O’zlarini tangri qilib olganlar
Musulmonlar > Kufr > Maqolalar > Shirk Tarix: 11 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

 

Xudosiz deb bilingan ateistlar ham, musulmonman deb insonlarni aldab kelayotkanlar ham huddi shaytondek aybini Allohga to’ngamoqchi bo’lishadi. Allohning buyrug’i ularning sharoitiga va ko’ngliga mos kelmasa, Alohni amrini ikkinchi o’ringa qo’yib, o’z orzu-istaklarini birinchi o’ringa qo’yishadi. Ular, har bir ishda o’zlarini shart-sharoitlariga mos ish tutishadi. Allohning amrlaridan o’zlariga mos kelganini qabul qiladi, nomunosib deb biganlarini rad qiladi.  Boshiga tashvishli bir ish tushib qolsa, darrov Allohga yolvoradi va Undan yordam so’rashni boshlaydi. Bularning tangrisi avval o’zlari, keyin Allohdir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

أَرَأَيْتَ مَنِ اتَّخَذَ إِلَهَهُ هَوَاهُ أَفَأَنتَ تَكُونُ عَلَيْهِ وَكِيلًا  أَمْ تَحْسَبُ أَنَّ أَكْثَرَهُمْ يَسْمَعُونَ أَوْ يَعْقِلُونَ إِنْ هُمْ إِلَّا كَالْأَنْعَامِ بَلْ هُمْ أَضَلُّ سَبِيلًا

“O’z orzularini o’ziga iloh qilib olganni ko’rdingmi? Allohga qarshi sen unga vakil bo’lasanmi? Ularning ko’pchiligi gapka quloq soladi yoki aqlini ishlatadi deb o’ylaysanmi? Ular to’laligicha an’om (qo’y, sigir, echki, tuya) kabidirlar. Tutkan yo’llari esa aslida undan ham pastkashroqdir.” (Furqon 25/43-44)

أَفَرَأَيْتَ مَنِ اتَّخَذَ إِلَهَهُ هَوَاهُ وَأَضَلَّهُ اللَّهُ عَلَى عِلْمٍ وَخَتَمَ عَلَى سَمْعِهِ وَقَلْبِهِ وَجَعَلَ عَلَى بَصَرِهِ غِشَاوَةً فَمَن يَهْدِيهِ مِن بَعْدِ اللَّهِ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ

“Oz orzusini o’ziga tangri (iloh) qilib olganni ko’rdingmi? Bilimli bo’lgani holda Alloh uni adashgan deb hisobladi, go’yoki uning quloqlarini va qalblarini muhrlamish, ko’ziga ham parda tortmish. Alloh uni adashgan deb bilgandan so’ng kim ham uni to’g’ri yo’lda qabul qila olardi? Aqllaringizni ishlatmaysizlarmi?” (Josiya 45/23)

Hammada ham abadiy yashash orzusi bo’ladi. Har bir inson huddi o’lmaydigandek muomala va munosabatta bo’ladi. Oxiratga bo’lgan ishonch bu tuyg’uni yanada tatmin etadi. O’zlarini tangri qilib olganlardan kimlaridur hissiyotlarini renkarnatsiyalash orqali qanoatlantirishga urinadilar. Ya’ni, o’lishini va yana qaytadan bu dunyoga qaytib boshqa badanda tirilishini aytadilar. Bu haqdagi oyat shunday:

وَقَالُوا مَا هِيَ إِلَّا حَيَاتُنَا الدُّنْيَا نَمُوتُ وَنَحْيَا وَمَا يُهْلِكُنَا إِلَّا الدَّهْرُ وَمَا لَهُم بِذَلِكَ مِنْ عِلْمٍ إِنْ هُمْ إِلَّا يَظُنُّونَ

“Ular aytadilarki: “Bu dunyodagi hayotimizdan boshqasi yo’q. O’lamiz va tirilamiz, bizni halok qilgan faqatgina qarilikdir (dahr/zamon, vaqt o’tishi). ” Ularni bu xususda bironta ham ma’lumoti yo’q, shunchaki tahmin qilishadi xolos.” (Josiya 45/24)

Kimlardir o’lim bilan hamma narsa tamom bo’lib yo’q bo’lishini va hisob-kitob kuni yolg’on ekanini aytib, hissiyotlarini bostirishga urinadi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِّلْمُكَذِّبِينَ   الَّذِينَ يُكَذِّبُونَ بِيَوْمِ الدِّينِ   وَمَا يُكَذِّبُ بِهِ إِلَّا كُلُّ مُعْتَدٍ أَثِيمٍ   إِذَا تُتْلَى عَلَيْهِ آيَاتُنَا قَالَ أَسَاطِيرُ الْأَوَّلِينَ  كَلَّا بَلْ رَانَ عَلَى قُلُوبِهِم مَّا كَانُوا يَكْسِبُونَ  كَلَّا إِنَّهُمْ عَن رَّبِّهِمْ يَوْمَئِذٍ لَّمَحْجُوبُونَ   ثُمَّ إِنَّهُمْ لَصَالُو الْجَحِيمِ  ثُمَّ يُقَالُ هَذَا الَّذِي كُنتُم بِهِ تُكَذِّبُونَ

“U kunda yolg’onchilarni bir tortishi bor! Ular hisob kunini yolg’on deb bilganlardir. Tajovuzkor va gunohga mukkasidan ketkanlardan boshqasi u kunni yolg’on deb bilmaydi. Unga oyatlarimiz o’qilgan vaqtda, “Bular eskilarning masallaridir (Bu eskichadan qolgan)”  deydilar. Yo’q, unday emas, aslida qilgan gunoh ishlari yuraklari uzra kir paydo qilgan. Aslo bunday qilmanglar, bular endi u kunda Robbisidan uzoq qilinadi. So’ngra u alangali otashga kiradilar. So’ng ularga shunday deyiladi: “Sizlar yolg’onga chiqargan narsa mana shudir.” (Mutoffifiyn 83/10-17)

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
219 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ibodat va Shirk (Tariqatchilikka Nazar 23- bo’lim) 20.05.2019 124
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 111
3 Shayxlarga vahiy kelishi (Tariqatchilikka Nazar 14- bo’lim) 20.04.2019 165
4 Musulmonlarni cho’ktirgan shirk (Tariqatchilikka Nazar 9- bo’lim) 12.04.2019 174
5 Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim) 30.03.2019 209
6 G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim ) 30.03.2019 158
7 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 171
8 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 178
9 Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim) 28.03.2019 193
10 O’rtakashlik, Vasila va Vosita (Tariqatchilikka Nazar Solish 2- bo’lim ) 28.03.2019 192
11 Islomga kirgizilmoqchi bo’lgan renkarnatsion (ruh ko’chish) tushunchasi 09.07.2018 316
12 G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos 09.07.2018 252
13 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 295
14 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 298
15 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 304
16 O’likdan yordam so’rash 13.06.2018 243
17 G’oyb haqidagi noto’g’ri tushunchalar (katolik va soxta diniy jamoalardan o’rnaklar) 13.06.2018 236
18 Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar 13.06.2018 381
19 Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar) 12.06.2018 252
20 Dindorlarni Xudolashtirish (Nurchilardagi soxta avliyolik, muridlarini ma’naviy boshqaruv ostiga olishga urinishi) 12.06.2018 285
21 Taoizmga ko’ra vositachilik 11.06.2018 227
22 Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil) 11.06.2018 320
23 Vositachilik e’tiqodi 11.06.2018 309
24 Aql shirkni, Qur’on esa aqlsizlikni qabul qilmaydi 11.06.2018 431
25 Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli 11.06.2018 214
26 Mushrik o’zini mushrik deb tan olmaydi 11.06.2018 273
27 Mushrik – vositachilarning shafoatiga ishonadi 11.06.2018 226
28 Vositachilarga ishonish mushrikning asosiy ishidir 11.06.2018 221
29 Mushrik ham Allohga ibodat qiladi 11.06.2018 236
30 Allohga ishongan mushriklar 11.06.2018 190
31 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 235
32 O’zlarini tangri qilib olganlar 11.06.2018 219
33 Alloh va elchilarini o’rtasini ajratish 10.06.2018 212
34 Kofirlik va itoatsizlik sababini Allohga to’ngash 09.06.2018 244
35 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 296
36 Kufr va shirk 09.06.2018 349