Taoizmga ko’ra vositachilik
Musulmonlar > Kufr > Maqolalar > Shirk Tarix: 11 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Bu maqolamiz orqali siz azizlarga, Alohga shirk keltirishning Taoizmdagi misollarini va Taoizmdagi shirk va vositachilik bilan soxta Tariqatchilikdagi o’xshashlikligi va Islom diniga bunday vositachilik qanday kirib qolganini ochiqlashga harakat qilamiz.
Taoızm – Xitoyning eng asosiy aqiydasidir. Uning asoschisi deb bilingan Lao-Tzuni – Konfuchyusdan 53 yosh katta ekani aytiladi. Lao-Tzu, hayotning nihohasi tomon yuzlanib Xitoydan chiqib g’arqga ketkan ekan va u yerda Buddaga aylangani aytiladi. Bu bois Tao – Konfuchyuschilik, Budizm va Hint dinlarining sheriklik sifatida umumiylashib ketgan.
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

إِنَّا أَرْسَلْنَاكَ بِالْحَقِّ بَشِيرًا وَنَذِيرًا وَإِن مِّنْ أُمَّةٍ إِلَّا خلَا فِيهَا نَذِيرٌ

“Bu haqiqatni sen bilan birga jo’natdik-ki, – hushxabar berasan va ogohlantirasan. Har qavmning o’tmishida bir ogohlantiruvchi bo’lgan.” (Fotir 35/24)
Qur’onda nomi aytilgan Nabiylar, Makkaning yaqin atroflariga, ya’ni Yaqin sharqqa jo’natilganlari bo’lgan.
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

لَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلَنَا بِالْبَيِّنَاتِ وَأَنزَلْنَا مَعَهُمُ الْكِتَابَ وَالْمِيزَانَ لِيَقُومَ النَّاسُ بِالْقِسْطِ وَأَنزَلْنَا الْحَدِيدَ فِيهِ بَأْسٌ شَدِيدٌ وَمَنَافِعُ لِلنَّاسِ وَلِيَعْلَمَ اللَّهُ مَن يَنصُرُهُ وَرُسُلَهُ بِالْغَيْبِ إِنَّ اللَّهَ قَوِيٌّ عَزِيزٌ

Aniq-ki, elchilarimizni ochiq hujjatlar bilan yubordik. Ular bilan birga o’lchovni ham tushurdik-ki, – insonlar adolat bilan ish olib borsinlar.” (Hadid 57/25)
Taoistlarning o’tmishida ham mutlaqo bir elchi va ularga tablig’ qilingan bir kitobi bo’lgan. Ibrohim va Ismoil alayhissalomlar kelgandan so’ng, eski Makkalilar shirkka kirgan edilar. Hristianlarning katta bir bo’limi esa, – butun umrini shirkka qarshi mujodala etishga sarflagan Iso alayhissalomni va Muqaddas Ruhni (Jabroilni) keyinchalik Allohga sherik qildilar. Har millatta bu kabi holatlar bordir. Chunki insonlarda Allohga bo’lgan kuchli bir ishonch bor. Shu ishonchdan foydalangan holda, Alloh bilan uning o’rtasidagi munosabati yaqin deb ishontirilib kelingan vositachi ilohlarni va ilohiy kishilarni, din nomidan paydo qilib, insonlarni aldab kelayotgan kishilarni ko’ryabmiz. Bu narsa, Islomdan oldin Makka qavmi bilan Hristianlarning ko’pchiligida yuz bergani ko’rilgan tuzilmalarga yuzga-yuz ox’shab turibdi.
Quyidagi jadvalda bu o’xshashlik ko’rsatilgan. Taoizmlarda ham huddi Hristianlar kabi, Alloh bilan inson orasida bir bo’shliq paydo qilishib, u yerga o’zlari tomonidan muqaddaslashtirilgan shaxsiyatlarni joylashga urinishgan.

Tao


Inson
Allohning “duv”niga qo’yilgan vositachi tangrilar, bu – Iblisning tuzoq qurish maydonidir.

TAOISTLARDAGI VOSITACHI TANGRILAR

1 – Tao
Tao – tabiat tartibining boshqaruvchisi va har narsadan ustun bo’lgan yaratguvchi qudratdir. Hurmat va ibodat qilinishi kerak bo’lgan buyuk hukmdordir. Koinotning tuzilishini u qurgan. Tongda Taoni zikr qilgan kishi kechasi rohat-farog’atda bo’ladi.[1]
U ulug’dir, buyukdir. Yerdagi insonlarga hukm qiladi, yomonlar ko’payganda hukmi omonsiz bo’ladi. O’lish va tirilish, sharaf va boylik uning taqdiridandir.[2] U abadiy va azaliydir, har joyda bordir, qanday ekani bilinmaydi.[3] Uni zehnida tasavvurlashtirmoqchi bo’lgan kishi adashadi.[4] Yaratilmagandir, har narsani yaratgan udir.[5] O’zgarmaydi,[6] har doim bordir va har doim hozirdir.[7] Har narsani ochiqcha ko’radi va butun ishlarda insonlar bilan birgadir.[8]
Taodan qasd qilingan narsa Alloh taolo ekani aniqdir.

2- Te
Taoning haqiqiy borligini o’rtaga chiqishi,[9] insonda va boshqa borliqlarda ko’rilgan holidir. Butun borliqlarni Tao maydonga olib chiqadi, Te uni tarbiya qilib katta qiladi, shakl beradi va quvvatini mukammal qiladi. Har borliq Taoni buyuklaydi va Tega hurmat ko’rsatadi.[10]
Yin va Yang – Koinot tuzilishini boshqaruvchi va rahbari bo’lmish ikki buyuk kuchning umumiy ramzidir. Bu ikki kuch birbiridan mustaqil ravishda borliqlarini davom ettirolmaydi.[11] Har narsa Yin va Yangning sirli munosabatlari natijasida latif olamdan dunyoga chiqariladi. Bu prinsipni Tao yaratgan, so’ngra Taoning yaratish kuchi Yin-Yang ikkisiga o’tgan. Bu nuqtada Te, bu ikki quvvatni birlik ichida mutanosib bir shaklda ushlab qoladi.[12]  “Taodan bir tug’ladi, birdan ikki (Yin va Yang),[13] ikkidan uch, uchdan o’nmingta narsa tug’iladi va butun borliqlar izchillik ichida Yi’ni ushlaydi, Yangni quchoqlaydi.”[14] Taoning yaratish Vasfi Tega berilganmish. U buni Yin va Yangning har ikkisi bilan amalga oshirmoqda. Yaratilgan barcha narsani Te nazorat qilar emish.

3 – Olimsiz Ruhlar va Latif Kuchlar
“Tao bilan o’z hayotini tartibga solganlar uchun, qorong’ulik bilan yorug’lik, hayot bilan o’lim orasidagi aldovchi chegaralar olib tashlanadi. Juda oliy ruhli borliqning do’stligini qozonadi. Ular orasida, o’limsiz ta’sirlardan himoyalangan va yo’q qilinishi mumkin bo’lmagan
yashash huquqiga ega bo’ladi. Shunday qilib, u o’lmaslikka erishadi[15]. “Daraxtlar va hayvonlar, odamlar va hashoratlar, gullar va qushlar… Bular yulduzlardan oqib tushgan latif kuchlarining tirik orzularidir (Hayollaridir).  Ular bir-birlari bilan va yer yuzidagi borliqlar bilan yuzlashganda, ular bilan birlashib butun jonlilarga hayot beradi.”[16]

4- Ota Ruhlari
Har oila, ota ruhlarini maxsus himoyachi deb biladi va honadonlarida ular uchun alohida joy ajratib qo’yadi.[17] Ba’zan otalar chaqiriladi va muhim masalalar aytilib yordam so’raladi. Qabrlar – barakat keltirsin deb shudgorlarga barpo qilinadi, bahorning ilk kunlarida shupurib tozalanadi va sovg’alar beriladi.[18]

 5- Donishmandlar va Malaksimon Ustozlar
G’oybdan xabari bor deb bilingan donishmandlar, o’limsizlar va malaksimon uztozlar – ilohiy kuchga ega bo’lishning yo’llaridir. Ular orqali abadiylashadilar, fanoyi-tomm’ga ega bo’lishadi.
Bu narsa – ilohiy borliq va inson o’rtasidagi vositachilardir.
Bular – “ Eshik oldiga chiqmasdan ostonadagini biladi, derazadan qaramasdan osmonni ko’radilar. Bormasdan bilib oladi, qaramasdan ko’ra oladi, etmasdan bajaraoladi.”[19] “Bu malaksimon ustozlar topilmaydilar, aksincha ularga tolib bo’lganlarni ularning o’zlari topib oladilar. Undan so’ng, yuksak farosat va sof fazilatli yordami bilan, – ilohiy mulk bilan bog’liqlik qurganlarda – benihoya ma’naviy haqiqatlarni ko’chishi ham uning orqasidan kelaboshlaydi. Bu, butun farishtalarning ilohiy mulk tomon qilgan harakatlaridagi yo’ldir”[20]
…Mukammal yo’l davomiyligida o’rtaga chiqqan rivojlanishni har bosqichida, – ertaga dunyo mulkiga tutqun ko’rilganga emas, bugungi ma’naviy mulkdagi muhim bo’lgan narsaga e’tibor va hurmat ko’rsatilishini – o’rganib olasan. O’sha vaqtda sirli eshik ochiladi, sen buyuk bir koinotni yo’naltirmagan yo’naltiruvchilariga, yaratmagan yaratuvchilariga qo’shilasan.[21]
“…barcha murshitlar va texnikalar o’tkinchidir, asl ro’yobga chiqarish – shaxsning mavjudligi Tao’ning ilohiy energiyasiga birlashishi natijasida paydo bo’ladi.”[22]

 6- Robita
    kimki Taoga yetishmoqchi bo’lsa, malaksimon ustozlardan biri bilan robita qurishga majburdir. Bu kishi – ustozlarining o’rgatkanlari ustida ishlashi, ikkilamle haqida barcha tushunchalarni yechishi, boshqalarga xizmat qilish uchun qo’lidan kelgan bacha ishni qilishi kerak. Ichki dunyosini sofliginisaqlab qolishi kerak, ustozini keraksiz to’siqlar bilan bezovta qilmasligi kerak, ustozining ilohiy kuchi orqali ma’naviy robıtani himoya qilib qolishi kerak. Shunday qilib, u barcha to’siqlarni oshib o’tadi, mutloq samimiyatini doimo muhofaza qila oladi. Koinotning  hissiy  va o’xshash kichik ko’ngillikligi, azmi va moslashuvchanligi uni ilohiy nur bilan to’ldiradi.[23]

[1]     Tümer, Küçük, a g.e, s. 62.

[2]     Tümer, Küçük, a .g.e .s. 63.

[3]     Yener, Osman, a g.e, s.16, 26, 46

[4]     Lao-Tzu, Bilinmeyen Ogretiler, 1999, 20-bet.

[5]     Lao-Tzu, a.g.e, s. 92.

[6]     Lao-Tzu, a.g.e, s 88

[7]     Lao-Tzu, a.g.e, s 36.

[8]     Tümer, Küçük, a . g. e. s. 63.

[9]     Tümer, Küçük, a.g.e, s. 69-70.

[10]     J.C Cooper, Erdemin Işığı (Taoculuk), Tar. İsmet Zeki Eyuboğlu, Say Yayıncılık, İstanbul, 1994, s.39.

[11]     İzutsu Toshihiko, Taoculuk’daki Anahtar Kavramlar, Çev. Ahmet Yüksel Özemre, Kaknüs

Yayınları, İstanbul, 2001, s.164.

[12]     Lao-Tzu, a.g.e, s. 65.

[13]     Yener Osman, a.g.e, s. 60.

[14]     Lao-Tzu, a.g.e, s. 51.

[15]     Lao-Tzu, a.g.e, s. 52 .

[16]     Tümer, Küçük, a.g.e, s. 58.

[17]     Tümer, Küçük, a.g.e .s. 58.

[18]     Yener, Osman, a.g.e, s. 65.

Lao-Tzu, a.g.e, s. 82.

[19]     Yener, Osman, a.g.e, s. 65.

[20]     Lao-Tzu, a.g.e, s. 82.

[21]     Lao-Tzu, a.g.e, s. 83.

[22]     Lao-Tzu, a.g.e, s. 96.

[23]     Lao-Tzu, a.g.e, s. 32.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
145 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ibodat va Shirk (Tariqatchilikka Nazar 23- bo’lim) 20.05.2019 41
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 30
3 Shayxlarga vahiy kelishi (Tariqatchilikka Nazar 14- bo’lim) 20.04.2019 79
4 Musulmonlarni cho’ktirgan shirk (Tariqatchilikka Nazar 9- bo’lim) 12.04.2019 75
5 Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim) 30.03.2019 98
6 G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim ) 30.03.2019 73
7 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 87
8 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 84
9 Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim) 28.03.2019 99
10 O’rtakashlik, Vasila va Vosita (Tariqatchilikka Nazar Solish 2- bo’lim ) 28.03.2019 88
11 Islomga kirgizilmoqchi bo’lgan renkarnatsion (ruh ko’chish) tushunchasi 09.07.2018 215
12 G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos 09.07.2018 162
13 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 192
14 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 210
15 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 211
16 O’likdan yordam so’rash 13.06.2018 164
17 G’oyb haqidagi noto’g’ri tushunchalar (katolik va soxta diniy jamoalardan o’rnaklar) 13.06.2018 157
18 Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar 13.06.2018 222
19 Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar) 12.06.2018 169
20 Dindorlarni Xudolashtirish (Nurchilardagi soxta avliyolik, muridlarini ma’naviy boshqaruv ostiga olishga urinishi) 12.06.2018 183
21 Taoizmga ko’ra vositachilik 11.06.2018 145
22 Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil) 11.06.2018 222
23 Vositachilik e’tiqodi 11.06.2018 221
24 Aql shirkni, Qur’on esa aqlsizlikni qabul qilmaydi 11.06.2018 347
25 Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli 11.06.2018 134
26 Mushrik o’zini mushrik deb tan olmaydi 11.06.2018 150
27 Mushrik – vositachilarning shafoatiga ishonadi 11.06.2018 143
28 Vositachilarga ishonish mushrikning asosiy ishidir 11.06.2018 154
29 Mushrik ham Allohga ibodat qiladi 11.06.2018 163
30 Allohga ishongan mushriklar 11.06.2018 139
31 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 160
32 O’zlarini tangri qilib olganlar 11.06.2018 135
33 Alloh va elchilarini o’rtasini ajratish 10.06.2018 150
34 Kofirlik va itoatsizlik sababini Allohga to’ngash 09.06.2018 150
35 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 210
36 Kufr va shirk 09.06.2018 219