Hikmat va nabiylikdagi harakat
Musulmonlar > Din > Hikmat > Maqolalar > Nabiy va Rosul Tarix: 12 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Hikmat tushunchasidan misollar:

a) Hikmat

Hazrati Odamdan to Muhammad alayhissalomgacha bo’lgan barcha Nabiylarga (solavatullohi alayhim) ham Hikmat berilgan. Hikmat – Kitobdan to’g’ri hukm chiqarish usuli va hamda chiqarilgan to’g’ri hukmdir. Nabiylar u usulni rosullik sifati orqali o’rgatadilar. Chunki hikmatning butun qoidalari, ularga berilgan Kitobning ichida mavjutdir. Ibrohim alayhissalom Ka’bani barpo qilganidan so’ng,  Makka xalqi haqida shunday duo qilganlar:

رَبَّنَا وَابْعَثْ فِيهِمْ رَسُولاً مِّنْهُمْ يَتْلُو عَلَيْهِمْ آيَاتِكَ وَيُعَلِّمُهُمُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَيُزَكِّيهِمْ إِنَّكَ أَنتَ العَزِيزُ الحَكِيمُ

“Robbimiz! Bularga o’zlarining oralaridan, Sening oyatlaringni o’qiydigan, Kitob va Hıkmatnı o’rgatadigan va bularni kelishtiradigan bir rosul chiqar. Kuchli bo’lgan Sensan, to’g’ri qaror berguvchi Sensan.” (Baqara 2/129)
Ibrohim alayhissalomning duosini qanul bo’lganini ko’rsatgan oyatlardan bittasi shudir:

لَقَدْ مَنَّ اللّهُ عَلَى الْمُؤمِنِينَ إِذْ بَعَثَ فِيهِمْ رَسُولاً مِّنْ أَنفُسِهِمْ يَتْلُو عَلَيْهِمْ آيَاتِهِ وَيُزَكِّيهِمْ وَيُعَلِّمُهُمُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ
وَإِن كَانُواْ مِن قَبْلُ لَفِي ضَلالٍ مُّبِينٍ

“Alloh mo’minlarga yaxshilik qildi, chunki ularga o’zlarining ichidan, – ularga oyatlarini o’qiydigan, ularni kelishtiradigan (rivojlantirgan), Kitob va Hikmatni o’rgatadigan – bir Rosul chiqardi. Ular, avvallari ochiq bir zalolat ichida edilar.” (Oli Imron 3/164)
Payg’ambarlar o’z ummatlariga Hikmatni rosullik sifatiga ko’ra o’rgatishi, bu narsa bir tablig’ ekanini[1] va oyatlardan joy olganini ko’rsatadi. Tablig’da xato bo’lmaydi, ammo uni uyg’unlatishda xato bo’lishi mumkin. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

إِنَّا أَنزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ لِتَحْكُمَ بَيْنَ النَّاسِ بِمَا أَرَاكَ اللّهُ وَلاَ تَكُن لِّلْخَآئِنِينَ خَصِيمًا

“Senga bu Kitobni tamomiyla haq qilib tushurdik-ki, – insonlar orasida Alloh ko’rsatgan usulda hukm qilasan. Aslo xoinlarning himoyachisi bo’lma.” (Niso 4/105)
“Aslo xoinlarning himoyachisi bo’lma.” Deb Nabiy alayhissalomni ogohlantirishi, Hikmat dasturida xatolik yuz berishi mumkinligini ko’rsatadi. Shu sababli Nabiyyimizning xatosini ko’rsatgan bironta ham oyatda rosul kalimasi qo’llanilmagan. Badr Jangiga aloqador oyatlarni bunga misol tariqasida keltirishimiz mumkin.

b) Badr jangidan o’rnak

Nabiyyimiz, Badr Jangida bir ishda noto’g’ri qaror bergani sabab jangda asr olgan edi. Avval u, orqasidan esa bu qaror haqida og’iz ochmagan Musulmonlar, shu og’ir so’zlar bilan ayblangan (malomatlangan) edilar:

مَا كَانَ لِنَبِيٍّ أَن يَكُونَ لَهُ أَسْرَى حَتَّى يُثْخِنَ فِي الأَرْضِ تُرِيدُونَ عَرَضَ الدُّنْيَا وَاللّهُ يُرِيدُ الآخِرَةَ وَاللّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ  لَّوْلاَ كِتَابٌ مِّنَ اللّهِ سَبَقَ لَمَسَّكُمْ فِيمَا أَخَذْتُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ

“Hech bir nabiyni – jang maydonida dushmanni samarasiz (kuchsiz) holatga keltirmasdan oldin – asir olishga haqqi yo’qdir. Sizlar dunyo matohini qo’lga kiritishni xohlayapsizlar, Alloh esa sizlar uchun kelgusini (oxirat yoki Makka fathi) xohlamoqda. Alloh kuchlidir, to’g’ri qaror berar. (G’alaba sizniki bo’ladi degan) Alloh tarafidan yozuvga kirgizilgan bir qaror bo’lmaganda edi, asir olganingiz tufayli sizlarni og’ir bir azob tutardi.” (Anfol 8/67-68)
Bu og’ir so’zlar, avvalroq nozil bo’lgan ushbu oyatga uyg’un holda harakat qilinmagani sabablidir: [2]

 فَإِذا لَقِيتُمُ الَّذِينَ كَفَرُوا فَضَرْبَ الرِّقَابِ حَتَّى إِذَا أَثْخَنتُمُوهُمْ فَشُدُّوا الْوَثَاقَ فَإِمَّا مَنًّا بَعْدُ وَإِمَّا فِدَاء حَتَّى تَضَعَ الْحَرْبُ أَوْزَارَهَا ذَلِكَ وَلَوْ يَشَاء اللَّهُ لَانتَصَرَ مِنْهُمْ وَلَكِن لِّيَبْلُوَ بَعْضَكُم بِبَعْضٍ وَالَّذِينَ قُتِلُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَلَن يُضِلَّ أَعْمَالَهُمْ

“Kofirlar bilan jangda yuzlashganingizda bo’yinlariga uringlar, ularni tormor qilganingizda ishonchli-xavfsiz doira ichida ushlab turinglar. So’ngra bepul yoki fidya olib qo’yib yuboring…” (Muhammad 47/4)
“Alloh tarafidan yozuvga kirgizilgan bir qarori bo’lmaganda edi” so’zining hikoyasi shunday:

Musulmonlar Makkada bo’lgan vaqtlarida Rumliklar Forslarga yengilgan edi. Nozil bo’lgan shu oyatlar, Rumliklarni 3 bilan 9 yil orasida g’olib bo’lishini, u kunda Musulmonlar bir g’alaba bilan sevinishlari haqida xush habar bergan edi:

                الم غُلِبَتِ الرُّومُ فِي أَدْنَى الْأَرْضِ وَهُم مِّن بَعْدِ غَلَبِهِمْ سَيَغْلِبُونَ فِي بِضْعِ سِنِينَ لِلَّهِ الْأَمْرُ مِن قَبْلُ وَمِن بَعْدُ وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ بِنَصْرِاللَّهِ يَنصُرُ مَن يَشَاء وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ وَعْدَ اللَّهِ لَا يُخْلِفُ اللَّهُ وَعْدَهُ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

“Alif, Lam, Mim. Rumliklar juda yaqin bir yerda yengildilar. Ular, bu mag’lubiyat orqasidan Uch va to’qqiz yil orasida g’olib bo’ladilar. Bundan avval ham bundan kegin ham vakolat (hokimiyat) Allohnikidir. U kuni Mo’minlar Alohning yordami bilan sevinadilar. U, to’g’ri tanlovda bo’lganga yordam beradi. U – Kuchlidir va ne’matu ikromi mo’ldir. Bu Allohning bergan so’zidir. Alloh so’zidan qaytmaydi, ammo insonlarning ko’pchiligi buni bilmaydilar.” (Rum 30/1-6)
Hamma Rumliklardan keladigan xabarlarga bog’lanib qolgan edi. Abu Sufyon, tijoriy bir karvon bilan Shomdan qaytayotganida Rumlilar bilan Forslar urush qilishini eshitdi. Musulmonlar – Alloh ularga karvon berishi umidi bilan, Makkaliklar esa karvonlarini qo’riqlash maqsadida yo’lga chiqdilar. Abu Sufyon esa karvonni qutqarib qolish talvasasiga tushdi. Karvon uchun chiqqan Musulmonlar, qarshi tarafdan Makkaning armiyasini ko’rib qoldilar. Balki ularga so’z berilgan – o’sha armiya edi. Buni shu oyatlar anglatmoqda:

وَإِذْ يَعِدُكُمُ اللّهُ إِحْدَى الطَّائِفَتِيْنِ أَنَّهَا لَكُمْ وَتَوَدُّونَ أَنَّ غَيْرَ ذَاتِ الشَّوْكَةِ تَكُونُ لَكُمْ وَيُرِيدُ اللّهُ أَن يُحِقَّ الحَقَّ بِكَلِمَاتِهِ وَيَقْطَعَ دَابِرَ الْكَافِرِينَ

“Alloh bir vaqtlar sizlarga so’z bergan edi, u ikki jamoadan biri sizniki bo’ladi. Siz qurol-aslahasiz bo’lganni (karvonni) istar edingiz. Alloh ham o’z so’zini haqqi ila o’rtaga chiqarishni va u kofirlarni ildizini quritishni (uchun sizlarga Makka armiyasini bermoqni) istar edi.” (Anfol 8/7)
Bir tomondan Makkada mushriklarning og’ir bosimlari davom etarkan Nabimizga shu oyatlar nozil bo’lgan edi:

    وَإِن كَادُواْ لَيَسْتَفِزُّونَكَ مِنَ الأَرْضِ لِيُخْرِجوكَ مِنْهَا وَإِذًا لاَّ يَلْبَثُونَ خِلافَكَ إِلاَّ قَلِيلاً سُنَّةَ مَن قَدْ أَرْسَلْنَا قَبْلَكَ مِن رُّسُلِنَا وَلاَ تَجِدُ لِسُنَّتِنَا تَحْوِيلاً

“Seni bu tuproqlardan chiqarish uchun yeringdan o’ynatishga tayyorlar. Chiqarsalar sendan so’ng bu yerda ko’p qololmaydilar. Sendan oldin jo’natilgan elchilarga qo’llangan sunnat (qonun) shudir. Bizning sunnatimizda (qonunimizda) biron bir o’zgarishlik topolmaysan.” (Isro 17/76-78)
Allohning sunnati tufayli Musulmonlarga Makka armiyasi berildi. Ularga og’ir bir zarba berdilar ammo orqaga chekilgan dushmanni taqib qilib kuchsiz holatga keltirmay turib asirlar oldilar. Ashoblar asirlar haqidagi oyatni eslatib Nabiyyimizni ogohlantirmagani uchun, ularning hammasi dunyoni oxiratdan ustun qo’yish aybi bilan malomatlandilar. Agar avvaldan berilgan g’alaba so’zi bo’lmaganda edi, asirlarni deb Badrda buyuk bir mag’lubiyatga duchor bo’lar edilar.
To’rt yildan so’ng tuzilgan Hudaybiya kelishuvi orqali Makkaning fathiga yo’l ochildi va shu oyatlar nozil bo’ldi:

 إِنَّا فَتَحْنَا لَكَ فَتْحًا مُّبِينًا  لِيَغْفِرَ لَكَ اللَّهُ مَا تَقَدَّمَ مِن ذَنبِكَ وَمَا تَأَخَّرَ وَيُتِمَّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكَ وَيَهْدِيَكَ صِرَاطًا مُّسْتَقِيمًا

“Fathni yo’lidagi to’siqlar sen uchun ortiq qolmadi.[3] (Albatta biz siz uchun ochiq bir fathni ochib berdik) Alloh buni – avvalgi va keyingi gunohlaringni kechirishi uchun, yaxshiliklarini tamomlab berishi uchun va seni to’g’ri bir yo’lga yo’naltirish uchun qildi.” (Fath 48/1-2)
Demak Nabiyyimiz, Badrda gunoh qilgan. Gunohi kechirilish uchun Makkani fath qilishi kerak edi, fathdan oldin shu oyat nozil bo’ldi:

إِذَا جَاء نَصْرُ اللَّهِ وَالْفَتْحُ  وَرَأَيْتَ النَّاسَ يَدْخُلُونَ فِي دِينِ اللَّهِ أَفْوَاجًا  فَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ وَاسْتَغْفِرْهُ إِنَّهُ كَانَ تَوَّابًا

“Allohning yordami kelib fath amalga oshganda va insonlarni to’p-to’p bo’lib Alohning diniga kirayotganini ko’rganingda, har narsani chiroyli qilgani uchun Robbinga yo’nal va undan kechirim so’ra. Chunki U tavbalarni qabul qiladi.” (Nasr 110/1-3)
Bilinib turibdiki, Muhammad alayhissalom, nabiy sifati bilan xato qilgan. Tavba qilishi uchun xatosini tuzatish sharti biz uchun o’rnakdir. Ya’ni tavba qildim deyishni o’zi yetmaydi, xatoni tuzatish ham shartdir.

v) Nabiy halol va harom qilolmaydi

Har qanday Payg’ambar, nabiylik sifati ostida biron bir xatoga yo’ qo’yib qo’yishi mumkin bo’lgani uchun, Qur’on oyatlari orasida biron joyda ham, nabiyga itoat degan joyi yo’q, balki barcha oyatlar rosulga itoat etishga buyurilgan, demak Payg’ambarlar rosullik sifatida aslo xatoga yo’l qo’yishi mumkin ems. Shuning uchun ham nabiylarga qaydsiz-shartsiz itoat degan narsa yo’qdir. Ammo rosullik sifati bilan birgalikdagi halollar Allohning halollaridir, haromlar ham Allohning haromlaridir. Alloh taolo Sunday marhamat qiladi:

الَّذِينَ يَتَّبِعُونَ الرَّسُولَ النَّبِيَّ الأُمِّيَّ الَّذِي يَجِدُونَهُ مَكْتُوبًا عِندَهُمْ فِي التَّوْرَاةِ وَالإِنْجِيلِ يَأْمُرُهُم بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَاهُمْ عَنِ الْمُنكَرِ وَيُحِلُّ لَهُمُ الطَّيِّبَاتِ وَيُحَرِّمُ عَلَيْهِمُ الْخَبَآئِثَ وَيَضَعُ عَنْهُمْ إِصْرَهُمْ وَالأَغْلاَلَ الَّتِي كَانَتْ عَلَيْهِمْ فَالَّذِينَ آمَنُواْ بِهِ وَعَزَّرُوهُ وَنَصَرُوهُ وَاتَّبَعُواْ النُّورَ الَّذِيَ أُنزِلَ مَعَهُ أُوْلَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ

“Ular (Ahli Kitoblardan to’g’ri harakat qilganlari) ummiy nabiy bo’lmish bu rosulga ergashganlardir. Uni – oldilaridagi Tavrotda va Injilda yozilgan holda topadilar. U – ularga yaxshilikni buyuradi va yomonlikni taqiqlaydi.  Toza va lazzatli narsalarni halol, kir va iflos narsalarni harom qiladi. Isrlarini[4] va ustidagi aloqalarni olib tashlaydi. Kim unga ishonsa, unga dastakchi bo’lsa, unga yordam berib va u bilan birgalikda nozil qilingan nurga (Qur’onga) ergashsa – ana o’shalar umidlariga erishadilar.” (A’rof 7/157)
Muhammad alayhissalom nabiylik sifati bilan biron narsani halol-harom qilolmaydi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ لِمَ تُحَرِّمُ مَا أَحَلَّ اللَّهُ لَكَ تَبْتَغِي مَرْضَاتَ أَزْوَاجِكَ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
“Ey Nabiy! Ayollaringni rozi qilish maqsadida Allohni senga halol qilgan narsasini nima uchun harom qilyapsan? Ammo Alloh, gunohlarni kechiruvchi va marhamat qiluvchidir.” (Tahrim 66/1)
Ochiq-oydin ko’rinib turganidek, Nabiyimizni faqatgina rosullik sifati asnosida gapirgan gaplariga shartsiz qaydsiz itoat qilishimiz kerak. Ammo mahzuniyatla ko’rib turibmizki, kalima va jumlalar bilan o’ynagan holatdagi yangi bir din o’rtaga qo’yilgan.

[1]     Hikmat tushunchasi haqidagi oyatlarni ushbu link orqali ko’rishingiz mumkin.

http://www.suleymaniyevakfi.org/kutsanan-gelenek-ve-kuran/kitap-ve-hikmet.html

[2]     Ibn Hibatulloh, Dahhokdan va Said b. Cubayrdan Muhammad surasining Makkiy ekanini keltirgan. (Mrj. Qurtubiy tafsiri, Qohira 1964/1384 c. XIV, s. 223)

[3]     Arab tilida iltifotsan’ati bor. Goho uchinchi shaxs birinchi shaxs hisoblanadi va ba’zida esa, buni aksi bo’ladi. Bu oyatlarda ham holat shunday. So’zma-so’z tarjimadan noto’g’ri tushunchaga borib qolinmasligi uchun, jumladagi ma’no oqishiga ko’ra ma’no berdik.

[4]     Isr – kelajakdagi vahiy oladigan nabiyga ishonish va unga ko’makdosh-yordamchi bo’lish vasifasidir. Muhammad alayhissalom so’ng vahiy olgan songi nabiy bo’lgani uchun, bizni bunday bir vaziyfamiz yo’q. Baqara 286 va A’rof 157- oyatlar shuni ko’rsatadi.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
173 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Hadislarni Qur’on oyatlari darajasiga chiqarilishi 12.06.2018 182
2 Qur’onga ko’ra nabiy bo’lmagan rosul 12.06.2018 120
3 Hikmat va nabiylikdagi harakat 12.06.2018 173
4 Qur’onga ko’ra nabiy va nabiy bo’lgan rosul 12.06.2018 271
5 Nabiy, hech narsani Allohning iznisiz halol yoki harom qilolmaydi 09.06.2018 112