Tahoratsiz holda bola emizish mumkinmi?
Musulmonlar > Fatvolar > Odob-axloq > Tahorat Tarix: 10 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Tahoratsiz yoki junub holatda bolani emizish mumkinmi?

Javob: Onalar o’z chaqaloqlarini har qanday holatda emizishlari mumkin; tahoratli yoki tahoratsiz, junub yoki pok, hayz/odatli yoki odatsiz bo’lgan vaqtlarda. Tahoratni faqat namoz uchun olinishi buyurilgani haqida bizga Nabiy alayhissalom so’zlari va harakatlari bilan chiroylik qilib tushuntirib bergan. Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilingan hadisga ko’ra:

“Nabiy alayhissalom hojatxonadan chiqqan vaqtida, u kishi uchun taom hozirlandi, taomga yaqinlashib o’tirmoqchi bo’lganida, yanidagilar: Tahorat olish uchun suv olib kelaylikmi? deganlarida, Rosululloh shunday javob berdilar:
“(Yo’q!) Men namozga turgan vaqtimda tahorat olishga buyurildim.”

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه، أَنَّهُ لَقِيَهُ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فِي طَرِيقٍ مِنْ طُرُقِ الْمَدِينَةِ وَهُوَ جُنُبٌ، فَانْسَلَّ فَذَهَبَ فَاغْتَسَلَ، فَتَفَقَّدَهُ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فَلَمَّا جَاءَهُ قَالَ: “أَيْنَ كُنْتَ؟ يَا أَبَا هُرَيْرَةَ” قَالَ: يَا رَسُولَ اللّهِ! لَقِيتَنِي وَأَنَا جُنُبٌ، فَكَرِهْتُ أَنْ أُجَالِسَكَ حَتَّى أَغْتَسِلَ. فَقَالَ رَسُولُ اللّهِ صلى الله عليه وسلم: “سُبْحَانَ الله إِنَّ الْمُؤْمِنَ لاَ يَنْجَسُ”.

Abu Hurayradan shunday rivoyat qilinadi: Abu Hurayra bir kuni Nabiy alayhissalom bilan junub holatida Madina ko’chalaridan birida ushrashib qoldi, o’sha zahoti darhol ayrilib ketib g’usl qildi. Bu orada Nabiy alayhissalom uni ko’zdan qochirdi. Abu Hurayra qaytib kelganida, Nabiy alayhissalom: “Ey Abu Hurayra, qayerda eding?’  dedi. Shunda u: “Ey Allohning Elchisi, men sizga junublik holatimda yo’liqqan edim, g’usl qilmay turib, siz bilan bir joyda o’tirishni istamadim (karohiyat bildim)” dedi. Bunga javoban Allohning Elchisi shunday dedi: “Subhanalloh!  Mo’min kishi najas bolmasligi aniq haqiqatdir.” (Imom Muslim rivoyati.)

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
552 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Balog’at yoshi, junublik va g’usl 03.06.2019 87
2 Odat qoni tugagan ayol g’usl qilishidan avval eri bilan qo’shilishi mumkinmi? 12.05.2019 293
3 Nos tahoratni buzadimi? 15.02.2019 297
4 Yel tahoratni buzadimi? 09.02.2019 500
5 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 319
6 Junub holatda yeb-ichish, yotib uxlash va shu kabi ishlar qilish mumkinmi? 04.09.2018 647
7 Junub inson boshqalarni ham nopok qiladimi? 10.06.2018 635
8 Tahoratsiz holda bola emizish mumkinmi? 10.06.2018 552
9 Qur’onga ko’ra tahoratni nimalar buzadi? 10.06.2018 512
10 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 672