga, Qur’onni ulashtirish uchun mas’ulmiz. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

     إِنَّ الَّذِينَ يَكْتُمُونَ مَا أَنزَلْنَا مِنَ الْبَيِّنَاتِ وَالْهُدَى مِن بَعْدِ مَا بَيَّنَّاهُ لِلنَّاسِ فِي الْكِتَابِ أُولَئِكَ يَلعَنُهُمُ اللّهُ وَيَلْعَنُهُمُ اللَّاعِنُونَ  إِلاَّ الَّذِينَ تَابُواْ وَأَصْلَحُواْ وَبَيَّنُواْ فَأُوْلَئِكَ أَتُوبُ عَلَيْهِمْ وَأَنَا التَّوَّابُ الرَّحِيمُ  إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا وَمَاتُوا وَهُمْ كُفَّارٌ أُولَئِكَ عَلَيْهِمْ لَعْنَةُ اللّهِ وَالْمَلآئِكَةِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ  خَالِدِينَ فِيهَا لاَ يُخَفَّفُ عَنْهُمُ الْعَذَابُ وَلاَ هُمْ يُنظَرُونَ

“Nozil qilgan ochiq oyatlarimizni va bu to’g’ri yo’lni – bu Kitobda insonlarga ko’rsatganimizdan so’ngra – yashirganlarni Alloh va butun la’natlovchilar la’natlaydilar. Bu ishidan qaytib o’zini tuzatgan va yashirganini ochiqlaganlar boshqa. Ularni qaytishini (tavbasini) qabul qilaman. Men har bir tavbani (Qaytishni) qabul qilaman, ne’matu ikrorim mo’l-ko’ldir. Oyatlarimizni yashirgan va yashirgan holda o’lganlarni – Alloh, farishtalari va butun insonlar la’natlaydilar (Allohning marhamati va yaxshiligidan uzoqlashish tarafdori bo’ladilar). Davomli la’natlangan holda qolib ketadi. Ularning azoblari na yengillatiladi va na dam olintiriladi.” (Baqara 2/159-162)

إِنَّ الَّذِينَ يَكْتُمُونَ مَا أَنزَلَ اللّهُ مِنَ الْكِتَابِ وَيَشْتَرُونَ بِهِ ثَمَنًا قَلِيلاً أُولَئِكَ مَا يَأْكُلُونَ فِي بُطُونِهِمْ إِلاَّ النَّارَ وَلاَ يُكَلِّمُهُمُ اللّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَلاَ يُزَكِّيهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ   أُولَئِكَ الَّذِينَ اشْتَرَوُاْ الضَّلاَلَةَ بِالْهُدَى وَالْعَذَابَ بِالْمَغْفِرَةِ فَمَآ أَصْبَرَهُمْ عَلَى النَّارِ

“Alloh nozil qilgan kitobdan biron narsani yashirib evaziga oz bir badal (o’tkinchi-tugab bitguvchi) olganlar, qorinlariga faqatgina otash to’ldiradilar. Alloh qiyomat kuni ular bilan gaplashmaydi va ularni oqlamaydi. Ularga og’riqli bir qiynoq bordir. Ular rahbarni (Qur’onni) evaziga noto’g’ri yo’lni (zalolatni), kechirilishni evaziga esa azobni sotib olgan kishilardir. Otashga qanchalik chidamli ekanlar!” (Baqara 2/174-175)
Bu oyatlar, nabiy bo’lgan rasullar bilan nabiy bo’lmagan rosullarni aniq qilib ajratib bermoqda.

b) Nabiy va rosul tushunchalarini o’ldirishlik

Nabiy bilan Rosul bitta narsa bo’lmagani, har bir nabiy oyatlarni tablig’ qilarkan ayni damda rosul bo’lgani, nabiy bo’lmagan rosullar ham bo’lganligi kundek namoyon ekan; ahli sunnat ulamolari, oyatlarga zid holda ta’rif berganlar. Ularga ko’ra:
“Rosul – yangi bir kitob va yangi bir shariy’at bilan yuborilgandir, nabiy esa o’zidan avvalgi rosulni Kitobini va uning shariy’atini uning ummatiga tablig’ qilish xizmati yuklatilgan zotdir.”[3]
Bu ta’rifga ko’ra, qirolni Yusuf alayhissalomga yuborgan elchisiga ham yangi bir kitob va yangi bir shariy’at berilgan bo’lishi kerak edi. Nabiy, o’zidan oldingi rosulni kitobini tablig’i xizmatiga mas’ul bo’lsa, endi boshqa nabiy kelmaganiga qaraganda, Muhammad alayhissalomning kitobini tablig’ qiladigan hech kim qolmagan bo’ladi.
Mu’taziliylarga ko’ra ham, rosul bilan nabiy o’rtasida farq yo’qdir va har ikkisi ham, Alohning vahiy yo’li orqali yangi bir shariy’at berilib insonlarni unga tablig’ qilish uchun yuborilgan elchisidir.[4] Bu ta’rif ham Qur’onga ziddir.
Shi’alar esa Nabiyyimizni va o’z imomlarini bira to’la iloh qilib olishgan. Ular shunday deyishadi:
“Imomning ilohiy hukmlari – ilohiy ma’rifatga, butun ilmlarga ega bo’lishi, – payg’ambar yoki o’zidan oldingi imomning vositasi orqali bo’ladi. Imom biron bir yangilik haqida – Alloh Taoloning unga ehson qilgan muqaddas quvvati bilan va ilhom yo’li orqali qanday hukm qilish kerak bo’lsa shunday hukm qiladi, u narsani kunhi haqida ham anglab yetadi. Biron narsaga yuzlanib uni bilmoqchi bo’lsa, u haqda faqat haqiqatni biladi, adashmaydi, shubhaga tushmaydi, bu xususda aqliy dalillarga va yoki ijmo’ning qaroriga ehtiyoji yo’qdir. Bilimi taqozo etishi natijasida, yanada oydinlashib boradai, yanada ziyodalashib boradi …”[5]

[1]     Majalla m. 1450.
[2]     Tobariy, Muhammad b. Jarir, Jomiul Bayon fî Tafsiril Qur’an, Bayrut 1412/1992. 29082-29083.
[3]     Qarang. Umarr Nasuhi Bilmen, Buyuk Islom Ilmiholi, Istanbul, tarixsiz, s. 17, p 34.
[4]     Yusuf Shavqi YAVUZ, Dia, Payg’ambar md.
[5]     Muhammad Rızo al-Muzaffar, Akoaidul Imomiyya, Shia Ishonchlari, Tarjimon Abdulboqi GO’LPINORLI, Ist 1978, s. 52-53.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
121 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Hadislarni Qur’on oyatlari darajasiga chiqarilishi 12.06.2018 187
2 Qur’onga ko’ra nabiy bo’lmagan rosul 12.06.2018 121
3 Hikmat va nabiylikdagi harakat 12.06.2018 178
4 Qur’onga ko’ra nabiy va nabiy bo’lgan rosul 12.06.2018 273
5 Nabiy, hech narsani Allohning iznisiz halol yoki harom qilolmaydi 09.06.2018 114