Qur’onga ko’ra nabiy va nabiy bo’lgan rosul
Musulmonlar > Din > Nabiy va Rosul > Qur'oni Karim Tarix: 12 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

a) Qur’onga  ko’ra nabiy

Nabiy – “Hurmat ehtiromi Alloh tarafidan yuksaltirilgan zotdir.”[1] Alloh, An’om 83 va davomida, Nuhdan Isogacha 18 ta nabiyni nomini sanadi va shunday marhamat qildi:

وَمِنْ آبَائِهِمْ وَذُرِّيَّاتِهِمْ وَإِخْوَانِهِمْ وَاجْتَبَيْنَاهُمْ وَهَدَيْنَاهُمْ إِلَى صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ

“Otalaridan, zurriyotlaridan va aka-ukalaridan ham tanlab oldik va to’g’ri yo’lni ko’rsatdik.” (An’om 6/87)
Son jihatidan 124 ming ta deb rivoyat qilingan[2] nabiylardan har biri, manashu 18 ta nabiyning yo otalari, yoki aka-ukalari, yoki nasllaridan kelganlardir. Oyatning davomida Alloh taolo shunday buyuradi:

أُولَـٰئِكَ الَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ وَالْحُكْمَ وَالنُّبُوَّةَ

Bular – biz ularga kitob, hukm (hikmat) va nabiylik bergan kishilardir.” (An’om 6/88)
Demak, Odam alayhissalomdan boshlab to so’ngi nabiygacha bo’lgan barcha nabiylarga Kitob va Hikmat berilgan. Quyidagi oyatda ham, barcha nabiylarga kitob berilgani bayon qilinmoqda:

كَانَ النَّاسُ أُمَّةً وَاحِدَةً فَبَعَثَ اللّهُ النَّبِيِّينَ مُبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ وَأَنزَلَ مَعَهُمُ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ لِيَحْكُمَ بَيْنَ النَّاسِ فِيمَا اخْتَلَفُواْ فِيهِ“

“Insonlar bir millat edi. So’ngra Alloh ularga, hushxabar berguvchi va ogohlantirguvchi nabiylar jo’natdi. Ular bilan birgalikda nuqul to’g’rilarni ko’rsatguvchi kitob ham nozil qildik-ki, – ixtilofga tushgan mavzularda insonlar orasida u kitob hukm qilsin…”  (Baqara 2/213)

وَإِذْ أَخَذَ اللّهُ مِيثَاقَ النَّبِيِّيْنَ لَمَا آتَيْتُكُم مِّن كِتَابٍ وَحِكْمَةٍ ثُمَّ جَاءكُمْ رَسُولٌ مُّصَدِّقٌ لِّمَا مَعَكُمْ لَتُؤْمِنُنَّ بِهِ وَلَتَنصُرُنَّهُ قَالَ أَأَقْرَرْتُمْ وَأَخَذْتُمْ عَلَى ذَلِكُمْ إِصْرِي قَالُواْ أَقْرَرْنَا قَالَ فَاشْهَدُواْ وَأَنَاْ مَعَكُم مِّنَ الشَّاهِدِينَ

“Alloh nabiylardan so’z olgan kuni ularga: “Sizga bir Kitob va Hikmat beraman-da, so’ngra qo’lingizdagi narsani tasdiqlovchi bir Rosul kelsa, unga kesinlik bilan ishonasizlar va dastakchi bo’lasizlar. Buni qabul qildinglar mi? Isrimga[3] yuklandingizmi?” dedi. Ular esa: “qabul qildik” dedilar. Aalloh: “sizlar bunga guvoh bo’linglar, siz bilan birga men ham guvohman” dedi.” (Oli Imron 3/81)
Nabiylarga berilgan kitoblarning har biri bizga berilgan kitob bilan ayni mazmundadir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

شَرَعَ لَكُم مِّنَ الدِّينِ مَا وَصَّى بِهِ نُوحًا وَالَّذِي أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ وَمَا وَصَّيْنَا بِهِ إِبْرَاهِيمَ وَمُوسَى وَعِيسَى أَنْ أَقِيمُوا الدِّينَ وَلَا تَتَفَرَّقُوا فِيهِ كَبُرَ عَلَى الْمُشْرِكِينَ مَا تَدْعُوهُمْ إِلَيْهِ اللَّهُ يَجْتَبِي إِلَيْهِ مَن يَشَاء وَيَهْدِي إِلَيْهِ مَن يُنِيبُ

“Alloh – Nuhga qaysi vazifani yuklagan bo’lsa – uni sizlar uchun ham bu dinning shari’ati qildi. Sizga vahiy qilgan narsamiz – Ibrohimga, Musoga va I’soga buyurgan narsamiz shudir: Bu dinni qoim qilib ushlab qoling (buzilib-bo’linib ketishiga yo’l qo’ymang), unda bo’linib ketmanglar…” (Shu’ro 42/13)
Butun Nabiylarga Kitob va Hikmat berilgani op-ochiq qilib bayon qilingani holda, kunimizdagi urfiy e’tiqodga ko’ra faqatgina Tavrot, Injil, Zabur va Qur’on nozil qilingani aytiladi. Nabiyyimizga nisbat berilgan juda za’if bir rivoyatda Odamga 10 ta sahifa, Shi’sga 50 ta sahifa, Idrisga 30 ta sahifa va Ibrohim alayhissalomlarga 10 ta sahifa berilgani, umumiy 100 ta sahifa nozil qilingani iddio qilinadi.[4] Shunday qilib an’anaviy davom etib kelgan diniy e’tiqodga ko’ra, sakkizta nabiygagina kitob berilgan ekan.

b) Qur’onga ko’ra nabıy bo’lgan rosul

Rosul – o’zidan biron narsa qo’shmasdan, birovning so’zini boshqa biriga yetkazgan kishidir.[5] Turkiy tillarda buni elchi deyiladi. Har nabiy -o’ziga berilgan kitobni – insonlarga yetkazishga buyurilgani uchun ayni damda ham nabiy va ham rosuldir. Qur’on ularni nabiy bo’lgan rosul deb tariflagan. Kelgusida bayon qilinadigan oyatlarga ko’ra, nabiy bo’lmagan rosullar ham bor. Alloh taolo shunday marhamat qiadi:

وَاذْكُرْ فِي الْكِتَابِ مُوسَى إِنَّهُ كَانَ مُخْلَصًا وَكَانَ رَسُولًا نَّبِيًّا

“Bu Kitobda Musoni ham eslat. U, (Allohga va uning diniga) yurakdan bo’g’langan edi, Nabiy bo’lgan Rosul edi.” (Maryam 19/51)

وَاذْكُرْ فِي الْكِتَابِ إِسْمَاعِيلَ إِنَّهُ كَانَ صَادِقَ الْوَعْدِ وَكَانَ رَسُولًا نَّبِيًّا

“Bu Kitobda Ismo’ilni ham eslat. U, (rostgo’y)[6] gapida turgan edi, Nabiy bo’lgan Rosul edi.” (Maryam 19/54)

Aalloh taolo rosullarning vazifasi haqida shunday marhamat qiladi:

فَهَلْ عَلَى الرُّسُلِ إِلاَّ الْبَلاغُ الْمُبِينُ

“Rosullarga ochiqcha tablig’dan boshqa nima ham yuklanadi?” (Nahl 16/35)

يَا أَيُّهَا الرَّسُولُ بَلِّغْ مَا أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ وَإِن لَّمْ تَفْعَلْ فَمَا بَلَّغْتَ رِسَالَتَهُ وَاللّهُ يَعْصِمُكَ مِنَ النَّاسِ إِنَّ اللّهَ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الْكَافِرِينَ

“Ey Rosul! Robbingdan senga nima nozil qilingan bo’lsa uni tablig’ qil (yetkaz), agar bunday qilmasang Uni (senga yuklagan) elchilik vazifasini ado etmagan bo’lasan…” (Moida 5/67)
Nabiy bo’lgan rosullarning vazifasi og’irdir. Allohning so’zlariga qo’shimcha kirgizish yoki kamaytirish kabi nojo’ya harakatlarga qo’l urilsa, jazolari o’limdir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَلَوْ تَقَوَّلَ عَلَيْنَا بَعْضَ الْأَقَاوِيلِ  لَأَخَذْنَا مِنْهُ بِالْيَمِينِ ثُمَّ لَقَطَعْنَا مِنْهُ الْوَتِينَ فَمَا مِنكُم مِّنْ أَحَدٍ عَنْهُ حَاجِزِينَ

“Agar u (Rosul), Biz haqimizda ba’zi so’zlar to’qisa, uni mahkam ushlaymiz-da so’ngra shoxtomirini uzib tashlaymiz. Hech biringiz uni qutqarib qololmas edi.” (Al-haqqo 69/44-47)
Bir nabiyni, rosullik sifati orqali aytadigan gaplari, Allohning so’zlaridan boshqasi bo’lishi mumkin bo’lmaganligi uchun, ularga itoat qilish u so’zlarning asl egasi bo’lgan Allohga itoat hisoblanadi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

مَّنْ يُطِعِ الرَّسُولَ فَقَدْ أَطَاعَ اللّهَ وَمَن تَوَلَّى فَمَا أَرْسَلْنَاكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا

“Kım Allohning rosuliga[7] itoat qilayotgan bo’lsa, demak u Allohga itoat qilgan bo’ladi…” (Niso 4/80)
Hech qanday qaydsiz va shartsiz itoat qilinishi kerak bo’lgan narsa, nabiy bo’lgan rosulning o’zi emas, balki u tablig’ qilgan oyatlardir.

 

Abdulaziz Bayindir. Vositachilik va Shirk kitobidan.

[1]     Javhariy, Ismoil b. Hammod (o’. 393 h.), as-Sıhoh, (thk: Ahmad Abdulg’ofur Atar), Bayrut 1984 va Ibn Manzur, Camoluddin Muhammad b. Mukrim (630-711), Lisanul-Arab, Bayrut trs. نبأ moddesi.

[2]     Ahmad b. Hanbal, Musnad V. S. 266. Istanbul 1982.

[3]     Isr – kelajakdagi nabiyga ishoniish va unga dastakchi bo’lish vasifasidir. Muhammad alayhissalom so’ng nabiy bo’lgani uchun bizni bunday bir vaziyfamiz yo’q. Baqara 286 va A’rof 157- oyatlar shuni ko’rsatadi.

[4]     Ebu Ja’far Muhammad b. Jarir at-Tobariy (il.310 h.), Tarixul-Umam va val-Muluk (Tarixut-Tobari) Bayrut 1407, c. I s. 187, az-Zamahshariy Mahmud b. Umer (467-538 h.), al-Kashshof, Bayrut tarixsiz. A’lo Surasining taafsiri.

[5]     Majalla. 1450. “Risolat – bir kishi, o’zgartirishga vakolatsiz holda bir kishining so’zini boshqqa birisiga yetkazishi ya’ni tablig’ deganidir. Ortadagi elchiha Rosul, yuborganga mursil va uchunchu shaxsga esa mursalun ilayh deyiladi.  Ali Himmat Barqiy, Istanbul, 1978.)

[6]    Otasiga bergan so’zida turgan edi. Bu oyat, qurbon bo’lgan kishi Ishoq emas, Ismoil alayhissalom ekanini ko’rsatadi.
[7]     الرسول (ar-rosul)’ning boshidagi ال (al) qo’shimchası muzoaf ilayhden evaz hisoblanib رسولنا (rosuluna) ma’nosi berilgan.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
244 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Qorniga olov to’ldirilib azoblanadiganlar 01.09.2018 350
2 Kitob va Hikmat tushunchasi 30.07.2018 306
3 Qur’ondan ko’r, kar va o’lik bo’lib olganlarga so’z hayf 26.07.2018 168
4 Din aql ishi emas degan gapga Qur’on nima deydi? 25.06.2018 220
5 Ramazon oyining fazilatlari 25.06.2018 162
6 Imon keltirishimiz farz bo’lgan Ilohiy Kitoblar 25.06.2018 178
7 Qur’onga ko’ra nabiy va nabiy bo’lgan rosul 12.06.2018 244
8 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 139
9 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 184
10 ”Qur’ondan be xabar edik” degan bahona oxiratda o’tmaydi 09.06.2018 280
11 Alloh taolo qiyomat kuni, Muhammad alayhissalom va uning ummatidan Qur’on haqida savolga tutadi 09.06.2018 127
12 Dinda firqalanmaslik va bir bo’lib Qur’onni mahkam ushlashlik 09.06.2018 192
13 Qur’on o’rganamiz 08.06.2018 142
14 Qur’onni o’zgartirishga Rasulullohni na vakolati va na haqqi bo’lmagan 08.06.2018 143
15 Muhammad alayhissalomning shikoyati 08.06.2018 135
16 Qur’onni mahkam ushlash 08.06.2018 92
17 O’liklar Qur’onni eshitismaydi 08.06.2018 121
18 O’lganlarga Qur’on o’qish 08.06.2018 137