Ahli kitobga muvofiqlashib borayotgan Musulmonlar
Musulmonlar > Din > Hristianlik > Maqolalar > Qur'onsiz din tushunchasi Tarix: 12 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Sa’iyyd al-Xudriyning aytishiga ko’ra, Allohning Elchisi sollallohu alayhi va sallam shunday degan ekan:
“Sizdan avvalgilarning izlarini, shubhasiz qarich-qarich, bilak-bilak ta’qib qilasizlar (izidan yurasizlar). Ular bir kaltakesak iniga kirgan bo’lsalar, sizlar ham orqalaridan kirasizlar.
Biz ayttikki: “Yahudiy va Hristianlarmi?”
– Boshqa kim bo’lishi mumkin?[1] dedi.” (Buxoriy)

Hristianlar bugungi kunda faolroq bo’lgani uchun, taqqoslash Katoliklar va ayrim jamoalar va ba’zi soxta tariyqatlar o’rtasida bo’ladi.

A – O’zini mushrik emasdek ko’rsatish

Katoliklarga ko’ra, shirk eng katta gunohdir. “Birinchi buyruq shirkni taqiqlaydi. Allohdan boshqa tangrilarga ishonish va yolg’iz bo’lgandan boshqa ilohlarga hurmat ko’rsatish mumkin emas. Butlarni rad qilish kerak.”[2]  Muqaddas Kitobda shunday yozilgan:
“Eshit ey Isroil. Allohimiz Rob – yagona Allohdir” (Injil, Markos 12/29)
Iso shunday degan:
“Tangri bo’lmish Robga sig’in. Yolg’iz unga qullik qil.” (Injil, Luka 4/5-8)
Injilda shunday bo’lishiga qaramay Hristianlar, Alloh bilan o’zlari orasiga 4-asrda vositachilar qo’ya boshladilar. M. 325-yildagi Injil kengash yig’ilishi, ishonch masalalarini shunday ochiqlagan: “Tangrining yagona o’g’li azalda Otadan tug’ilgandir, nurdan kelgan nur, haqiqiy tangridan kelgan haqiqiy tangri, mudom yaratilish bo’lmasidan oldin Otadan paydo bo’lgandir.”[3]
Katoliklar – mushrik deb bilinmasliklari uchun, – Ota, O’g’il, va Muqaddas Ruh uchligini yagona bir tangridek ko’rsatishga urinadilar. Shunday deydilar: “Qodir Ota va uning yagona O’g’li va Muqaddas Ruh bitta Tangridir. Ko’p Muqaddaslik – Uchtalik Birlik.”[4]
Lekin bular haqiqatni o’rtaga qo’yaolmashini bilib shunday dedilar: “Tangrıdagı kishilar bir-biridan farqlidir. O’g’il bo’lgan kishi Ota emasdir. Ota bo’lgan kishi ham O’g’il emasdir. Muqaddas Ruh na Ota va na O’g’ildir. Asoslariga aloqador bo’lgan munosabatlari tufayli ular bir-biridan farqlidir.”[5]

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

لَّقَدْ كَفَرَ الَّذِينَ قَالُواْ إِنَّ اللّهَ ثَالِثُ ثَلاَثَةٍ وَمَا مِنْ إِلَهٍ إِلاَّ إِلَهٌ وَاحِدٌ وَإِن لَّمْ يَنتَهُواْ عَمَّا يَقُولُونَ لَيَمَسَّنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ مِنْهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
“Alloh uchtaning uchunchisidir” deganlar, haqiqatta o’zlarini to’g’rilardan to’skanlardir. Yagona Allohdan boshqa iloh yo’qdir. Bunday deyishdan voz kechmasalar bu kofirlarni alamli bir azob qamraydi.” (Moida 5/73)
Musulmonlar orasida tashkil qilingan tariqat va jamoalarga ko’ra ham shirk egn katta gunohdir. Chunki Aloh taolo shunday marhamat qiladi:

إِنَّ اللّهَ لاَ يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَلِكَ لِمَن يَشَاء

“Aalloh – o’ziga sherik qo’shilishini aslo kechirmaydi, to’g’ri qaror qabul qilganlar uchun bundan quyi qunohlarni kechiradi…” (Niso 4/48)
Qur’oni Karimning deyarli har bir sahifasida shirk mavzusi o’rin olgan.  Ammo Musulmonlarning iymon-e’tiqodlarini o’rgatuvchi kiboblarning birontasida ham bu oyatlar haqida yetarlicha ish olib borilmagan. Hatto bir qancha oyatning usti oddiy hol bo’lib yopilib kelingan. Buning natijasida ba’zi tariqat va jamoatlar, shirk mavzusida to’g’ri yo’lni tark qilib, Hristianlarning yo’llariga kirib olishgan.

B – Nabiyni tangrilashtirish

Hristianlar Iso alayhisssalomni o’ldirilganligi haqidagi da’voga asoslanib bir sistem barpo qilishgan, avval uni so’ngra Cherkovni tangrilashtirib, Allohnig dinini tanib bo’lmas ahvolga keltirdilar. Holbuki Yahudilar Iso alayhissalomni o’rdira olishmagan. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَقَوْلِهِمْ إِنَّا قَتَلْنَا الْمَسِيحَ عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ رَسُولَ اللّهِ وَمَا قَتَلُوهُ وَمَا صَلَبُوهُ وَلَكِن شُبِّهَ لَهُمْ وَإِنَّ الَّذِينَ اخْتَلَفُواْ فِيهِ لَفِي شَكٍّ مِّنْهُ مَا لَهُم بِهِ مِنْ عِلْمٍ إِلاَّ اتِّبَاعَ الظَّنِّ وَمَا قَتَلُوهُ يَقِينًا

“(Yahudilarni)…  “Haqiqatda biz Allohning Elchisi, Maryamning o’g’li Iso Masihni o’ldirdik” deyishi ham bor. Uni na o’ldirdilar va na ostilar, ammo shunday bir shubhaga tushirildilar. Anglab yetolmagan bu narsa haqida tamoman bir shubha ichidadirlar. Bilgan narsalari, gumonga ergashishdan iboratdir. Aniq-ki, Uni o’ldirmadilar.” (Niso 4/157)
Insonlarning ko’pchiligi noto’g’ri yo’lga kirib ketdilar. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

فَخَلَفَ مِن بَعْدِهِمْ خَلْفٌ أَضَاعُوا الصَّلَاةَ وَاتَّبَعُوا الشَّهَوَاتِ فَسَوْفَ يَلْقَوْنَ غَيًّا
إِلَّا مَن تَابَ وَآمَنَ وَعَمِلَ صَالِحًا فَأُوْلَئِكَ يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ وَلَا يُظْلَمُونَ شَيْئا

“Nabilardan so’ng kelganlar, – namozni zoya qilib – (mensimasdan) o’z orzu havaslariga ergashdilar. Ular yaqinda noto’g’ri bo’lgan uydirmalari bilan yuzlashadilar. Ichlaridan ishonib tavba qilgan va yaxshi ishlar qilganlar jannatga kiradilar va ularga bironta ham haqsizlik qilinmaydi.” (Maryam 19/59-60)
Huddi shunday holat Musulmonlarda ham yuz berdi. Alloh taolo Muhammad alayhissalomni oxiratda[6] shu so’zni aytishini bildirdi:

وَقَالَ الرَّسُولُ يَا رَبِّ إِنَّ قَوْمِي اتَّخَذُوا هَذَا الْقُرْآنَ مَهْجُورًا

“Elchimiz[7] aytadiki, Ya Robbiy, mening qovmim bu Qur’onni o’zlaridan uzoq tutdilar.” (Furqon 25/30)
Bu oyatlar – Nabiyyimiz shu so’zlarni aytishiga sabab bo’lgandir:
“Sizlardan avvalgilarni izlarini, hich shubhasiz qarich-qarich bilak-bilak taqib qilasizlar. Ular bir keskaltirikni iniga kirsalar, sizlar ham kirasizlar.
Ayttikki; Yahudilar va Hristianlarmi?
-Boshqa kim bo’lishi mumkin?” ( Buxoriy, I’tisom bissunna, 14)
Nabiyyimizning shu so’zlari ham yuqoridagi oyatlarning bir mazmunidir:
“Mahshar kuni, ashobimdan bir qismi chap tarafga olinadi, shunda men: “Ashobim! Ashobim!” deyman. Alloh taolo aytadiki: “Bular – sendan ayrilganidan so’ng tinimsiz orqaga qarab ketdilar.” Men ham solih qul Iso aytgan gapini aytaman:
“…Oralarida bo’lgan vaqtimda ularni ko’rib turar edim. Meni vafot ettirganingdan so’ng, ko’rib (nazorat qilib turuvchi) yolg’iz Sen bo’lding. Sen o’zing hamma narsani ko’rib kuzatib turguvchisan. Agar azoblasang – ular sening qullaringdir. Agar kechirsang shubhasiz Sen kuchlisan, eng to’g’ri ishni qilasan.” (Moida 5/117-118)[8]
Nabiylik Qur’onda o’z mohiyati va xususiyatlari bilan birga bayon qilinishiga qaramay, Musulmonlar, Hristianlarga o’xshab nabiylik mohiyatini o’ldirib, avval uni so’ngra orqasidan olimlarni ilohlashtirdilar.
Davomi: “Ahli kitobga muvofiqlashib qolgan Musulmonlar.1)” nomli maqolada.

Prof. Dr. Abdulaziz Bayindır. Qur’on Nuri Ostida Vositachilik va Shirk Kitobi

[1]     Buxoriy, I’tisom bissunna 14.

[2]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 2112.

[3]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 242.

[4]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 233.

[5]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 254.

[6]

[7]        الرسول (ar-rosuler)ning boshidagi ال (el) qo’shimchasi muzoaf ilayhdan evaz qilinib رسولنا (rosuluna).

[8]     Buhari, Enbiya, 8.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
203 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Imon keltirishimiz farz bo’lgan Ilohiy Kitoblar 25.06.2018 294
2 Ahli kitobga muvofiqlashib borayotgan Musulmonlar 12.06.2018 203