Vositachi iloh (xudo) istaganlar
Musulmonlar > Din > Kufr > Qur'oni Karim > Shirk Tarix: 11 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Ba’zi insonlar, Alloh bilan o’zlari orasida vositachilik qiladi deb bilgan narsalarga sig’inishni boshlaydi. Aslida esa, bu shunchaki xom hayoldir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

إِنَّا أَنزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ فَاعْبُدِ اللَّهَ مُخْلِصًا لَّهُ الدِّينَ

“Bu kitobni senga tamomiyla ro’yi-rost (to’g’ri-haq) qilib tushurdik. Shunday ekan, bu dinga hech narsa qo’shmasdan Allohga qullik qil.” (Zumar 39/2)
Inson o’z dinini toza va sof holda saqlab qolishi faqatgina Quro’nga amal qilishi bilangina bo’ladi. Bunday yashash – dinidan foydalangan holda dunyolik topish orzusida bo’lmagan kishilarning qo’lidan keladi.  Ular dinni tablig’ qilgan vaqtlarida, muxotoblariga butun elchilar nima degan bo’lsa ular ham huddi shunday deyishadi:

 قُل لاَّ أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا إِنْ هُوَ إِلاَّ ذِكْرَى لِلْعَالَمِينَ

“… Men Qur’onni tablig’i evaziga sizlardan hech narsa kutmayman (umit qilmayman). U, hamma uchun eslatmadir (maslahat) xolos.” (An’om 6/90)
Dindan foydalangan holda, molu dunyoga ega bo’lmoqchi bo’lganlar, dinni o’zlariga moslashtirishga urinadilar. Bunday ishni faqatgina u din haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lganlar qila oladi. Ularning mo’ljal va maqsadlari to’g’ri yo’lda bo’lganlardir.
Hamma qatori, to’g’ri yo’lga kirgan insonlarni ham orzu-istaklari va kelajak haqida oz bo’lsada xavotirlari bo’ladi. Yolg’onchi tuzoqchilar asl o’yinlarini aynan shu yerda o’ynaydilar. Din buyuklariga Allohga xos bo’lgan ba’zi xususiyatlarni yuklaydilar, ularning vositasi orqali so’ralgan istaklar qabul bo’lishini va oxiratta shafoatlaridan manfaatdor bo’lishiga ishontirish uchun qayta-qayta takrorlaydilar. Allohning kitobini ham bunga ko’ra yo’rimlaydi va qilayotgan ishlariga qarshi bo’lgan oyatlarni boshqa ma’noga burib yuboradilar.
Olamdan o’tib ketgan o’sha buyuklarni, ularga bog’langan shaxslarni himoya qiluvchi deb tushuntirishadi, keyinroq esa biz o’sha buyuklarning vakillarimiz, biz ham ulardek sizlarni bu dunyoda ham oxiratda ham qutqarib qolamiz deb ishontira boshlaydilar. Bu ishga layoqatli va salohiyatli ekanligini ko’rsatish uchun esa, boshqa musulmonlardan farqli kiyinadilar, boshqacha gaplashadilar va boshqacha harakatlar bilan ajrab turishga urinadilar. Buyuklarga bog’langan ekani haqida yanada ishonchliroq bo’lishi uchun, hayoliy afsona va to’qima ertaklar bilan insonlarni fikrini jalb qiladilar va shu yo’l orqali o’zlarini yanada ishonchli va kuchli his qila boshlaydilar.
Aqlini ishlatgan kishi, buni bir o’yin ekanini tushunib oladi ammo, afsuski ko’pchilik insonlar bundan ta’sirlanadilar. Bunday kimsalar boshlang’ichda aqllari bilan hissiyotlari o’rtasida biroz tafovut-qarama-qarshilik sezadi. So’ngra hissiyotlari kuchlilik qilib tuzoqqa tushadi qoladi. Asta sekin hayoti davomida, eng kichik bir tasodifni ham tuzoqchilarning karomati deb o’ylaydi, natijada ularga qul va mute’ bo’lib oladi. Bularning barchasi bu o’yinni farqiga borganligi sababli huddi bir jinoyatda hammasi sherik bo’lgandek bir-birlarini ayblarini ko’rmaganga oladilar va qilgan harbir ishlarini to’g’ri deb bilib jipslashib boraveradilar.
Allohga yo’nalgan har bir inson bunday tuzoqlar bilan yuzlashadi albatta. Bunday kishilar aksar holatta o’ta hissiyotli bo’ladilar. Ularning tuyg’ulari, atrofiga yoyilgan xurofot bombardimoni bilan birlashib qolsa, ularni bu tuzoqqa tushishlari yanada osonlashadi. Bunday bir diniy harakat nasldan naslga qoldirilar ekan, dinga qo’shilgan xato va bid’atlar yanada ko’payib boraveradi, natijada Allohning dinidan uzoq ammo uni suiistemol qilgan katta bir jamoat o’rtaga chiqadi.
   

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
173 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ibodat va Shirk (Tariqatchilikka Nazar 23- bo’lim) 20.05.2019 54
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 44
3 Shayxlarga vahiy kelishi (Tariqatchilikka Nazar 14- bo’lim) 20.04.2019 94
4 Musulmonlarni cho’ktirgan shirk (Tariqatchilikka Nazar 9- bo’lim) 12.04.2019 89
5 Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim) 30.03.2019 113
6 G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim ) 30.03.2019 90
7 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 104
8 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 102
9 Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim) 28.03.2019 113
10 O’rtakashlik, Vasila va Vosita (Tariqatchilikka Nazar Solish 2- bo’lim ) 28.03.2019 105
11 Islomga kirgizilmoqchi bo’lgan renkarnatsion (ruh ko’chish) tushunchasi 09.07.2018 233
12 G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos 09.07.2018 176
13 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 210
14 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 227
15 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 225
16 O’likdan yordam so’rash 13.06.2018 176
17 G’oyb haqidagi noto’g’ri tushunchalar (katolik va soxta diniy jamoalardan o’rnaklar) 13.06.2018 173
18 Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar 13.06.2018 239
19 Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar) 12.06.2018 183
20 Dindorlarni Xudolashtirish (Nurchilardagi soxta avliyolik, muridlarini ma’naviy boshqaruv ostiga olishga urinishi) 12.06.2018 202
21 Taoizmga ko’ra vositachilik 11.06.2018 157
22 Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil) 11.06.2018 234
23 Vositachilik e’tiqodi 11.06.2018 234
24 Aql shirkni, Qur’on esa aqlsizlikni qabul qilmaydi 11.06.2018 364
25 Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli 11.06.2018 147
26 Mushrik o’zini mushrik deb tan olmaydi 11.06.2018 162
27 Mushrik – vositachilarning shafoatiga ishonadi 11.06.2018 154
28 Vositachilarga ishonish mushrikning asosiy ishidir 11.06.2018 167
29 Mushrik ham Allohga ibodat qiladi 11.06.2018 178
30 Allohga ishongan mushriklar 11.06.2018 149
31 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 173
32 O’zlarini tangri qilib olganlar 11.06.2018 148
33 Alloh va elchilarini o’rtasini ajratish 10.06.2018 160
34 Kofirlik va itoatsizlik sababini Allohga to’ngash 09.06.2018 165
35 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 227
36 Kufr va shirk 09.06.2018 248