Qur’onga ko’ra tahoratni nimalar buzadi?
Musulmonlar > E'lonlar > Fatvolar > Tahorat Tarix: 10 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Qur’on Karimda tahoratni buzguvchi narsalar bayon qilinganmi?

Javob: Ha, Moida 5/6  oyatida tahorat qaysi holatlarda buzilishi ochiq qilib tushuntirilgan. Oyati Karima:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا قُمْتُمْ إِلَى الصَّلَاةِ فَاغْسِلُوا وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى الْمَرَافِقِ وَامْسَحُوا بِرُءُوسِكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ إِلَى الْكَعْبَيْنِ ۚ وَإِن كُنتُمْ جُنُبًا فَاطَّهَّرُوا ۚ وَإِن كُنتُم مَّرْضَىٰ أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ أَوْ جَاءَ أَحَدٌ مِّنكُم مِّنَ الْغَائِطِ أَوْ لَامَسْتُمُ النِّسَاءَ فَلَمْ تَجِدُوا مَاءً فَتَيَمَّمُوا صَعِيدًا طَيِّبًا فَامْسَحُوا بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُم مِّنْهُ ۚمَا يُرِيدُ اللَّـهُ لِيَجْعَلَ عَلَيْكُم مِّنْ حَرَجٍ وَلَـٰكِن يُرِيدُ لِيُطَهِّرَكُمْ وَلِيُتِمَّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ 

“Ey mo‘minlar, namozga turganingizda yuzlaringiz va qo‘llaringizni chig‘anoqlarizgacha yuving, boshlaringiz va  oyoqlaringizni to’pig’igacha masx torting! Agar junub bo‘lsangiz yaxshilab yuvuninglar! Agar bemor yoki musofir bo‘lsangiz yoki sizlardan birov hojatdan kelsa yoki xotinlaringizga qo‘shilgan bo‘lsangizlar va suv topa olmasangiz, pokiza tuproq bilan tayammum qiling (ya’ni yuzni va qo‘llarni pokiza tuproq bilan silangn). Alloh sizlarga mashaqqat qilishni istamaydi, balki sizlarni poklashni va sizlarga O’z ne’matini to’liq qilib berishni istaydi, shoyad vazifalaringizni ado qilsangizlar.” (Moida 5/6)

Ko’nirib turibdiki, tahoratni faqat hojatxonaga aloqador ishlar ya’ni oldi va orqa tarafdan chiqqan narsalargina buzadi deyilgan. Na qon oqishi va na qayt qilib qusishi aytilmagan. “Tahoratni oqib chiqqan qon buzadi” degan hukm, hatto kimdan rivoyat qilingani ham ma’lum bo’lmagan juda zaif bir hadisga asoslanib olingan. Aksiga olib, badandan oqib chiqqan qon tahoratni buzmashligi haqida Imom Molik va Abu Dovutdan kelgan rivoyatlar  bor. Bunday jiddiy masalalarda eng avvalo Allohning kitobiga va uni hikmat yo’li orqali ochiqlab berilgan hadislarga murojaat qilish kerak.

Arab tilini bilganlar yanada ko’proq ma’lumot olmoqchi bo’lsalar, quyidagi linkka murojaat qilishlari mumkin:

http://www.hablullah.com/

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
524 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Balog’at yoshi, junublik va g’usl 03.06.2019 90
2 Odat qoni tugagan ayol g’usl qilishidan avval eri bilan qo’shilishi mumkinmi? 12.05.2019 300
3 Nos tahoratni buzadimi? 15.02.2019 299
4 Yel tahoratni buzadimi? 09.02.2019 516
5 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 321
6 Junub holatda yeb-ichish, yotib uxlash va shu kabi ishlar qilish mumkinmi? 04.09.2018 658
7 Junub inson boshqalarni ham nopok qiladimi? 10.06.2018 643
8 Tahoratsiz holda bola emizish mumkinmi? 10.06.2018 558
9 Qur’onga ko’ra tahoratni nimalar buzadi? 10.06.2018 524
10 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 677