Vositachilik e’tiqodi
Musulmonlar > Kufr > Maqolalar > Shaytonning tuzog'lari > Shirk Tarix: 11 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Qur’onda shirkka aloqador bo’lgan oyatlardagi sig’inilgan va yordamga chaqirilgan hayoliy ilohlarning o’rni ” مِّن دُونِهِ  – Allohning duvni” kalimalari bilan ifoda qilinadi. Duvn kaimasi so’zlikda balandning ziddi, eng yuqori martabadan sal pastrog’i, undan oldin, undan pasti va yana eng yaqin degan ma’nolarda ham ishlatiladi.[1] Allohning duvnidan degani Allohdan sal pastroq martabada degan ma’noni ham anglatadi.

Mushriklar Allohni oddiy bir qiroldek bilib o’zlarini Allohdan uzoq tutadilar, unga yetishish uchun Allohga yaqin deb o’ylagan ba’zi jonli yoki  jonsiz narsalarni, aqlli yoki aqlsiz borliqlarni o’zlariga vositachi qilib oladilar. Hristianlar Iso alayhissalomni Allohning o’g’li, Makkali mushriklar sig’ingan ruhoniyatlarini Allohning qizlari, vositachilar esa, vositachi qilib olgan buyuklarini (pirlarini) Allohning avliyosi ya’ni, uning maxsus do’stlari deb bilishlari yuqoridagi “duvnillah” kalimasidagi ma’nodandir.[2]

Mushriklar Allohning zotiga shirk qo’shmaydilar, ya’ni bittadan ortiq Alloh bor deb da’vo qilmaydilar. Ularning iddaosi Allohning sifatlarida sherik qilishidir. Ya’ni, vositachi qilib olgan borliqlarda Allohga xos bo’lgan xususiyatlar bor deb bilishidir. Shu sababli ularni o’limsizlashtiradilar, g’oyri tabiiy eshitish, inson tabiatida bo’lmagan ko’rish darajasi, birovning ichidagini bilib olib unga g’oyibdan yordam berish kabi xususiyatlarga ega deb biladilar. Eng achinarlisi shuki; bunday vakolat va xususiyatlarni ularga Alloh bergan deb o’ylashlaridir.
Makkali mushriklar Ka’bani tavof qilganda shunday deyishar edi: “Labbayka la shariyka lak illa shariykan huva lak tamlikuhu va ma malak” “Buyur Allohim, sening sheriging yo’qdir. Faqatgina bitta sheriging bor, u ham bo’lsa; uning barcha vakolatlari va uning o’zi ham senikidir.”
Abbos aytadiki: “Ular: “Labbayka la shariyka lak. Buyur (Amr et), sening aslo sheriging yo’qdir” degan onlarida, Muhammad alayhissalom ularga shunday der edi: “Holingizga voy! Shu yerda to’xtating, shu joyida to’xtating!”[3] Quyidagi rasm orqali, oddiy inson bilan Allohning o’rtasiga kirgizilgan vositachilar shaklini tasavvur qilib olish mumkin.                                                                 Shirk Piramidasi

Shirkning Umumiy Shakllanishi

Shaklda joylashgan bo’limlarga nazar solaylik.

1-Sirot-i Mustaqim (To’g’ri yo’l): Bu- Alloh istagan yo’ldir. To’g’ri ishonchga ega bo’lgan va to’g’ri harakat qilgan barcha inson u yo’lga kirgan bo’ladi. To’g’ri harakat qilish esa, Alloh istagan ishlarda davom etishdir. Alloh insonning shoh tomiridan (Nerv hujayralarining uchlaridan) ham yaqindir.
To’g’ri yo’l shaytonning asosiy ish joyidir. U Allohdan izn olishi bilanoq shunday dedi:

قَالَ فَبِمَا أَغْوَيْتَنِي لأَقْعُدَنَّ لَهُمْ صِرَاطَكَ الْمُسْتَقِيمَ  ثُمَّ لآتِيَنَّهُم مِّن بَيْنِ أَيْدِيهِمْ وَمِنْ خَلْفِهِمْ وَعَنْ أَيْمَانِهِمْ وَعَن شَمَآئِلِهِمْ وَلاَ تَجِدُ أَكْثَرَهُمْ شَاكِرِينَ

“…Ular uchun, sening to’g’ri yo’ling ustida o’tirishimga qasam ichaman. So’ngra oldilaridan, orqalaridan, o’ng tarafidan va chap taraflaridan kelaman (reaksiyaga kiraman). Ularning ko’pchiligi senga shukr qilmaganini ko’rasan.” ( A’rof 7/16-17)

Eng katta va asosiy muammo bu- insoniy shaytonlarning yetkazgan muammosidir. Ular ham to’g’ri yo’lda o’tiradilar. Allohni insonlardan uzoqda deb tushuntiradilar va o’rtada qolgan bo’shliqni o’zlari egallashni boshlashadi.

2-Tangrilar: Alloh bilan inson o’rtasida o’rni bor deb bilingan, bir tomondan inson, boshqa bir tomondan Allohga o’xshatilgani bois vositachi qilib olingan borliqlar.

3-Ota-bobolar ruhlari: Insonlar o’lib ketgan kattalarini buyuklashtirish va muboraklashtirishni juda yaxshi ko’radilar. Ularga Allohga xos bo’lgan sifatlarni nisbat beradilar. Fano fillah ya’ni, Allohda yo’q bo’lib ketish va vahdati- vujud kabi tushunchalarning manba’si shu bo’lsa kerak. Bu esa ularni tangrilashtirishdir.

4-Din odamlari: Insonlar bilan muomalaga kirib yuqoridagi yo’nalish va tushunchani din nomidan dinga olib kirganlardir. Alloh bilan inson o’rtasida o’rtakashlik, ya’ni vositachilik qilgani bois, yarmi inson yarmi tangri dek qabul qilinadilar.

5-Inson: Paydo qilingan bu munosabatdagi aloqalar, insondagi diniy tuyg’ularini suiistemol qilishga yo’l ochadi. Insonlarni bu tashkilot ichiga olib kirgan narsa- o’sha jamoa ichida bo’lishning foyda ilinji va manfaatdor bo’lish orzusidir. Ushbu oyat aynan o’sha narsaga diqqatni jalb qiladi:

وَقَالَ إِنَّمَا اتَّخَذْتُم مِّن دُونِ اللَّهِ أَوْثَانًا مَّوَدَّةَ بَيْنِكُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ثُمَّ يَوْمَ الْقِيَامَةِ يَكْفُرُ بَعْضُكُم بِبَعْضٍ وَيَلْعَنُ بَعْضُكُم بَعْضًا وَمَأْوَاكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُم مِّن نَّاصِرِينَ

“(Ibrohim) shunday dedi: “Sizlarni bu butlarga sig’inishingizni sababi, dunyo hayotida o’rtangizda birlik-birodarlik bo’lishi uchundir, xolos. Qiyomat kuni esa, biringiz boshqangizni ko’rishni ham xohlamaydi, har biringiz boshqa biringizga tashlanadi. Boradigan joyingiz shu otashdir. Sizga yordam beradigan ham bo’lmaydi.” (Ankabut 29/25)

Haq dindan boshqa har qanday din yuqorida aytilganidek, bir hil yo’nalish ostida bo’ladi. Alloh taolo ba’zi Yahudiy va Hristianlar haqida shunday dedi:

اتَّخَذُواْ أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِّن دُونِ اللّهِ وَالْمَسِيحَ ابْنَ مَرْيَمَ وَمَا أُمِرُواْ إِلاَّ لِيَعْبُدُواْ إِلَهًا وَاحِدًا لاَّ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ سُبْحَانَهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ

“Bilimdonlarini, din odamlarini va Maryamning o’g’li Masihni  Allohdan oldin bir rob deb ularni ushladilar (yopishib mahkam ushladi). Aslida ularga berilgan buyruq – faqatgina yagona bir Ilohga qullik qilishlari edi. Undan boshqa tangri yo’qdir. Alloh ularning shirkidan uzoqdir.” (Tavba 9/31)

Adiyy bin Hatim aytadiki: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam yoniga keldim, bo’ynimda oltin hoch bor edi. U kishi: “Adiyy, tashlab yubor shu butni” dedi. U kishidan shu oyatni eshitdim: “Ahborlari va rohiblarini Allohdan oldin rob deb bildilar…” va aytdiki: “Ular bularga ibodat qilmadilar, ammo biror narsani (Rohib va ahborlari) halol desa halol deb bildilar, harom desa harom deb bildilar.” Ularni rob deb bilishlari shunday bo’lgan.”[4]

To’g’ri yo’lda ya’ni, sirot-i mustaqimda bo’lishni istagan har bir insonni oldidan turli to’siqlar chiqadi. Chunki, sirot-i mustaqim shaytonning ish joyidir. U tuzoqlarini aynan o’sha yo’lda quradi. U, yo’lga kirganlarga vositachilar haqida visirlashni boshlaydi, ularni Allohga yaqin ekani va Allohning avliyo-do’stlari ekanini, Allohga olib boruvchi yo’lda ularga ehtiyoj borligini, o’rtakashlik va shafoatchi bo’lishlarini visirlashni boshlaydi. Afsonaviy va hayoliy hikoyalar to’qib aytib, Alloh ularni aslo xafa qilmasligini da’vo qiladi. Xullas kalom, ularga nima qilib bo’lsa ham taslim qilish yo’llarini izlaydilar va insonlarni ularga taslim qilib, qul va mute’ bo’lgan holda asta sekin o’zlariga robb darajasigacha olib chiqadi. Ular bunday ishlarda aqillarini ishlatmaydigan kishilardan va eski an’ana va urf-odatlardan foydalanadilar. Insonlar o’zlarini ularga taslim qilganlaridan so’ng, asta sekin Allohdan aloqalari uzulib va unga bo’lgan ishonchidan ko’ra vositachilar (pirlar) ga bo’lgan ishonch va muhabbatlari oshib boradi. Bunga ikkita misol keltiramiz; Birinchisi ahli kitobning Katoliklari, yana biri Taoistlardir.

[1]     Qomus tarjimasidan.

[2]     At-Tobariy, Jomi’ul-bayon 11-jl, 519-sh, Najm surasi, 19-oyat.

[3]     Muslim, Haj, 3/22-1185.

[4]     Termiziy, Tafsir al-Qur’an, 10-bob, hadis no 3095, Istanbul, 1981, jl 5- s.

 

 

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
259 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ibodat va Shirk (Tariqatchilikka Nazar 23- bo’lim) 20.05.2019 77
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 71
3 Shayxlarga vahiy kelishi (Tariqatchilikka Nazar 14- bo’lim) 20.04.2019 116
4 Musulmonlarni cho’ktirgan shirk (Tariqatchilikka Nazar 9- bo’lim) 12.04.2019 116
5 Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim) 30.03.2019 156
6 G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim ) 30.03.2019 115
7 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 129
8 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 133
9 Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim) 28.03.2019 140
10 O’rtakashlik, Vasila va Vosita (Tariqatchilikka Nazar Solish 2- bo’lim ) 28.03.2019 138
11 Islomga kirgizilmoqchi bo’lgan renkarnatsion (ruh ko’chish) tushunchasi 09.07.2018 262
12 G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos 09.07.2018 198
13 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 239
14 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 248
15 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 258
16 O’likdan yordam so’rash 13.06.2018 200
17 G’oyb haqidagi noto’g’ri tushunchalar (katolik va soxta diniy jamoalardan o’rnaklar) 13.06.2018 192
18 Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar 13.06.2018 265
19 Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar) 12.06.2018 210
20 Dindorlarni Xudolashtirish (Nurchilardagi soxta avliyolik, muridlarini ma’naviy boshqaruv ostiga olishga urinishi) 12.06.2018 228
21 Taoizmga ko’ra vositachilik 11.06.2018 182
22 Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil) 11.06.2018 256
23 Vositachilik e’tiqodi 11.06.2018 259
24 Aql shirkni, Qur’on esa aqlsizlikni qabul qilmaydi 11.06.2018 391
25 Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli 11.06.2018 177
26 Mushrik o’zini mushrik deb tan olmaydi 11.06.2018 194
27 Mushrik – vositachilarning shafoatiga ishonadi 11.06.2018 180
28 Vositachilarga ishonish mushrikning asosiy ishidir 11.06.2018 188
29 Mushrik ham Allohga ibodat qiladi 11.06.2018 204
30 Allohga ishongan mushriklar 11.06.2018 163
31 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 196
32 O’zlarini tangri qilib olganlar 11.06.2018 170
33 Alloh va elchilarini o’rtasini ajratish 10.06.2018 181
34 Kofirlik va itoatsizlik sababini Allohga to’ngash 09.06.2018 188
35 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 256
36 Kufr va shirk 09.06.2018 295